Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi
Download 4.68 Mb. Pdf ko'rish
|
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli materiallar va jihozlar
26 – mashg’ulot.
Mavzu: To‘garak chuvalchanglar (Nemathelminthes) tipi. Nematodalar (Nematoda) sinfi. Vakillar: Odam askaridasi, bolalar gijjasi yoki rishtaning tashqi va ichki tuzilishi. Ishning maqsadi: Odam askaridasi, bolalar gijjasi va rishta ning tuzilishi va rivojlanish siklini о‘rganish. Kerakli materiallar va jihozlar: Askarida, bolalar gijjasi va rishta tashqi kо‘rinishini va ichki organlarining tuzilishini aks ettiruvchi tablitsalar,6%li formalin eritmasida fiksatsiya qilingan askaridalar, askarida tanasi kо‘ndalang kesmasining tablitsasi va mikropreparatlari, mikroskoplar, qо‘l lupalari, preparaval ninalar, tо‘g‘inag‘ichlar, tubi mum va sham aralashmasi bilan qoplangan vannachalar, suv, buyum va soat oynalari, tomizgichlar. Ishning mazmuni: Odam askaridani tanasi chuvalchangsimon bо‘lib, oldingi va keyingi uchlari ingichkalashgan, kо‘ndalang kesimi esa doira shaklida. Urg‘ochilari 35-40 sm, erkaklari 25-30 sm uzunlikda bо‘ladi. Bularda jinsiy demorfizm aniq ifodalangan. Erkaklari kichik va dum qismi ilmoqsimon qayrilgan, urg‘ochilari tanasining 1\3 qismida halqa shaklida ichiga botib kirgan joyibо‘lib, u yerda jinsiy teshik joylashgan. Voyaga yetgan askaridalar odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Lekin ular ba’zan jigar, о‘pka, yurak va jinsiy organlarda ham uchrashi mumkin. Ammo bu organlar odam askaridasi uchun mos bо‘lmasdan, nomuvofiq joylashishdir. Askaridaningsh ot, chо‘chqa va boshqa hayvonlarning ichagida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham bor. Askaridaning tanasi kо‘p qavatli kutikula bilan qoplangan, u yarim о‘tkazgich xususiyatiga ega bо‘lganligi uchun tanasi doim tarang (turgor) holatda bо‘ladi. Kutikulaning ostida gipoderma joylashgan. Gipoderma shakli о‘zgangan qoplovchi tо‘qimadir, chunki hayvonlarning yosh davrida undagi hujayralar bir- biridan aniq farqlanadi. Lekin keyinchalik ularning chegarasi yо‘qolib, protoplazma qо‘shilib ketadi va ulardagi yadrolar tarqoq holatda bо‘lib kо‘rinadi, ya’ni sinsitial tuzilishga ega bо‘ladi. Gipodermadan keyin bо‘yiga chо‘zilgan bir qavatli mukullar joylashadi. Download 4.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling