Qarori umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Reyting natijalarini hisoblash va e’lon qilish


Download 0.96 Mb.
bet7/10
Sana17.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1551756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4-bob. Reyting natijalarini hisoblash va e’lon qilish
11. Ta’lim inspeksiyasi to‘plangan ma’lumotlar asosida akademik litseylar reytingini aniqlaydi.
Reyting ballarini hisoblash ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan Akademik litseylar reytingini aniqlash mezonlari va hisoblash metodikasi asosida amalga oshiriladi.
12. Ta’lim inspeksiyasiga reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida:
a) oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan akademik litsey bitiruvchilarining soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar, xususan:
davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul imtihonlarida qatnashgan bitiruvchilar soni va ularning to‘plagan ballari bo‘yicha ma’lumotlar — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan;
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan nodavlat hamda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallariga qabul imtihonlarida qatnashgan bitiruvchilar soni va ularning to‘plagan ballari, xalqaro e’tirof etilgan nufuzli reyting agentliklarining (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) top 1000 talik ro‘yxatiga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan bitiruvchilar soni va ularning to‘plagan ballari bo‘yicha ma’lumotlar — mazkur oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan;
b) boshqa mezonlar bo‘yicha ma’lumotlar — akademik litseylar tomonidan taqdim etiladi.
13. Reyting quyidagi hisoblash tamoyillari asosida aniqlanadi:
tegishli reyting mezoni bo‘yicha eng yuqori natijaga ega akademik litsey aniqlanadi;
eng yuqori natijaga ega bo‘lgan akademik litseyga mazkur mezon uchun belgilangan eng ko‘p ball beriladi;
boshqa barcha akademik litseylarning ballari shu mezon bo‘yicha eng yuqori ballga ega bo‘lgan akademik litseyning ballari yig‘indisiga nisbatan hisoblanadi;
har bir mezon bo‘yicha hisoblangan ballar yig‘indisi akademik litseylar reytingini belgilaydi. Bunda, ballari yig‘indisi teng bo‘lgan akademik litseylarning reytingi tasdiqlangan mezonlar kesimida eng yuqori ball ko‘rsatkichlari nazarda tutilgan mezon bo‘yicha to‘plangan balldan kelib chiqqan holda ustuvorlik berib aniqlanadi. Ustuvorlik berilgan mezon bo‘yicha teng ballik akademik litseylar mavjud bo‘lganda, ularning har biriga tegishli o‘rin beriladi.
14. Reyting natijalari har yili keyingi o‘quv yili boshlanishidan kechikmay Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi va ommaviy axborot vositalarida yoritiladi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling