Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fanidan
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik MAJMUA 2022
Nutq tovushlarining o‟zgarishi
Bug‘un so‘z, fraza tarkibiga kiruvchi nutq tovushlari bir-biriga ta‘sir qilishi natijasida tovush o‘zgarishi fonetik protess deb ataladi. Fonetik protess ikki xil: 1. Kombinator o‘zgarish: ketdi, lodka, stadt. 2. pozitsion: Kleid, ozod, corod 3. Stadt, Kleid, lodka, gorod, ketdi, ozod. Nutqda tovushlarning qo‘shni tovushlar ta‘sirida miqdor va sifat belgilarining o‘zgarishi kombinator o‘zgarishlar deyiladi. Nutqdatovushlarningkombinatoro‘zgarishlarigaakkomodatsiya, assimilyatsiya, dissimilyatsiya, dieriza, epentiza, gaplologiyaproteza, metatezakabifonetikahodisalarkiradi. c) Akkomadatsiya (lot. assomodatio-―Moslashuv‖) talaffuz iqtisodi bilan uzviy bog‘liqbo‘lgan fonetik protess. Progressive, regressiv, o‘zaro akkomodatsiya. d) Assimilyatsiya (lot. assimilation-o‘xshash bo‘lish) tovushlarning bir-biriga ta‘siri natijasida ulardan birining ikkinchisiga o‘xshab qolish hodisadir. Sotda, gibt, legt. progressiv as: sotda, otgan, lodka, karbka, gibt, vedt. pegressiv as: taqsimot (taxs) ketken, sunnay distant as: o‘xshash bo‘lib qoluvchi tovushlar yonmayon bo‘lsa, kontakt, ular orasida boshqa tovushlar bo‘lib, o‘xshash bo‘lib qoluvchi tovushlar bir –biridan uzoq bo‘lsa, distant assimilyatsiya deyiladi. Distant assimilyatsiya turkey, fin-ugor, ba‘zan german tillarida ko‘proq unlilarning o‘zaro ta‘siri natijasida ro‘y beradi. Nemis tilida otlarning ko‘plik qo‘shimchasidagi ega bo‘ladi. Bu hodisa umlaut deyiladi. Buch – Bücher, Sohn – Söhnek Dissimilyatsiya – So‘zdagi talaffuzi bir-biriga o‘xshash ikki tovushdan biri o‘zgarib, ular biror artikulatidan-akustik belgisi, yoki bir necha belgilari bilan farqlanib qolsa dissimilyatsiya (lot.dussimilatio-―o‘xshamaslik‖) deyiladi. Tambov- Tanbov. Metateza-hodisasi tovushlar yoki bo‘g‘unlarning so‘z sostavida o‘zaro o‘rin almashishidir. Tuproq – Tuproq, supra-surpa 84 Yonma-yon tovushlarning o‘zaro o‘rin almashuvi inversiyadir. Dieriza (yoki tushib qoldirish) hodisasi undosh tovushlarning talaffuzda tushib qolishidir.go‘sht-go‘sh. Gaplologiya bir xil yoki o‘xshash bug‘unlardan birining tushib qolishidir. Morfofonologiya-morfonilogiya, sarig‘ yog‘-saryog‘. Epinteza – so‘zga tovush qo‘shib aytish hodisasi. Ishqboz-ishqiboz. Proteza so‘zning boshlang‘ich qismiga tovushlarni qo‘shib aytish hodisasi. Stantsiya-istansa, sprabka isipravka, stol, ustol. Pozitsion o‘zgarishlar, Peduktsiya. Tovushlarning ma‘lum holatda ro‘y beruvchi o‘zgarishi pozitsion o‘zgarish deb atadi. Pozitsion o‘zgarish uch xil: 1) urg‘uga nisbatan urg‘uli va urg‘usiz unlilar farqlanadi; 2) bug‘un va uning tabiatiga ko‘ra; ochiq va yopiq bug‘unlar farqlanadi. 3) So‘zdagi o‘rniga ko‘ra so‘z boshi, o‘rtasi va oxiridagi tovushlar va ularning birikmalari farqlanadi. Unli tovushlarning urg‘usiz bug‘unlarda kuchsizlashishi yoki o‘zgarishi reduktsiya deyiladi. Tovushlarning almashuvi. Bir tildagi so‘zlarning har xil formalarida tovushlar almashuvi alternatsiya deb ataladi. Tovushlar almashuvi ikki xil: c) fonetik (pozitsion) d) tarixiy fonetik almashuv deb tilning hozirgi talaffuz normasi asosida ruy beruvchi alternatsiyaga aytiladi. Sez-sezkanmoq. Ba‘zi tovushlar almashuvchi tarixiy faktlar asosida aniqlanishi tarixiy tovush almashuvlari deyiladi. O‘zbek tilida ba‘zi affikslar tarixiy jihatdan har xil bo‘lgan: -gil, -g‘il, -qil, -kil; -goli, -g‘oli, -kali, -qali. ch\k\q. Tovushlarning funksional jihati. Asosiy fonologik tushunchalar Nutq tovushlari ayrim holda (a, o, u) hech qanday ma‘noga ega bo‘lmaydi. So‘z, so‘z formalarni va morfemalarni tashkil etuvchi va ularning ma‘nolarini farqlash uchun xizmat qiluvchi eng kichik, boshqa bo‘laklarga bo‘linmaydigan til birligi fonema (grekcha-tovush, ovoz) deyiladi. 85 m-n: tol-til, kel-kul, qo‘l-ko‘l, pok-nok-tok fonologiya (grekcha pona-tovush, logos- talimot). Fonemar tilning eng kichik bo‘linmas segment birligidir. M-n: paxta so‘zi l, a, x, t, a beshta fonemaga bo‘linadi. Fonologiyaning fonemalar birliklarini (gs, dz, kt, vz, qz, g‘g) o‘rnashuvchi qismi fonotastika deyiladi. Fonologik birliklar: fonema, bug‘un, urg‘u va intonatsiya ishda qo‘yidagi funktsiyalarni bajaradi: 1) tildagi yirik ma‘noda birliklarni tashkil etuvchilik funktsiyasini bajaradi. 2) Farqlovchilik yoki differentsial funktsiyani bajaradi; tol-qol, olma (meva) – olma. Tuxta (ism) –to‘xta. 3) Nutqda fonologik birliklar so‘z va morfemalarni hamda frazalarni chegaralash funktsiyasini yoki delimitative (lot. kimistus-chegara) bajaradi: ng bilan so‘z boshlanmaydi, h-b-n tugamaydi o‘nta kam bir-o‘nta kampir bilan farqlanadi 4) Bug‘un urg‘u va intonatsiya nutqni ifodali qilish uchun ekspressiv funksiya bajaradi. Bu fonolostilistikada o‘rganiladi. Unli yoki undosh tovushlarni cho‘zib aytish, intonatsiyaning melodiyasi va urg‘usini odatdagidan boshqacha aytish xususiyatlari fonostilistik belgilardir. Fonologiya nazariyalari. Tilshunoslik tarixida tovush tushunchasi 2 davrga 3. ―Fonema‖ tushunchasi paydo bo‘lganga qadar bo‘lgan davr. 4. fonologiya nazariyalarining yuzaga kelish davri. Bu XIX asrning ikkinchi yarmidan XX asr. Fonologiyaning asoschisi mashxur rus va polyak olimi I.A.Boduen de Kurteng (1845-1929), uning shogirdi. N.V.Krushevekiy (1851-1887), fransuz olimi P.Passi, ingliz tilshunosi T.Suit, shveytsariyalik tilshunos Ferdinand de Sossyur, rus olimi P.K.Uslarning nomlari bor. Hozirgacha ittifoq tilshunosligida qo‘yidagi fonologiya nazariyalari yaratilgan. 4. I.A.Boduen de Kurtene psixologik fonologiya nazariyasi. Uning ko‘rsatishicha, fonema tildagi morfologik, sintaktik va semasiologik tushunchalar bilan bog‘langan fonetik birlikdir. 5. Akademik L.V.Shcherba (1880-1944) fizik fonologiya nazariyasini yaratdi. U harbir nutq tovushi boshqa nutq tovushlari kabi qandaydir fizik, mexanik hodisa hisoblanadi. Bu tovushlar so‘z va so‘z formalarining ma‘nolarini farqlay oluvchi tovush tiplariga birlashadi. Bunday tovush tiplari fonemalar deyiladi. Umumiy tushuncha hisoblanuvchi fonemaning yakka holda nutqda talaffuz qilinuvchi vakili fonemaning ottenkasi hisoblanadi. 86 6. A.L.V. Shcherbaning shogirtlari ikki oqimga bo‘linib, ilmiy bahs yordamida Moskva va Leningrad fonologiya maktablari nazariyalarini yaratdi. Moskva fonologiya maktabining vakillari A.A.Peformatskiy (1900-1978), P.S.Kuznetsov (1899-1968), V.N.Sidorov, R.I.Avanesov, M.V.Panov, A.M.Suxotin va boshqalar. Leningrad fonologiya maktabi vakillari – L.R.Zinder, M.I.Matusevich, A.N.Tvordev, V.I.Litkin, Yu.S.Maslov va boshqalar. Moskva fonologiya maktabi fonemaga ta‘rif berishda morfema tushunchasiga, ya‘ni tilning eng kichik ma‘noli birligiga suyanadi. Bunda morfemalardagi tovush almashuvida ishtirok etuvchi tovushlar bir fonemaga birlashtiriladi. M-n, voda [vada], void [vodi], na vodu [na vadu] morfemalaridagi o, a, ‘ tovush almashuvi bir fonemasining variantlari hisoblanadi. Leningrad fonologiya maktabi fonemaga ta‘rif berishda so‘z formasi tushunchasidan kelib chiqadi va yuqoridagi misoldagi o,a,‘ tovushlarining har birini alohida fonemaning vakili sifatida qaraydi. 4. Turkiy tillar fonetikasi va fonologiyasini yoritishda turkologlar V.V Radlov (1837- 1918), V.A Bogorodskiy (1857-1941), E.D. Polivanov (1891- 1938), N.K Dmitriyev (1898-1954), S.E.Malov (1880-1957) kabilar hissa qo‘shdi.‖Fonema‖ terminini turkologiyaga birinchi bo‘lib 1920 yilda N.K.Dmitryev kiritgan bo‘lsa, o‘zbek tilshunosligiga o‘sha yillarda prof. D.Polivanov qo‘lladi. Chet el tilshunosligida keng tarqalgan fonologiya nazariyalar: 1. Praga lingvistika maktabining fonologiya nazariyasining asoschisi mashhur olim N.S.Trubestkoy (1890-1938), R.Yakobson, V.Mateazius, B.Grika, I.Vaxek va boshqalardir. Bu maktabning fonologik nazariyasi va metodlari bir necha tillarni ilmiy o‘rganishda qo‘llanilib kelmoqda. Bu maktab fonologik oppoziyalar klassifikatsiyasi, fonologik neytralizatsiya, korrelyatsiya, fonemalarning birikmalarini ilmiy-nazariy tadqiq etish metodlarini taklif etdi. 2. London fonologiya maktabi va uning asoschisi D.Jounz fonema akustik jihatdan bir xil bo‘lgan ―tovushlar oilasi‖dir. 3. Distributive fonologiya nazariyasi (AQSh) fonema akusitik jihatdan bir xil bo‘lgan ―tovushlar sinfi‖ yoki ―allofonlar sinfi‖dir. 4. Dixotomik fonologiya nazariyasi (AQSh) jahon tillaridagi fonemalarni o‘n ikki juft binor (ikkitadan qarama-qarshilik asosida) farqlanish belgilari asosida tasnif etish metodini taklif etdi. 5. Makro va mikrofonema nazariyasi. AQSh tilshunosi U.Tuold tomonidan 1935 yilda taklif etildi. 87 6. Glossematika fonologiya nazariyasi (Daniya) 7. Ikki pog‘onali fonologiya nazariyasi 8. Gonerativ fonologiya nazariyasi (AQSh) 5, 6, 7 va 8 chi tilning fonologik sistemasini mavhum tadqiq qilish va sxematik ravishda qarash hollari mavjud. Jahon tilshunosligining talablariga javob bermaydi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling