Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fanidan
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik MAJMUA 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‟z iboralar
- Bilaman Bilishni hohlayman Bilib oldim
6- mavzu. Yozuv Reja: 1. Yozuv taraqqiyotining asosiy bosqichlari. 2. Yozuv paydo bo‘lishining sabablari. 3. Alfavit. Grafika. 3. Orfografiya va uning asosiy tamoyillari: fonetik, morfologik, an‘anaviy. 4. Yozuvning maxsus turlari. Tayanch so‟z iboralar Yozuv, piktografiya, ideografik yozuv, logografik yozuv, ieroglifik yozuv, fonografik yozuv, transkripsiya, stenografiya, logogramma, piktogramma, mixsimon yozuv, arfografiya. Ilg‘or pedogogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari inter faol metodlardan dars jarayonida keng foydalaniladi. Jumladan ―Bilaman. Bilishni hohlayman. Bilib oldim‖ metodi talabalarda muayyan mavzular bo‘yicha bilimlar darajasini baholay olish imkonini beradi. Bunda talabalar bilan guruhli va ommaviy ishlash mumkin Bilaman Bilishni hohlayman Bilib oldim 56 U uch bosqichda amalga oshiriladi, ya‘ni: 1. O‘quvchilarning o‘rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo‘yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi. 2. O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganiladi. 3. O‘quvchilar mavzuga oid ma‘lumotlar bilan batafsil tanishtiriladilar. ―Zig-zag‖ metodi(ham yuqoridagidek) 1. O‘quvchilarda jamoa (yoki guruh) bo‘lib ishlash ko‘nikmasi shakllanadi; 2. Mavzuni o‘zlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi. Shuningdek ―Zakovatli zukko‖, ―Qarama-qarshi munosabat‖, ―Vediotopishmoq‖, ―Yumaloqlangan qor uyumi‖, ―Qora quti‖, ―Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi, …) ortiqcha‖, ―Klaster‖ kabi metodlar tavsiya etiladi. 1.Til dastlabki qarashda barqaror, o‘zgarmas fonetik, leksik va grammatik tizimni tashkil etadi. Masalan bizga fikr almashish quroli bo‘lib xizmat qilayotgan o‘zbek tili, bobolarimizga ham, ota-onalarimizga ham birday xizmat qilib kelgan. Bobo va nabira o‘zaro gaplashayotganlarida na birinchi va na keying avlod til nuqtai nazaridan hech qiyinchilik sezmaydi. Ular doimo bir-birini tushunishadi. Lekin shu bilan birga, til qotib qolgan narsa emas. Tilga chuqurroq yondoshilsa, bunga ishonch hosil qilinadi. Til har qachon o‘zgaruvchan hodisadir. Tildagi sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar shunday sekinlik bilan bo‘ladiki, buni bir avlodning yashash davrida ajratib olish va uni qayd qilish odatda amri maholdir. Uch-to‘rt avloddan keyin esa, tilning leksik, grammatik qatlamlardigi siljishlar ko‘zga tashlana boshlaydi. Bunday siljishlarni biz bir narsa tufayli, u ham bo‘lsa, yozuv orqali bilib olishimiz mumkin (gap yozuv paydo bo‘lganidan so‘nggi davr haqida boradi). Agar yozuv bo‘lmasa, til evolyutsiyasi to‘grisida bizda hech qanday tasavvur bo‘lmasligi mumkin edi. Faqat yozuv borligi uchungina, biz tilning taraqqiyotini (tarixiy) kuzatish sharafiga muyassar bo‘lamiz. Bu rivojlanishni qayd qilamiz, oldingi avlodlarimiz tilini o‘rganib, uni hozirgi davrdagi til bilan qiyoslaymiz. O‘qish va yozish hozirgi vaqtda odat tusiga kirib qoldiki, go‘yo ular bir umr til bilan bogliq bulgandek ko‘rinadi. Aslida yozuvning paydo bo‘lganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q.( Amerika qit‗asi maxalliy axolisining ko‘pchilik tillarini unga misol tariqasida kursatish mumkin. Yaqin-yaqinlarda xam Rossiyada yashovchi kam sonli millatlarn o‘z yozuvi yo‘q edi. Ularning yozuviga asrimizning 20-30 yillarla asos solindi. Yozuvning paydo bo‘lishi juda katta axamiyatga ega bo‘ldi, u madaniyat va tilning taraqqiyotiga ijobiy xissa qo‘shdi. Yozuv voqea va xodisalarni abadiylashtirish xamda voqea va xodissalarni uzoq, masofaga yetkazish imkonini berdi. Yozuvning kelib chiqishi va taraqiyoti jamiyag taraqqiyoti bilan, uning madaniyatini yuqori saviyaga kutarish, shuningdek. siyosiy-xuquqiy, estetik va shu 57 kabi fikrlarni qayd qilish xamda keyingi davrlarda qoldirishga bulgan extiyoji eng buyuk madaniy kashfiyotlar dan biri bo‘lib, kishilik jamiyatining xar tomonlama taraqqdiyotda juda katta roli va o‘ziga xos axamiyati bor. P.Yozuv taraqqiyoti quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: piktografik, idiografik va fonografik. Piktografik, yozuv. Ko‘pchilik olimlarning fikricha, har qanday yozuvning asosida musavvirlik yotadi. Atrof-tevarakdagi narsalarni suratda aks ettirish xamma xalqlarga xosdir. Shuning uchun xozirgi zamon yozuvi bulmagan paytda odamlar ba‗zi xodisa va voqealarni uzoq, masofaga yetkazish niyatida yoki zamonda abadiylashtirishni, jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish yuli bilan amalga oshirgan. Bunday yozuv piktogrfik yozuv deb nom olgan. Bu atama ikki so‘zdan iborat bulib, birinchi yarmi ,lotincha pictus (chizilgan) va ikkinchi yarmi grekcha qvapno (yozaman) degan ma‗nolarni anglatadi. Bu yozuvning birliklari piktogrammalar deb ataladi. AQSH ning taniqli olimi L.Blumfild bu yozuvga misol tariqasida quyidagilarni keltiradi: Mandan qabilasining bir a‗zosi savdogarga ikki bir- birini kesib utgan chiziq va bu kesimlarning bir tomoniga bir miltiq bilan kunduz va uning o‘ttizta parallel chiziqlarini, ikkinchi tomonida esa, suvsar, suvlar va qutosining surati chizilgan maktubni yuborgan. Bu xatning ma‗nosi quyidagicha bulgan: «Men suvsar va qutos muynalarni bir miltiq va o‘ttizta kunduzning terisiga almashtirishga roziman» Yozuvning bu turi mukammal bo‘lmay, u birinchidan, rasmlar orasidagi munosabatlarni, ularning tartibini ko‘rsata olmaydi va buning natijasida bir maktubni bir necha xil uqishga, talqin qilishga yo‘l qo‘yadi, ikkinchidan mavhum tushunchalarni aks ettirish imkoni yo‘q darajasidadir. Ideografik yozuv. Tushunchalar mavhum tafakkurning rivojlanishi natijasida piktografik (grekcha idea tushuncha va grapho yozaman degan so‘zlardan tashkil topgan) yozuv paydo bo‘ldi. Ba‗zi olimlar yozuvning bu turini logografik (grekcha 1ogos csp df grapho yozaman degan suzlardan tashkil topgan) yozuv deb atashadi, chunki bundai yozuvda undagi simvollar faqat bizni o‘rab turgan muxitdagi narsalarni aks ettirmagan tildagi so‘zlarni ham aks ettiradi. Tildagi har bir so‘z o‘z simvoliga ega bo‘ladi. 'Ideografik yozuvning piktografik yozuvdan farqi shundaki, piktogramma bevosita predmeti aks ettiradi, logogramma esa so‘zning ma‘nosini izohlaydi. Demak. logogramma bevosita predmet shakli bo‘lmay, u so‘z ma‗nosini aks ettiruvchi shartli belgidir. Qadimgi arablar «yuz ming» sonini itbaliqning shakli orqali izoxlashgan. Xitoyliklar esa, «yaxshi» so‘zini ayol bilan bola simvoli orqali ko‘rsatishgan. Logografik yozuvning piktografik yozuvdan afzalligi quyidagi hollarda kurish mumkin. 58 1. Logografik (ideografik) yozuv xabar qilinishi lozim bo‘lgan matnni ancha mufassal aks ettira oladi; 2. iktografik yozuvda so‘z tartibi, so‘z formalari noaniq. bo‘lsa,ideografik yozuvda bu masalalar umuman xal qilingan. 3. Piktografik yozuv sub‗ektivlikka, ixtiyoriylikka yul quysa,ideografik yozuv barqaror logogrammadan tashkil topgan. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling