Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan ministry of higher and secondary edication


Download 1.81 Mb.
bet49/123
Sana30.04.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1412151
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123
Bog'liq
Мажмуа 2019

Arxeografiya
Arxeografiya - yozma manbalarni ilk tavsifga olish yoki ularni qidirib topib, birinchi marta tavsiflash, ilmiy muomalaga olib kirishni nazarda tutadi. Bu ilmiy yo‘nalish
Respublikamiz Fanlar Akadnmiyasining Abu Rayhon Beruniy va sobiq Qo‘lyozmalar Institutida boshlangan bo‘lib ma’lum davrgacha Farg‘ona vodiysi, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlariga qator arxeografik ekspeditsiyalar uyushtirilgan bo‘lib, ularda A. Murodov, A.Irisov, I.Abdullaev, A.Ahmedov, B.Hasanov, O.Jalilov, M.Hakimov, Y. Tursunov va boshqalar ishtirok etganlar. Bular natijasida bir qancha nodir qo‘lyozmalar va hujjatlar aniqlanib, davlat xazinalariga olib kelingan.
Hamid Sulaymon (vaf.1979) Angliya, Fransiya (1868) va Hindiston kutubxonalariga (1976-1977) arxeografik ekspeditsiyalar uyushtirgan edi va buning natijasida qator yozma manbalar to‘g‘risida ma’lumotlar, ayrimlarining mikrofilm va fotokopiyalari yuotimizga keltirilgan edi.
Hozirgi paytda Sharqshunoslik instituti va Islom universiteti qoshida sharq qo‘lyozmalarini qabul qilish arzeografik komissiyalari mavjud bo‘lib, ularda aholi o‘rtasida mavjud yozma manbalarni qiymatini aniqlashga qodir mutaxassislar bor.
Tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va tahlil etish
Nazariy manbashunoslikda eng zarur tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va nihoyat uni ilmiy tahlil qilish har qanday katta kichik tadqiqotning dastlabki bosqichi hisoblanadi.Tanlangan mavzuning ilmiy hamda nazariy jihatdan to‘g‘ri hal etilishi ko‘p jihatdan har qanday tadqiqotning asosi, poydevorini tashkil etadigan manbaning sifat va salmog‘iga, ya’ni mukammalligiga va faktik materialga boyligiga bog‘liqdir.
Manbashunoslik talablaridan biri shuki, biror mavzuni tadqiq etishda bir emas, balki bir necha manbalar turiga – rasmiy hujjatlar, solnomalar, geo-kosmografik, agiografik va biografik asarlarga asoslanib, ulardagi ma’lumotlarqiyosiy solishtirilib tahlil etilsa ilmiy tadqiqot saviyasi oshib, xulosa va umumlashmalar ishonarli va asosli bo‘lib, uning ilmiy ahamiyati ham katta bo‘lishi shubhasizdir.

58
Tadqiqot uchun yozma manbalarning qaysi biri asosiy va qaysilari yordamchi rol o‘ynashi tanlangan mavzuning xarakteriga bog‘liqdir. Masalan, iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni o‘rganishda rasmiy hujjatlar asosiy birlamchi manba rolini o‘taydigan bo‘lsa, siyosiy hamda madaniy hayotni yoritib berishda solnomalar – tarixiy asarlar va biografik tazkiralar hamda adabiy-badiiy asarlar yetakchi o‘rinda turadilar. Lekin shunga qaramay, ilmiy tadqiqot olib borishda faqat asosiy hisoblangan birgina birlamchi manba bilan kifoyalanib qolmay, imkon qadar boshqa ikkinchi darajali manbalarga murojaat etish, ularni ham tadqiqotga jalb etish maqsadga muvofiqdir.
Manbashunos olimlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, aksariyat tarixiy asarlar ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda madaniy hayotga oid qimmatli ma’lumotlarga boy bo‘ladi. Rasmiy hujjatlarda va biografik asarlarda esa siyosiy tarixga oid qimmatli faktlarni, tarixiy asarda yo‘q ma’lumotlarni uchratish mumkin.
Manbashunoslikdagi ilmiy ishda ko‘p va turli tipdagi manbalarga asoslanib, tadqiq etilmish mavzuga oid barcha manbalarni ishga jalb etish bo‘dajak ilmiy asarning qiymatini va ahamiyatini belgilovchi asosiy va hal qiluvchi omillardan biridir.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling