Qarag’aytoifalar bo’limi – pinophyta (gymnospermae) referat


-rasm. Sagovnik (Cycas revoluta) tuzilishi va ko’payish organlari


Download 0.69 Mb.
bet4/9
Sana22.02.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1220474
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qoraqayindoshlar oilas

16-rasm. Sagovnik (Cycas revoluta) tuzilishi va ko’payish organlari. 1.
Sagovnikning umumiy ko’rinishi, 2. A. mikrosporofil, Б, В.
Mikrosporangiylarning soruslari, 3. Г, Д, Е. Turli xil sagovniklarning
megasporangiyli megasporofillari

17-rasm. Ikki bo’lakli ginkgo (Gingko biloba). 1. Bargli va mikrostrobilli qisqargan novdasi, 2. Mikrostrobil, 3. Bargli va megastrobilli qisqargan novdasi, 4.
2 urug’kurtakli megastrobil, 5. Yetilgan mevali yakka megastrobil, 6. Bargi

GNETUMSIMONLAR AJDODI – GNETOPSIDA


Bu ajdodga 3 ta qabila (Qizilchanamolar-Ephedrales,
Velvichiyanamolar-Welwetschiales, Gnetumnamolar-Gnetales), 3 oila, 3 turkum va 70 dan ortiq turlar kiradi. Ular O’rta Yer dengizi atrofidagi cho’llarda, Janubiy Osiyo, O’rta Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika, Kavkaz, Sibir, Janubi-G’arbiy Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikaning tropik zonalaridan tarqalgan. Hayotiy shakli jihatdan bu sinf vakillari uncha katta bo’lmagan daraxt, buta va lianalardan iborat.
Bu ajdod vakillari qubbasining atrofida gulqo’rg’on ko’rinishidagi o’ramasining bo’lishi va murtakda hosil bo’ladigan urug’ining tashqi tomonini o’rab oluvchi yumshoq etli pardaning bo’lishi bilan ajralib turadi. Ikkilamchi ksilemasining haqiqiy naylari «traxeya» larning bo’lishi, mikro va megostrobillning dixotomik shoxlanganligi, erkaklik ayniqsa urg’ochi gametofitning reduksiyalanganligi ularga xos belgi hisoblanadi. Bu ajdod vakillaridan faqat qizilchanamolarda arxegoniy bo’ladi, qolgan qabila vakillarida esa faqatgina tuxum hujayra bor. Erkaklik jinsiy hujayrasi spermaning bo’lishi (qarag’aydoshlarga o’xshash), urug’ining ikkita palladan iborat bulishi uning qarag’aydoshlarga yaqinligini bildiradi.
Qabila bitta qizilchadoshlar - Ephedraceae oilasi va bitta qizilcha Ephedra turkumidan iborat. Bu turkumning yer sharida (ayniqsa
Yevrosiyo va Amerikada) 40 dan ziyod turi tarqalgan bo’lib, O’zbekistonda 10 ta turi o’sadi. Ularga asosan buta va balandligi 6-8 m ga yetadigan ayrim daraxtlar kiradi. Qizilchalar tashqi ko’rinishidan qirqbo’g’imlarga yoki Avstraliyada o’suvchi yopiq urug’lilarga oid kazuarinlarga o’xshaydi. Poyasi bo’g’imli, barglari tangachasimon, qarama-qarshi yoki halqasimon o’rnashgan. Novdalari serqirra, yashil, unda fotosintez jarayoni o’tadi.
Qizilchaning strobili (qubbalari) bir jinsli va ko’pincha ikki uyli. Ba’zan bir uyli butalari ham uchraydi. Yashil shoxchalarining bo’g’imlaridagi barglarning qo’ltiqlarida 2-3 tadan, ba’zan 4 tadan mikrosporafillar joylashgan. Har bir mikrostrobil 2 tadan to 8 jufttacha qarama-qarshi o’rnashgan tangachasimon qoplagich bargchalarga ega. Changchi qubbasida 2-8 tagacha mikrosporangiyalar hosil bo’ladi. Urug’chi qubbalar (monostrobili) ham huddi changchi qubbalari singari yashil shoxchalarning bo’g’imlaridagi barglarning qo’ltiqlarida 2-4 tadan joylashgan. Har bir urug’chi qubbada (megostrobilda) yetilgan paytda unga shamol yordamida chang kelib tushadi va urg’ochi gametofiti joylashgan 2 ta arxegoniydan bittasini urug’lantiradi. Undan keyinchalik urug’ taraqqiy yetadi. Urug’ pishgandan so’ng qubbani o’rab turuvchi 4 ta tangachasimon barglar o’ziga shira to’plab, qizil, sarg’ish, zarg’aldoq rangdagi yumshoq eti «meva» ga aylanadi. Shuning uchun qizilcha deb ataladi.
Qizilchalar xalq xo’jaligida muhim ahamiyatga ega. Jumladan, E. equisetina, E. intermedia kabi turlaridan tabobatda yurak xastaliklari va astmaga qarshi dorilar tayyorlanadi. Tibbiyotda E.equisetina yer ustki qismi foydalaniladi. Mahsulot aprel oyidan boshlab, yoz va kuz oylarida yig’iladi. Qizilchaning yashil rangli shox va shoxchalari qo’l bilan sindirib yoki pichoq, o’roq bilan qirqib olinadi va ochiq havoda, quyoshda quritiladi. Quritilgan mahsulot farmasevtika zavodlariga efedrin alkaloidi olish va dorivor preparat tayorlash uchun yuboriladi.
O’simlikning yer ustki qismida efedrin alkoloidi bor. U o’zining kimyoviy tuzilishi va ta’siri bo’yicha adrenalin gormoniga yaqin. Chunonchi, u ham adrenalin singari adrenoreseptorlarni ta’sirlab, qon tomirlarini toraytiradi, qon bosimini ko’taradi, yurak faoliyatini yaxshilaydi, nafas yo’llarini kengaytiradi. Efedrin o’zining bunday ta’sirini uzoq davom etishi va ichganda ham samara berishi bilan adrenalindan farq qiladi. Bundan tashqari, efedrin markaziy asab sistemasi faoliyatini jonlantiradi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling