Qarori umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari to‘G‘risida


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 0.96 Mb.
bet2/10
Sana17.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1551756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 3-iyun,
345-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-son qaroriga
1-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim beriladigan ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarining (keyingi o‘rinlarda — umumiy o‘rta ta’lim muassasalari) faoliyati samaradorligi bo‘yicha reytingini (keyingi o‘rinlarda — reyting) aniqlash tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom Prezident maktablari hamda imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Reyting O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Ta’lim inspeksiyasi) va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan har yili tumanlar (shaharlar) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida tuziladi.
3. Reytingni tuzish maqsadida o‘quv yili davomida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini qo‘llashda asos hisoblanadigan zarur ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkaziladi.
4. Reytingni aniqlash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
2-bob. Reytingni aniqlashning maqsad va vazifalari
5. Quyidagilar reytingni aniqlashning maqsadi hisoblanadi:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining rahbarlari va pedagoglarining jamiyatdagi o‘rni va maqomini oshirish, mehnatini munosib qadrlash, faoliyat samaradorligiga qarab moddiy rag‘batlantirish;
mahalliy boshqaruv organlarining o‘z hududlarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan faoliyatini kuchaytirish.
6. Quyidagilar reytingni aniqlashning vazifalari hisoblanadi:
har yili umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligi bo‘yicha monitoring yuritish, ko‘rsatkichlari past bo‘lganlarining faoliyatiga oid tahliliy ma’lumotlarni ta’lim sohasidagi vakolatli organlar va tashkilotlarga taqdim etish;
reyting natijalaridan kelib chiqib, direktorlar va ularning o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar, tegishli hududlar hokimlari va ularning ta’lim bo‘yicha maslahatchilari faoliyatiga baho berish;
rahbar xodimlar, pedagog va o‘qituvchilarning faoliyati samaradorligini hisobga olib, moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling