Qarag’aytoifalar bo’limi – pinophyta (gymnospermae) referat


Velvichiyadoshlar oilasi - Welwitschiaceae


Download 0.69 Mb.
bet5/9
Sana22.02.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1220474
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qoraqayindoshlar oilas

Velvichiyanamolar qabilasi - Welwitschiales

Velvichiyadoshlar oilasi - Welwitschiaceae


Bu oilaga bitta turkum va yagona velvichiya - Welwitschia mirabilis deb ataluvchi tur kiradi (17-rasm). U Angolaning toshloq cho’llarida va Janubi-G’arbiy Afrikada (Namib cho’llarida) tarqalgan. Uning o’q; ildizi 3 m gacha chuqurlikka tushadi. Poyasi tashqi qo’inishidan kesilgan daraxtning to’nkasiga o’xshash bo’lib, ko’pchilik qismi yer ostida joylashgan. Yer ustki qismining balandligi 50 sm, diametri esa 1,2 m gacha etadi. Poyasining tepa qismida bir-biriga qarama-qarshi o’rnashgan ikkita barg hosil bo’ladi. Ular o’simlik umrining oxirigacha (2000 yil) qurimasdan turadi. Bir yilda barg 8-15 sm gacha o’sadi.
Bargning uzunligi 2-3 m ga etadi.

QARAG’AYSIMONLAR AJDODI – PINOPSIDA


Ajdod vakillari asosan Shimoliy yarim sharda keng tarkalgan. Ularning Yer sharida 8 oila, 55 turkum va 600 ga yaqin turlari uchraydi. Ilmiy manbalarda keltirilgan 7 qabiladan 2 tasi bizgacha yetib kelmagan, qolgan 5 tasi quyidagilardan iborat:

  1. Araukariyanamolar - Araucariales qabilasi 2 turkum, 35 turdan iborat. Ularga Janubiy yarim shardagi tropik hududlarda tarqalgan daraxtlar kiradi.

  2. Qarag’aynamolar - Pinales qabilasi

  3. Sarvnamolar - Cupressales qabilasi

  4. Tissanamolar - Taxales qabilasi doim yashil daraxt va butalardan tashkil topgan. Qabila 2 oilaga mansub 20 turni o’z ichiga oladi. Ular asosan Shimoliy yarim shardagi issiq hududlarda tarqalgan.

  5. Podokarpnamolar - Podocarpales qabilasi ochiq, urug’li o’simliklarning eng takomillashgan guruhini o’z ichiga oluvchi bitta oila (Podokarpdoshlar - Podocarpaceae), 9 turkum va 140 turdan tashkil topgan. Ular asosan janubiy yarim sharda tarqalgan.

Qarag’aykabilar ajdodchasiga kiruvchi turlar Shimoliy Yevroosiyo va Shimoliy Amerikada katta o’rmonlarni hosil qiladi. Janubiy yarim sharda esa ular ko’proq mo’tadil iqlimli joylarda tarqalgan. Ayniqsa, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Janubiy Amerikada ko’p uchraydi. Ko’pchilik endemik turkumlari va barcha relikt turkumlari Tinch okeani atroflari bo’ylab tarqalgan. Ayniqsa, Xitoyning Janubi-Sharqiy va Markaziy qismida, Tayvanda, Yaponiyada, Yangi Kaledoniya, Tasmaniya, Shimoliy Amerikaning Tinch okeani qismida, Chili janubida, Yangi Zelandiyada, yangi Gvineyada tarqalgan.
Qarag’aykabilar ajdodchasi vakillarining tarixi Karbondan (370 mln. yillar muqaddam) boshlanadi. Trias davrida (240 mln. yillar muqaddam) ular Shimoliy yarim sharning o’simliklar qoplamida katta rol o’ynagan. Qarag’aykabilarning ko’pchilik turlari baland bo’yli, ayrimlari esa gigant daraxtlardan iborat. Masalan: Kaliforniyada o’suvchi doim yashil sekvoyaning (Sequoia sempervirens) balandligi 110 m gacha, poyasining diametri esa 10 m gacha etgan. Meksika taksodiumi (Taxodium mucronatum) poyasining diametri 16 m, mamont daraxti (Sequoidendrom giganteum) poyasining yo’g’onligi esa 12 m ga etgan. Mamont daraxtlaridan ayrim turlarining 3000 dan ziyod yoshda ekanligi anikqlangan.
Qarag’aykabilar orasida yoshi jihatdan eng kattasi Shimoliy Amerika qarag’ayi (Pinus longaeva) sanaladi. Nevada sharqida topilgan daraxtning yoshi taxminan 4900 yoshga teng deb aniqlangan. Gigant daraxtlar bilan bir qatorda, ular orasida podokarpdoshlar oilasiga mansub yer bag’irlab o’sadigan turlari ham bor. Bu ajdodcha vakillarida o’zak qavat kam taraqqiy etgan. Uni tashqi tomonidan yaxshi rivojlangan ikkilamchi yog’och’lik o’rab olgan. Undan so’ng kambiy, kambiydan tashqarida ikkilamchi floema joylashgan. Poyani tashki tomonidan qalin po’stloq qavat qoplab olgan. Ularga xos belgilardan yana biri po’stloq va yog’och qavatida smola yo’llari (kanallari) ning bo’lishidir.
Ajdodcha vakillarining barglari asosan ignasimon yoki tangachasimon. Eng yirik ignasimon barg Shimoliy Amerikada o’suvchi botqoq qarag’ayi (Pinus palustris) niki bo’lib, uning uzunligi 45 sm ga etadi. Aksincha ko’pchilik sarvlarning barglari kichik tangachasimon bo’lib, shoxlar bilan qo’shilib o’sgan. Qarag’aykabilar asosan urug’lari orqali ko’payadi. Qubbalari ayrim jinsli. Ayrim vakillarida qubbalar to’p bo’lib, murakkab qubbalarni hosil etadi. Har bitta daraxtda juda ko’p sondagi mikrosporalar hosil bo’ladi.
Tiss, kiparis va archalarda mikrosporalar shamol yordamida urug’kurtakka borib tushgandan so’ng gametofit hosil bo’ladi. Ajdodcha vakillarining urg’ochi (urug’chi) qubbasi ham xilma xil. Tisslarda qubba taraqqiy etmagan. Qarag’aykabilar asosan shamol yordamida changlanuvchi o’simliklar bo’lganligi sababli changchi qubbalarida hosil bo’ladigan changlar havo oqimi bilan urug’chi urug’kurtakning chang yo’li orqali chang kamerasiga borib tushadi. Changlanishdan so’ng ma’lum vaqt o’tgandan keyin urug’lanish jarayoni boshlanadi. Urug’lanish jarayonidan so’ng urug’kurtakdan urug’ hosil bo’ladi. Qarag’aykabilarning urug’i 3 tadan to 18 tagacha urug’pallalarga ega.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling