Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Til ravonligi, aniqligi, bir ma’noliligi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126
Bog'liq
Majmua

10.Til ravonligi, aniqligi, bir ma’noliligi. Test topshiriqlarida ko‘p 
ma’nolilik va noaniqlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. AQShda test topshiriqlarini 
tuzuvchilar guruxiga muayyan bir o‘quv fani bo‘yicha tajribali pedagog va 
ruxshunosdan tashqari adabiy muharrir ham kiritilishi an’anaga aylangan. 
11.Murakkablik me’yori (yaroqliligi). Test topshiriqlari pedagogik jihatdan 
samarali bo‘lishi uchun, ular tushnarsiz axborot berib qolmasligi, javobi ochiqdan-
ochiq ayon bo‘lmasligi lozim. Natijasi yarimga teng (R(0,5) bo‘lgan test 
topshiriqlari nisbatan samarali hisoblanadi. Bunday natija o‘quv materialini yaxshi 
o‘zlashtirgan yoki chuqur tayyorgarlik ko‘rmagan o‘quvchini aniqlashni 
osonlashtiradi. Test topshiriqlari o‘quv dasturini to‘liq o‘rgangan o‘quvchilarning 
50 foizi bajara olishi mumkin bo‘lgan darajada tayyorlanadi, ma’lum bir 
yo‘nalishdagi testlar uchun 50 foizlik natija yaxshi ko‘rsatkichdir, maqsadga 
muvofiqi 85 foiz ko‘rsatkich hisoblanadi.
12.To‘g‘ri javobda qo‘shimcha belgilarning mavjud bo‘lmasligi. Test 
tuzishda tajribasiz kishi tushunarli bo‘lsin, degan maqsadda to‘g‘ri javobni boshqa 
javoblarga nisbatan kengroq va batafsilroq bayon qiladi. O‘quvchilar bu farqni tez 
anglab oladilar va javobni ana shu belgiga qarab aniqlashadi. Bunga aslo yo‘l 
qo‘ymaslik lozim. 
13.Variantivlik. O‘quv materialidagi ma’lum bir mavzuni o‘zlashtirishni 
nazorat qilish uchun mantiqiy fikr bayoni, sintaktik tuzilishi, morfologik belgilari 
yoki murakkablik darajasiga ko‘ra turlicha bo‘lgan, lekin bitta o‘quv materialiga 
tegishli test savollari tuzish mumkin. Bu bir o‘quv maqsadiga erishish yo‘lida 
topshiriqlar turkumini yaratish imkonini beradi (variant testlar). Shu bois 
kompyuter test tizimi topshiriqlarning variativlik xususiyatiga asoslangan. Bunda 
kompyuter navbatdagi topshiriqni avvalgi savolga berilgan javobga ko‘ra tanlaydi. 
➢ 14. Shaklan va mazmunan bog‘liqlik. Bu talab falsafadan, uning 
qoidalarini san’at asarlarini o‘rganishga qiyoslashdan olingan. Gegel fikricha


123 
haqiqiy san’at asari shaklan va mazmunan yaxlit asardir. Binobarin, test 
topshiriqlari ham shaklan va mazmunan uyg‘un bo‘lishi lozim. Test topshiriqlarini 
yuqoridagi didaktik talablar asosida tuzish, o‘qituvchilarning test tuzish nazariyasi 
bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishlarini talab qiladi [20].
Hozirgi kunda test topshiriqlarining bir qator turlaridan ta’lim jarayonida 
ta’lim oluvchilarning nazariy bilimlarini baholashda foydalanilmoqda. Test 
tuzishda quyidagilarga e’tibor berish kerak bo‘ladi [11,39]. 
➢ testning barcha chalg‘ituvchi javoblari haqiqatga yaqin bo‘lishi; 
➢ javoblardagi jumlalar uzunligi deyarli bir xil bo‘lishi; 
➢ javoblar gramatik jihatdan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi; 
➢ javobdagi jumlalar tili talabaning tushunishiga mos bo‘lishi 
➢ tuzilgan test talabaning bilim darajasini baholay olishi. 
➢ javoblarning hech biri ma’nodosh (sinonim) bo‘lmasligi. 
➢ to‘g‘ri javob faqat bitta bo‘lishi kerak. 
➢ javobning asosi imkon qadar keng mazmunli bo‘lishi. 
➢ asosda muvofiq kelmaydigan jumlalardan foydalanmaslik 
➢ javoblarda mantiqsiz so‘zlarning ishlatilmasligi. 
➢ to‘g‘ri javoblarni ketma-ket bir o‘rindagi javoblarga qo‘ymaslik.
➢ savol real bo‘lishi zamonga mos kelishi, aniq mazmunga ega bo‘lishi; 
➢ bir savolni yechimi boshqasiga «kalit» bo‘lib xizmat qilmasligi; 
➢ ko‘p tanlovli testlarda to‘g‘ri javoblarni ketma-ket bermaslik va h.k. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling