Qarag’aytoifalar bo’limi – pinophyta (gymnospermae) referat


-rasm. Qirilib ketgan bennittitlar


Download 0.69 Mb.
bet3/9
Sana22.02.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1220474
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qoraqayindoshlar oilas

14-rasm. Qirilib ketgan bennittitlar (rekonstruksiya qilingan ko’rinishi).
Syuorda Vilyamsoniya, Sekadeoideya
Vilyamsoniya oilasining Gigant vilyamsoniya (Williamsonia gigas) nomli turining balandligi 2 metrgacha yetadigan, barglari murakkab patsimon, qubbalari asosan ikki jinsli bo’lgan. Vilyamsoniyalar deyarli hamma qit’alardan topilgan.
Bennettitdoshlar (Bennettitaceae) oilasi vakillari asosan quruq, issiq iqlimli joylarda o’sgan. Poyasi yo’g’on va kichik (1 m gacha) shoxlanmagan bo’lib, patsimon murakkab barglari poyasining uchida rivojlangan. Qubbalar poyasining yonlarida o’rnashgan. Bennettitlarning qoldiqlari Shimoliy Amerika, G’arbiy Yevropa, Mongoliya, Hindiston, Yaponiya va O’rta Osiyo, toshga aylangan poyasi esa Italiyadan topilgan. XX asrning boshlarida Amerika olimi D. Uiland uning strobilini rekonstruksiya qilib, qadimgi gulli o’simliklarning guliga o’xshashligini ko’rsatgan.
Shunday qilib, bennettitlar qubbasining tuzilishiga asoslanib, Angliyalik paleobotaniklar Arber va Parkinlar bennettitlar gulining kelib chiqishi haqidagi o’zlarining strobilyar (chingul) nazariyasini yaratganlar. Shunga asosan aytish mumkinki, bennettitlar gulli o’simliklarning eng yaqin ajdodlaridan hisoblanadi.


SAGOVNIKSIMONLAR AJDODI - CYCADOPSIDA


Bu sinfga bitta qabila va bitta sagovnikdoshlar (Cycadaceae) oilasi 9 ta turkum, 120 ga yaqin tur kiradi. Tur soni jihatdan bu ajdod qarag’aytoifa bo’limda Qarag’aysimonlar ajdodidan keyingi o’rinda turadi. ajdodning nomi sagovnik turkumidan olingan bo’lib, sagovnik yoki sikas (Cycas) yunoncha kukas - palma degan ma’noni bildiradi.
Sagovniklar Yevropa, Antarktida va boshqa qit’alarda tarqalgan. Ular tabiatda yakka-yakka holda yoki kichik guruhlar hosil qilib o’sadi. Sagovniklarning ayrim turlari o’rmonlarda o’ssa, masalan Avstraliyada evkalipt o’rmonlari orasida yoki Amerikada doim yashil eman o’rmonlarida, ayrim turlari esa ochiq joylarda Afrika savannalarida akatsiyalar bilan birgalikda uchraydi. Sagovniklarning tropik va subtropik hududlarda tarqalgan turlari ularning eng qadimgi turlari sanaladi va ular Mezozoy erasida keng tarqalgan bo’lib, bizning davrimizgacha yetib kelgan.
Keyingi ma’lumotlar bo’yicha sagovniklar quyi karbonda paydo bo’lib, ular kelib chiqishi jihatdan urug’li qirqquloqlar bilan borliq deb qaraladi. Sagovniklar hayotiy shakliga ko’ra asosan daraxt va butalardan iborat, lekin poyasi to’liq yer ostida yoki tanasining bir qismigina yer ustida joylashgan turlari ham bor. Yer ustida esa asosan barglari joylashgan. Ba’zi birlarida yer usti poyalari tugunaksimon shaklda bo’ladi. Sagovniklarning poyasining uchida joylashgan patsimon barglari urug’li qirqquloqlarning barglariga o’xshab ketadi. Ularning barglari ham har xil. Masalan, pakana (karlik) Zamiyalarning barglari 56 sm uzunlikda bo’lsa, Sagovnik turkumi va Serotozamiya turkumlarining vakillarida 3 metrgacha, Ensefalyartos turkumining ayrim vakillarida esa barglarining uzunligi 5-6 m gacha etadi.
Sagovniklarning barglari kseromorf tuzilishga ega. Ular qalin, qattiq kutikula bilan qoplangan. Sagovniklarning poyasi sekin o’sadi. Ko’pincha poyasining uchida mikro-va megostrobil hosil bo’lgandan so’ng, o’sishdan to’xtaydi. Chunki, tepa kurtak strobilla bilan tugaydi. Sagovniklarning poyasi o’ziga xos tuzilishga ega. Poyaning markazida o’zak hujayralari bo’lib, ularni parenxima o’rab turadi, undan so’ng kambiy qavati joylashgan, kambiydan tashqarida ikkilamchi floema, po’stloq parenximasi va nihoyat poyaning tashqi qavati ikkilamchi qoplovchi to’qima joylashgan.
Sagovniklarda o’tkazuvchi bog’lam kollaterial tipda uchraydi. Po’stloq parenximasi va o’zak qismida shilimshiq modda yo’llari bo’ladi. Yuksak o’simliklarda sagovniklardan boshlab, evolyutsiya jarayonida o’q ildiz taraqqiy eta boshlagan. Ayrim vakillarida u qisqa, yo’g’on, ayrimlarida esa 10-12 metrga yetadi. Ba’zan bosh ildiz ma’lum vaqtdan so’ng o’sishdan to’xtab, uning o’rniga bir qancha qo’shimcha ildizlar taraqqiy etadi. Ildizning uchki qismida ildiz qinchasi bor. Ildizni tashqi tomonidan periderma o’rab olgan. Po’stloq qavati bir necha qavat tirik parenxima hujayralardan tashkil topgan. Undan ichkarida endoderma va ko’p qavatli peritsikl joylashgan. Ildizning ichki qismida murakkab o’tkazuvchi bog’lamlar bo’lib, unda 1-3 ta radial cho’zilgan ksilemalar, floema bilan navbatlashab joylashgan. Ko’pchilik sagovniklarning sporofillari qubbalarda to’plangan. Megosporangiya urug’chi o’simlikning megosporofil deb ataluvchi generativ barglarining qo’ltig’ida joylashgan.
Sagovniklar ikki uyli o’simlikdir (16-rasm). Ularning changchi va urug’chi qubbalari boshqa-boshqa o’simliklarda taraqqiy etadi. Strobilalar (qubbalar) sagovniklarda poyasining uchidagi barglari orasida shakllanadi. Sagovniklarning ko’payish organlari poyalarining uchida joylashadi. Uni Shimoliy Osiyoda (Janubiy Yaponiyada) o’suvchi, balandligi 3 metrgacha yetadigan Egiluvchan sagovnik misolida ko’rish mumkin. Ularning uzunligi 2 m gacha etadi. Changchili o’simlik tupining uchki qismida joylashgan changchili qubbalari hosil bo’ladi. Ularning uzunligi 50- 70 sm. Qubbaning uchida mikrosporofillar o’rnashgan. Mikrosporofillarning pastki qismida bir qancha mikrosoruslar joylashgan bo’lib, ularning har qaysisida 2 tadan 4 tagacha mikrosporangiylar o’rnashgan. Mikrosporangiylar etilgandan so’ng uzunasiga chatnab, ulardan bir qancha ellipssimon mayda sporalar to’kiladi. Urug’kurtakda urug’lanish jarayoni quyidagicha ro’y beradi.
Mikrospora (chang) chang yo’li orqali chang kamerasiga tushgandan so’ng, uning ichidagi vegetativ hujayrasi o’sib, uzun naychani (gaustoriyani) hosil yetadi va u nutselus to’qimasiga qadar o’sib boradi va anteridial hujayra bo’linib, spermagen hujayrani hosil qiladi. Spermagen hujayra tez kattalashib, so’ngra bo’linadi va ko’p xivchinli 2 ta spermatozoidni hosil etadi. Spermatozoidlar esa chang naychasi orqali kelib, arxegoniyning tuxum hujayrasi bilan qo’shiladi. Urug’langan tuxum hujayradan zigota, zigotadan esa keyinchalik urug’ning murtagi taraqqiy etadi. Shunday qilib, urug’kurtakdan urug’ hosil bo’ladi. Urug’ uzilib yerga tushgandan so’ng yetiladi. Sagovniklardan har xil maqsadlarda: oziq-ovqat, manzarali o’simlik sifatida va xalq tabobatida foydalaniladi.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling