Qarori umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari to‘G‘risida


Download 0.96 Mb.
bet9/10
Sana17.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1551756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
32. Vazirlar Mahkamasining “O‘z kuchini yo‘qotayotgan umummajburiy idoraviy hujjatlarning o‘rniga yangi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 16-iyuldagi 538-son qaroriga ilovaning rus tili matni 9-pozitsiyasidagi “Razrabotka i vneseniye proyekta postanovleniya Kabineta Ministrov”, “AO “Uzbekiston temir yullari” va “Oktyabr 2018 goda” so‘zlari tegishli ravishda “Razrabotka i prinyatiye vedomstvennogo normativno-pravovogo akta”, “Ministerstvo transporta” va “Noyabr 2021 goda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 30-iyuldagi 599-son qarorida:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga tinglovchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida magistratura tinglovchilarining o‘qishini ko‘chirish, ularni o‘qishdan chetlatish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
b) 1-ilovaning 3 va 4-bandlaridagi “davlat talablariga” so‘zlari “davlat ta’lim talablariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
34. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 14-avgustdagi 658-son qarorida:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovada:
2-banddagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-bandning sakkizinchi xatboshisidagi, 16-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “davlat talablari” so‘zlari “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilovada:
1-banddagi “kasb-hunar ta’limi” so‘zlari “professional ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-bandning beshinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi, 10-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “davlat talablari” so‘zlari tegishli kelishikdagi “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 9-yanvardagi 9-son qarorida:
a) 1-ilovaning 2-bandidagi, 7-bandining uchinchi xatboshisidagi, 12-bandining ikkinchi xatboshisidagi hamda 56-bandining uchinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “davlat talablari” so‘zlari tegishli kelishikdagi “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning 2-bandidagi, 7-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi hamda 8-bandidagi tegishli kelishikdagi “davlat talablari” so‘zlari tegishli kelishikdagi “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi uchinchi xatboshisidagi, 11-bandining 1-kichik bandi oltinchi xatboshisidagi, 2-kichik bandi birinchi xatboshisidagi, 12-kichik bandi uchinchi xatboshisidagi va 13-kichik bandi birinchi xatboshisidagi, 15-bandining o‘n ikkinchi xatboshisidagi, 17-bandining o‘n birinchi xatboshisidagi hamda 18-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “davlat talablari” so‘zlari tegishli kelishikdagi “davlat ta’lim talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling