Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi


-rasm. Askaridaning ichki tuzilishi


Download 4.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/83
Sana06.09.2023
Hajmi4.68 Mb.
#1673658
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83
Bog'liq
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI

65-rasm. Askaridaning ichki tuzilishi: 
1 - teri; 2 - og‘iz; 3 - halqum; 4 - ichak; 5 - anal teshigi; 6 - tuxumdonlar; 
7 - tuxum yo’li; 8 - bachadonlar. 
Ovqat hazm qilish sistemasi oldingi, о‘rta va orqa ichakdan iborat. Oldingi 
va orqa ichagining ichki yuzasi kutikula bilan qoplangan. Askaridaning 
urg‘ochilarida orqa ichak teshigi orqali tashqariga ochiladi, erkaklarida esa jinsiy 
sistema bilan qо‘shilib, kloaka hosil qiladi. 
Askaridaning ayiruv sistemasi bir juft ayirish naychalaridan iborat bо‘lib, ular 
tanasining ichki yon tomonida gipoderma qavatida joylashgan maxsus iskanalar 
ichidan о‘tadi. 
Nerv sistemasi tomoq oldi nenrv halqasidan iborat bо‘lib, undan tananing oldingi 
va orqa qismlariga tomon nerv iplari yо‘naladi. Qorin va yelka nerv iplari 
gipodermada hosil bо‘ladigan iskanalarning ichidan о‘tadi. 
Askaridalar ayrim jinsli, jinsiy organlari uzun nay shaklida tuzilgan. 
Urg‘ochisining jinsiy organlari bezlari juft bо‘lib, naychaning eng oldingi ingichka 
uchlari tuxumdonlar, undan keyingi biroz kengaygan qismi esa tuxum yо‘llarini 


tashkil qiladi. Bular ham yana kengayib, juft bachadonni hosil qiladi va о‘zarpo 
qо‘shilib, tananing о‘rta qismida jinsiy teshikbilan tashqariga ochiladigan qinga 
aylanadi. Erkagining jinsiy sistemasi toq naydan iborat bо‘lib, uning ingichka uchi 
urug‘don, yо‘g‘onlashgan qismi esa urug‘ yо‘li vazifasini bajaradi. Urug‘ yо‘li о‘z 
navbatida urug‘ tо‘kuvchi kanalga о‘tib, kloakaga ochiladi.  
Ishning bajarish tartibi: 1. 1,4%li formalin eritmasida fiksatsiya qilingan 
chо‘chqa askaridalarining bir-ikkitasini kichik vannachaga qо‘ying. Qо‘l lupasi 
yordamida kuzatib, uning tana tuzilishiga e’tibor bering, oldingi va keyingi 
uchlarini toping.Keyin ularni jinsini aniqlang. Erkaklari kichike va dum qismi 
ilmoqsimon qayrilgandir. Urg‘ochisi tanasini oldingi uchdan anal teshigining 
joylashishiga e’tibor bering. 2. Askaridalarning ichki organdarini о‘rganish uchun 
uni vannachaga qorin tomoni bilan qо‘yib, oldingi va keyingi tomonlarini 
tо‘g‘inag‘ichlar bilan sanchiladi. Agar askarida tirik bо‘lsa yoki yangi fiksatsiya 
qilingan bо‘lsa, uning kutikulasini kо‘ndalang qirqishdan oldin vannachaga suv 
qо‘yiladi va suv ostida qirqiladi, aks holda uning tana suyuqligi otilib chiqib, 
kо‘zni va boshqa organlarning terisini kuydirishi mumkin. 

Download 4.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling