Qarori umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari to‘G‘risida


Download 0.96 Mb.
bet8/10
Sana17.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1551756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar Ta’lim inspeksiyasida besh yil mobaynida saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Akademik litseylar reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Akademik litseylar reytingini aniqlashni tashkil etish
SXEMASI

Bosqichlar




Ijrochilar




Tadbirlar




Muddatlar






















1-bosqich




Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




Reytingni aniqlash mezonlariga mos ravishda jadvallar ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yetkazish.




Reyting aniqlanayotgan yilning 10-dekabriga qadar






















2-bosqich




Akademik litseylar




1. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlarni asoslovchi hujjatlari bilan birgalikda Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga (monitoring.tdi.uz) joylashtirish.




Har yili 1-fevralga qadar




Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




2. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlarni tahlil qilish.




Har yili 1-aprelga qadar







3. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlarni tasdiqlash uchun maxsus platformaga joylashtirish.




Har yili 10-aprelga qadar




Akademik litseylar




4. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlarni tasdiqlangan holda maxsus platformaga joylashtirish.




Har yili 1-mayga qadar






















3-bosqich




Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




1. Mezonlarasosida akademik litseylar reytingini aniqlash.
2. Reyting natijalarini Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilish va ommaviy axborot vositalarida yoritish.




Har yili keyingi o‘quv yili boshlanishidan kechikmay

Akademik litseylar reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Akademik litseylar reytingini aniqlash mezonlari va hisoblash
METODIKASI

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Ijodiy ta’tillar berish tartibida:
a) 3-bandning uchinchi xatboshisi va 8-banddagi “o‘quv yurti, ilmiy-tadqiqot muassasasi” so‘zlari “ta’lim muassasasi (tashkiloti), ilmiy tashkilot” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 10-banddagi “o‘quv yurti, ilmiy-tadqiqot muassasasining” so‘zlari “ta’lim muassasasi (tashkiloti), ilmiy tashkilotning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida” 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarorida:
a) 2 va 3-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 1-ilovada:
1.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1.1. “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasiga muvofiq respublikada idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, davlat ta’lim muassasalarining barcha turlari uchun majburiy bo‘lgan davlat ta’lim standartlari (DTS) belgilanadi”;
3.1 va 3.2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3.1. DTS ta’limning quyidagi turlari uchun belgilanadi:
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim.
3.2. Maktabdan tashqari, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun davlat ta’lim talablari ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Maktabgacha ta’lim uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi”;
5.1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
6.1 — 6.3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6.1. DTSni ishlab chiqish ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
6.2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish maqsadida tayanch davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalarini belgilaydi.
6.3. DTS ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan tasdiqlanadi”;
6.5 — 6.7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6.5. Tasdiqlangan DTSga muvofiq ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar mos ravishda malaka talablari, o‘quv rejalari, o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amaliy o‘zlashtirilishini ro‘yobga chiqaradi.
6.6. Ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari va ehtiyojlariga bog‘liq ravishda o‘quv yuklamasini tabaqalashtirish, DTS tomonidan belgilangan me’yorlardan ortiqcha ta’lim mazmunini belgilash ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari vakolatiga kiradi.
6.7. DTSga o‘zgartirishlar kiritish respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga muvofiq ta’lim darajasi va kadrlar tayyorlashga nisbatan qo‘yiladigan talablar o‘zgarishi davomida ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi”;
v) 2 va 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovaning 2-bandidagi “o‘quv yurtidan” so‘zlari “ta’limdan” so‘zi bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 4-oktabrdagi 400-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 19-son, 137-modda):
a) 3-banddagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini tuzishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga akademik litseylar, professional ta’lim muassasalarining rahbar, pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va attestatsiyadan o‘tkazish uchun zarur budjet mablag‘lari ajratishni nazarda tutsin;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda o‘quv asbob-anjomlari xarid qilish uchun jalb etilayotgan grantlar va xorijiy kreditlar mablag‘laridan, shuningdek, o‘qituvchilarni rivojlangan mamlakatlarning yetakchi o‘quv markazlarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ham foydalanishni nazarda tutsin”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida Xalqaro Vestminster universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2002-yil 16-yanvardagi 22-son qarorining 1-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturining” so‘zlari “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “o‘quv yurti” so‘zlari “ta’lim tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 397-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 17-18-son, 147-modda) bilan tasdiqlangan Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish tartibining 59-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“59. Har bir veterinariya ilmiy tashkiloti, oliy ta’lim muassasasi (tashkiloti) va sinov laboratoriyasida bir oyda kamida bir marta muassasalarda giyohvandlik vositalarini saqlash holatini, hisobga olinishi va sarflanishini tekshiradigan, muassasa rahbari buyrug‘i bilan tayinlanadigan doimiy ishlovchi komissiya tuziladi. Tekshirishlar natijalari dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi”.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 20-iyuldagi 341-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 7-son, 69-modda) 2-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “kasb-hunar ta’limini” so‘zlari “professional ta’limni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respublikaning oliy va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalariga o‘quv-pedagogik va ilmiy-metodik rahbarlikni amalga oshirish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, ularda davlat ta’lim standartlari talablari hamda ta’lim darajasiga va mazmuniga, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi sifatiga qo‘yiladigan boshqa talablar bajarilishini ta’minlash”;
to‘qqizinchi xatboshidagi “o‘quv yurtlarida” so‘zlari “ta’lim muassasalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi birinchi xatboshisidagi “5-moddasiga” so‘zlari “44-moddasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 16-fevraldagi 25-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 6-7-son, 39-modda):
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash haqidagi diplom va ularning malakasini oshirish haqidagi sertifikatning davlat namunalari 2-3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin”;
b) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari faoliyati to‘g‘risida” 2007-yil 17-maydagi 100-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 28-modda):
a) qarorning nomidagi, 1-banddagi “kollejlari” so‘zi “maktablari” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga budjet parametrlarida har yili Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kutubxona fondlarini to‘ldirish yuklansin”;
v) ilovada:
ilovaning nomidagi “kollejlari” so‘zi “maktablari” so‘zi bilan almashtirilsin;
1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Nizom “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablarining maqomini va faoliyati xususiyatlarini belgilaydi.
2. Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari (keyingi o‘rinlarda — maktab) imkoniyatlari cheklangan shaxslarni o‘qitadigan va tarbiyalaydigan hamda imkoniyatlari cheklangan o‘quvchilarning o‘qishi va kasb-hunarga ega bo‘lishlarida teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi”;
3 va 4-bandlardagi, 5-bandning birinchi xatboshisidagi, 7 va 8-bandlardagi, 9 va 10-bandlarning birinchi xatboshilaridagi, 11-banddagi, 12-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 13 va 16-bandlardagi, 17-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 18-banddagi, 19-bandning birinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi, 20, 21, 24 — 32-bandlardagi, 33-bandning birinchi xatboshisidagi, 34 — 36-bandlardagi, 38-banddagi, II, III va V bo‘limlarning nomlaridagi tegishli son va kelishikdagi “kollej” so‘zi tegishli son va kelishikdagi “maktab” so‘zi bilan almashtirilsin;
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Maktabda ta’limning mazmuni, ta’lim jarayonini tashkil etish (o‘qish muddati, o‘quv jarayoni jadvali) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari asosida ishlab chiqiladigan maxsus o‘quv rejalari va dasturlari bilan belgilanadi”.
11. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-yil, 52-son, 565-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandidagi “davlat talablariga” so‘zlari “davlat ta’lim talablariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2010-y., 14-15-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Muzey mutaxassislarini tayyorlash, muzey xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2, 24, 25-bandlari va 33-bandining ikkinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “davlat talablari” so‘zlari tegishli kelishikdagi “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Apostil qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 17-noyabrdagi 307-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 90-modda) 3-bandi beshinchi xatboshisidagi, qarorga 1-ilova 8-bandining “a” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “va fan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 3-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risidagi nizomda:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Nizom magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan hamda oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashning asosiy qoidalari va tartibini, umumqabul qilingan xalqaro standartlarga binoan magistrlik dissertatsiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan mezonlar va talablarni belgilaydi”;
b) 6-banddan “Magistrlar tayyorlashga qo‘yiladigan umumiy talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2001-yil 16-avgustdagi 343-son qarori bilan belgilanadi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 11-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2001-yil 16-avgustdagi 343-son qaroriga, shuningdek” so‘zlari chiqarib tashlansin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-maydagi 144-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 5-son, 39-modda) bilan tasdiqlangan Bolalar musiqa va san’at maktablari to‘g‘risidagi nizomda:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Nizom uzluksiz ta’lim tizimining majburiy bo‘lmagan turi hisoblangan, maktabdan tashqari ta’lim berishga mo‘ljallangan davlat bolalar musiqa va san’at maktabining (keyingi o‘rinlarda — bolalar musiqa va san’at maktabi) faoliyat ko‘rsatish tartibini belgilaydi”;
b) 7-bandning yettinchi xatboshisidagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 26-banddagi “davlat talablarining” so‘zlari “davlat ta’lim talablarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 44-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi, 46-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 51-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat talablari” so‘zlari “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-sentabrdagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risidagi nizomda:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Nizom atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini (keyingi o‘rinlarda — qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi”;
b) 22-bandning birinchi xatboshisidagi “davlat talablari” so‘zlari “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 34 va 38-bandlardagi “davlat talablariga” so‘zlari “davlat ta’lim talablariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 11-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Umumiy o‘rta ta’limning muddati 11 yil bo‘lib, uzluksiz ta’lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanadi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi”;
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining ustavi ta’lim tashkilotining muassislari tomonidan tasdiqlanadi va hududiy tegishli tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining namunaviy ustavi:
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan ishlab chiqiladi”;
v) 9-bandda:
to‘rtinchi xatboshidagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “boshlang‘ich professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek o‘quvchilarni yuqori malaka talab etmaydigan kasblarga tayyorlash”;
g) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Umumiy o‘rta ta’lim boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar), tayanch o‘rta ta’lim (I — IX sinflar) va o‘rta ta’lim (X — XI sinflar) bosqichlaridan iborat bo‘lib, kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi”;
d) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Umumiy o‘rta ta’lim muntazam va tizimli bilimlar olinishini, keng dunyoqarash hamda ijodiy mustaqil fikrlash shakllantirilishini, o‘quvchining barkamol shaxs sifatida kamol topishini, uning qiziqishlari va ijodiy qobiliyatlarining rivojlantirilishini ta’minlaydi.
O‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq o‘quvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini, shuningdek ta’limning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallashini ta’minlaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim umumta’lim muassasalarida uzluksiz tarzda, majburiy bo‘lgan o‘n bir yil davomida amalga oshiriladi”;
e) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Umumta’lim muassasalarining quyidagi turlari tashkil etilishi mumkin:
boshlang‘ich maktab (o‘qitish muddati 4 yil: I — IV sinflar);
umumiy o‘rta ta’lim maktabi (o‘qitish muddati 11 yil: I — XI sinflar);
ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab (o‘qitish muddati 7 yil: V — XI sinflar);
ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat (o‘qitish muddati 5 yil: VII — XI sinflar);
ijod maktabi (o‘qitish muddati 5 yil: VII — XI sinflar);
Prezident maktabi (o‘qitish muddati 7 yil V — XI sinflar);
olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati (o‘qitish muddati 7 yil: V — XI sinflar);
jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat (o‘qitish muddati 11 yil: I — XI sinflar);
psixik (intellektual) rivojlanishida nuqson bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (yordamchi) maktab, maktab-internat (o‘qitish muddati 9 yil: I — IX sinflar);
sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat (o‘qitish muddati 11 yil: I — XI sinflar);
respublika ixtisoslashtirilgan o‘quv-ta’lim muassasasi (o‘qitish muddati zaruriyatga ko‘ra)”;
j) 20-bandning uchinchi xatboshisidagi “tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 25-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o‘quv haftasining davomiyligi — 6 kun (pedagogik kengashning qaroriga ko‘ra I — IV sinflar uchun 5 kun)”;
i) 29-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining I — XI sinflarida “Chet tili” fani, ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar, V — XI sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari”, VIII — XI sinflarda “Jismoniy tarbiya”, V — IX sinflarda “Texnologiya”, X-XI sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fanlari, ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining II — XI sinflarida “O‘zbek tili” fani hamda ta’lim tili rus tili bo‘lmagan umumta’lim muassasalarining II — XI sinflarida “Rus tili” fani”;
k) 33-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yakuniy nazorat — tayanch o‘rta ta’lim va o‘rta ta’lim tugaganidan so‘ng yakuniy davlat attestatsiyasi shaklida o‘tkaziladi”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy attestatsiyalarini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi”;
l) 34-banddagi “V — IX sinf” so‘zlari “V — XI sinflar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
m) 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Umumta’lim muassasalari bitiruvchilariga quyidagi turdagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma)lar beriladi:
tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma — umumta’lim muassasasining IX sinfni tugatgan, ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan va o‘quv fanlaridan yil yakuni bo‘yicha ijobiy baholangan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga beriladi;
tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma — umumta’lim muassasasining IX sinfni tugatgan, ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan, VII sinfdagi musiqa va tasviriy san’at fanlaridan, VIII — IX sinflardagi barcha fanlardan choraklik, yillik va yakuniy davlat attestatsiya baholari a’lo hamda namunali xulqqa ega bo‘lgan bitiruvchilarga beriladi;
o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma — umumta’lim muassasasining XI sinfni tugatgan, ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan va o‘quv fanlaridan yil yakuni bo‘yicha ijobiy baholangan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga beriladi;
o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi (kumush medal bilan) shahodatnoma — umumta’lim muassasasining XI sinfni tugatgan, ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan, IX sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud, X-XI sinflardagi barcha fanlardan yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi;
o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma — umumta’lim muassasasining XI sinfni tugatgan, ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan, IX sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud, X-XI sinflardagi barcha fanlardan choraklik, yillik va yakuniy davlat attestatsiya baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan XI sinf bitiruvchilariga beriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlari hamda oltin va kumush medallarning davlat namunasi va bitiruvchilarga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
n) 37-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Eksternat tartibidagi ta’lim olishni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
o) 39-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga qamrab olish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida umumta’lim muassasasi tomonidan ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi.
Bunda biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan va haqiqatda yashovchi oila farzandlari inobatga olinadi”;
p) 40-banddagi “umumta’lim muassasasi bitiruvchilarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga” so‘zlari “o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim muassasalariga” so‘zlariga almashtirilsin.
r) 42-banddagi birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining I sinfiga bolalar yetti yoshga to‘ladigan yilda tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi.
Olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlash Maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi”;
s) 43-bandda:
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
t) 60-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmasi boshliqlari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlari bir vaqtning o‘zida tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari hisoblanadi”;
u) 62-bandning uchinchi xatboshisidagi “muassasalari” so‘zi “tashkilotlari” so‘zi bilan almashtirilsin:
f) 63-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari bilan kelishilgan holda hududiy xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tayinlangan direktor tomonidan amalga oshiriladi”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumta’lim muassasasi direktori yil yakuni bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari va jamoatchilik vakillariga 3 yillik dasturning ijrosi yuzasidan hisobot beradi va hisobot natijasiga ko‘ra uning faoliyatiga xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan baho berib boriladi”;
x) 64 va 65-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“64. Nodavlat ta’lim tashkilotlaridagi hamda idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, barcha davlat umumta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayoniga uslubiy rahbarlik O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va xalq ta’limi boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari bundan mustasno.
65. Umumta’lim muassasalarida pedagogik kengashlar tuziladi. Umumta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, ta’lim jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida kuzatuv kengashlari tuzilishi mumkin. Pedagogik va kuzatuv kengashlarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tartibga solinadi”.
18. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 14-son, 230-modda):
a) qarorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”;
b) 1-bandda:
ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Akademik litsey diplomining davlat namunasi 4-ilovaga muvofiq”;
uchinchi xatboshidagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
g) 3-bandning to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
d) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi taqdim etgan xarajatlar smetalari asosida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’limning davlat ta’lim standartlari, akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari va kasb-hunar kollejlarining tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablarini, o‘quv rejalari va dasturlarini, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari diplom, sertifikat, akademik ma’lumotnomalari blankalarini chop etish uchun sarflanadigan mablag‘larni belgilangan tartibda ajratsin”;
e) 1 — 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
j) 4-ilovada:
ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Akademik litsey diplomining davlat namunasi”;
Kasb-hunar kolleji diplomi tavsifi chiqarib tashlansin;
z) 5-ilovada:
ilovaning nomidagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Umumiy talablar “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 31-maydagi 362-son qaroriga, Vazirlar Mahkamasining “2005 — 2009-yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashr etish dasturi to‘g‘risida” 2004-yil 22-noyabrdagi 548-son hamda “2009 — 2013-yillarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish dasturi to‘g‘risida” 2009-yil 20-martdagi 80-son qarorlariga muvofiq umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish tartibini belgilaydi”;
2-bob nomidagi, 5-banddagi, 3-bob nomidagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bandning beshinchi xatboshisidagi “kasb-hunar ta’limining” so‘zlari “professional ta’limning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertlarining malakasini oshirish tizimini tashkil qilish to‘g‘risida” 2017-yil 13-apreldagi 206-son qarorida:
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
b) 1-ilovaning 3 va 18-bandlaridagi “davlat talablariga” so‘zlari “davlat ta’lim talablariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-apreldagi 220-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 47-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi ustavining 20-bandidagi “davlat talablariga” so‘zlari “davlat ta’lim talablariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-maydagi 292-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 20-son, 371-modda):
a) qarorning nomidagi, 1-banddagi, 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 4-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi, 5-bandning ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi hamda 7-banddagi tegishli kelishikdagi “ilmiy-tadqiqot muassasalari” so‘zlari tegishli kelishikdagi “ilmiy tashkilotlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 11-ilovaning nomidagi, 1-bandidagi, 2 va 5-bandlarining ikkinchi xatboshisidagi, 6, 10 va 11-bandlaridagi, 12-bandining uchinchi xatboshisidagi, 14-bandidagi tegishli kelishikdagi “ilmiy-tadqiqot muassasalari” so‘zlari tegishli kelishikdagi “ilmiy tashkilotlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 22-maydagi 304-son qarorida:
a) 1-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 2-ilovaning 33-bandidagi “davlat talablariga” so‘zlari “davlat ta’lim talablariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarorida:
a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “davlat talablari” so‘zlari “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi, 12-bandning “a” kichik bandidagi va “b” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovada:
8-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “davlat talablari” so‘zlari “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-bandda:
“a” kichik bandning ikkinchi va o‘ninchi xatboshilaridagi “davlat talablari” so‘zlari “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“v” kichik bandning birinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “davlat talablari” so‘zlari “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“j” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “va fan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Jizzax politexnika institutining arxitektura va qurilish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 5-sentabrdagi 699-son qarorining 4-bandi ikkinchi xatboshisidagi “davlat talablari” so‘zlari “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 25-sentabrdagi 745-son qarorida:
a) 1-bandda:
ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 1 — 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 39-son, 1045-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari to‘g‘risidagi nizomning 26-bandidagi “uch” so‘zi “ikki” so‘zi bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida” 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 11-son, 266-modda):
a) 1-ilova 11-bandining 1-kichik bandi oltinchi, yettinchi va to‘qqizinchi xatboshilaridagi, 15-bandining 10-kichik bandidagi, 17-bandining 9-kichik bandidagi, 18-bandining o‘n sakkizinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “davlat talablari” so‘zlari tegishli kelishikdagi “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilova 9-bandining “a” kichik bandi yettinchi xatboshisidagi, 13-bandining sakkizinchi xatboshisidagi, 16-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “davlat talablari” so‘zlari “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 22-noyabrdagi 937-son qaroriga 1-ilovaning 11-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 2-ilovaning 3-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “o‘quv yurtidan” so‘zlari “ta’limdan” so‘zi bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida” 2018-yil 4-maydagi 336-son qarorida:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
b) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
30. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 31-maydagi 408-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 133-modda):
a) 1-bandning oltinchi-yettinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovaning 4-bandi beshinchi va o‘n birinchi xatboshilaridagi, 5 va 6-bandlari ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilaridagi, 7-bandi beshinchi-oltinchi xatboshilaridagi hamda 10-bandi beshinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “davlat talablari” so‘zlari tegishli kelishikdagi “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning 6-bandi oltinchi, to‘qqizinchi — o‘n ikkinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “davlat talablari” so‘zlari tegishli kelishikdagi “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovaning 4-bandi ikkinchi xatboshisidagi hamda 21-bandidagi tegishli kelishikdagi “davlat talablari” so‘zlari tegishli kelishikdagi “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 4 va 5-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling