Qarori umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish


Download 0.96 Mb.
bet3/10
Sana17.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1551756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-bob. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish
7. Ta’lim inspeksiyasi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda har yili 20-yanvarga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda Ta’lim inspeksiyasi hamda tizimida umumiy o‘rta ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy bo‘linmalar) xodimlaridan iborat tegishli hududdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy so‘rovnomalar va nazorat ishlari (yozma ish va test sinovi)ni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruhlar) tuziladi.
8. Ta’lim inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha jadvallar har yili 1-fevralga qadar Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytidagi platformaga (monitoring.tdi.uz) (keyingi o‘rinlarda — maxsus platforma) joylashtiriladi.
9. Jadvallar ularga tegishli ma’lumotlar kiritilib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining direktorlari tomonidan tasdiqlangan holda 25-aprelga qadar hududiy bo‘linmalarga taqdim etiladi.
10. Hududiy bo‘linmalar tomonidan jadvallar asoslantiruvchi hujjatlari bilan birgalikda har yili 1-mayga qadar maxsus platformaga joylashtiriladi.
Maxsus platformaga reyting aniqlanayotgan yilning 1-mayidan so‘ng qo‘shimcha ma’lumot joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ma’lumotlarning maxsus platformaga belgilangan muddatdan kechikmay va to‘g‘ri kiritilishi uchun hududiy bo‘linmalar rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
11. Ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonida hududiy bo‘linmalar tomonidan taqdim etilgan materiallar va ularning asoslantiruvchi hujjatlari ishchi guruhlar tomonidan qo‘shimcha o‘rganilishi mumkin.
Asoslantiruvchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan ma’lumotlar reytingni hisoblashda inobatga olinmaydi.
4-bob. Reytingni aniqlashga oid ijtimoiy so‘rovnomalar va nazorat ishlarini o‘tkazish
12. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun ishchi guruhlar tomonidan har o‘quv yili davomida Ta’lim inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligi birgalikda qur’a tashlash orqali tanlab oladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy so‘rovnomalar va nazorat ishlari o‘tkaziladi.
13. Ijtimoiy so‘rovnoma umumiy o‘rta ta’lim muassasasi yuqori sinf o‘quvchilari va pedagoglar jamoasi o‘rtasida o‘tkazilib, unda pedagog va rahbar xodimlar faoliyati, umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda pedagog xodimlarning dars berish mahorati haqida o‘quvchilarning fikri, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim muassasasida pedagog xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va o‘qitish muhiti haqida pedagog xodimlar fikri o‘rganiladi.
Pedagogik jamoa bilan o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovnomada umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi o‘qituvchilarning kamida uchdan ikki qismi qatnashadi.
Ijtimoiy so‘rovnoma savollari xalq ta’limi tizimidan mutaxassislarni jalb qilgan holda Ta’lim inspeksiyasi tomonidan tuziladi.
14. Nazorat ishlari umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida yozma ish va test sinovi shaklida o‘tkaziladi.
Nazorat ishlarini o‘tkazish uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasasining kamida bitta sinfi ishchi guruh tomonidan qur’a tashlash orqali tanlab olinadi.
15. Ijtimoiy so‘rovnoma va nazorat ishlarini o‘tkazish tartibi, ijtimoiy so‘rovnoma savollarining soni, shuningdek, nazorat ishlari o‘tkaziladigan fanlar va topshiriqlar soni Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
16. Ta’lim inspeksiyasida ijtimoiy so‘rovnomalar va nazorat ishlari materiallari qutilarga solinib muhrlanadi va maxsus qoplarga joylashtirilib, hududlarga yuborish uchun Davlat feldyegerlik xizmatiga topshiriladi.
17. Davlat feldyegerlik xizmati nazorat ishlari materiallari solingan maxsus qoplarni Ta’lim inspeksiyasining hududiy bo‘limlariga yetkazib beradi.
18. Joylarda ijtimoiy so‘rovnomalar va nazorat ishlari o‘tkazilgandan so‘ng nazorat ishlari materiallari ishchi guruhlar tomonidan qutilarga solinib muhrlanadi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomalar va nazorat ishlari materiallari solingan qutilar Ta’lim inspeksiyasiga ishchi guruhlar tomonidan yetkazib beriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlardagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomalar va nazorat ishlari materiallari solingan qutilar maxsus qoplarda Davlat feldyegerlik xizmati orqali Ta’lim inspeksiyasiga yetkaziladi.
19. Ijtimoiy so‘rovnomalar va nazorat ishlari Ta’lim inspeksiyasiga jalb etiladigan ekspert va mutaxassislar tomonidan baholanadi. Baholash jarayoniga jalb etilgan ekspert va mutaxassislarga Ta’lim inspeksiyasi bilan tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida haq to‘lanadi. Ekspert va mutaxassislarga to‘lanadigan haq miqdori ularning bajargan ishlariga mutanosib ravishda tomonlar kelishuviga muvofiq belgilanadi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling