Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126
Bog'liq
Majmua

baholashni loyihalashtirish 
Reja 
16.1.Test va uning turlari. Test darajalari va ularni aniqlash ko’rsatkichlari 
16.2.Kompyuterli testlar va ulardan foydalanish. 
16.2.Kompyuterli testlarni dasturiy vositalar yordamida yaratishni 
loyihalashtirish 


119 
16.1. Test va uning turlari. Test darajalari va ularni aniqlash 
ko’rsatkichlari. Pedagogik test bilimlarni o‘lchashning eng to‘g‘ri 
vositasidir. Pedagogik testning bosh afzalliklaridan biri – bu o‘quvchi bilimini 
nazorat qilish va baholashda xolislikni ta’minlash imkoniyatining yaratilganligidir. 
Test (ingl. – sinov) birinchi bor 1864 yilda Buyuk Britaniyada J. Fisher 
tomonidan o‘quvchilarning bilim darajasini tekshirish uchun qo‘llanilgan. XX asr 
boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo‘nalishlar 
bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta 
Amerikalik psixolog E. Torndayk(1874-1949) tomonidan ishlab chiqildi. 
CH.Grin (1926) o‘zining «Тест нового типа» (Yangi turdagi test) nomli 
monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib ko‘rilgan testlarning afzalliklari va 
kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni berdi [13]. 
➢ test sinovlari uchun mo‘ljallangan material hajmini aniq belgilash va 
uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish; 
➢ mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba yo‘li 
bilan aniqlash; 
➢ o‘quvchilarning test sinovlari vaqtida javob berishlari o‘rtacha tezligi 
to‘g‘risidagi amaliy ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda, test sinovlarining davom 
etish vaqtini belgilash; 
➢ test sinovlardagi fikrlarni bayon qilinish tilining to‘g‘riligini va mantiqqan
muvofiqligini tekshirish; 
➢ topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida joylashtirish, to‘g‘ri va 
noto‘g‘ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yo‘l quymaslik. 
CH.Rassel test sinovlarining natijalarini o‘rganishni davom ettirib, test 
sinovlarining maqsadi to‘g‘risidagi savolga javob berishga erishdi. Rasselning 
fikricha, test sinovlarining maqsadi o‘quvchilarning bilimlarini baholash yoki 
ularning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlash bilan cheklanmaydi va testlarni 
quyidagi hollarda: qaysi materialdan boshlab o‘rganish zarurligini ta’minlashda,
o‘quvchilarni guruhlarga taqsimlashda, o‘qitish jarayonida sodir bo‘ladigan 
qiyinchiliklarni oldindan aniqlashda, shuningdek mamlakatning turli tumanlaridagi 


120 
o‘quv yurtlarida ma’lum yoshdagi o‘quvchilarning yutuqlarini taqqoslashda 
qo‘llashi mumkin [11,20]. 
Pedagogik testlar ta’lim-tarbiya jarayonida bilimlar darajasini aniqlaydi.
Pedagogik testlar AQSH, Niderlandiya, Angliya, Turkiya, Yaponiya va 
boshqa ko‘pgina mamlakatlarda keng rivoj topdi. Ushbu ro‘yxatga asosan turmush 
darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlar kirganligi tasodif emas. Bunda quyidagi 
zanjirli bog‘lanish mavjud: testlarni qo‘llash ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi; 
ta’lim sifati esa boshqaruv sifati bilan bog‘liq oqilona boshqaruv esa aholi 
turmush darajasini oshirish uchun zamin yaratadi. 
Pedagogik test o‘tkazishning uchta o‘zaro bog‘liq sifat mezonlari ajratiladi 
va shu mezonlarga ko‘ra tekshiriladi. Bular ishonchlilikvalidlik va xolislik [79].  

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling