Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   126
Bog'liq
Majmua

4. Izchillik Testdagi topshiriqlar ma’lum bir fanga taalluqli, umumiy bilim 
mohiyatiga ko‘ra o‘zaro bog‘liq, izchil bo‘lishi lozim 
5. To‘kislik va uyg‘unlik. Testdagi topshiriqlarning umumiy soni mavzu va 
qismlarga nisbatan muvofiq taqsimlanishi ahamiyatli. Bunda o‘rganilayotgan 
fanning barcha jihatlarini to‘la qamrab olish nazarda tutiladi. 
6. O‘zlashtirish darajasiga ko‘ra tabaqalashtirish. O‘quv materialining 
ma’lum bir tarkibiy qismiga o‘zlashtirish darajasi turlicha (bilish, esda qolgan 
narsani tasvirlash (reproduksiya), unumli va ijodiy fikrlash) bo‘lgan talabalarga 
moslab test topshiriqlarini tuzish lozim. 
7.Samaradorlik (kumulyativlik). Samaradorlik test topshiriqlarida borgan 
sari murakkablashib borishini nazarda tutadi. Bu qat’iy talab emas. Chunki, 
axborotlashgan ta’lim tizimi sharoitida zamonaviy kompyuter test tizimida 
o‘quvchiga navbatdagi test topshirig‘i, avvalgisini qanday yechganiga qarab 
beriladi. Ya’ni avvalgi savolga noto‘g‘ri javobdan so‘ng, unga nisbatan murakkab 
bo‘lmagan test topshiriqlari berilishi mumkin. 
8. Qat’iy belgilangan vaqt. Bu shartning mohiyati shundan iboratki, o‘ylash 
uchun 2 daqiqadan ortiq vaqt talab etiladigan test savollari bo‘lmasligi lozim. 
Birqancha xorijiy test topshiriqlarini tahlil etilganda, matematika bo‘yicha 65 
sekund, til va adabiyot bo‘yicha 32 sekund, ijtimoiy va tabiiy fanlar bo‘yicha 41 
sekund, dalillar va iboralar uchun 20-25 sekund, chizmalar uchun 90 sekund, 
shakllarni aniqlash uchun 90-120 sekund vaqt ajratilishi ma’lum bo‘lgan. 
9.Ixchamlik Test topshiriqlarining matni cho‘zilib ketmasligi, qalashtirib 


122 
tashlanmasligi lozim. Murakkab ko‘lami o‘quv savolini o‘zlashtirishni aniqlash 
zarur bo‘lgan hollarda, uni bir qancha ichcham test topshiriqlariga bo‘lib tuzilgani 
ma’qul. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling