Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi


Download 4.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/83
Sana06.09.2023
Hajmi4.68 Mb.
#1673658
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Bog'liq
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI

 
27 – mashg’ulot. 
 
Mavzu: 
Ignaterililar 
(Echinodermata) 
tipi. 
Dengiz 
yulduzlari 
(Asteroidea) sinfi. Vakil: Dengiz yulduzi (Asterias sp.). Tashqi va ichki 
tuzilishi.
Ishning maqsadi: Dengiz yulduzining tashqi va ichki tuzilishi о‘rganish. 
Kerakli materiallar va jihozlar: Dengiz yulduzining tashqi va ichki 
tuzilishi rivojlanishini aks etiruvchi tablitsalar, fiksatsiya qilingan dengiz 
yulduzlari. 
Ishning mazmuni: Dengiz yulduzlarining tanasi meyoriy holatda oral va 
undan tarqaluvchi beshta nurdan iborat. Diskning markazidan ikki xil 
yо‘nalishdagi chiziq о‘tkazish mumkin. Har bir nurning markazi orqali о‘tadigan 
chiziqni radiuslar, ikki nur oralig‘idan о‘tadiganlarini esa interradiuslar deyiladi.
Dengiz yulduzlarining tanasi meyoriy holatda oral qutbi bilan substratga 
(dengiz tubiga) qaragan bо‘ladi. Xuddi shu tomonida – diskning markazida og‘iz 
tushigi joylashgan. Har bir nurning oral tomonida uning markaziy chizig‘i bо‘ylab 
joylashgan egatchasi bor. Unda 4 qator bо‘lib joylashgan juda kо‘p о‘simtalar yoki 
ambulakral – oyoqchalar bо‘ladi. Oral qutbiga qarama-qarshi tomoni aboral qutb 
deb ataladi. Bu qutbning markazida anal teshigi joylashgan. Dengiz yulduzi 
tanasining aboral qutbi ohakdan iborat juda kо‘p kichik ignalar bilan qoplangan. 
Bularning ba’zilari о‘zgarib, о‘ziga hos qisqichlarga – peditsellyariyalarga 
aylangan. Ular hayvon tanasidagi ignalarning orasiga kirib qolgan yot zarralarni 
tozalaydi.
Hamma ignatanlilar, shu jumladan, dengiz yulduzlarida ham ambulyakral 
sistema yoki suvli naychalar sistemasining bо‘lishi xarakterlidir. Bu sistema aboral 
qutbdagi madrepora plastinkadan boshlanadi. Plastinkadagi mayda teshikchalar 
orqali о‘tgan suv maxsus tosh kanalchaga о‘tadi. Bu kanalning devori oxakdan 
iborat bо‘lganligi uchun ham uni tosh kanal deb ataladi. Bu kanal interradial 
tartibda joylashgan bо‘lib, aboral tomonidan oral tomonga о‘tadi va abulakral 
sistemaning halqum atrofidagi kanaliga qо‘yiladi. Halqa kanalidan beshta radial 
kanal boshlanadi. Ambulakral sistemaning nur ostidan о‘tadigan radial kanalidan 
chetka qarab juft-juft, kichik-kichik kanalchalar boshlanadi va ular ambulakral 
oyoqchalarning bо‘shlig‘iga qadar davom etadi.




Download 4.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling