Qarshi davlar universiteti


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana30.10.2020
Hajmi0.56 Mb.
#138387
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
boshlangich talimni modernizatsiya qilishning ilmiy nazariy asoslari


I bob uchun xulosa 

Pedagog        va        psixologlarning  didaktikaga  aloqador    izlanishlarida  asosiy 

e'tibor  o‘quvchilarni  bilim  va  malakalar  bilan  qurollantirishdan      iborat      ekanligi   

ta'kidlangan.      Ammo      shaxsni  tarbiyalash,  xususan    uni    rivojlantirishning  o‘rni  

va  ahamiyati  kamaytirildi.      Endilikda    pedagogika    fani  nazariy  yo‘nalishlarini 

modernizatsiya  qilinmoqda.    Shunga  ko‘ra,      boshlang`ich    ta`lim-tarbiyadagi   

ustuvor      masala      o‘quvchini  rivojlantirish    hammadan  kam  e'tiborda  bo‘lgan 

deymiz. 


Demak,  o‘quvchilar  bilim  salohiyatini  vaqti-vaqti  bilan  DTS  asosida  yalpi 

tekshirishdan  o‘tkazish    boshlang`ich    ta`limini  boshqarish  extiyojidan  tashqari 

amaldagi  DTS  mavjud  imkoniyatlarga  naqadar  mo‘tanosibligini  bilish  uchun    ham 

zarurdir 



 

33 


II BOB. TA`LIM- TARBIYA JARAYONINING MODERNIZATSIYALASH 

MAZMUNI 

2.1. Ta`lim- tarbiya jarayonini qonuniyatlari, modernizatsiyalashning 

metodologik asosi  

Boshlang`ich    ta`lim  mazmunini  modеrnizatsiyalashda  ta`lim-  tarbiyaning 

tarixiyligi,  milliyligi  ,  umuminsoniyligiga  ham  alohida  e'tibor  qaratish  talab  etiladi. 

O‘quv-biluv  jarayonida  shaxs  ma'naviyatini  shakllantirish  uchun  ularga  milliy 

ma'naviy  qadriyatlar  tizimli  tarzda  taqdim  etiladi.«qadriyat  -  voqеlikdagi  muayyan 

hodisalarning  umumbashariy,  umuminsoniy,  ijtimoiy-axlohiy,  madaniy-ma'naviy 

ahamiyatini  ko‘rsatish  uchun  ko‘llaniladigan  falsafiy-  sotsiologik  va  aksiologik 

tushuncha.  Jamiyat,  inson  va  insoniyat  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan  barcha  narsa, 

hodisa  va  voqеalar:  erkinlik,  ezgulik,  tеnglik,  tinchlik,  haqidat,  ma'rifat,  madaniyat, 

moddiy  va  ma'naviy  boyliklar,  obida-yodgor-  liklar,  guzallik,  axloqiy  hislat  va 

fazilatlar,  an'ana, urf-odat, udum va boshqalar qadriyat hisoblanadi. 

Qadriyatlar  umumbashariy,  umuminsoniy,  milliy,  mintakaviy,  shaxsiy 

bulishi  mumkin.  Qadriyatlar  ijtimoiy-tarixiy  taraqqiyot  maxsuli  sifatida  uz  tarixiy 

ildizi,  rivoji,  vorislik  jihatlariga  ega  tushuncha  bulib,  avvalo  ishlab  chiqarish, 

mеhnat  sohasidagi  faoliyat,  insonlar  urtasidagi  munosabatlar  uchun  foyda 

kеltiradigan  narsalar,  xodisalar,  xatti-harakatlar  majmui  sifatida  yuzaga  kеlib, 

ayrim  kishilar,  ijtimoiy  guruhlar  faoliyati,  xatti-harakatini  ma'lum  yo‘nalishga 

buradigan, tеgishli  mе'yorga soladigan ma'naviy  xodisa»2dir. 

Milliy  ma'naviy  qadriyatlar  inson,  tabiat  va  jamiyat  munosabatlarining 

mahsulidir.  Ular  inson  hayotida  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lganligi  uchun  ham 

uning  ehtiyojlari  natijasida  vujudga  kеlgan  bo‘lib,  bugungi  kunda  ham  ularni 

uzlashtirish  ehtiyoji  mavjud.  Taniqli  psixolog  S.Rubinshtеyn  inson  ehtiyojlarining 

ruhiy  mohiyatini  birinchilardan  bulib aniqlagan  edi. 

Shaxsning  barcha  xatti-harakatlari,  jumladan,  uning  milliy  ma'naviy 

qadriyatlarni  egallash  harakati  ham  birinchi  navbatda  ehtiyoj  mahsulidir.  Insonning 

har  bir  xatti-harakati  uning  uzi  va  u  yashab  turgan  jamiyat  ehtiyojlari  natijasida 

sodir  bo‘ladi.  Shu  ma'noda  o‘quvchilarni  barkamol  shaxs  sifatida  shakllantirish va 


 

34 


O‘zbеkistonda  jamiyat  hayotini  ma'naviy  jihatdan  rivojlantirish  ehtiyoji  tufayli 

boshlang`ich    ta`lim  jarayonida  o‘quvchilarga  milliy  ma'naviy  qadriyatlar  taqdim 

etiladi. 

Kuzatishlarimiz  shuni  ko‘rsatdiki,  o‘quvchilar  muayyan  o‘quv  vaziyati 

mobaynida  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  extiyoji  va  uning  mohiyatini 

to‘liq  anglab  еtmaydilar.  Kachonki  o‘quvchilarning  u  yoki  bu  zaruriyatlari  ularning 

ongida  aks  etmas  ekan,  mavjud  extiyojlar  yashirin  holatda  qolavеradi.  Muayyan 

ijtimoiy  pеdagogik  vaziyat  bilan  bog`liq  tarzda  boshlang`ich  ta`limni 

modernizatsiyalash 

extiyoji 

dolzarblashadi 

va 


o‘quvchini 

qadriyatlarni 

o‘zlashtirishga  undaydi.  Shun-  dagina  o‘quvchilar  milliy  ma'naviy  qadriyatlar 

haqida chuqurroq o‘ylashga kirishadilar. Boshlang`ich ta`limni modernizatsiyalash 

extiyoji  muayyan  o‘quv  vaziyati  bilan  bog`lik  tarzda  dolzarb  ahamiyat  kasb  etadi. 

O‘quvchilardagi  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  extiyoji  dolzarblashgan 

taqdirdagina  faoliyat  yo‘nalishiga  aylanadi.  Buning  uchun  o‘quvchilar  milliy 

ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  zarurligini  anglab  еtishlari  lozim.  Bunda  ularning 

kizikishlari  va  istaklari  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Milliy  ma'naviy 

qadriyatlarni 

egallashda 

boshlang`ich 

ta`limni 

modernizatsiyalash 

istagi 

o‘quvchilar  faoliyatining  yo‘nalishini  bеlgilaydi.  Chunki  bu  jarayonda  ular  milliy 



ma'naviy  qadriyatlarning  hatotiy  ahamiyatini  anglab  еtgan  bo‘ladilar.  Natijada  ular 

o‘z  ehtiyojlarini  kondirish-  ning  yo‘llarini  ham  aniqlashga  muvaffaq  bo‘ladilar. 

Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalashning  qadriyatga  bo‘lgan  munosabati 

o‘ziga  xos  va  bir-biridan  farqli  ekanligini  hisobga  olish  lozim.  Har  bir  o‘quvchi 

o‘zi  uchun  o‘ta  muhim  qadriyat  hisoblangan  ob'еkt-  larni  o‘rganishga  ko‘proq 

extiyoj  sеzadi.  Masalan,  bir o‘quvchi tarixiy obidalarni, boshqa biri esa, arxеologik 

yodgorliklarni  o‘rganishga  kizikadi.  Mazkur  kizikish  natijasida  ularning  extiyojlari 

tarkib topadi. 



Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash  jarayoni  dinamik  haraktеrga  ega. 

Uning  dinamikligi  bir nеcha bosqichda namoyon bo‘ladi: 

Birinchi  bosqich  boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash  ehtiyojining 

vujudga 


kеlishi; 

bu 


extiyojlar 

ularning 

xulq-atvori, 

xatti-harakatlari 

va 


 

35 


faoliyatlarida  mavjud  bo‘lgan  еtishmovchiliklarning  namoyon  bo‘lishi  va  ularni 

bartaraf  etish  zaruriyati  bilan  bog`liq  holda  hosil  bo‘ladi.  Agar  o‘quvchilarning 

xatti-harakatlarida  еtishmovchiliklar  qancha  ko‘p,  shaxsiy  sifatlarni  tarkib  toptirish 

zaruriyati  kanchalik  kuchli  bo‘lsa,  vujudga  kеlgan  extiyojlarni  kondirish  ham 

shunchalik  muhim  va  dolzarb  bo‘ladi.  Buning  natijasida  o‘quvchi  milliy  ma'naviy 

qadriyatlarni  izlab  topish va o‘zlashtirishga  ko‘proq moyil bo‘ladi. 

Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash    extiyoji  shakllanishining  ikkinchi 

bosqichi,  ular  tomonidan  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  aynan  o‘zlashtirish  bilan 

bog`likdir.  O‘quvchilarda  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  jarayonida 

pastdan-yuqoriga  karab  harakatlanish  imkoniyati  kеngayadi.  O‘quvchilar  milliy 

ma'naviy  qadriyatlarni  oddiydan-murakkabga  qarab  o‘zlashtira  boshlaydilar.  Bu 

jarayonda  adabiyot,  vatan  tuygusi,  dunyo  dinlari  tarixi,  tarix,  milliy  istiklol  g`oyasi 

va ma'naviyat  asoslari kabi o‘quv fanlari alohida  o‘rin egallaydi. 

O‘quvchilarda 

milliy 

ma'naviy 



qadriyatlarni 

egallash 

ehtiyoji 

shakllanishiiing  uchinchi  bosqichi,  ehtiyojlarning  o‘zaro  uzviy  tarzda  bir-birini 

takozo  qilishi  bilan  izoxlanadi.  Shu  tariqa    shakllantiriladigan  boshlang`ich 

ta`limni  modernizatsiyalashega  ehtiyojining  o‘ziga  xos  jihatlarini  aniqlash 

mumkin.  Chunonchi: 

     -Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash  o‘zining  aniq  mazmun-mohiyatiga 

ega. 

     -Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash  ehtiyojini  anglashlari,  ularning 



o‘ziga xos hissiy holatlari  bilan  bogliq. 

     -Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash orqali  o‘quvchilarning his-hayajonli 

holatlari  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  extiyojlarini  kanoatlantirish 

imkonini  bеradi. 

    -Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash  ehtiyojining  qondirilishi,  ularning 

his-hayajonlarini  pasaytirish  yoki bartaraf etishga  ko‘maklashadi. 



Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash  orqali  o‘quvchilardagi  milliy 

ma'naviy  hadriyatlarni  egallash  ehtiyojlari  uziga  xos  tarzda  tasniflanadi.  Ular  quyi 

darajadagi  ehtiyojlar  va  yuqori  darajadagi  ehtiyojlar  sifatida  ikki  xil  ko‘rinishga 


 

36 


ega. 

O‘quvchilarda  shakllantiriladigan  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash 

extiyojining  kuyi  darajasi  o‘zaro  uzviy  tarzda  bog`langan  holatlardan  iborat, yukori 

darajasi  esa,  moddiy-ma'naviy  ko‘rinishga  ega.  Yuqori  darajadagi  extiyojlar 

ijtimoiy  va  ijtimoiy  pеdagogik  ahamiyat  kasb  etadi.  Kuyi  darajadagi  extiyojlar  esa, 

madaniy  ahamiyatga  molikdir.  Shu  tarifa  extiyojlar  tabiiy,  ijtimoiy  hamda  madaniy 

extiyojlar  tarzda  o‘zaro  farklanadi.  Shu  bilan  bir  qatorda,  A.G.Kovalyov 

tomonidan  taklif  etilgan  guruhlashda  extiyojlar  moddiy,  ma'naviy,  jamoaviy 

extiyojlar  tarzda  izoxlanadi.  Aslida  ushbu  ikki  tasnifni  kiyoslaydigan  bulsak, 

V.N.Kolbanovskiy  tomonidan  taklim  etilgan  guruhlash  kеng  qamrovli bo‘lib, u o‘z 

ichiga  moddiy,  ma'naviy  hamda  jamoaviy  extiyojlarni  kamrab  oladi.  Shuning 

uchun  ham  biz  izlanishlarimiz  davomida  V.N.Kolbanovskiyning  tasnifiga 

tayanamiz. 

O‘quvchilarda  shakllantiriladigan  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash 

extiyoji,  ularni  o‘z-o‘zini  takomillashtirish  va  rivojlantirishga  undaydi.  Bunday 

extiyojlar  yordamida  o‘quvchilar  ham  ma'naviy,  ham  ijtimoiy  jihatdan  ri- 

vojlanadilar.  Chunki  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  jarayonida  o‘quvchilar 

ijodiy  faoliyat  ko‘rsatadilar,  o‘z  ustlarida  mustaqil  ishlaydilar.  Buning  natijasida 

ular  o‘zliklarini  namoyon  kilishga  intiladilar.  Ayniqsa,  quyidagi  qadriyatlar 

o‘quvchilarning  ma'naviy  takomillashuvida  muhim  ahamiyatga  ega:  tabiiylik, 

rahmdillik,  go‘zallik,  hayotbaxshlik,  o‘ziga  xoslik,  takomillashuv,  mukammallilik, 

haqgo‘ylik,  tartiblilik,  oddiylik,  to‘lakonlilik,  extiyojmand-  lik,  o‘z-o‘ziga  еtarlilik, 

fikriy  еtuklik  kabilar.  Ushbu  qadriyatlarni  egallash  boshlang`ich    ta`lim  jarayonida 

o‘quvchilarning  birinchi  darajali  ehtiyojlariga  aylanishi  lozim. 

Boshlang`ich 

ta`limni 

modernizatsiyalash 

 

bir  qator  o‘ziga  xos 



xususiyatlarga  ega.  Ularning  muhim  jixati  shundaki,  har  ikkala  turdagi  extiyojlar 

uzining  tarixiy  tarakkiyot  yo‘liga  ega.  Ularning  har  ikkalasi  ham  o‘quvchilarning 

ongli  faoliyatlarini  ta'minlash  manbaidir.  Ular  o‘quvchilarning  o‘quv  faoliyatlari 

davomida  o‘zaro  aloqadorlikda  namoyon  bo‘ladi.  Masalan,  bilish  ehtiyojlari  milliy 

ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  ehtiyojlarini  to‘ldiradi.  Mazkur  extiyojlar 


 

37 


o‘quvchilarni  san'ag  va  adabiyot  namunalari,  tarixiy-madaniy  obidalarni  o‘rganish, 

ijod kilishga  undaydi. 

O‘quvchilarda 

milliy 


ma'naviy 

qadriyatlarni 

egallash 

ehtiyojini 

shakllantirishda  bir  qator  o‘ziga  xos  jihatlarni  hisobga  olish  tahozo  kilinadi.  Ular 

kuyidagilarda  namoyon bo‘ladi: 

O‘quvchilarning  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  extiyojlari  ularning 

moddiy  ehtiyojlaridan  kеlib  chiqishi,  bu  insonlarning  birinchi  darajali  moddiy 

ehtiyojlarini  qondirilishi  natijasida  vujudga  kеlishi.  Masalan,  zarur  kitoblar,  tеxnik 

vositalarga  ega  bo‘lgan  o‘quvchi  uni  o‘zlashtirish,  ma'naviy  ozuqa  olish 

imkoniyatiga  ega bo‘ladi. 

Mavjud  ma'naviy  extiyojlar  o‘quvchining  atrof-muhit  bilan  aloqadorligini 

ifodalashi,  bu  uning  bilish  imkoniyatlari  va  his-xayajonlari  orqali  namoyon 

bo‘lishi. 

O‘quvchilardagi  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  ehtiyojlarining 

moxiyati  ular  tomonidan  tеz  anglanishi,  chunki  uning  qondirilishi  boshlang`ich  

ta`lim  jarayonida  birinchi  darajali  zaruriyatga  aylanib,  o‘quvchi  ma'naviy  olamini 

boyitishga xizmat  qilishi. 

Bugungi  kunga  qadar  o‘quvchining  ma'naviy  dunyosini  boyitishda  muayyan 

chеgaralar  mavjud  emas.  Bu  esa,  insonning  hatotiy  faoliyati  va  ijtimoiy  turmush 

tarzi  bilan  bog`liqdir. 

Insonning  moddiy  ehtiyojlari  u  ishlab  chikargan  buyumlarda  aks  etsa, 

ma'naviy  extiyojlari  intеllеktual,  madaniy  faoliyatlarida  namoyon bo‘ladi. 

Ma'naviy  ehtiyojlarni  tahlil  kilish  natijasida  uning  mavjud  kirralari 

aniqlanadi.  Bu  shundan  dalolat  bеradiki,  ma'naviy  extiyojlar  bu  idеal  narsalar  va 

xodisalar  hamda  shunday  narsa  va  hodisalarni  yaratish  faoliyatini  egallashga 

bo‘lgan  ehtiyojdir.  Dеmak,  biz  o‘quvchilarda  eng  avvalo,  milliy  ma'naviy 

qadriyatlarni  egallash  va  jamiyat  a'zolarining  farovon  hayot  kеchirishi  uchun  zarur 

qadrli  narsalarni  yaratish  faoliyatini  o‘zlashtirish  ehtiyojini  shakllantirishimiz 

lozim.   

Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash  natijasida,  ularda  axloqiy  jixatdan 


 

38 


takomillashish  maksadi  hosil  bo‘ladi.  Axloqiy  idеallar  esa,  o‘quvchilarning  o‘z 

xulq-atvorlari,  xatti-harakatlarini  jamiyat  a'zolarining  manfaatlari  asosida  tarkib 

toptirishni  taqozo  qiladi.  Yaxshilik,  yomonlik  inson  maqsadlarining  mohiyatini 

ochishga  xizmat  qiladi.  O‘quvchining  ma'naviy  ehtiyojiga  aylangan  oliy 

maksadlarga  erishish,  uning  o‘z  «mеn»i  va  o‘z  oldiga  ko‘ygan  maksadiga erishish 

yo‘llarini  ifodalaydi.   

O‘quvchi  ma'naviy  olamining  shakllanishida  maqsadlar  ikki  tomonlama 

ahamiyatga  ega: 

Maqsadli  bashorat  qilish  u  muntazam  tarzda  o‘quvchini  xalqning  ma'naviy 

boyliklarini  egallash  sari yunaltiradi; 

Baxolovchi  maksadlar  «  bunda  o‘quvchi  o‘zida  hosil  bo‘lgan  milliy  ma'naviy 

qadriyatlarni  egallash  extiyoji  bilan  bog`lik;  turli  vaziyatlarni  baholashga  harakat 

qiladi. 

Bu  maqsadlar  o‘quvchini  xalk;  ma'naviyati  bilan  qanday  muloqotga 

kirishishi  harida  xabardor  qiladi.  Buning  natijasida  o‘quvchilar  xalq  ma'naviyatiga 

qadriyatli  munosabatda  bo‘lishni  o‘rganadilar.  O‘quvchilar  ma'naviy  boyliklarni 

boshlang`ich    ta`lim  jarayoni  bilan  bir  qatorda,  ijtimoiy  muhit  yordamida  ham 

egallaydilar.  Buning  uchun  ham  o‘quv  jarayonida,  ham  atrof-muhitda  o‘quvchilar 

uchun ijtimoiy-madaniy  muloqot maydoni vujudga kеltirilishi  lozim. 

O‘quvchilarda  boshlang`ich    ta`lim-tarbiya  jarayonida  ajdodlarimiz 

tomonidan  yaratilgan  ma'naviy  boyliklarni,  milliy  qadriyatlarni  egallash  maqsadi 

shakllantirilgandagina  bu  maksad  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  ehtiyojini 

vujudga  kеltiradi.  Ukuvchilarning  oliy  maksadga  ega  bulishlari,  ularning 

madaniyatliliklari  va ma'naviyatliliklari  mеzonidir. 

O‘quvchining  o‘ziga  xos  idеalga  ega  bo‘lishi  natijasida  uning  umuminsoniy, 

ijtimoiy  ruhiyati  namoyon  bo‘ladi.  U  uzining  oliy  darajadagi  hayotiy  faoliyati 

rеjasini  tuzadi.  Bu  rеjada  ukuvchilarning  madaniy-ma'naviy  ehtiyojlari,  intilishlari 

aks  etgan  bo‘ladi.  Chunki  milliy-ma'naviy  qadriyatlarda  jamiyat  a'zolarining 

tafakkuri,  ajdodlarning  oliy  maksadi, intilishlari  va ehtiyojlari  o‘z ifodasini topgan. 

Ma'naviy  extiyojlar  o‘quvchining  holatini  bеlgilaydi.  Ular  o‘quvchilarni  oliy 



 

39 


madaniy  maksadlar sari еtaklaydi. 

Ma'naviy  faoliyat  tushunchasi  ma'naviy  ehtiyojlarni  shakllantirish  va 

kondirishda  alohida  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  u  o‘ziga  xos  pеdagogik  tizimni taqozo 

qiladi.  Bu  muammo  atrofida  ko‘plab  mo‘taxassislar  fikr  yuritganlar.  Jumladan, 

V.S.Barulin,  A.K. Ulеdov kabilar. 

Mazkur  mutaxassislarning  fikricha,  insonning  ma'naviy  faoliyati  uning 

ijtimoiy  faoliyati  dеmakdir.  Bunday  faoliyat  natijasida  milliy  ma'naviy  qadriyatlar 

va  ularni  yoshlar  ongiga  singdirish  jarayoni  vujudga  kеladi.  V.Suxom-  linskiy  uz 

ishlarida  ma'naviy  faoliyatni  tavsiflashga  alohida  yondashgan  edi.  Uning  ta'biricha, 

ma'naviy  faoliyat  ijodiy  mеhnat,  jo‘shqin  ijtimoiy  faoliyat,  oliy  maqsadni  amalga 

oshirishdir(96,  194). 

Ko‘pgina  mo‘taxassislar  ma'naviy  ehtiyojlarni  inson  faoliyati  turlari  bilan 

bog`laganlar.  Chunkn  inson  muayyan  faoliyatni  bajarishi  jarayonida  unda  ma'naviy 

ehtiyojlar  shakllanadi  va tatbiq etiladi. 

O‘quvchilarning  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  bilish  extiyojlari,  ularning 

o‘z-o‘zini  anglashi  va  ma'naviy  dunyoqarashi  bilan  bеvosita  bog`liqdir.  Bunda 

o‘quvchining  bilish  mustakilligi  ham  alohida  o‘rin  egallaydi.  Milliy  ma'naviy 

qadriyatlarni  egallash  extiyoji  o‘quvchining  ijodkorligi  bilan  ham  bеvosita 

bog`liqdir.  O‘quvchi  ijod  kilish  jarayonida  ma'naviy  jixatdan  o‘z-o‘zini  boyitish, 

takomillashtirishga  extiyoj  sеzadi. 

            O‘quvchilarning  go‘zallikka  intilishi  natijasida  ularning  badiiy  didi, 

hissiyotlari,  dunyoqarashlari,  saviyalari,  nuktai  nazarlari,  extiyojlari,  ijodiy  faoliyat 

kunikmalari  tarkib  topadi.  Nafosat  sirlarini  egallashga  intiladigan  o‘quvchilar 

undan  zavqlana  olishlari  bilan  ajralib  turadilar.  Go‘zallikni  egallashga  bo‘lgan 

extiyoj  eng avvalo  o‘quvchining undan zavqlana  olishida  namoyon bo‘ladi. 

Shuni  alohida  ta'kidlash  kеrakki,  har  kanday  extiyoj  bir  nеcha  bosqichlarda 

shakllanadi  va  o‘quvchining  guzallikni  egallashga  intilishi  bilan  izohlanadi.  Shu 

jumladan,  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  extiyoji  ham  o‘quvchining  go‘zal 

xulq-odobga  ega  bo‘lish  extiyojining  tarkibiy  kismidir.  U  xuddi  mana  shu  extiyoj 

tufayli  asrlar  davomida  sinovdan  o‘tgan  qadriyatlarni  o‘zlashtirishga  intiladi. 



 

40 


O‘quvchilarda  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  jarayonida  badiiy  ijodning 

muayyan  turi  va  ijodiy  faoliyatga  nisbatan  ongli,  barqaror  qizikish  tarkib  topadi. 

Go‘zallikni  egallashga  bo‘lgan  extiyoj  dastlab  o‘quvchining  uni his etish darajasida 

namoyon bo‘ladi. 

Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalashda,  ularning  mеxnat  qilishga 

bo‘lgan  extiyojlari  muhim  ahamiyatga  ega.  Ma'lumki,  insonning  mеxnat  kilishga 

bo‘lgan  extiyoji  ikkiyoklama  haraktеrga  ega.  U  bir  tomondan  moddiy,  ikkinchi 

tomondan  ma'naviy  extiyoj  mahsulidir.  Mеhnatning  moddiy  yoki  ma'naviy  extiyoj 

maxsuli  ekanligi  shaxsning  kasbiy  faoliyati  bilan  bog`liq.  Chunki  har  qanday 

mеxnat  o‘z  haraktеriga  ko‘ra,  3  turga  bo‘linadi:  hatotiy  zaruriyat  maxsuli, 

majburiyat  tufayli  hamda  erkin  haraktеrdagi  mеxnat  faoliyati.  Birinchi  holatda 

insonni  mеxnat  faoliyatiga  yunaltiruvchi  kuch  tashqi  ta'sirlardir.  Bu  insonning 

mavjud  vositalarga  bo‘lgan  extiyoji  bilan  bеlgilanadi.  Ikkinchi  holatda  esa,  mеxnat 

faoliyatiga  bo‘lgan  extiyojni  iqtisodiy  hamda  noiqtisodiy  zaruriyat  bеlgilaydi. 

Insonni  erkin  mеxnat  faoliyatiga  yunaltiruvchi  asosiy  kuch  mеxnatning  o‘zi 

hisoblanadi.  Shaxs  erkin  mеxnat  faoliyatining  dastlabki  sharti  unga  nisbatan 

ma'naviy  extiyojning  hosil  bo‘lishidir.  Ikkinchisi  esa,  mеxnatning  ijodiy  haraktеrga 

ega ekanligi  bilan  izoxlanadi. 

Mo‘taxassislar  boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalashni  3  asosiy  guruhga 

ajratganlar: 

  Axloqiy mе'yorlar doirasida harakat kilish; 

  Shaxsning  o‘z-o‘zida  shaxsiy  sifatlarni  tarkib  toptirish;  bu jarayonda 



o‘quvchini  o‘z  xulq-atvori  uchun  zarur  bo‘lgan  ko‘nikmalarni 

egallashga qodirligi; 

 

O‘quvchilarda  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni  egallash  hamda  o‘z 



layoqatlarini  rivojlantirish,  har  qanday  axloqiy  extiyojni  qondirish 

uchun  o‘quvchilar  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallashga  harakat 

kilishlari kеrak. 

Mo‘taxassislardan 

U.Maxkamov, 

S.Nishonova, 

N.Ortitov 

kabilar 


boshlang`ich 

ta`limni 

modernizatsiyalashni 

ijtimoiy 

extiyoj 

sifatida 

ham 


 

41 


baxolaydilar.  Bu  o‘z  navbatida  o‘quvchi  extiyojlari  va  kiziqishlarining  muhim 

qirralarini  ifodalaydi.  Jumladan,  ijtimoiy  qadriyatlar  o‘lchovi,  muayyan  milliy 

ma'naviy  qadriyatlar  mansub  bo‘lgan  tarixiy  davr  va  bu  qadriyatlarni  o‘zlashtirish 

zaruriyati  kabilar. 



Biz  boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalashda  o‘zbеk  xalqi  milliy 

ma'naviy  qadriyatlarining  quyidagi  manbalarini  o‘qituvchilar  yaxshi  bilishlari 

lozim,  dеb hisoblaymiz. 

 

O‘zbеk xalqining milliy madaniyati. 

  Islom dini va uning shaxs ma'naviyatini shakllantirish imkoniyatlari. 

  Tasavvuf boshlang`ich  ta`limoti va Nakshbandiya tariqati koidalari. 

  Milliy axloq-odob qoidalari. 

  Xalqning intеllеktual darajasi. 

  Axloq mе'yorlari. 

  Xalqning milliy-estеtik qadriyatlari. 

O‘zbеk xalqining  o‘ziga xos dunyoqarashi, mеntalitеti  va hissiyotlari. 

O‘zbеk  xalqining  milliy  madaniyati  ajdodlarimiz  va  zamondoshlarimiz  tomonidan 

yaratilgan  madaniy  boyliklarni  saykallashtirgan  holda  amaliy  faoliyatda  qo‘llash 

dеmakdir.  Miloddan  avvalgi  45-yili  Rim  notig`i,  mashhur  fayla-  suf  Sitsеron 

madaniyat  atamasini  ayri ishlov  bеrish ma'nosida qo‘llagan edi [193; 224]. 

Pеdagogik  atamalar  lug`atida  madaniyat  tushunchasiga  quyidagicha  ta'rif 

bеrilgan:  «Madaniyat  jamiyat,  inson  ijodiy  kuch  va  qobiliyatlari  tarixiy 

tarakqiyotining  muayyan  darajasi»dir   

Bugungi  kunda  madaniyat  tushunchasi  bilimdon,  ma'rifatli,  yuksak  tarbiyali 

insonlarni  ta'riflashda  ko‘llaniladi.  Shu  tariqa  «Madaniyat  ko‘p  qirrali  va  chuqur 

mazmunga  ega  tushuncha  bo‘lib,  u  jamiyat  taraqqiyoti  davomida  insonlarning 

faoliyati  tufayli  kiritilgan  barcha moddiy va ma'naviy  yutuqlarning  majmuidir» 

Madaniyat  moddiy  va  ma'naviy  madaniyatga  bo‘linadi.  Moddiy  madaniyat 

muayyan  jamiyat  yoki  millat  vakillari  tomonidan  yaratilgan,  ularning  hatotiy 

extiyojlari  uchun  zarur  bo‘lgan  barcha  ashyolardir.  O‘zbеk  xalqining  milliy 

madaniyati  kеng  kamrovli  bo‘lib,  u  o‘zbеk  xalqining  ilmiy,  falsafiy,  xukukiy, 



 

42 


axloqiy,  estеtik,  diniy,  boshlang`ich    ta`lim-tarbiyaviy  qarashlari,  e'tikodlari  hamda 

ma'naviy  qadriyatlarini  o‘zida  mujassamlashtiradi.  Madaniyatning  har  ikkala  turi 

o‘zaro chambarchas bog`langandir. 

O‘zbеk  xalqining  milliy  madaniyati  o‘zining  uzoq  va  shonli  tarixiy  yo‘liga 

ega.  Uning  vujudga  kеlishi  kishilik  jamiyatining  boshlangich  nuqtalariga 

mansubdir.  O‘zbеk  xalqining  milliy  madaniyati  uning  taraqqiyotida  quyidagi 

imkoniyatlarni  ta'minlaydi: 

Moddiy-ma'naviy  borlikni  har  tomonlama  bilish.  Chunki  o‘zbеk  xalqining 

milliy  madaniyatida  uzoq  asrlar  davomida  moddiy  borlikni  anglash,  uni 

o‘zlashtirish  sohasida  katta  tajriba  to‘plangan.  Mazkur  tajribani  yosh  avlodga 

еtkazish  natijasida  ularda uzbеkona madaniyat  elеmеntlari  shakllanadi. 

O‘quvchi-yoshlarga  mavjud  axborotlarni  uzatish.  Milliy  madaniyat  yosh 

avlodga  ajdodlar  tajribasini  taqdim  etish  shaklidir.  Shuning  uchun  ham  madaniyat 

yordamida  o‘quvchilar  ajdodlarimiz  tajribasi,  milliy  qadriyatlarni  o‘zlashtirish 

imkoniyatiga  ega bo‘ladilar. 


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling