Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fanidan


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/88
Sana30.04.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1405861
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   88
Bog'liq
Tilshunoslik MAJMUA 2022

 
Nutqning fonetik bo‟linishi. 
Nutq tovushlari talaffuz davriga ko‘ra oldinma-keyin qolgan fonetik birliklarga 
bo‘linadi. Bu bo‘linish fonetik bo‘linish yoki segmentatsiya (lot. ―Segmentus‖ – 
bo‘lak) deb ham yuritiladi. Nutqning fonetik bo‘linishi tilshunoslikda har xil qaraladi. 
Nutqning fonetik birliklari qo‘yidagilar. 
1) fraza; 2) takt; 3) bug‘un; 4) tovush. 
Har ikki tomonidan chuqur pauza bilan bo‘lingan eng katta fonetik birlik 
(segment) frada deb aytiladi. 
Gap sentaktik birlik. Frada esa, A.M. Pishkovskiyning qayd qilishicha
aktuallashgan gap bo‘lib, uning mazmuni, tugallanganligi intanatsion vositalar orqali 
ifodalanadi. Shunga ko‘ra, fraza, fonetik birlik deb qaraladi. 
Fraza taktlarga bo‘linadi. Fakt frazaning bir bo‘lagi hisoblanib, bar urg‘u 
yordamida bir yoki bir necha bug‘unlarning ulanishidan tashkil topadi. 
Taktlar bug‘unlarga bo‘linadi. Taktning bir yoki necha tovushlardan tashkil 
topgan bo‘lagi bug‘un hisoblanadi. 
Bug‘unlar tovushlarga bo‘linadi. 
Urg‟u 
Talaffuzda bir yoki bir necha bug‘unlarni ajratib aytish urg‘u deyiladi. 


82 
Ko‘p bo‘g‘unli so‘zlarda bir yoki undosh ortiq bo‘g‘unlarni ajratib aytish so‘z 
urg‘usi deyiladi.
Fraza yoki gaplardagi so‘zlarning biror bo‘g‘unini ajratib talaffuz qilish fraza 
urg‘usi deyiladi. 
Talaffuz kuchi yoki intensivlik asosiy xizmatni dinamik (kuch) urg‘usi deyiladi. 
Asosiy tonning harakati (toshuvchi, ko‘tariluvchi va ko‘tarilib tushuvchi tonlar) 
yordamida amalgam oshiriluvchi urg‘u muzikal (yoki melodik) urg‘u deb ataladi. 
Bug‘unning cho‘ziq talaffuzi urg‘uda asosiy bo‘lsa, kvantitatib (cho‘ziqlik yoki 
miqdor) urg‘u deyiladi. 
Rus, o‘zbek va nemis tillarida urg‘u talaffuz kuchi va bo‘g‘unning cho‘ziq 
talaffuzi orqali belgilanadi. Shuning uchun ham bu tillarning urg‘usi dinamik-
kvantitativ urg‘u hisoblanadi. Qadimgi grek va hind, hozirgi serb-xorvat, litva, xitoy, 
yapon kabi tillarning urg‘usi muzikaldir. Norveg, island, shved tillarida urg‘u kuch va 
ton bilan bog‘liq. Shuning uchun ham bu tillarning urg‘usi dinamik-muzikal urg‘udir.
Hozirgi grek tili urg‘usi kvantitativ urg‘u deb ataladi. 
So‘z urg‘usidan logic urg‘u farq qiladi. Logik urg‘u gapning actual bo‘linishida 
so‘z va taktlarni ajratadi. 
Intonatsiya
Frazaviy urg‘u, melodis, retm, initensivlik, temp, tembr kabi prosodic 
elementlarning birligidan iborat bo‘lib, tilda har xil sintaktik, ekspressiv va emotsional 
ma‘nolarni ifodalovchi murakkab hodisa intonatsiya deyiladi. 
Intonatsiyaning komponentlari: 
1) melodiya; 2) frazaviy urg‘u, 3) intensivlik 4) ritm, 5) temp 6) tembr 
1. Melodiya – asosiy avoz tonining harakatini (nutq ohangining tushish yoki 
kutarilishi) ko‘rsatadi. 
2. Frazaviy urg‘u – nutqdagi biror elementni (so‘z, bug‘un, so‘z birikmasini) alohida 
ajratib talaffuz etish bilan harakterlanadi. 
3. Kuchli va kuchsiz talaffuz va nafle kuchi intensivlikni bildiradi. 
4. Fraza va taktlarda urg‘uli va urg‘usiz hamda cho‘ziq va qisqa bug‘unlarning 
almashib turishi ritm deb ataladi. 
5. Talaffuzning vaqti, uning tezligi nutq tempi deyiladi. 
6. Nutqda ovozning har xil o‘rgarishlari va bu orqali nutqning turli emotsional 
eskpressiv ifodalanishi ovoz tembri deb yuritiladi. 


83 
Talaffuzi va eshitilishi jihatdan nutqdagi psixologik real birliklar sifatida bug‘un, so‘z 
sintagma va frazalardir. 
Akademik L.V.Sherba ―Nutq jarayonida alohida bir ma‘noni ifodalovchi, bir 
yoki bir necha ritlik gruppalardan tashkil topgan fonetik birlikni‖ sintagma deb atagan.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling