Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fanidan


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/88
Sana30.04.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1405861
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   88
Bog'liq
Tilshunoslik MAJMUA 2022

i-yaqin o'tgan zamon 
n-men 
i-bu 
a-unga (feminin jinsi) 
l-vositasiz to ‘ldiruvchi ko ‘rsatkichi 
u-gapiruvchi tomonidan bajariladigan ish- harakat 
am-kelmoq. 
 
Shunday qilib, mujassamlashtiruvchi tillardagi bir so‗z-gap boshqa tillarda bir 
nechta so‗zlar orqali ifoda qilinadi. 
Tillaming morfologik ( tipologik) tasnifi to‗g‗risida gap borganda hech bir til 
o‗z xususiyatlari bilan boshqa tilga mutloq mos kelmasligini aytib o‗tish o‗rinlidir, 
demak, tipologiya mutlaq, ya‘ni absolyut emas, nisbiy dir. Tillar o‗zlarining ko‗proq 
xususiyatlari bilan u yoki bu turga mansub bo‗lishi mumkin. Har bir tilda flektiv
agglyutinativ va boshqa elementlar bo‗lishi tabiiy. Masalan, o‗zbek tili agglyutinativ 
til, lekin unda fleksiya uchrashi mumkin: keldik so‗zidagi 
-k bir vaqtning o‗zida ham shaxsni, ham sonni ko‗rsatadi. Ingliz tili garchi analitik 
flektiv til bo‗Isa ham, shunga o‗xshagan agglyutinativ vositalari bor. Demak, tillami u 
yoki bu turga kiritishda ularning qaysi xususiyatlari ko‗proqligiga asoslaniladi. 
 
Savollar
1. Morfologik tipologiya qanday masalalar bilan shug‗ullanadi? 
2.Morfologik tipologiyaning tarixini gapirib bering. Qaysi chet el olimlari bu masala 
bilan shug‗ullangan? Mukammal va mukammal bo‗lmagan tillar bo‗lishi mumkinmi? 
Javobingizni asoslab bering. 
3. Morfologik tipologiyani tillaming qarindoshligiga aloqasi bormi? 
4. Qaysi olimning morfologik tipologiya to‗g‗risidagi fikri tilshunoslik fanida 
boshqalarnikidan kengroq tarqalgan? Tillarni flektiv, agglyutinativ, polisintetik va 
o‗zak tillarga ajratish bahssizmi? Sof flektiv, sof agglyutinativ tillar bormi? Tillaming 
grammatik jihatdan to‗rt turini gapirib bering. 
5. Struktural va areal tipologiyalar qanday masalalar bilan shug'ullanadi? 
6. Quyidagi rus so‗zlari ma‘nolariga mos keladigan ingliz va nemis tillaridagi so‗zlarni 
aniqlang va shular asosida bu tillarni qarindosh ekanini tushuntiring. 


71 
So‗zlarning ma‘nolarida farq bo‘lsa, uni qayd eting. 
Beтep , нос , два, три, шесть, семь, десять, молоко , дочь, сестра , брать, волк , 
нет.
7.0‗zbek tilidagi -ga, -ka, -qa, -gan, -kan, -gani, -qani, -m, -im, - ng, -ing, -i, -si; -day, 
-dek kabi ikki yo undan ortiq ko‗rinishga ega bo‗lgan qo'shimchalarni flektiv tillarga 
xos boigan elementlar desa bo'ladimi? 
8. Ota bola izladi. Bola ota izladi gaplarida so‗zlar o‗rtasidagi analitik munosabat 
o‗zbek tiliga xosmi? Qaysi tillarda so‗zlar o‗rtasidagi sintaktik munosabat asosan ana 
shunday vositalar ko'magida amalga oshiriladi? 
9. Tulki baliqni yedi gapini rus (ingliz, nemis, fransuz) tiliga tarjima qiling va bu 
tildagi so‗zlar o‗rtasida sintaktik bog‗lanish qanday vositalar orqali amalga 
oshirilganligini qayd eting. Sodda gapdagi so'z tartibini qiyoslang. 
10. Keltirilgan qatorlardagi tillardan ikkitasi boshqa tillar oilasiga kiradi. 
Shulami qatordan chiqarib tashlang. 
1. Rus, ukrain, belorus, amxar, chex, bolgar, xakas. 
2. 0‗zbek, koryak, tojik, chuvash, qirg‗iz. 
3. Qirg'iz, tatar, turk, tuva, abxaz, avar. 
4. Karaim, fransuz, italyan, ispan, yakut, portugal. 
5. Fors, pushtu, tojik, kurd, osetin, lezgin, qo‗miq. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling