Qarsffl muhandislik iqtisodiyotinstituti r. X. Ergashev qishloq xo‘ jaligi iqtisodiy oti


Bob. Yer-suv resurslari, ulardan samarali foydalanish


Download 1.68 Mb.
bet55/147
Sana18.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1786026
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   147
Bog'liq
R. X. Ergashev-fayllar.org

Bob. Yer-suv resurslari, ulardan samarali foydalanish


0‘quv maqsadi: Respublikaning yer-suv fondi va qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer-suv resurslari, ulaming iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati, miqdori, turlari, tarkibi va sug‘oriladigan yerlar miqdori va sifatini tahlil qilish, yer-suv munosabatlarining huquqiy asoslarini, yer-suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishga oid hukumat chora- tadbirlarining ahamiyatini, yer kadastrining mazmun-mohiyatini, yer- suvdan foydalanish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganish, irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishda davlatning roli hamda suv resurslaridan oqilona foydalanishda yangi sug‘orish usullarini, texnikalami joriy etishni o‘rgatish.
Tayanch iboralar: yer-suv fondi, yer-suv resurslari, sug‘ori[adigan yerlar, yer-suv munosabatlari, yer kadastri, irrigatsiya va meliorat­siya, suvdan foydalanuvchilar uyushmasi, almashlab ekish, tuproq unumdorligi, havza usul, suv islohoti.


  1. Respublikaning yer-suv fondi, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer-suv resurslari, ularning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining asoslaridan biri bu tabiiy resurslardir. Tabiiy resurslaming eng kerakli unsurlariga esa yer kiradi. Yer qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning asosiy omili, mehnat yo‘naltirilgan ob‘ekt sifatidagi mehnat predmeti, shuningdek, turli xil mahsulotlaming joylashuv makoni, insonlar uchun turar joy hamda hayvonot va o‘simliklar dunyosining yashashiga mo‘ljallangan mehnat qurolidir. Har bir halq va millat yemi asosiy boyligi sifatida e’tirof etadi, bir nechta shart va omillami birlashtirgan holda qishloq xo‘jaligidagi afzalliklami yer orqaU tavsiflaydi.


Yer resurslari - bu quruqlik yuzasining jami yig‘indisi bo‘lib, uning tarkibiga boshqa tabiiy ob‘ektlar ham kiritiladi. Bular: o‘rmonlar, o'simlik va boshqa tirik organizmlar, suv ob‘ektlari. Yer resurslarining suv ob'ektlari o‘z ichiga ko‘llar, ko‘lmak va hovuzlar, ariqlami qamrab oladi. Okean, dengizlar va daryolar esa suv resurslari tarkibiga kiradi.
Har bir davlatning yer-suv resurslari tabiat va jamiyatda yashash manbaidir, shuningdek, yer va suv bir-birining mavjudhgini taqozo qiladi.
Yer resurslari ham boshqa resurslardek o‘z xususiyatlariga ega.
Birinchidan, yer - tabiat mabsuli, in'omi hisoblanib, u inson mehnati bilan yaratilmaydi. Inson faqatgina yerga mehnatini yo‘naltirib, yo yeming ahvolini yaxshilaydi, yoki umuman yomon ahvolga solishi mumkin. Lekin inson o‘z xohishi bilan yer resurslarini hosil qilohnaydi.
Ikkichnidan, yer chegaralangan tabiiy resursdir. Inson xohlagancha yemi ko‘paytira yoki kamaytira olmaydi. Shu sababli, bosh maqsad yerdan samarali va to‘g‘ri foydalanishdir. Bir mamlakat miqyosida yer miqdori uning chegaralari bilan aniqlansa, umuman hududlar sifatida esa yer miqdori quruqlilc yuzasi bilan belgilanadi.
Yer resurslari jismoniy nuqtai nazardan murakkab majmua hisob­lanadi. Bu majmua turli omillar (kimyoviy, fizik, biologik) birlash- masi bilan xarakterlanadi. Yer resurslari turli yer uchastkalaridan iborat bo‘lib, ular bir-biridan tuproq turlari, relyefi, miqdori va boshqa xarakteristikasi bilan farqlanadi.
Uchinchidan, yer abadiy ishlab chiqarish vositasidir. Shuningdek, yer har doim ishlab chiqarishdagi eng asosiy omil sifatida o‘z о‘mini yo‘qotmaydi. Undan mablag'ni ko‘paytirish, ishlab chiqarishda za­monaviy texnologiyalar orqali qishloq xo‘jalikdagi yerlardan unumli va samarah foydalanish, shuningdek sanoat va uy-joy qurilishi maqsadida foydalanish mumkin. Shu bilan birga, texnika taraqqiyoti yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilganiga qaramay yemi boshqa ishlab chiqarish omillari bilan almashtirib bo‘lmaydi.



  1. Download 1.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling