Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   126
Bog'liq
Majmua

Testning ishonchliligi–diagnostik o‘lchovlarning aniqligini, shuningdek
test natijalarining begona tasodifiy omillar ta’siriga nisbatan barqarorligini aks 
ettiruvchi mezon. Pedagogik testning ishonchliligi uni tayyorgarlik darajasi bir-
birga yaqin bo‘lgan tinglovchilarning turli guruhlarida qo‘llashda taxminan bir xil 
natijalar olishga imkon berishidir. 
Testning validligi  test shakli va mazmunining uni tuzuvchilar fikri 
bo‘yicha test baholashi yoki aniqlashi zarur bo‘lgan o’lchovga muvofiq kelishi, 
natijalarning belgilangan vazifalarga muvofiqligi [16].
Testning xolisligi (obyektivlik), ya’ni diagnostik ma’lumotlarni olish va 
talqin etishning o‘qituvchiga bog‘liq emasligi. Pedagogik testlarning xolisligi 
ishonchlilik, validlik g‘oyalarini, bundan tashqari pedagogik, axloqiy xususiyatga 
ega bir qator jihatlarni qamrab oladigan muhim birlashtiruvchi mezondir. 
Pedagogik test xolisligini oshirishning pedagogik jihati standart test 
dasturlari, tekshiruvning texnik vositalari, avvalo pedagogik testni o‘tkazishda 
kompyuter texnologiyalaridan foydalanilishida ko‘rinadi. Test tuzuvchi har bir 
o‘qituvchi test topshiriqlarini tuzishda didaktik talablarga amal qilishi lozim. Ular 
quyidagilar [20]: 
1.O‘quv maqsadiga muvofiqlik Test topshiriqlari mazmunini o‘quv 
maqsadiga qaratilishi lozim. Har bir test savoli ma’lum bir o‘quv maqsadining 


121 
ro‘yobga chiqishini ta’minlashi zarur.
2.Materialning ahamiyatliligi. Testda topshiriqlar soni cheklanganligini 
hisobga olib, testni tuzishda o‘quv materialining eng muhim, asosiy qismlarini 
kiritish lozim.  
З.Ilmiy aniqlik. Testga mushohada, bilim orqali asoslash mumkin bo‘lgan 
haqqoniy ma’lumotlar kiritiladi. Test topshiriqlari tabiati asosan, avvaldan ma’lum, 
aniq javob berishni taqozo etib, munozarali qarashlarni savollariga kiritish tavsiya 
etilmaydi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling