Qarag’aytoifalar bo’limi – pinophyta (gymnospermae) referat
Download 0.69 Mb.
|
Qoraqayindoshlar oilas
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuya - Thuja
- 18-rasm. Qarag’aydoshlar
Sarv (Kiparis) - Cupressus turkumi 15-20 turga ega. Ular O’rta Yer dengizi atrofida Himolay, Janubiy Xitoy va Amerikada tarqalgan. Ayrim turlari O’zbekistonda ham manzarali o’simlik sifatida o’stirilmokda. Sarvning keng tarqalgan turlaridan biri doimiy yashil piramidal sarv (S. piramidalis) bo’lib, uning balandligi 30 metr, 2000 yilgacha umr ko’radi, yog’ochi qo’ng’ir qizg’ish rangda, duradgorlikda keng qo’llaniladi. Bu o’simlik Qora dengiz sohilida, xususan Qrim va Kavkazda madaniylashtirilgan. Qrimda Amerikadan keltirilgan Arizon (S. arisonica) va Luzitan sarvlari (S. lusitanica) ayniqsa keng tarqalgan (18-rasm).
Tuya - Thuja turkumi bir uyli daraxt va butalardan iborat bo’lib, 6 turga ega. Shulardan Fapb tuyasi (Thuja occidentalis) asosan Xitoyda tarqalgan. Manbalarda ko’rsatilishicha, Sharq tuyasi O’rta Osiyoda muqaddas daraxt sifatida o’stirilgan (18-rasm). Archa - Juniperus turkumiga 14 tur kiradi. Shundan 3 turi: Zarafshon archasi (J. zeravschanica), yarim sharsimon (J. semiglobosa) va Turkiston archasi (J. turkistanica) O’zbekistonning tog’li hududlarda tarqalgan. Bundan tashqari Virgin archasi (J. virginia) manzarali o’simlik sifatida respublikamiz shaharlarida o’stirilmoqda (19-rasm). 18-rasm. Qarag’aydoshlar: Sibir tilog’ochi (L. sibirica), Oddiy qoraqarag’ay (P.abies) 19-rasm. Sarvdoshlar: Doimiy yashil piramidasimon sarv (kiparis) (Cupressus sempervirens), Sharq savri (Thuja orientales), Tetraklinis (Tetraclinis), Oddiy archa (Juniperus communis), Loson kiparischasi (Chamaecyparis lawsoniana) Archalar ikki uyli, ayrimlari bir uyli o’simlikdir. Ularda changchi qubbalari kichik bo’lib, mikrosporafillarida 2-6 ta mikrosporangiyalar hosil bo’ladi. Ularning changchi qubbalari 1 yil daraxtda qishlab, ikkinchi yilning bahorida pishib etiladi. Urug’chi qubbalari qisqargan novdalarning qo’ltig’ida kuzda hosil bo’ladi. Ikkinchi bahorda ular kattalashib, ularda kurtaklar etiladi. Urug’lanishdan keyin yumshoq etli urug’chi qubbalarda urug’ hosil bo’ladi. Urug’i ko’pincha ikkinchi yili etiladi. Archalar tog’lik huddudlarda eroziyaga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular o’zida fitotsid ajratish bilan havoni mikroblardan tozalaydi. Ulardagi efir moylari ham muhim ahamiyatga ega. Archalar qurilish uchun xom ashyo, manzarali o’simliklar sifatida ham katta rol o’ynaydi. Savr archasi, Zarafshon archasini O’rta Osiyo xalqlari qadim zamonlardai beri pista ko’mir olish uchun ishlatganlar. Shu bilan birga bu o’simlikning yog’ochi qurilish materiallari va uy-ro’zg’or asboblari yasashda qo’llanilgan. Archa O’zbekistonda muhofaza qilinadigan o’simliklardan hisoblanadi. Xulosa Gullaridan olingan asal oʻziga xos xushboʻy hidga ega. Yogʻochi vino bochkalari, faner, mebel i.ch.da, duradgorlikda, kemasozlikda, qurilishda qoʻllaniladi. Poʻstlogʻidan turli boʻyoklar ishlab chiqariladi. Kashtanning bir necha navlari mavjud. Koʻproq mayda mevali Lion va Neapolitan navlari tapqalgan. Oʻzbekistonda uning faqat bitta turi tarqalgan boʻlib, ot kashtani (kashtan konskiy) nomi bilan maʼlum (yongʻogʻini yeb boʻlmaydi), manzarali daraxt sifatida ekiladi. Kashtan urugʻidan koʻpaytiriladi, ayrim navlari payvand qilinadi. Urugʻi stratifikatsiyalanadi, bahorda pitomnikka ekiladi. Kasalliklari: ildiz vatana raki, oʻzak chirishi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling