Qarag’aytoifalar bo’limi – pinophyta (gymnospermae) referat
Download 0.69 Mb.
|
Qoraqayindoshlar oilas
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoraqarag’ay - Picea
- Sarvnamolar qabilasi – Cupressales
Tilog’och – Larix turkumi Yevropa, Shimoliy Osiyo va Shimoliy Amerikada Yevropa tilog’ochi - L. europaea keng tarqalgan. Uning balandligi 50-55 m ga qadar boradi. Faqat qubbasining uzunligi va urg’ochi qubbalarining rangi bilan farq qiladigan, Yevropaning Shimoliy sharqida keng tarqalgan, balandligi 40 m keladigan Sibir tilog’ochi (L. sibirica) (18-rasm), Sharqiy Sibirdagina keng tarqalgan Daur tilog’ochi (L. daurica) sistematik jihatdan bu turga bir qadar yaqin turadi. Bu daraxtlarning qattiq chirimaydigan yog’ochi va ulardan olinadigan elim qimmatli hisoblanadi.
Qoraqarag’ay - Picea turkumiga 30-50 ga yaqin tur kiradi. Ular soyasevar o’simliklar bo’lib, Shimoliy, Sharqiy Yevropada, G’arbiy va Sharqiy Sibirda, Kavkazda, O’rta Osiyo tog’larida, Shimoliy Amerikada tarqalgan Qoraqarag’ay turlarining ayrimlari 50-60 metrdan to 80 metrgacha balandlikka ega. Ular 500-600 yil yashaydi. O’rta Osiyoning Tiyonshan va Jo’ng’or Olatovda hamda Xitoy chegarasigacha bo’lgan hududlarda Shrenk qoraqarag’ayi (Picea schrenkiana) o’sadi. Qoraqarag’ay daraxti shoxlari yanvar oyida o’tkaziladigan yangi yil archa bayramida bezatish uchun ishlatiladi. Sarvnamolar qabilasi – Cupressales Sarvdoshlar (Archadoshlar) oila – CupressaceaeOilaga 19 turkum 130 ga yaqin tur kiradi. Ular har ikkala yarim sharda ham tarqalgan. Oila vakillari bir yoki ikki uyli daraxt va butalar bo’lib, ularda smola yo’llari bo’lmaydi. Barglari ninasimon yoki tangasimon, novdada qarama-qarshi yoki halqasimon o’rnashgan. Changchi qubbalari yakka holda bo’lib, mikrosporafillari qalqonsimon, mikrosporangiylari 2-6 ta. Erkaklik gametofiti reduksiyalangan. Urug’chi qubbasida qoplagich tangacha barg va urug’ tangachasi qo’shilib, o’sib bittaga aylangan, qoplagich tangacha bargi yog’ochlangan yoki yumshoq etli (archalar) dir. Bu oila vakillarini urg’ochi qubbasining tuzilishiga qarab uch kenja oila: Sarvlar (Cupressaideae), archalar (Juniperideae), tuyalar (Thujoideae) ga bo’lish tavsiya qilinadi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling