Qarori umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari to‘G‘risida


Download 0.96 Mb.
bet10/10
Sana17.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1551756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 359-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 09/21/572/0891-son)
39. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 434-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasida:
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. O‘zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimida ekologik ta’lim quyidagi ta’lim turlariga muvofiq amalga oshiriladi:
maktabgacha ta’lim va tarbiya;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim”;
b) 5-bobning nomidagi, 26-banddagi hamda 27-bandning birinchi xatboshisidagi “kasb-hunar” so‘zlari “professional” so‘zlari bilan almashtirilsin.
40. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-maydagi 451-son qarori bilan tasdiqlangan Loyihalash va qurilish sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandidagi “davlat talablari” so‘zlari “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
41. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 1-bandning birinchi xatboshisidagi “kasb-hunar” so‘zlari “professional” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat talablariga” so‘zlari “davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-banddagi “davlat talablari mezon va talablariga” so‘zlari “davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Litsenziyaga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan davlat namunasidagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat davlat ta’lim standartlari yoki davlat ta’lim talablari asosida ta’lim olgan bitiruvchilarga beriladi.
Davlat ta’lim standartlari yoki davlat ta’lim talablaridan tashqari ta’lim dasturlari asosida ta’lim olgan nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilariga davlat namunasidagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat berilmaydi”;
d) 11-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati va mazmunining davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligini aniqlash”;
e) 13-banddagi “bir” so‘zi “ikki” so‘zi bilan almashtirilsin;
j) 15-bandda:
uchinchi xatboshidagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “o‘quv yurtidan” so‘zlari “ta’limdan” so‘zi bilan almashtirilsin;
z) 17-bandda:
1-kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ta’lim-tarbiya jarayonining davlat ta’lim talablariga muvofiq tashkil etilganligi”;
2-kichik bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ta’lim jarayoniga davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarining joriy etilganligi;
o‘quvchilar bilim darajalarining davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga muvofiqligi”;
3-kichik bandda:
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ta’lim jarayoniga davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarining joriy etilganligi;
ta’lim oluvchilar bilim darajalarining davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiqligi”;
o‘n birinchi xatboshidagi “davlat talablari va” so‘zlari “davlat ta’lim talablari hamda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yigirma ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ta’lim oluvchilar bilim darajalarining davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiqligi”;
4-kichik bandda:
birinchi xatboshidagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o‘quv-tarbiyaviy jarayonning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga muvofiq tashkil etilganligi”;
5-kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarining o‘quv jarayoniga joriy etilishi”;
6-kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarining ta’lim jarayoniga joriy etilishi”;
7-kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarining o‘quv jarayoniga joriy etilishi”;
i) 18-bandning uchinchi xatboshisidagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
y) 26 va 27-bandlarning birinchi xatboshisidagi “kasb-hunar” so‘zlari “professional” so‘zi bilan almashtirilsin;
k) 28-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ta’lim tashkilotidagi ta’lim sifati va mazmunining davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligi hamda ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlarining sifati va samaradorligini baholash”;
l) 29-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ta’lim tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o‘quv dasturlariga mos kelmasligi holatlari aniqlangan taqdirda, ekspert komissiyalari tomonidan qo‘shimcha ma’lumotlar so‘rab olinishi mumkin. Ta’lim tashkilotlarining rahbarlari ekspert komissiyalari tomonidan so‘ralgan ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim etishlari shart”;
m) 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Attestatsiya natijalari asosida ekspert komissiyalari tomonidan ta’lim tashkilotida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligi haqida xulosa tayyorlanadi”;
n) 35-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ekspert komissiyalari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavida belgilangan vazifalarning hamda maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standartining bajarilishi yuzasidan quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi”;
o) 39-bandning birinchi xatboshisidagi “davlat talablari” so‘zlari “davlat ta’lim talablari hamda o‘quv dasturlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
p) 41 — 43-bandlardagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
r) 52-bandning uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi “o‘quv yurtidan” so‘zlari “ta’limdan” so‘zi bilan almashtirilsin;
s) 53-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“53. Oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarni attestatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining monitoringi natijalari hamda oliy ta’lim yoki ilmiy tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida joylarga chiqmagan holda ham amalga oshirilishi mumkin”;
t) 54-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat talablari” so‘zlari “davlat ta’lim talablari, o‘quv dasturlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
u) 58-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“58. Akkreditatsiya ta’lim tashkilotlarining attestatsiyasi xulosalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Akkreditatsiya komissiyasi ta’lim tashkilotlari faoliyatining davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligini e’tirof etish bilan birgalikda uning maqomini ham belgilaydi”;
f) 62-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim tashkiloti (ta’lim dasturlari) tomonidan ta’limga oid qonunlar buzilganligi yoki amalga oshirilayotgan ta’lim xizmatlari davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o‘quv dasturlariga mos kelmasligi yoki sertifikat va unga ilovada belgilangan ko‘rsatkichlar doirasidan chetga chiqish holatlari aniqlangan taqdirda, akkreditatsiya haqidagi sertifikat Davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda bekor qilinadi”.
42. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida” 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarorida:
a) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “kasb-hunar” so‘zlaridan keyin “(professional)” so‘zi qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Bunda 2022-yil 1-yanvardan keyin olingan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar tan olish uchun topshirilganda, hujjatni bergan davlatning vakolatli organi tomonidan apostil qo‘yilgan bo‘lishi talab etiladi”;
b) 1-ilovada:
1-banddagi, 4-bandning uchinchi xatboshisidagi, 4-bobning nomidagi, 23-bandning birinchi xatboshisidagi, 37-bandning birinchi xatboshisidagi, 44-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 47-banddagi va 48-bandning ikkinchi xatboshisidagi “kasb-hunar” so‘zlaridan keyin “(professional)” so‘zi qo‘shilsin;
6-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun quyidagi miqdorda yig‘im undiriladi:”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“o‘rta maxsus va kasb-hunar (professional) ta’limi bo‘yicha — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari;
oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi bo‘yicha — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari”;
ikkinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
10-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “ilovaning” so‘zidan keyin “skaner qilinib, rdf formatida saqlangan” so‘zlari qo‘shilsin;
uchinchi xatboshidagi “tasdiqlangan” so‘zidan keyin “hamda skaner qilinib, rdf formatida saqlangan” so‘zlari qo‘shilsin;
12-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatning haqiqiy ekanligiga shubha tug‘ilgan taqdirda, Davlat inspeksiyasi tomonidan Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarda joylashtirilgan ma’lumotlar tekshirilishi yoki hujjatga oid ma’lumot taqdim etish haqida hujjatni bergan ta’lim muassasasi va boshqa tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilishi mumkin”;
28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Ekspertiza davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari, o‘quv dasturlari, ta’lim muassasalarining o‘zlari joylashgan davlatlarda tan olinganligi haqidagi hujjat yoki ma’lumot, xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar va ularga ilovalar nusxalari asosida amalga oshiriladi”;
40-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan talabgorlarning talabiga ko‘ra test savollari ingliz, arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, nemis va turk tillariga tarjima qilingan holda taqdim etilishi mumkin”;
45-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45. Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish haqidagi guvohnoma berish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan tegishli guvohnomalar tayyorlanadi hamda Davlat inspeksiyasi mas’ul xodimi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qo‘yilgan holda uch ish kuni ichida tegishliligiga ko‘ra davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali talabgorlarga yuboriladi”;
50-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50. Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qo‘yilgan guvohnomalar joriy etilgunga qadar berilgan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi ma’lumotnoma va (yoki) guvohnoma yo‘qotib qo‘yilgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, hujjat egasining arizasiga ko‘ra dublikat beriladi.
Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qo‘yilgan holda taqdim etilgan guvohnomaning dublikati berilmaydi”;
53-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“53. Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish haqidagi guvohnomalar reyestri Davlat inspeksiyasining “Uzluksiz ta’lim” axborot tizimidagi “Guvohnoma” platformasida yuritiladi.
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish haqidagi guvohnomalar reyestri Davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va doimiy yangilab boriladi.
Guvohnomalar reyestrida talabgor to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar, xususan, talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi, ta’lim olgan davlat va ta’lim muassasasining nomi, ta’lim yo‘nalishi, mutaxassisligi va kursi nomi, guvohnoma seriyasi va raqami, guvohnomaning berilgan sanasi va tartib raqami ko‘rsatiladi”.
43. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 702-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 22-bandi “b” kichik bandidagi “davlat talablari” so‘zlari “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
44. Vazirlar Mahkamasining “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 9-sentabrdagi 754-son qarorida:
a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “kasb-hunar” so‘zlari “professional” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
3-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi, 4 va 9-bandlarning uchinchi xatboshisidagi “kasb-hunar” so‘zlari “professional” so‘zi bilan almashtirilsin;
6-bandning “b” kichik bandida:
birinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “kasb-hunar” so‘zlari “professional” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari — doimiy ravishda maktabgacha ta’limning maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim-tarbiya jarayonida muammoli-vaziyatli o‘yinlar va mashg‘ulotlarda”;
8-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisidagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ilovadagi “kasb-hunar”, “davlat talablari” so‘zlari tegishlicha “professional”, “maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standartining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
45. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi uchinchi xatboshisidagi “Davlat talablariga” so‘zlari “Davlat ta’lim talablariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
46. Vazirlar Mahkamasining “Tashkent education” nodavlat ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 2-noyabrdagi 900-son qarorining 4-bandi “b” kichik bandi beshinchi xatboshisidagi “davlat talablari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
47. Vazirlar Mahkamasining “Maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 21-noyabrdagi 940-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisidagi “davlat talablari” so‘zlari “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
48. Vazirlar Mahkamasining “Agrosanoat majmui uchun zaxira kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 19-martdagi 172-son qarorida:
a) 3-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
49. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-martdagi 174-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi ustavining 18-bandidagi va 19-bandining ikkinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “davlat talablari” so‘zlari tegishli kelishikdagi “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
50. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-martdagi 180-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash, malakasi va huquqiy bilimini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 41-bandi birinchi xatboshisidagi “davlat talablari” so‘zlari “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
51. Vazirlar Mahkamasining “Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2020-yil 19-iyundagi 392-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisidagi “270 kun” so‘zlari “360 kun” so‘zlari bilan almashtirilsin.
52. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qarorida:
a) 1-ilovada:
5-bandda:
o‘n to‘rtinchi xatboshidagi “ta’lim standartlari” so‘zlari “davlat ta’lim standartlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat ta’lim standartlari — davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui”;
14 va 15-bandlardagi, 16-bandning birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridagi, 17-banddagi, 35-bandning uchinchi xatboshisidagi, 38 — 40-bandlardagi, 42-bandning ikkinchi xatboshisidagi “ta’lim standarti”, “ta’lim standartiga” “ta’lim standartlari” so‘zlari tegishlicha “davlat ta’lim standarti”, “davlat ta’lim standartiga” “davlat ta’lim standartlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
148-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“148. Professional ta’lim muassasalarida o‘quv yuklamalarining hajmi va taqsimoti bo‘yicha boshqa me’yorlar davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va malaka talablarida belgilanadi”;
b) 2-ilovaning 9-bandi beshinchi xatboshisidagi, 11-bandining uchinchi xatboshisidagi, 20-bandidagi “ta’lim standartlari” so‘zlari “davlat ta’lim standartlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 9-bandi uchinchi va to‘qqizinchi xatboshilaridagi, 11-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “ta’lim standartlari” so‘zlari “davlat ta’lim standartlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovada:
9-bandning uchinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi, 11-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “ta’lim standartlari” so‘zlari “davlat ta’lim standartlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Ta’lim standartlarida” so‘zlari “Davlat ta’lim standartlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
53. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 8-sentabrdagi 544-son qarorida:
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qayta tayyorlash va malaka oshirish, shu jumladan, qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish, qayta tayyorlash va malaka oshirish shakllari, kredit-modul tizimi va masofaviy ta’lim bo‘yicha malaka oshirishni tashkil etish, shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
b) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Izoh. 2-bandning “a” va “v” kichik bandlari, 9-bandning “a” va “b” kichik bandlari, 19-bandning “a” va “v” kichik bandlari, 22-bandning “a” va “b” kichik bandlari, 25-band, 29-band, 30-bandning “a” va “d” kichik bandlari, 33-bandning “a” va “v” kichik bandlari, 48 va 53-bandlar 2021-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi.


(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 17.09.2021-y., 09/21/572/0891-son, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
Марказ ҳақида
Сайт янгиликлари
Сайтда реклама
RSS



© Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги қошидаги “Адолат” миллий ҳуқуқий ахборот маркази д
Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling