Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi
Download 4,68 Mb. Pdf ko'rish
|
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 60-rasm. Chigirtkaning chala metamorfoz yo’li bilan rivojlanishi.
Ishning maqsadi: Chala va tо‘liq о‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlarning lichinka-g‘umbak-imago davrlaridagi tuzilishi va rivojlanishini о‘rganish. Kerakli material va jihozlar: Har xil yoshdagi chigirtkalar, tut ipak qurtlari, pillalar, kapalaklar. Ishning mazmuni. Hasharotlarning postembrional (tuxum pardasidan chiqqandan keyingi rivojlanishi) rivojlanish davri metamorfoz ya'ni o’zgarish yo’li bilan kechadi. Metamorfoz to’liqsiz rivojlanish va to’liq rivojlanish bilan kuzatiladi. To’liqsiz, ya'ni chala metamorfoz yo’li bilan rivojlanuvchi hasharotlarga: suvaraklar, qandalalar (yarim qattiq qanotlilar) to’g’ri qanotlilar, ninachilar, bitlar, kunliklar, beshiktervatarlar, teng qanotlilar kiradi. Bularning tuxumlaridan chiqqan lichinkalari katta yoshdagi hasharotlarga juda o’xshash bo’lib, katta yoshdagi hasharotlardan gavdasining kichikligi, qanotlarining rivojlanmaganligi, jinsiy organlarini taraqqiy etmaganligi bilan farq qiladi. 60-rasm. Chigirtkaning chala metamorfoz yo’li bilan rivojlanishi. 1,2,3-ko’krak bo’g’imlari; yuqori qatorning chap tomondan birinchi-tuxum, yuqoridan birinchi va ikkinchi qatorlarda- har xil yoshdagi liichnkalar, pastda- voyaga yetgan hasharot. Lichinka bilan imago orasidagi tafovutlar, ular bir yoshdan ikkinchi yoshga o’tgan davrdan so’ng qator po’st tashlashlar natijasida asta-sekin yo’holib boradi. Lichinkalari 4-5 marta po’st tashlab, keyin jinsiy voyaga (imago) yetadi. Masalan, chigirtkalarning rivojlanishi shu tartibda kechadi. To’liqsiz yo’l bilan rivojlanuvchi hasharotlarda qumbaklik davri bo’lmaydi. To’liq metamorfoz yo’li bilan rivojlanuvchi hasharotlarga qo’ng’izlar (qattiq qanotlilar) kapalaklar, burgalar, ikkiqanotlilar, pardaqanotlilar, to’rqanotlilar va boshqa hasharotlar gurug’i kiradi. Bu hasharotlarning tuxumidan chiqqan lichinkalar (qurtlar) mutlaqo katta yoshdagilar (imago)ga o’xshamaydi. Bu lichinkalarni qanotlari umuman rivojlanmagan bo’lib, faqat lichinkalik davriga xos organlari mavjud bo’ladi. Bunga tut ipak qurtini misol qilib olish mumkin. qurtning og’iz organlari kemiruvchi tipda, kapalaklarda esa so’ruvchi tipda tuzilgan bo’ladi. Bundan tashhari kapalak qurtining qorin qismida bir necha juft «yolqon» oyoqlari bo’ladi. Bu soxta oyoqlar bo’g’imlarga bo’linmagan. Kapalak qurtlari ham rivojlanish davrida besh marta po’st tashlaydi va qumbak davriga o’tadi. qumbak Download 4,68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling