Qarshi davlar universiteti


 Muammoga doir olib borilgan tajriba-sinov ishlari tahlili


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana30.10.2020
Hajmi0.56 Mb.
#138387
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
boshlangich talimni modernizatsiya qilishning ilmiy nazariy asoslari


3.2. Muammoga doir olib borilgan tajriba-sinov ishlari tahlili 

Ma’lumki, 

tadqiqotning 

asosiy 


maqsadi 

boshlang’ich 

ta’limni 

modernizatsiyalash  bo’lib,  boshlang‘ich  sinf  o’quvchilarini  ta’lim  jarayonida 

intellektual  rivojlantirishning  maqbul  usullarini  aniqlash,  bu  jarayonga  ta’sir 

qiluvchi  omillarni  o’rganish,  muammoga  doir  tajriba-sinov  natijalarini  amaliyotga 

tavsiya  qilishdir.  Ilmiy-metodik  tajribalar  orqali  chiqarilgan  xulosalar,  ilgari 

surilgan  g‘oyalar,  metodik  tavsiyalar,  ta’lim  texnologiyalari  ishlab  chiqilgan 

tizimning  samaradorligini  belgilashda  muhim  ahamiyat  kasb etadi. 

Boshlang‘ich  ta’limni  modernizatsiyalash,  o’quvchining  har  tomonlama 

rivojlanishida  informatsion  xarakteridagi  matnlar,    suhbat  va  hikoyalar  o’quvchi 

tafakkurini  o’stirish  maqsadida  ilmiy  izlanish  usulidan  foydalanildi.  Bunda  Qarshi 

shahridagi  8-umumiy  o’rta  ta’lim  maktabining  boshlang‘ich  sinflarida  darslar 

kuzatildi  va  tajriba-sinov  ishlari  olib    borildi.  Shuningdek,  boshlang‘ich  sinf 

o’qituvchilari  va  o’quvchilari  bilan  suhbatlar  uyushtirildi,  anketa  so’rovlari  va 

o’yin-topishmoqlar  asosida  o’quvchilarning  intellektual  rivojlanganlik    darajasini 

aniqlashga  harakat qilindi. 

Ilmiy  tajriba  davomida  jami  8  nafar  boshlang‘ich  sinf  o’qituvchilari,  

210 nafar o’quvchi ishtirok etdi.  

Ilmiy  tadqiqot  jarayonida  suhbat,  savol-javob,  kuzatish,  tajriba,  anketa 

so’rovlari kabi ilmiy-tadqiqot  metodlaridan  foydalanildi. 

Boshlang'ich  sinf  o'qituvchilari  bilan  o'tkazilgan  anketa  so'rovlari  natijalari 

quyidagicha  bo'ldi: 

Sinfda  o’quvchilarni  tayyorgarlik  darajasini  tahlil  qildik:  uning  psixologik 

xususiyatlari  va  bilishga  bo’lgan  qiziqishlarini  baholadik.  Ularning  o’quv 

faoliyatida  murakkablik  integratsiyalash  metodini  qo’lladik.  Ko’p  hollarda 

o’quvchilarning    ma’lum  o’quv  fainini  muvaffaqiyatli  o’zlashtirishi,  boshqa  bir 

fanga  oid  bilim  va  malakalarning  mavjud  bo’lishini  ko’rsatdi  va  tarqatilgan  anketa 

so'rovnomasiga (1-ilova)  quyidagicha  javoblar  olindi: 

1. Maktabgacha tarbiya  yoshidan - 1 kishi 

2. Boshlang'ich sinflardan  -3 kishi 


 

78 


3. Yuqori sinflardan  -8 kishi 

Ko'rinib  turibdiki,  boshlang’ich  ta’limni  modernizatsiyalash  asosida 

maktabda  o'qituvchilarni  modernizatsiyalashgan  ta’lim  sharoitida  kasbiy 

komponentligini  rivojlantirish  tizimi  maydoncha  mavqeyiga  ega  bo’lishi  lozim.  Bu 

maydonchada  o’qituvci  o’quv  jarayonining  yangi  mazmuni  va  texnologiyalarini 

sinovdan o’tkazishi zarurligi  ko’rildi.    

O’quvchilar  tafakkurini  o’stirish  vositalari  borasidagi  savolga  o'qituvchilar 

javoblari  quyidagicha  bo'ldi: 

Ta'lim  metodlari  – 3 kishi 

Mustaqil  ishlar  – 7 kishi 

Topishmoqlar – 2 kishi 

O'quvchilarni  intellektual  rivojlantirish  jarayoni  unumli  kechishi  uchun 

qulay  vaziyatlar  yaratish  lozimligini  ko'pchilik  (3  nafar)  o'qituvchi  ta'kidlab 

o'tdilar.  Shuningdek,  o'quvchilar  o'qituvchilar  bilan  muloqot  jarayonida  tortinib 

turishini  (2  nafar)  va  o'quvchilarining  har  bir  harakatini  qattiqqo'llik    bilan  nazorat 

qilishlarini    (3  nafar)  o'qituvchilar  aytib  o'tdilar.  Bu  javoblardan  ko'rinib  turibdiki, 

o’quv  jarayonini  boshqarish  yuqorida  aytilgan  tamoyillar  va  qonuniyat  lar  asosida 

amalga  oshirilgandagina  rivojlantiruvchi  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  esa,  o'z 

navbatida, o'quvchilarning  intellektual  rivojlanishiga  monelik  qiladi. 

O'qituvchilar  bilan  o'tkazilgan  anketa  so'rovlari  natijasi  tahlili    ona  tili  ta'limi 

jarayonida  mustaqil  fikrlashga  o'rgatish  usullari  ishlab  chiqilmaganligi  o'quvchilar 

tafakkuriga  salbiy ta'sir etayotganini  ko'rsatdi. 

O'qituvchilar    tafakkurini  o’stirishda  mustaqil  ishlar,  didaktik  o'yinlar  va 

umuman  ta'lim  metodlarining  faqat  ayrim  ko'rinishlaridangina  foydalanadilar.  Bu 

esa  o'quvchilar  uchun  ta'lim  jarayonining  zerikarli  bo'lishi  bilan  birgalikda, 

ularning  mustaqil  fikrlashi  uchun ham imkoniyat  yaratmaydi 

O'qituvchilarning  metodik  jihatdan  yaxshi  tayyor  emasligi  va  o'tilayotgan 

darslaridagi  bir  xillik  o'quvchilarning  mustaqil  fikrlash  darajasiga  ham  o'z  ta'sirini 

o'tkazgan.  Bunga  boshlang'ich  sinf  o'quvchilarining  mustaqil  fikrlash  darajalarini 

aniqlash  jarayonida  guvoh bo'ldik. 



 

79 


O'tkazilgan  tajriba  natijalaridan  ko'rinib  turibdiki,  o'qituvchilar,  pedagoglar 

va  tarbiyachilarning  kattagina  qismi  yaxshi  tayyorgarlik  ko’rmaganligi,  ularning 

bilim  kasb  saviyasi  pastligi  jiddiy  muammo  bo’lib  qolmoqda,  malakali  pedagog 

kadrlar  yetishmasligi  sezilmoqda.  Buning  sabablarini  o'qituvchilarni  dars  o’tish 

jatayonini  tahlil  qilishga  harakat  qildik.  Kuzatilgan  darslarning  barchasi  an'anaviy 

tarzda  amalga  oshirilib,    savol-javob, mashq bajarish, suhbat, hikoya metodlaridan, 

tarqatma  materiallardan  foydalanildi,  ammo  o'quvchilarning  mustaqil,  ijodiy 

fikrlash  qobiliyatlarini  shakllantirishga  e'tibor qaratilmadi. 

Kuzatilgan  darslar  jarayonida  muammoli-izlanish  metodiga  murojaat 

qilinmadi.  O'qituvchilarning  o'quvchilar  bilan  munosabatida  «sub'ekt  –  sub'ekt» 

munosabati  o'rnatilmadi.  Natijada  darslarda  o'quvchilarning  faolligi  ko'zga 

tashlanmadi.  Bundan  o'qituvchilarning  ham  ijodkorligi  darajasi  talab  darajasida 

emas, degan xulosaga kelish  mumkin. 

1-sinf  o’quvchilari  savollarga  yozma  javob  bera  olmasliklari  sababli  ularning 

intellektual  rivojlanganlik  darajalarini  suhbat  asosida  aniqlashga  harakat  qilindi. 

Buning  uchun  1-sinf  o’quvchilariga  tabiat  manzaralari,  turli  fasllarda  dala  va 

bog‘larda  kishilar  mehnati  tasvirlangan  5  variantdagi  suratlar  yordamida  mustaqil 

ravishda  hikoyalar  tuzish  vazifasi  topshirildi.  Tadqiqotning  dastlabki  bosqichida 

o’quvchilarning  deyarli  hammasi  o’qituvchidan  yordam  so’rab  murojaat  qildilar. 

Kuzatish  natijalari  asosida o’quvchilar fikrlashi  quyidagicha  3 darajada baholandi: 



Yuqori  daraja.  Bunga  o’qituvchi  bergan  yo’nalish  asosida  4-5  gapdan 

iborat  hikoya  tuza  oladigan  o’quvchilar  kiritildi.  Ular  suratlardagi  muhim  jihatlarni 

o’qituvchi  yordamisiz  aniqlay  oladilar,  fikrlarini  erkin  bayon  qila  oladilar  va 

fikrlarini  o’ziga  xos  holda  himoya  qila  oladilar.  Ularning  hikoyalaridagi  gaplar 

o’zaro  mantiqan  bog‘lanishi  va so’zlarning o’z o’rnida ishlatilishiga alohida e’tibor 

qaratildi  (28 % o’quvchi). 



O’rta  daraja.  Bunga  o’qituvchi  yordami  asosida  1-2  gapdan  iborat  hikoya 

tuza  oladigan  o’quvchilar  kiritildi.  Ular  fikrlarini  erkin  bayon  qila  oladilar,  ammo 

o’qituvchi  e’tiroz  bildirsa  ikkilanib  qoladilar.  Ular  tuzgan  gaplarda  1-2  ta  xatoga 

yo’l qo’yilishi  hisobga olindi  (22 % o’quvchi). 



 

80 


Quyi  daraja.  Bunga  o’qituvchining  bevosita  yordami  asosida  deyarli 

mantiqan  bog‘lanmagan,  gap  tuzishda  xatolarga  yo’l  qo’ygan  o’quvchilarning 

hikoyalari  kiritildi.  Ular  o’qituvchining  fikrini  to’g‘ridan-to’g‘ri  qabul  qiladilar  

(50 % o’quvchi). 

Suratlar  asosida  o’tkazilgan  suhbat  jarayonida  jami  28  ta  1-sinf  o’quvchilari 

ishtirok  etdilar.  Birinchi  bosqichda tajriba natijalari  quyidagicha  bo’ldi: 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



      1.3.1-jadval 

1-sinf o’quvchilari mustaqil fikrlash darajalari 

 

Sinf 



Yuqori 

 daraja 


O’rta 

daraja 


Quyi  

daraja 


1-sinf o’quvchilari 

16 



16 

% hisobida 

11 

44,4 


44,4 

 

Tajriba-sinov 



ishlari  o’tkazilgan    sinflarda  topishmoqlar  asosida 

o’tkaziladigan  o’yinlar  orqali  ham  o’quvchilarning  mustaqil  fikrlash  darajalarini 

aniqlashga  harakat  qilindi.    Buning  uchun  o’qituvchi  o’quvchilarga  javobi  bir  xil 

bo’lgan  3  ta  topishmoq  yoki  ta’rif  bilan  murojaat  qiladi.  O’quvchilar  javob 

varaqalariga  «1-savol»  deb  yozadilar.  Pastidan  esa  «1-javob»,  «2-javob»,  «3-

javob»  deb  yozadilar  va  har  bir  topishmoq  (ta’rif)  o’qilgach,  javoblarni  javob 

varaqalariga  qayd  qiladilar.  Birinchi  topishmoq  (ta’rif)  xiyla  murakkab,  ikkinchi 

topishmoq  (ta’rif)  osonroq,  uchinchi  topishmoq  (ta’rif)  esa  juda  oson  bo’ladi. 

Mustaqil  fikrlay  oladigan  ziyrak  o’quvchilar  birinchi  topishmoqdanoq  to’g‘ri 

javobni  topa  oladilar  va  natijada  uchta  javobning  ham  bir  xilligiga  iqror  bo’ladilar. 

Bu  me’yor  ancha  real  natijalarni  olishga  imkon  yaratish  bilan  birgalikda  ball 

belgilashda  ham  qulayliklar  tug‘diradi.  Ya’ni  birinchi  topishmoq  (ta’rif)danoq 

to’g‘ri  javob  topilsa  3  ball,  ikkinchi  topishmoq  (ta’rif)dan  to’g‘ri  javob  topilsa  2 

ball  va  nihoyat  uchinchi  urinishdagina  to’g‘ri  javob  topilsa  1  ball  beriladi.  Agar 

umuman  to’g‘ri javob topilmasa 0 ball. 

Tajriba-sinov  jarayonida  o’quvchilarga  10  ta topishmoq-savol bilan murojaat 



 

81 


qilindi  (5-ilova)  va  o’quvchilarning  mustaqil  fikrlash  qobiliyatlari  uchta  daraja 

bo’yicha aniqlandi: 

Yuqori daraja:  21-30 ball  to’plagan o’quvchilar. 

O’rta daraja:  11-20 ball to’plagan o’quvchilar. 

Quyi daraja:  10 va undan kam ball  to’plagan o’quvchilar. 

O’quvchilarning intellektual rivojlanganlik darajalari 

 

Yuqori daraja 



O'rta daraja  Quyi daraja 

O'quvchilar 

soni 



12 



16 

%     hisobida 

22 

33 


45 

 

Natijalardan  ko’rinib  turibdiki,  ta’lim  jarayonida  o’quvchilarning  mustaqil 



fikrlashlari  uchun qulay sharoit yaratilmagan. 

Boshlang‘ich  sinflarda  o’qituvchining  vazifasi  o’qish  malakalarini 

shakllantirish  va  ona  tilidan  elementar  ma’lumot  berish  bilan  bir  qatorda 

o’quvchilarning  mustaqil  tafakkur  yurita  olish  qobiliyatini  o’stirishdan  ham 

iboratdir. 

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun anketa savollari 

Hurmatli  o‘qituvchi!  Sizdan  ushbu  anketa  savollariga  javob  berishingizni 

iltimos  qilamiz.  Sizning  javoblaringiz  faqat ilmiy  tadqiqot maqsadida qo‘llaniladi. 

Yoshingiz 

Ma’lumotingiz 

Pedagogik stajingiz 



1. Boshlang’ich  ta’limni  modernizatnsiyalash  uchun  nimalarfa  ahamiyat 

berish kerak?   

o  Darsliklarni  yangilash; 

o‘quv qo‘llanmalarni  yaratish; 



o  tarqatma materiallar  tayyorlash; 

ko‘rgazmali  qurollarni  zamonaviy  texnologiyalar  asosida yaratish; 



 

82 


2. Siz faoliyatingiz  davomida ularning  qaysi biridan foydalanasiz? 

Darsliklar; 



o‘quv qo‘llanmalari; 

tarqatma materiallar; 



ko‘rgazmali  qurollar; 



3. Boshlang‘ich  ta’lim  jarayonida  modernizatsiyalashgan  ta’lim  qanday 

talablarga  javob berishi  kerak? 

o‘quvchilar uchun tushunarli  bo‘lishi; 



o  zamonaviy  texnologiyalashtirish; 

o‘quvchilar uchun qo’shimcha fan kiritish; 



4. 

Pedagogik 

jarayonda 

didaktik 

materiallarni 

tanlashda 

qanday 

talablarga  rioya qilasiz? 



o‘quvchilar uchun tushunarli  bo‘lishiga; 

o  rang-barang  bo‘lishiga; 

o‘quvchilarni  fikrlashga  undashiga; 



5. 

Quyidagi  boshlang‘ich  sinf  darsliklarini  zamonaviyligi,  dizayni  va 

mazmuniga  ko‘ra 5 ballik  shkala asosida baholab bering: 

№ 

Darslik nomi 



Dizayni   

Mazmuni   

Zamonaviyligi   

Alifbe 



  

  

  



O‘qish  kitobi.  1-sinf 

  

  

  



O‘qish  kitobi.2-sinf 

  

  

  



O‘qish  kitobi.3-sinf 

  

  

  



‘qish  kitobi.  4-sinf 

  

  

  



Ona tili.  1-sinf 

  

  

  



Ona tili.  2-sinf 

  

  

  



Ona tili.  3-sinf 

  

  

  



Ona tili.  4-sinf 

  

  

  



10 

Matematika.  1-sinf 

  

  

  



11 

Matematika.  2-sinf 

  

  

  



12 

Matematika.  3-sinf 

  

  

  



13 

Matematika.  4-sinf 

  

  

  



 

6. Boshlang‘ich  ta’lim  jarayonida  foydalanish  uchun  ko‘rgazmali  qurollar  va 

tarqatma materiallarni  qanday tayyorlaysiz? 

qo‘ldan tayyorlayman; 



o  rassom yoki mutaxassislar  mehnatidan  foydalanaman; 

 

83 


o  tayyorini  sotib olaman; 

o  kutubxonadan tayyorini  olaman. 



7. Didaktik  materiallarni  takomillashtirish  borasidagi takliflaringiz: 

______________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

_____________________________________________________ 

 

 



 

Javoblaringiz uchun rahmat! 

 


 

84 


11I bob uchun xulosa 

Pedagog        va        psixologlarning  didaktikaga  alokador    izlanishlarida  asosiy 

e'tibor  o‘quvchilarni  bilim  va  malakalar  bilan  qurollantirishdan      iborat      ekanligi   

ta'kidlangan.      Ammo      shaxsni  tarbiyalash,  xususan    uni    rivojlantirishning  o‘rni  

va  ahamiyati  kamaytirildi.      Endilikda    pedagogika    fani  nazariy  yo‘nalishlarini 

modernizatsiya  qilinmoqda.    Shunga  ko‘ra,      boshlang`ich    ta`lim-tarbiyadagi   

ustuvor      masala      o‘quvchini  rivojlantirish    hammadan  kam  e'tiborda  bo‘lgan 

deymiz. 


Demak,  o‘quvchilar  bilim  salohiyatini  vaqti-vaqti  bilan  DTS  asosida  yalpi 

tekshirishdan  o‘tkazish  xalq  boshlang`ich    ta`limini  boshqarish  extiyojidan tashqari 

amaldagi  DTS  mavjud  imkoniyatlarga  naqadar  mo‘tanosibligini  bilish  uchun    ham 

zarurdir 



 

 

85 


UMUMIY XULOSA 

O‘quvchining  har  tomonlama  rivojlanishida  boshlang`ich    ta`limiy-

informatsion  harakterdagi  matnlar,  suhbat  va  hikoyalar  ham  aloxida  o‘rin  to‘tadi. 

Bunday  matnlar  ustida  ishlash  jaraenida  o‘quvchilar  aniq  delil  va  ma'lumotlar 

asosida xulosa va umumlashmalar  hosil qiladi. 

Boshlang`ich    ta`lim  jarayonida  dars  materiallarining  o‘quvchvlar  tomonidan 

ongli  tarzda  o‘zlashtirilishiga  erishish  muhim  ahamiyatga  ega.  Dars  jarayonida 

ko‘chma  ma'noli  so‘zlarning  asl  ma'nosini  anglatish,  rasmga  qarab  reja  tuzishga 

qaratilgan  topshiriqlar  bolani rivojlantirish  ham katta ahamiyatga  ega, 

Boshlangich  boshlang`ich    ta`lim  jarayonida  milliy  axloq  va  nafosat 

tarbiyasini  amalga  oshirish  zarurligini  nazarda  tutgan  holda  dars  materiallarini 

tanlash  maqsadga  muvofiqdir.  Shunga  ko‘ra  integral  asosdagi  o‘qish  dasturiga 

qo‘yidagi mavzular  kiritilishi  lozim. Chunonchi: 

— salomatlik  tuman baylik  siklidagi  badiiy asarlar; 

—  tozalikka  rioya  qilishga  o‘rgatadigan  badiiy  asarlar,  sher,  maqol  va 

topshnrilar; 

— tozalik  va ozodalikni  targ`ib qiluvchi  asarlar; 

.— harakterli  uyinlarni  badiiy  ifodalovchi asarlar; 

—  boshlang`ich va boshlang`ichchilar  haridagi  badiiy asarlar; 

—  insonning  yil  fasllariga  xos  bo‘lgan  mehnat  jarayonini  ifodalovchi  badiiy 

asarlar.  

— oilaviy  hayot mavzusiga  oid badiiy asarlar; 

—  ota-ona  va  farzand  munosabatini  yorituvchi  badiiy  asarlar,  she'r  va 

maqollar; 

—  savdo-sotiq,  bozor  manzarasini  aks  ettiruvchi  badiiy  asarlar,  she'r  va 

maqollar; 

— pul va unv tejab ishlatishni  targib  qiluvchi  badiiy  asarlar; 

—  kiyim-kechaklar,  oziq-ovqatlarni  tayyorlash  jarayonini  yorituvchi  badiiy 

asarlar; 

— axloq-odob va orasta kiyinish mavzusidagi  badiiy asarlar; 



 

86 


—  mehnat  qurollari  va  ulardan  foydalanish  jarayonini  yorktuvchi  badiay 

asarlar; 

— xuqukiy bilimlarnya  targib qiluvchi  badiiy asarlar; 

— ona-Vatan tuyg`usini  anglatishga  xizmat  qiluvchi  badiiy  asarlar; 

— milliy  urf-odatlarni  targ`ib qiluvchi  badniy asarlar; 

—  tabiatdagi  jonli  va  jonsiz  predmet  va  xodisalar  harida  tasavvur  hosil 

qilishga  xizmat  qiladigan  badiiy  adabiyot namunalari; 

— suv harida tasavvur hosil qilishga  yordam beradigan badiiy asarlar; 

—  tabiat  xodisalari:  bir  holatdan  boshqa  holatga  o‘tish  (issiklik,  sovuk.lik, 

kattik,  suyuk,  gaz  holatlari),  tovush,  elektr,  magnit,  yoruglik  xodisalari  harida 

badiiy vositalar  yordamida tasavvur hosil qilishga  yordam beradigan asarlar; 

—  yer,  kuyosh,  oy  va  yo‘lduzlar  hakida  tasavvur  hosil  qilishga  xizmat 

qiladigan  asarlar. 

Shuningdek: 

-  boshlang`ich    ta`lim  jarayonida  o‘quvchining  har  tamonlama  savodxonligi, 

ma'lumotliligi,  madaniyatliligi,  huquqiy-iqtisodiy  bilimdonligi,  ijtimoiy  hayotga 

tayyorgarlik  darajasi  ta'minlanishi  muhimdir; 

-  boshlang`ich    ta`lim  jarayonida  o‘quvchilarni  axborotlarni  mustaqil  tahlil 

qilish,  xolis fikr bildirishga  odatlantirish  muhimdir; 

yangi  tipdagi  darsliklar  o‘zining  yo‘naltirilganlik  darajasi,  janr 



xususiyatlariga  ko‘ra tasnif etilishi  lozim; 

-    modernizatsiyalashgan  o‘quv  dasturlarida  DTS  da  ko‘zda  tutilgan 

boshlang`ich    ta`lim  mazmunining  negizini  ifodalash  talabiga  qat'iy  rioya  qilinishi 

kerak; 


-  mustaqillik  yillarida  O‘zbekiston  Respublikasida  fan-texnikaning  jadal 

rivojlanishi,  xalqning  mentaliteti,  shaxsning  ma'naviy  dunyoqarashida  yangi 

tushunchalarning  paydo  bo‘lishi  boshlang`ich    ta`lim  tizimi,  ayniqsa,  uning 

mazmunini  muntazam  yangilab,  boyitib  borishni  taqozo  qilmoqda.  Bunda 

avvalambor,  O‘zbekistonning  jahon  axborot  maydoniga  kirib  borayotganligini 

e'tiborga olish lozim. 



 

87 


Boshlang`ich    ta`lim  mazmunini  muntazam  modеrnizatsiyalash  va  uning 

istiqbolli  modеllarini  bеlgilash,  nazariy  jihatdan  asoslash  pеdagogika  fanining 

dolzarb  masalalaridan  biridir.  O‘zbеkiston  Rеspublikasida  yosh  avlodni 

intеllеktual  jixatdan  rivojlantirish  davlat  siyosatining  ustuvor  masalalaridan  biri 

sifatida  e'tirof  etiladi.  Chunki  o‘quvchilarni  intеllеktual  rivojlantirish  dеganda 

ularning  akl-idroki,  zakovati,  еtukligini  ta'minlash  nazarda  tutiladi.  Shuning  uchun 

ham,  «Boshlang`ich    ta`lim  to‘g`risidagi»  konun,  «Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturi»,  «2004-2009  yillarda  maktab  boshlang`ich    ta`limini  rivojlantirish  davlat 

umummilliy 

dasturi», 

«Pеdagogika  fani  kontsеptsiyasi»,  «Boshlang`ich 

boshlang`ich    ta`lim  kontsеitsiyasi»  hamda  o‘quv  fanlarini  o‘qitish  buyicha barcha 

kontsеptsiyalarda  o‘quvchilarni  intеllеktual  rivojlantirishga  alohida  e'tibor  karatish 

lozimligi  asosiy masalalardan  biri sifatida  ta'kidlangan. 

      -  O‘zbеk  xalki  boshlang`ich    ta`limiy  qadriyatlari  tarixida  boshlang`ich    ta`lim 

oluvchilarga  individual  yondashgan  holda  ularni  intеllеktual  rivojlantirish  tajribasi 

alohida  o‘rin egallaydi. 

      -  O‘quvchilarni  intеllеktual  rivojlantirish  jarayoni  o‘ziga  xos  pеdagogik  shart-

sharoitlar  va  didaktik  vositalar  bilan  ta'minlangandagina  kutilgan  samaradorlikka 

erishish  mumkin. 

      -  O‘quvchilarni  intеllеktual  rivojlantirishga  yunaltirilgan  didaktik  jarayon 

o‘zining  yakin  va  uzoq  maqsadlariga  ega  bo‘lib,  bu  maqsadlarga  erishish  uchun 

muayyan  didaktik  vositalardan  foydalanish  taqozo etiladi. 

  -  O‘zbеk  xalqi  boshlang`ich    ta`lim  tizimida  o‘quv-biluv  jarayonini 

individuallashtirish  va  tabaqalashtirish  sohasida  muayyan  tajribalar  mavjud  bo‘lib, 

ular  o‘zining  ijobiy  hamda  salbiy  jihatlariga  egaligi  ilmiy  jixatdan  tasdiklangan  va 

o‘quvchilarga  guruhli  yondashgan  holda  o‘quv  jarayonini  tabaqalashtirish 

maqsadga  muvofiqligi  an'anaviy  boshlang`ich    ta`lim  jarayonida  o‘zini 

oqlaganligini  amaliy  tajribalar  yakhol ko‘rsatmoqda. 

       -  O‘quvchilarni  intеllеktual  jihatdan  rivojlantirishda  o‘qituvchi  o‘quv-biluv 

jarayonining  boshqaruvchisi  sifatida  alohida  o‘rin  egallab,  mazkur  jarayonning 

dеmokratiya  va  insonparvarlik  tamoyillari  asosida  tashkil  etishini  ta'minlashi 



 

88 


lozim. 

      -  O‘quvchilarni  intеllеktual  rivojlantirishga  o‘quv-biluv  jarayonida  sub'еkt 

munosabatlari  alohida  o‘rin  egallab  o‘qituvchi  bu  munosabatning  o‘ziga  xos 

jixatlarini  namoyon etish imkoniyatlariga  ega bo‘lishi talab etiladi. 

      -  O‘quvchilarni  intеllеktual  rivojlantirishga  o‘quv~  biluv  jarayoni  o‘ziga  xos 

tеxnologik  qurilishga  ega  bo‘lib,  uning  alohida-alohida  bosqichlarida  muayyan 

didaktik  vositalardan  foydalaniladi. 

       -  O‘quvchilarni  intеllеktual  jihatdan  samarali  rivojlantirish  uchun  ularning 

intеllеktual  faoliyat  ko‘rsatishlari  va  o‘z  faoliyatlari  natijalarini  baholashlariga 

alohida  e'tibor qaratish muhimdir. 

      -  O‘quvchilarning  o‘quv  munozarasiga  kirishishi  yoki  o‘quv  munozarasi 

dеganda,  o‘quvchi  shaxsining  faol  harakatiga  yunaltirilgan  bilish,  anglash  va 

nuqtai  nazarlarni  ifodalash  jarayoni  tushuniladi.  O‘quv  munozarasi  jarayonida 

quyidagilar  yaqqol  namoyon  bo‘ladi:  o‘quvchining  mulokotga  kirishuvchanligi, 

unda  fikrlarning  tarkib  topishi,  o‘z-  o‘zini  tasdiqlashi,  barqaror  mayllarning  hosil 

bo‘lishi. 

 -O‘quv  munozarasining  tarkibini  muayyan  modеlda  mujassamlashtirish 

uchun  ushbu  modеlning  tarkibiy  qismlarini  o‘quv  munozarasiga  kirishish 

ko‘nikmasining  muayyan  darajalari  yordamida ifodalash maqsadga muvofikdir. 

-  Munozara  jarayonining  muhim  tarkibiy  kismlari  o‘quvchilar  bilan 

o‘quvchilar,  o‘quvchilar  bilan  o‘qituvchilar  orasidagi  muloqotdan  iborat  ekanligi 

pеdagogik  jihatdan  aniqlandi.  Chunki  muloqot  qo‘yilgan  muammoni  muhokama 

qilish  jarayonida  guruh  a'zolarining  fikrlarini  muvofiqlashtirish,  faollashtirish, 

oydinlashtirish  va qarama-qarshiliklarni  bartaraf etish imkonini  bеradi. 

-  O‘quvchilarning  o‘quv  munozarasi  bir  nеcha bosqichlardan iborat bo‘ladi. 

Chunonchi: 

a)o‘quvchilarning  fikr-mulohazalarini  faollashtirish  va barqarorlashtirish; 

b)o‘quvchilarni  muloqotga  kirishish  va  o‘quv  munozarasi  talablariga  rioya 

qilishga  o‘rgatish; 

v)bilish  faoliyatiga  asoslangan munozarali  vaziyatni  vujudga kеltirish; 



 

89 


 g)qo‘yilgan  muammoni  muhokama  qilish  jarayonida  o‘quvchilar  bilan 

o‘qituvchining  uzaro  tеnglikka  asoslangan  nuqtai  nazarini  vujudga  kеltirish 

bosqichi. 

-  Pеdagogik  nuqtai  nazardan  ma'naviyat  va  milliy  ma'naviy  qadriyatlarni 

singdirish  jarayoni  o‘quvchining  ichki  olamini  zabt  etish  va  boyitish  jarayoni 

sifatida  e'tirof  etiladi.  O‘quvchilarda  muayyan  axlohiy  sifatlar  va  ularni  egallash 

ehtiyoji,  intilishlarini  hosil  qilish  uchun  xalqning  ma'naviy-intеllеktual  boyliklari, 

qadriyatlarini  egallash  ehtiyojlarini  tarkib toptirish lozim. 

 -  Istiqboldagi  boshlang`ich    ta`lim  mazmuni  xuddi  mana  shu  nazariy 

asoslarga 

tayangan 

holda 


bеlgilab 

bеrilgandagina, 

o‘quv  jarayonining 

samaradorligi  ortadi  va  o‘quvchilarni  pеdagogik  jihatdan  qo‘llab-quvvatlash,  

intеllеktual  va  ma'naviy  jixatdan  rivojlantirish,  mikrosotsiumda  munosib  o‘rin 

egallashlarini  ta'minlash  imkoniyatlari  kеngayadi. 

O'zbekiston  mustaqil  davlatga  aylangan  bir  sharoitda  yuksak  ma'naviyatli 

shaxs  tarbiyasi  qator  omillar  ta'sirida  amalga  oshiriladi.  Ma'naviy-axloqiy  sifatlar 

shaxsning  barcha  muhim  xususiyatlarini  yaxlit  holga  keltiradi.  Bu  borada  olib 

borgan ilmiy  izlanishlarimiz  asosida quyidagi xulosalarga  keldik: 

1. Shaxs  ma'naviy  tarbiyasi  asrlar  davomida  tarbiya  sohasi  jonkuyarlarining 

asosiy  vazifasi  bo'lib  kelgan va har bir davr hamda jamiyat ma'naviyatini o'zida aks 

ettirgan.  Jumladan,  mustaqillik  yillarida  yosh  avlod  ma'naviy  tarbiyasining  asosiy 

vazifasi  ma'nan  etuk,  dunyoqarashi  keng  va  boy,  fikrlari  teran  yoshlarni 

tarbiyalashdan  iboratdir. 

2. Ma'naviyatning  bebaholigi  uning  turli  xalqlar  va  mamlakatlar  kishilarini 

qon-qardosh  qilishida,  ularning  taqdirini  o'zaro  hurmat  asosida  yaqinlashtirishda 

ham  yaqqol  namoyon  bo'ladi.  Ma'naviyat  turli  millat  kishilarini  o'zaro  hamkor  va 

hamjihat  bo'lishga,  umumiy  maqsadlar  yo'lida  birlashishga,  umumbashariy, 

umuminsoniy  muammolarni  birgalikda  hal  etishga da'vat etadi. 

3. Xalqimizning  qadim-qadimdan  ajoyib  odatlari,  o'gitlari  bor,  yurtga 

muhabbat,  Ona  Vatanni  sajdagoh  kabi  muqaddas  bilish,  yolg'on  gapirmaslik, 

birovning  haqiga  xiyonat  qilmaslik,  kattani,  hurmat,  kichikni  izzat  qilish  shular 


 

90 


jumlasidandir. 

Bular 


xalqimizning 

hayoti,  turmush  tarzi  ma'naviyati  va 

mentalitetiga  singib  ketgan.  Sharqona  ma'naviyatni  targ'ib  qilish  ommaviy  axborot 

vositalarining  o'ziga xosligini  belgilaydi. 

4. Ma'naviy-axloqiy  tarbiya  yoshi  va  boshlang`ich    ta`lim  oluvchining  to'g'ri 

yo'nalish  olish  uchun  hal  qiluvchi  ta'sir  ko'rsatadigan  muhitini  ham  hisobga 

olganda  shaxsning  butun  hayotiy  faoliyati  jarayonida  amalga  oshiriladi. 

Boshlang'ich  sinf  o'quvchilarida  yuksak  ma'naviyatni  shakllantirish  jarayoni  asosan 

boshlang`ich    ta`lim  jarayonida  milliy  ma'naviy  merosimizni  va  urf-odatlarimizni 

o'zida  aks  ettirgan  hikoyalar,  matnlar  asosida  va  sinfdan  tashqari  tarbiyaviy 

tadbirlar  -  barkamollik,  axloq  to'g'risidagi  suhbatlar,  tanlangan  mavzuga  oid 

kechalar,  turli  kasb  namoyondalari  bilan  uchrashuvlar,  anjumanlar  jarayonida 

amalga  oshiriladi. 

5. Ma'naviy-axloqiy  tarbiyaning  mazmuni  avvalo  boshlang`ich    ta`lim 

oluvchilarning  amaliy  faoliyatlarida,  o'qish,  mehnat,  jamoatchilik  ishlarida, 

ularning  munosabatlari  harakterida,  o'zaro  ta'sir  ko'rsatish  usullari,  xulq -atvor 

me'yorlarini  o'zlashtirishlarida  namoyon bo'ladi. 

Psixologlarning  aniqlashlaricha,  kichik  maktab  yoshi  axloqiy  talab  va 

me'yorlarni  o'zlashtirishga  moyilligining  yuqoriligi  bilan  harakterlanadi.    Bu  shaxs 

rivojlanishiga  o'z  vaqtida axloqiy poydevor qo'yish imkonini beradi. Kichik yoshda 

shaxsning  axloqiy  rivojlanishini  belgilovchi  tarbiyaning  mohiyati  bolaning  hissiy 

hozirjavobligiga  tayanuvchi  insonparvarlik  munosabati  va  o'zaro  munosabatlarini 

shakllantirishdan  iborat. 


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling