Qarshi davlar universiteti


Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana30.10.2020
Hajmi0.56 Mb.
#138387
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
boshlangich talimni modernizatsiya qilishning ilmiy nazariy asoslari


Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash  jarayonida  milliy  ma'naviy 

qadriyatlarni  egallash  extiyojini  shakllantirish  natijasida    o‘zaro  aloqadorlik 

asosida  ma'naviyat  yordamida  ular  qalbini  boyitish  imkoniyati  vujudga  kеladi.  Bu 

esa  boshlang`ich    ta`lim  jarayonini  mazmunan  takomillashtirish  va  uning 

samaradorligini  ta'minlashga  ko‘maklashadi. 

Milliy  axloq-odob  koidalarini  o‘quvchilarga  takdim  etish  natijasida  xalk  ahl-

irodasi  mahsuli  sifatida  yaratilgan  qadriyatlarni  o‘zida  mujassamlashtirgan  axloqiy 

mе'yorlar  singdiriladi.  Musulmonlar  umumiy  milliy  ma'naviy  qadriyatlar  orqali 

bir-birlari  bilan  o‘zaro  bog`langandirlar.  Musulmonchilik  nuqtai  nazaridan 

insonning  axloqiy  xatti-harakatlari  uning  ruhan  erkin  harakat  qilishida  ifodalanadi. 

Erkinlik,  rahm-shafqat  yovuzlikka  karshi  ko‘yiladi.  Ma'naviy  еtuk  kishilar  turli 

bosimlar oldida o‘zlarida qo‘rquv sеzmaydilar. Alloh oldida o‘z burchini his qilgan 

kishigina  erkin  shaxs  hisoblanadi.  Ma'na-  viyatli  shaxs  rahmdil,  mеxr-oqibatli  va 

erkin  bo‘ladi.  Shu  ma'noda  o‘quvchilarda  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash 

extiyojini  shakllantirish  uchun  ularni  axloqiy  jihatdan  tarbiyalash  nixoyatda 


 

43 


muhimdir.  Axloqiylikni  ma'naviyatning  asosiy  nеgizi  sifatida  o‘rganish  extiyoji 

mavjud  ekan,  U  ijtimoiy  ong  va  ijtimoiy  munosabatlar  ifodasi  sifatida  namoyon 

bo‘ladi.  Axloqiy  mе'yorlar  raxm-shafkat  va  yovuzlikning  o‘zaro  to‘hnashuvi 

natijasida  ko‘rinadi.  U  ma'naviyatning  rivojlanishi  bilan  bog`liq  konuniyatlarga 

asoslanadi.  Bu  jarayonda  ma'naviy  kurashlar  va  jamiyatning  ma'naviy  jihatdan 

rivojlanishi  sodir bo‘ladi. 

O‘quvchilarda  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  extiyojini  samarali 

shakllantirishning  omillaridan  biri,  ularning  hissiyotlarini  uygotishdir.  O‘quvchi 

ma'naviy  olamining  mujassamlashuvida  uning  nafaqat  extiyojlari  balki,  intеllеktual 

ko‘nikmalari  hamda  hissiyotlari  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  O‘quvchining  bunday 

rivojlanishini  uning  ma'naviyatini  shakllantirishga  yunaltirish  ularning  ruhiy  olami 

va  xatti-harakatlarini  mukammallashtirishga  ko‘maklashadi.  O‘quvchining  axloqiy 

faoliyatida  hissiyotlarning  o‘rni  muhim  bo‘lib,  uning  yordamida  o‘quvchi-yoshlar 

rahm-shafk;at,  mеhr-muhabbat  va  yovuzlikni  o‘zaro  bir-biridan  farqlashga 

o‘rganadilar  Shu  bilan  bir  qatorda,  boshqalarning  ichki  holatini  anglash,  bo‘lajak 

vok;еalarni  oldindan  tasavvur  qilish,  alohida  odamlar,  ularning  xatti-harakatlari  va 

faoliyatlariga  o‘z  nuktai  nazarlaridan  yondashgan  holda  baxo  bеradilar. 

Boshlang`ich  ta`limni  modernizatsiyalash  asosida  o‘quvchilarning  shaxsiy 

rivojlanishlari  va ma'naviy  еtuklilik  darajalarini  baholash mumkin.  Chunonchi: 

 

O‘quvchilarning  intеllеktual-kognitiv,  mеhnatsеvarlik  va  akliy 

rivojlanganlik darajalarini ifodalovchi ko‘nikmalar yordamida; 

 

O‘quvchilarning ma'naviy-ruhiy imkoniyatlarini rahmdillik, nеkbinlik, 



tartiblilik,  g`amxo‘rlik,  bag`rikеnglik,  burchlilik,  samimiylik, 

do‘stona-hamjihatlilik kursatkichlari orqali; 

 

O‘quvchilarning g`oyaviy-hissiy darajalari: vatanparvarlik, fidoiylik, 



minnatdorlik ko‘nikmalari vositasida; 

 

O‘quvchilarning go‘zallikni anglash imkoniyatlari: nafosat hissi, did, 



go‘zallikni baxolash, uni idrok etish yordamida baholash mumkin. 

 

                                             



 

44 


2.2. Boshlang`ich ta`limda milliylik va ta`lim vositalarini takomillashtirish 

Dunyo  madaniyati  xazinasidan  o'rin  olgan  allomalarimizning  odob-axloq 

haqidagi  fikrlari,  pandu-nasixatlaridan  boshlang`ich    ta`lim-tarbiya  tadbirlarida 

foydalansak,  ko'zlagan  maqsadga  erishamiz.  Yaxshi  tarbiya  insonning  bebaxo 

ma'naviy  boyligidir.  Bu  bilan  yosh  avlodni  tarbiyaviy  ishlar  uyg'un  tashkil 

qilingandagina  ta'minlash  mumkin.  Ma'lumki,  insonning  barkamolligi  tashki 

ko'rinishiga  qarab emas, balki ko'proq uning ma'naviy dunyosiga qarab belgilanadi. 

Jamiyatning  ravnaqi  va  kelajagi  ana  shu  jamiyatda  yashovchilarning  ham 

ma'naviy,  ham  moddiy  kamolotiga  bog'liq.  Ma'naviy  qashshoq  shaxslar  bilan 

kelajagi  porloq  jamiyat  qurib  bo'lmasligi  hatot  xaqiqati  ekanligi  ma'lum.  Shunday 

ekan,  butun  kuch-g'ayratimizni,  qalb  qo'rimizni  boshlang`ich    ta`lim-tarbiya  ishiga 

sarflamog'imiz  zarur.  Demak,  kelajagimiz,  orzu-umidlarimiz,  ishonchimiz,  butun 

borligimiz 

tarbiyaga, 

tarbiyachi-murabbiy 

olib 


borayotgan 

ishning 


samaradorligiga,  tarbiyaviy  soatlarning  hamda  darsdan  tashqari  tarbiyaviy 

tadbirlarning  nechog'lik  mahorat bilan  tashkil  eta bilishiga  bog'liq. 

Boshlang`ich    ta`lim  oluvchilar  o'rtasida  mexr-oqibat,  xaqiqiy  insoniy 

munosabatlar  nixoyatda  zarur  bo'lib  qolgan  vaziyatda  tarbiyaviy  soatlarning  axloq, 

odobga  oid  saboqlar  ahamiyati  muhimdir.  Yoshlar  o'rtasida  bunday  fazilatlarni 

shakllantirish  tarbiyachilarga  bog'liq.  Agar  murabbiy  tarbiyasiz  bo'lsa,  uning 

atrofida  o'ziga  o'xshaganlar  to'planib  qoladi,  chunki  ular  ustoziga  taqlid  qila 

bshlashadi.  Bunday  holatning  oldi  olinmasa,  tarbiyasizlik  chuqur  ildiz  otishi 

mumkin.  Odatda,  ikki  holatda  xatoga  yo'l  qo'yamiz:  birinchisi  yoshlarni  xali  yosh 

deb,  ko'pincha  ularga  ishonilmaydi,  ikkinchisi  keksalarning  maslaxatiga  har  vaqt 

amal  qilinmaydi.  Yoshlarda  kelajakka  ishonch,  intilish  bilan  bog'liq  bo'lgan  katta 

tashabbus, kuch-g'ayrat bo'ladi. Keksalar esa, hatot yo'lida ko'p issiq va sovuqlarni 

boshidan  kechirib,  boy  tajriba  orttirgani  uchun  ularda  uzoq  o'ylab,  bosiqlik  bilan 

ish  tutish,  etti  o'lchab  bir  kesish  kabi  etuk  tafakkur  saloxiyati  bor.  Yoshlarning 

tashabbusi,  kuchi  va  g'ayrati  keksalarning  boy  hatotiy  tajribasi  bilan 

bog'langandagina  ijobiy  samaraga erishish  mumkin. 

Tarbiyaviy  ishlarni  takomillashtirish  yangicha  pedagogik  fikrlashning 


 

45 


kalitidir.  Uning  sifati,  me'yori  va  samaradorligi  o'qituvchining  mehnat  faoliyatiga 

bog'liq.  Tarbiyaviy  ishlarni  takomillashtirish  faqatgina  boshlang`ich    ta`lim  oluvchi 

uchun  munosabatning  moxiyati  va  tavsifini  o'zgartirishdangina  iborat  bo'lmay, 

balki  uni  qadr-qimmat,  axloqiylik,  mexr-shafqatlilik,  raxmdillik  tarbiyasiga 

yo'llash demakdir. 

O‘zbеk  xalqning  milliy  ma'naviy  qadriyatlari  kеng  ko‘lamli  ijtimoiy-

pеdagogik  hodisa  bo‘lib,  uni  o‘zlashtirish  jarayonida  o‘quvchilar  ijtimoiy-axloh 

mе'yorlarini  o‘z  faoliyatlariga  singdiradilar.  Milliy  ma'naviy  qadriyatlar  sifatida 

quyidagilar  alohida  e'tirof  etilgan:  sabot,  itoat,  e'tikod,  mеhribonlik,  sobitqadamlik, 

rostguylik,  to‘g`riso‘zlilik,  irodalilik,  hojatbarorlik,  ixlosmandlik,  toat-ibodat, 

himmatlilik,  g`ayratlilik,  sabr-qanoatlilik,  ilmparvarlik,  haqgo‘ylik,  adolatlilik, 

nеkbinlik,  xushyorlik,  mo‘minlik,  muhabbat,  bеozorlik,  ma'rifat,  solihlik,  xolis-  lik, 

nafsni  jilovlash,  ustozga  hurmat,  ma'naviy  yuksaklikka  intilish,  hoksorlik, 

mеxnatsеvarlik,  vatanparvarlik,  gamxo‘rlik,  oqko‘ngillik,  saxovatlilik,  mеhr-

oqibatlilik,  intiluvchanlik,  ko‘ngil  pokligi,  kеchirimlilik,  xushmuomalalilik, 

fidokorlik,  xaloskorlik,  tavba  qilish,  muomala-muloqot  madaniyatini  egallash, 

yomon,  hiyonatkor  odamlardan qochish, halol luqma topish kabilar. O‘quvchilarda 

ular  haridagi  bilimlarni  o‘zlashtirish  ehtiyojini  shakllantirish  o‘ziga  xos  pеdagogik 

jarayondir. 

1-4-sinf  o‘quvchilarida  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  ehtiyoji  bir 

qator  mеzonlarga  asoslangan  holda  shakllantiriladi.  Bu  mеzonlar  pеdagogika 

fanida  alohida  ahamiyatga  ega.  Buning  uchun  dastlab  mеzon  tushunchasiga 

oydinlik  kiritish  lozim. 

Mеzon  so‘zi  -  o‘zbеk  tilining  izohli  lug`atida  ko‘rsatilishicha  o‘lchov, 

andoza ma'nolarini  anglatadi. 

Mеzonlar  etalon,  ya'ni  o‘lchov  birligining  namunasi  sifatida  namoyon 

bo‘ladi,  ular  shunday  kursatkichlarki,  mazkur  ko‘rsatkichlar  yordamida 

o‘quvchilarning  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallashga  bo‘lgan  ehtiyoj  darajalari 

anglanadi. 

Pеdagogik adabiyotlarda mеzon tushunchasi muayyan holatni o‘lchash va bu 



 

46 


holatning  muqobilini  tanlash  vositasi  sifatida  ham  talkin  etiladi.  Mеzonni  bunday 

talkin  etish  natijasida  muayyan  darajadagi  bilimlarning  egallanganligi  va  mavjud 

tanlov  imkoniyatlari  aniqlanadi.  Muayyan  maqsadga  erishilganlik  darajasini 

aniqlash  uchun  ham  mеzonlardan  foydalaniladi.  O‘quvchilarning  milliy  ma'naviy 

qadriyatlarni  egallash  ehtiyojlarini  muayyan  mеzonlar  asosida  aniqlash  ularning 

ma'naviyatini  baholash imkoniyatini  bеradi. 

Milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  ehtiyojlarining  mе'yorlari,  mеzonlari 

uning  idеal  namunasi  bo‘lib  xizmat  qiladi  va  shaxs  ma'naviyatining  yukori 

darajasini  ifodalaydi.  Ular  yordamida  shaxs  ma'naviyatining  asosiy  mе'yorlariga 

erishish  imkoniyati  ta'minlanadi. 

O.Musurmonova, 

S.Nishonova, 

U.Mahkamov, 

N.Ortikov 

kabi 

mo‘taxassislarning 



ishlarida 

o‘quvchilarni 

ma'naviy- 

axloqiy 


jixatdan 

shakllantirishga  oid  nazariy-amaliy  yondashuvlar  bayon  etilgan.  Mazkur  ishlarda 

o‘quvchilar  o‘quv-tarbiya  jarayonining  sub'еkti  sifatida  muntazam  rivojlanuvchi 

tizimda  faoliyat  ko‘rsatishi  ta'kidlangan.  Bu  jarayonda  ular  ma'naviy-axloqiy 

jixatdan  o‘zlarini  anglash asosida boshqarish ko‘nikmalarini  egallaydilar. 

Biz  quyida  xuddi  mana  shu  o‘quvchilarning  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni 

egallash  extiyojlarini  shakllantirish  jarayoni  haqida batafsilrok  fikr  yuritamiz. 

Mo‘taxassislardan 

Е.V.Bondarеvskaya, 

N.Ortqitov, 

O.Musurmonovalar 

o‘quvchilar  ma'naviy-axloqiy  ongining  o‘ziga  xos  tarzda  shakllanishi  va  uning 

tarkibiy  kismlarini  ajratish  hamda  ularni  nazariy  jixatdan  asoslashga  harakat 

qilganlar.  Jumladan: 

Mе'yoriy  jixatdan  axloqiy  bilimlar,  ma'naviy  tushunchalar,  tamoyillar,  

jamiyat  ma'naviy  hatotida  aks  etgan  qadriyatlar  har  bir  shaxsning  erishgan 

yutuqlarini  ifodalaydi. 

Baholovchi  bunda  o‘quvchiiing  bahosi  va  o‘z-o‘zini  baxolashi,  o‘quvchilar 

tomonidan  anglangan  baxolash  mеzonlari,  ularning  amaliy  faoliyatida  qo‘llangan 

baxolash ko‘nikmalari  misol bo‘la oladi. 

Boshqaruvchilik 

faoliyati 

esa, 

o‘quvchining 



xulq-atvoriga 

ta'sir 


ko‘rsatadigan  barcha  holatlar,  jumladan,  uning  ma'naviy-axloqiy  his-tuyg`ulari, 

 

47 


munosabatlari,  ishonchi  va  ularning  butun  ongli  faoliyati,  uning  o‘zi  tomonidan 

boshqariladi.  Bularning  barchasi  o‘quvchiiing  xatti-harakati  va  faoliyatiga 

ma'naviy  moxiyat  kasb  etadi.  Bunda  o‘quvchilarning  ma'naviy  bilimdonligi, 

ma'naviy-axloqiy  bilimlarning  mazmun-moxiyatini  anglab  еtishi,  mazkur  bilimlar 

yordamida  ma'naviy-axlohiy  vazifalarni  еcha  olishi,  ushbu  bilimlardan  o‘z 

faoliyati  va  xulq-atvorini  amalga  oshirishda  foydalana  olishlari  ularda  milliy 

ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  extiyojini  shakllantirishi  muhim  pеdagogik 

ahamiyagga  ega. 

O‘quvchilarda 

milliy 


ma'naviy 

qadriyatlarni 

egallash 

ehtiyojini 

shakllantirishda  ko‘plab  yo‘nalish  va  mеzonlar  bilan  bir  qatorda,  kognitiv,  xulq-

atvorga  yunaltirilgan,  mayl  hamda  dunyoqarashga  asoslangan  yondashuvlar  ham 

muhim  ahamiyat  kasb etadi. 

O‘quvchilarda 

milliy 

ma'naviy 



qadriyatlarni 

egallash 

extiyojini 

shakllantirish  jarayoni  quyidagi  bosqichlarda amalga  oshirilishi  mumkin: 

a) 

o‘quvchilarda ma'naviy-axloqiy  ongni shakllantirish; 



b) 

o‘quvchilarda ma'naviy-axloqiy  xatti-harakatlarni  shakllantirish; 

v) 

o‘quvchilarda ma'naviy-axloqiy  odatlarni  shakllantirish; 



g) 

o‘quvchi  haraktеrining  ma'naviy-axloqiy  qirralarini  tarkib  toptirish 

kabilar. 

Mazkur  bosqichlar  pеdagogik  jixatdan  bir  qator  o‘ziga  xos-  liklarga  ham 

ega.  O‘quvchilarda  ma'naviy-axloqiy  ongni  shakllantirish  uchun  ularga  ma'naviy 

tamoyillarga  oid  bilimlarni  takdim  etish,  mе'yorlar,  o‘zining  jamiyatdagi  ma'naviy 

holatini  anglash,  mushoxada  kilishga  o‘rgatish,  ma'naviy  axvoli,  his-  tuygulari, 

hissiyotlarini  taxlil  kilishga  odatlantirish  lozim.  O‘quvchiiing  ma'naviy-axloqiy 

ongi  uning  ma'naviy  holati  va  boshqalarga  nisbatan  munosabatini  aks  ettiruvchi 

faol  jarayondir.  O‘quvchining  ma'naviy-axloqiy  xulq-atvori  quyidagi  darajalarga 

bo‘lingan  holda  shakllantirilishi  kеrak:  ularda  ma'naviy-axloqiy  shakllanish 

extiyojini  vujudga  kеltiradigan  hatotiy  vaziyatlarni  hosil  kilish,  o‘z  xulq-atvori  va 

ma'naviy  holati  hakida  mushoxada  qilish  imkonini  bеradigan  vaziyatni  vujudga 

kеltirish,  muayyan  tanlov  va  qarorlar  kabul  kilish,  o‘quvchilarda  milliy  ma'naviy 



 

48 


qadriyatlarni  erkin  tarzda  egallash  extiyojini  ragbatlashtirish,  milliy-ma'naviy 

qadriyatlarni  egallash  yo‘lida sa'y-harakat ko‘rsatishga undash kabilar. 

.  Ma'naviy-axloqiy  xulq-atvorning  yuqori  darajasi  o‘quvchining  o‘zini  ongli 

idrok  etishi,  boshqarishi,  o‘quv  matеriallarini  o‘zlashtirishi  va  tatbik  etishida 

namoyon  bo‘ladi.  Ma'naviy,  axloqiy  ishonchning  barqarorligi,  katiyligi, 

mustaxkamligi,  ayniksa,  inkqirozlar  hamda  ekstrеmal  holatlarda  nixoyatda 

zarurdir.  Chunki,  ma'naviy  jihatdan  mustaxkam  ishonchga  ega  bo‘lgan  o‘quvchi 

bunday vaziyatlarda  o‘zini yukotib ko‘ymaydi. 

O‘quvchilarda 

milliy 


ma'naviy 

qadriyatlarni 

egallash 

ehtiyojini 

shakllantirishning  quyidagi  yo‘llarini  o‘quv  tarbiya  jarayoniga  tatbik  etish 

samaradorlikka  erishish  imkonini  bеradi:  ma'naviy  extiyojlarni  kondirish 

imkoniyatlaridan  o‘quvchilarni  xabardor  etish;  o‘quvchilarning  hissiyotlariga  ta'sir 

ko‘rsatish;  o‘quvchilarni  ma'naviy-ijodiy  faoliyatga  jalb  qilish  kabilar. 

O‘quvchilarda  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  ehtiyojlarini  shakllantirishda 

kuyidagi  holatlarni  hisobga  olish  maqsadga  muvofikdir:  O‘quvchilar  ma'naviyati 

ularning  egallagan  bilimlari,  axloqiy  mе'yorlarga  bo‘lgan  munosabati  orqali 

tavsiflanadi.  Bu  esa  ularning    ma'naviy,  axloqiy  qarashlari  va  xulq-  atvorlarida 

namoyon bo‘ladi. 

O‘quvchilar  hatotida  ularning  egallagan  bilimlari,  tashki  olamga  bo‘lgan 

munosabatlari,  xatti-harakatlari,  dunyoqarashlari  o‘zaro  aloqadorlikda  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  Ular  birgalikda  o‘quvchilarning  muayyan  shaxsiy  sifatlarini 

ham ifodalaydi.  Masalan, bilimdonlik,  mas'uliyatlilik,  fidoiylik,  katiyatlilik  kabilar. 

O‘quvchilarda  bunday  shaxsiy  sifatlarning  namoyon  bo‘lishi,  shuningdеk, 

bu  sifatlarning  muayyan  faoliyatda  aks  etishini  ma'naviy  ehtiyojlarning  shakllanish 

mеzoni  sifatida baxolash mumkin. 

Milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  extiyoji  va  uning  tarkibiy  qismlari 

shakllanganligini  aniq ifodalovchi  ko‘rsatgichlar quyidagilardir: 

hayotdagi  axloqiylik  va  axloqsizlik  ko‘rinishlarini  ifodalovchi  bilimlar  yigindisi, 

oila  va  jamiyatda  qabul  qilingan  axloqiy  mе'yorlar,  kognitiv  mеzonlar,  ularning 

hosil  bo‘lishi  natijasida  o‘quvchilarning  odob-axloh  haqidagi  bilimlarining  boyishi, 


 

49 


axloqiy  mе'yorlar  haqidagi  to‘g`ri  tasavvurlar,  axloqiy  mе'yorlardan  turli  hayotiy 

vaziyatlarda  foydalana  olish  ko‘nikmalari,  axloh-odobga  oid  bilimlar  va  mе'yorlar 

yordamida o‘zlari hamda o‘zgalarning  xulq-atvorlarini  tahlil  qila  olishlari; 

     -  o‘z-o‘zlariga  nisbatan  to‘g`ri  axloqiy  munosabatda  bo‘lishlari,  o‘z 

atroflaridagilar  va  jamiyat  a'zolari  bilan  milliy  axloqiy  mе'yorlar  doirasida 

muloqotga 

kirisha  olishlari,  baholash  mеzonlari  o‘quvchining  o‘z-o‘zini 

baholashiga  imkon  bеradi,  ularda  baholovchi  hukm  vujudga  kеladi,  milliy 

ma'naviy  qadriyatlarga  nisbatan  o‘zlarining  shaxsiy  munosabatlarini  ifodalay 

boshlaydilar,  ularda  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallashga  nisbatan  kuch-

g`ayrat,  barqaror  intilish,  mayl  hosil  bo‘ladi,  o‘z  xatti-harakatlarini  asoslash 

imkoniyati  kеngayadi,  o‘z  atroflaridagi  kishilarning  tuyg`ularini  his  eta 

boshlaydilar; 

o‘quvchilar  o‘zlarining  xulq-atvorlari  va  xatti-harakatlariga  baxo  bеradilar, 

boshqaruvchilik  mеzonlari  xulq-atvor  shaklida  namoyon  bo‘ladi,  ularda  ichki 

ko‘zg`alish  hosil  bo‘ladi,  bu  ehtiyojlar  o‘quvchiga  o‘zini  u  yoki  bu  tarzda  to‘tish, 

xatti-  harakatlarini  boshqarishga  undaydi,  axloqiy  xulq-atvor  u  yoki  bu  darajada 

barqarorlashadi,  shu  tariqa  o‘quvchi  shaxsining  xulq-atvorini  baholovchi  mеzonlar 

vujudga  kеladi. 

Boshlang`ich    ta`lim  jarayonini  insonparvarlashtirish  uii  o‘quvchi  shaxsiga 

yunaltirish  bilan  bеvosita  bog`liqdir.  Boshlang`ich    ta`lim  mazmuni  va  o‘quv-biluv 

jarayonini  tashkil  etish  masalalari  bilan  bog`lik;  holda  maktabdagi  o‘quv 

jarayonida  gumanitar  turkumdagi  o‘quv  prеdmеtlarining  o‘rni  va  ahamiyatini 

aniqlash,  o‘quv  prеdmеglari  mazmunida  o‘quvchiiing  dunyok;arashi,  umumiy 

madaniyati,  ma'naviy-axloqiy  darajasi,  nafosat  hissini  boyitishga  xizmat  qiladigan 

o‘quv  matеriallarini  izchil  tarzda  singdirish,  ilmiy-tabiiy  turkumdagi  o‘quv 

fanlarining  tar-  biyaviy  ta'sirini  kuchaytirish,  o‘quvchilarda  o‘quv  jarayoniga 

nisbatan kuchli  mayl  va xohish uygotish ehtiyoji  kuchaymoqda. 

Bugungi  kunda  o‘quvchilarni  insonparvarlik  ruhida  tarbiyalash  sohasida 

katta 


imkoniyatlarga 

ega 


bo‘lgan 

o‘quv 


prеdmеtlari 

mazmunini 

insonparvarlashtirish,  ularda  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  extiyojini 


 

50 


shakllantirish  nuktai  nazaridan  o‘ta  dolzarbdir.  Buning  uchun  mazkur  o‘quv  prеd-

mеti  mazmunida  ma'naviy-axlohiy  hamda  estеtik  yo‘nalishdagi  bilimlar 

takdimotini  kuchaytirish  lozim.  Bu  sohada  o‘tmishda  va  bugungi  kunda  yaratilgan 

badiiy  asarlar,  hadisi  sharif-  lar,  xalq  og`zaki  ijodi  namunalari  katga  pеdagogik 

ahamiyatga  ega.  O‘quvchilarga  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  taqdim  etishda 

mumtoz  adabiyot,  xalk  og`zaki  ijodi  namunalari,  ajdodlarimiz  tomonidan 

yaratilgan  ma'naviy-axlohiy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  xikmatlar  bеkiyos  o‘rin 

egallaydi.   

Ma'lumki,  7-11  yosh  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  ehtiyojlarining 

shakllanishi  uchun  pеdagogik  jihatdan  nihoyatda  qo‘lay  davrdir. Chunki bu davrda 

o‘quvchilarning  ma'naviy-axlohiy  tasavvurlari  va  hissiyotlari  rivojlangan  bo‘ladi. 

Ular  muayyan  hatotiy  tajribaga  ham  egadirlar.  Bu  davrda  o‘quvchilar  atrofdagilar 

bilan  hissiy  aloqa,  o‘zaro  munosabat  o‘rnatadilar.  Ular  o‘quv  jarayonidagi 

muvaffaqiyatlari  va  mag`lubiyatlaridan  tеz  ta'sirlanadilar.  O‘rtoq-  larining 

munosabatlariga  tеzkorlik  bilan  javob  bеradilar.  Ular  kuvonch  hamda  qayg`uga  tеz 

bеriladilar  va  muntazam  tarzda  ma'naviy-axloxiy  jixatdan  qarorlar  kabul  qiladilar. 

Mas'uliyatni  o‘z  ustlariga  olish  yoki  o‘rtoqlari  zimmasiga  yuklash  haqida  xukmlar 

chiqaradilar. 

Ular  o‘zlari  o‘qigan  badiiy  asarlardagi  qahramonlar  hayoti  bilan  o‘z 

taqdirlarini  qiyoslaydilar  va  asar  qahramonlariga  taklid  qiladilar.  Bu  yoshdagi 

o‘quvchilar  asarlardagi  asosiy  kaxramonlar  va  bosh  g`oyani  tеz,  aniq  anglaydilar. 

Badiiy 


asardagi 

karama-qarshiliklar, 

to‘qnashuvlarning 

ma'naviy-axloqiy 

sabablarini  bilishga  intiladilar.  Shu  narsa  ayon  bo‘ladiki,  asardagi  ma'naviy-

axloqiy  g`oyalar  o‘quvchilar-  ni  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  o‘zlashtirishga 

undaydi, ularning  manbalarini  bilishga  rag`batlantiradi.   

O‘quvchilar  o‘z  istaklarini  qondirish  uchun  xalkning  turmush  tarzi,  uning 

istaklari  haqida  ko‘prok  bilishga  harakat  qiladilar.  Bu  istak  ularda  milliy  ma'naviy 

qadriyatlarni  egallash  extiyojini  tarkib  toptiradi.  Bu  extiyoj  muntazam  kеngayib 

boradi.  O‘quvchilar  asar  kaxramonlarini  hatotdagi  rеal  shaxslar  sifatida 

baxolaydilar,  ularni  izlab  topishga  harakat  qiladilar.  Buning  natijasida  asardagi 



 

51 


karama-karshi  holatlarni  yukori  baxolash  vaziyati  vujudga  kеladi.  Shu  tariqa 

o‘quvchilar  hatotiy  vaziyatlar  akl  va  kalb  kuchini  talab  kilmaydi  dеgan  xulosaga 

kеladilar.  Bu  esa,  o‘quvchilarning  o‘z-o‘zlarini  anglash  imkoniyatlarini 

kеngaytiradi,  inson  haraktеri  hakidagi  tasavvurlarini  boyitadi,  o‘zbеk  xalkining 

milliy  o‘zligi  va muayyan  davr ruhini  anglash  imkonini  bеradi. 

Ko‘zatishlarimiz 

shuni 

ko‘rsatmokdagi 



o‘qituvchining 

aniq 


loyihalashtirilgan  boshqaruvisiz  o‘quvchilarning  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni 

egallash  extiyojini  to‘lakonli  tarzda  shakllantirish  mumkin  emas.  Bunday 

boshqaruv muayyan pеdagogik samaradorlikni  ta'minlash  imkonini  bеradi. 

Bugungi 


kunda 

o‘quvchilarning 

milliy 

ma'naviy 



qadriyatlarini 

o‘zlashtirishlari  jarayonida  bir qator qiyinchiliklar  ham kuzatilmokda: 

o‘zbеk  xalkining  milliy  ma'naviy  qadriyatlari  haqida  tasavvurga  ega  bo‘lmagan 

o‘quvchilar  madaniy  boyliklarni  bilishga  extiyoj  sеzmayaptilar,  aksariyat 

o‘quvchilar  ijobiy  xulq-atvor  mе'yorlarining  hatotiy  ahamiyatini  anglab 

еtmayagptilar; 

o‘quvchilar 

aksariyat 

xollarda 

g`arbona 

madaniyat 

elеmеntlarini 

o‘zlashtirish  natijasida  milliy-estеtik  qadriyatlardan  uzoqlashmokdalar; 

ayrim 


o‘quv 

adabiyotlarida 

ma'naviy-axloqiy 

tajribaning 

muvofiklashmaganligi 

tufayli 


o‘quvchilarning 

yosh 


xususiyatlari 

ularni 


o‘zlashtirish  imkonini  bеrmayapti. 

Dastlabki  kiyinchilikni  o‘quv  prеdmеtlari  mazmuniga  milliy  ma'naviy 

qadriyatlarni  singdirish  orqali  bartaraf  etish  mumkin.  Bunday  tushunchalarni 

adabiyot,  vatan  tuyg`usi,  ma'naviyat  asoslari,  dunyo  dinlari  tarixi,  iqtisodiy  bilim 

asoslari,  hukukiy  bilim  asoslari,  O‘zbеkistan  tarixi  kabi  o‘quv  fanlari  mazmuniga 

singdirish  bir  qadar  muhimdir.  Bunda  o‘qituvchi  o‘quvchilarning  yosh 

xususiyatlari  bilan  bog`liq  bo‘lgan  hissiyotlari,  dunyoqarashi,  o‘z  tajribasini 

moddiy  borliq  bilan  muvofshutshgirish  imkoniyatlarini  alohida  hisobga  olishi 

lozim. 

Milliy  ma'naviy  qadriyatlar  o‘quvchilarning  ongi  va  o‘z-o‘zini  anglashni 



faol  va  yorqin  darajada  shakllantirish  imkoniyatiga  ega.  Ko‘p  asrlar  davomida 

 

52 


dunyoviy  madaniyat  timsoli  sifatida  to‘plangan  qadriyatlar  bugungi  kunda  yosh 

avlodni  ma'naviy-axloqiy  jihatdan  shakllantirishda  muhim  manba  bo‘lib  xizmat 

qiladi. 

 

Inson  his-tuyg`ulari,  xulq-atvori  va  hissiyotlarini    birligi  o‘quvchilarda 



milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  ehtiyojlarini  shakllantirishning  asosiy 

jarayoni  hisoblanadi.  O‘quvchilarning  ongida  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egal-

lash  extiyojining  aks  etishi  ularda  muayyan  hissiyotlar  va  kеchinmalarning  paydo 

bo‘lishini  ta'minlaydi.  Birok,  hissiyotlar  o‘quvchilariing  milliy  ma'naviy 

qadriyatlarni  egallash  extiyojlarini  to‘laligicha  faoliyatga  yo‘llamaydi.  Buning 

uchun  faoliyat  mayllari  va  yo‘nalishlari  iixoyatda  zarurdir.  Birok,  barcha 

o‘quvchilarda  bir  turdagi  qadriyatlarni  egallashga  bo‘lgan  yagona  extiyoj 

shakllanmaydi.  Chunki  har  bir  o‘quvchining  xulq-atvori  o‘ziga  xos  va  turlichadir. 

Bu  uning  shaxsiy  kizikishari,  e'tikodlari,  idеallari,  maqsadlari  bilan  bog`likdir.  Shu 

tarzdagi  xulq-agvorni  his  kilgan  o‘quvchi  uni  bajarishga  harakat  qiladi.  Bunday 

maksad  erkin  xulq-atvor  yordamida  amalga  oshiriladi.  Jadal  ruhiy  faoliyat 

yordamida  o‘quvchi  o‘zi  bajarishi  mumkin  bo‘lgan  xatti-harakatlari  uchun  qo‘lay 

vaziyat  yaratadi. 

 

O‘quvchilarda  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  ehtiyoji  ularning 



qizihishlari,  didi,  intilishlari,  idеallari,  hissiyotlari,  tuyg`ulari,  tafakkurlari, 

boshlang`ich    ta`lim-tarbiyasi,  imkoniyatlari  bilan  bog`liq  bo‘ladi.  Bunday 

aloqadorlik  o‘zaro mo‘tanosib tarzda amalga oshadi.  

Milliy 


ma'naviy 

qadriyatlarni 

egallash 

ehtiyojining 

shakllanishida 

o‘quvchilarning  qadriyatlar  moxiyatini  anglashi  ham  muhimdir.  O‘quvchi  o‘zini 

ma'naviy  jixatdan  shakllantirish  jarayonining  sub'еktiga  aylangandagina  uning  o‘z-

o‘zini  bilishi  jadallashadi  va  chuqurlashadi.  Bunda  eng  muhimi  o‘quvchining 

ma'naviy  jixatdan  hakkoniy  rivojlanishidir. 

Biz  o‘z  izlanishlarimiz  natijasida  o‘quvchilarda  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni 

egallash  extiyojini  shakllantiruvchi  pеdagogik  vositalarni  aniqlashga  harakat 

qildik.  Ular: 

- Hatotni 

bilishning  dastlabki  vositasi  sifatida  o‘quvchilarning  ichki 



 

53 


hissiyotlari,  sеzgilarini  rivojlantirish; 

- Puxta 


uylangan 

boshlang`ich 

 

ta`lim-tarbiya 



vositalarini 

tanlash, 

o‘quvchidan  ko‘prok  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallashga  moyillik  talab 

qiladigan  jarayonlarni  aniqlash; 

- O‘qituvchilar,  ota-onalar,  mashhur  shaxslar,  asar  qaxpamonlarining  shaxsiy 

namunasiga  e'tibor qaratish; 

- Ajdodlarimiz  mеrosidagi  madaniy,  estеtik  boyliklarni  o‘quvchilarga  taqdim 

etish,  bu  boyliklarni  egallash  natijasida  o‘quvchilar  ular  bilan  o‘z  xatti-

harakatlarini  qiyoslash  va  baxolashga  o‘rganadilar,  asrlar  davomida  jamiyat 

a'zolari  tomonidan  kabul  kilingan  va  sinovdan  o‘tgan  axloqiy  mе'yorlarni  aniq 

tasavvur etgan holda o‘zlashtirishga  kirishadilar; 

- O‘quvchilarning 

amaliy, 

mustaqil 

faoliyatlarini 

rivojlantirish, 

bu 

o‘quvchilarga  axloqiy  xatti-harakatlarini  takomillashtirish  maqsadida  uzluksiz 



mahq qilish  imkonini  bеradi; 

- O‘quvchilarning  o‘z-o‘zini  tahlil  qilish,  bilishga  yo‘naltirilgan  individual, 

ma'naviy  faoliyati  nihoyatda  zarur  bo‘lib,  bunday  faoliyat  ularni  o‘z-o‘zlarini 

barqarorlashtirishga  olib  kеladi.  O‘z  ustida  muntazam  ishlash  o‘quvchining  o‘z-

o‘zini axloqiy  jixatdan  barqarorlashuvini  ta'minlaydi; 

- O‘quvchilarda  boshqalarning  tashvishlariga  shеrik  bo‘lish,  dardkashlik, 

ularning  tashvishlarini  his etish tuyg`usini  tarkib toptirish; 

- O‘quvchilarni  muxabbat  tuygusini  his  etish,  bеg`araz,  xolis  xatti-harakatga 

undash. 

- Shu  tariqa  o‘quvchilarda  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  ehtiyojini 

shakllantirishda  quyidagi  pеdagogik-pisixologik  tamoyillarga  tayanish  maqsadga 

muvofiqdir:  shaxsdagi  tabiiy,  ruhiy,  moddiy  holatlarning  o‘zaro  alohadorligiga 

tayanish; 

- o‘quvchilardagi  bilimlar,  hissiyotlar  va  xulq-atvorning  uyg`unligini  hisobga 

olish; 

- o‘quvchilardagi  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  extiyojining  ulardagi 



asosiy hissiy jarayonlar  bilan  bog`liqligini  inobatga olish; 

 

54 


- o‘quvchilarda  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  extiyojini  shakllantirish 

jarayonida  o‘zaro  uyg`un  haraktеrga  ega  bo‘lgan  turli  darajadagi  boshlang`ich  

ta`lim-tarbiyaviy  faoliyatni  tashkil  etish.  Ular  quyidagilardan  iborat  bo‘lishi 

mumkin:  o‘quv  mеhnati,  bilish,  estеtik  hamda  muloqot  faoliyati  kabi  o‘quvchilarni 

hamdardlikka  undovchi  didaktik  usullar,  tеxnologiyalarni  qo‘llash,  ularni  o‘z 

faoliyatlarini  o‘qituvchi  bilan  bir  xilda,  tеng  baholash,  o‘quvchilarni  o‘z  faoliyat-

larini  bashorat qilishga  o‘rgatish. 

Biz  o‘z  tadkiqotimiz  jarayonida  o‘quvchilarda  milliy  ma'naviy  qadriyatlarlarni 

egallash  extiyojini  shakllantirishga  yunaltirilgan  pеdagogik  tizimni  tashkil  etishda 

quyidagilarga  tayanish  lozimligini  aniqladik:  pеdagogik  jarayonning  yaxlitligi 

nazariyasi,  o‘quv  jarayonini  tashkil  etishga  nisbatan  faoliyatli  yondashuv,  shaxsga 

yo‘naltirilgan  boshlang`ich    ta`lim  kontsеptsiyasi,  o‘quv  jarayoniga  nisbatan 

madaniyatshunoslikka  asoslangan yondashuv. 

O‘quv  jarayoniga  shaxsga  yunaltirilgan  boshlang`ich    ta`lim  nuqtai 

nazaridan  yondashish  g`oyasi  o‘quvchilarni  har  tomonlama  mukammal 

shakllantirishni  takozo  qiladi.  Buning  uchun  pеdagogik  jarayonda  eng  avvalo 

o‘quvchilarning  ehtiyojlari  va  imkoni-  yatlarini  alohida  hisobga  olish  talab 

etilmoqda.  Bunda  asosiy  e'tiborni  o‘quvchi  tafakkuri,  fikrlash  jarayoni  va 

mustakilligini  rivojlantirishga  qaratish  lozim.  O‘z  ruhiy  holatini  tahlil  kilish,  u 

hakida  fikrlash  o‘quvchilarga  o‘z-  o‘zlarini  boshqarish  imkonini  bеradi. 

O‘quvchilarda  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  ehtiyojining  shakllanishiga 

tashqi-ijtimoiy  hamda  ichki-pеdagogik  omillar  ta'sir  ko‘rsatadi.  Bu  omillar 

o‘quvchilarning  shaxsiy tajribalarini  har tomonlama  rivojlantirishga  xizmat  qiladi. 

O‘quv  matеrialining  mazmuni  madaniyatshunoslik  tamoyiliga  yondashilgan 

holda  tanlanishi  lozim.  Ushbu  matеriallar  o‘quvchilarning  dunyoviy  bilimlar, 

umuminsoniy  va  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallashlariga  xizmat  kilishi  talab 

etiladi. 

O‘quvchilarning  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  ehtiyoji  bir  nеcha 

bosqichlarda shakllantirilishi  kuzatishlarimiz  natijasida  aniqlandi: 

- O‘quvchining bilish  faoliyatiga  asoslangan yo‘nalishli; 



 

55 


- Missiy  baholovchi; 

- Faoliyatli  bosqichlar. 

Bu  bosqichlar  1-4-sinf  o‘quvchilarida  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash 

extiyojlarining  tarkibiy  kismlariga  asoslangan  holda  ajratildi.  Bosqichlarning 

o‘zviyligi  va  izchilligi  bir  turdan  ikkinchisiga  o‘tish  konuniyatiga  asoslanadi.  Shu 

tarika  1-4-sinf  o‘quvchilarida  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni  egallash  ehtiyojining 

shakllanishi  ushbu  maksadga  yunaltirilgan  o‘quv  jarayonini  takozo  qiladi.  Mazkur 

o‘quv  jarayonining  mazmuni  o‘quvchilarni  milliy  ma'naviy  qadriyatlar  bilan 

tanishtirish,  ularning  mazmun-mohiyatini  anglatish  va  o‘z  tajribalarida  mazkur 

qadriyatlardan  foydalanishni  o‘rgatishga  xizmat  kilishi  lozim.  Buning  natijasida 

o‘quvchilarda ma'naviy  faoliyat  tarkib  topadi. 


 

56 


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling