Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti


chuqurlashtirib’,  konkretlashtirib  beruvchi  chora  va  tadbir  tartibidir


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/25
Sana09.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#258267
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
fizika Temirova

chuqurlashtirib’,  konkretlashtirib  beruvchi  chora  va  tadbir  tartibidir.  Qoidalar 

nazariya bilan amaliyot orasini bog‘lab turuvchi vositadir. 

Uni  pedagogik  jarayon  misolida  kо‘radigan  bо‘lsak,  u  о‘qitish  qoidalarida 

namoyon  bо‘ladi.  О‘qitish  qoidalarining  tipik  vaziyatlarida  о‘qituvchilarning  tipik 

harakati ifoda etilgan. Boshqacha qilib aytganda, didaktik qoidalar tipik pedagogik 

vaziyatda  о‘qituvchi  va  о‘quvchi  о‘zini  qanday  tutishi  kerakligini  kо‘rsatib  beradi. 

Shuning uchun ular amaliyotga yaqinturadi. 

Metodik  adabiyotlarda  pedagogik  qoidalarga  ikki  xildagi  qarash  mavjud. 

Birinchisi, amaliyotchi о‘kituvchilarga didaktika qonuniyatlari va tamoyillarini bilish 

shart  emas,  ular  olimlar  tomonidan  ishlab  chiqilgan  dars  о‘tish  qoidalarini 

о‘zlashtirib  olsalar,  shuning  о‘zi  kifoya,  deyiladi.  xorijiy  mamlakatlarda 

pedagogikasida bu fikr  ustunlik  qilgan. Bu  masalaga ikkinchi qarash ham bor, ular 

amaliyotchi о‘qituvchilarni faqat tayyor о‘qitish qoidalariga bog‘lab qо‘yilsa, ularning 

tashabbuskorligini cheklab qо‘yilgan bо‘ladi, deyiladi. Bu ikki fikrda ham mantiq bor. 

Haqiqat,  har  doimgidek,  ikkalasining  о‘rtasida  yotadi.  О‘qituvchilarni  pedagogik 

qoidalarga  qattiq  bog‘lab  qо‘yib,  ularning  erkini  cheklash  salbiy  bо‘lgani  kabi, 

amaliyotdan  o‘zilgan  va  juda  ham  nazariylashgan  pedagogik  tamoyillar  hamda 

qonuniyatlarni pedagoglardan ta-lab qilish va pedagogik jarayonni erkin harakatga 

aylantirib  qо‘yish  ham  noо‘rin.  Ta’lim-tarbiyada,  boshqa  mehnat  turlaridagidek, 

standart holatlar juda kо‘p. Bu holda о‘qituvchi kо‘p ham tashabbus kо‘rsatishi shart 

emas,  aks  holda,  о‘kituvchining  tashabbuskorligi  darsning  muvaffaqiyatli  о‘tishiga 

halal ham beradi. Bu holda, dars о‘tganda aynan qoidalarga rioya qilish talab qilinadi. 




Qoidalar didaktika tamoyillaridan kelib chiqqani kabi, didaktika tamoyillari 

о‘z ifodasini pedagogik qoidalarda topadi. Biroq qoidalar о‘z ichiga yana kо‘p sonli 

о‘qituvchi va pedagoglarning kо‘p yillik tajribasini ham qamrab olgan bо‘ladi. 

«Dars  о‘tish  qoidalari  qancha?»  degan  savolga  K.  D.  Ushinskiyning  sо‘zlarini 

keltirish  о‘rinlidir.  U:  «Barcha  pedagogik  qoidalarni  bir  varaqqa  sig‘dirish  ham 

mumkin, ulardan bir necha jildli kitoblar ham yaratish mumkin», — degan. 

Odatda, ular tavsiyanoma, qо‘llanma va eslatmalar sifatida beriladi. 


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling