11-MAVZU: Janubiy Amerikaning tuprog‘lari, o‘simlik va hayvonot dunyosi kartasini o`rganish va kontur kartaga chizish. Nomenklaturasini o`rganish
Ishning maqsadi – Kontur xaritaga Janubiy Amerikada materikka xos bo’lgan o’simlik formatsiyalari tarqalgan oblastlarni tasvirlash:-a) doimiy nam ekvatorial o’rmonlar (gileyalar), mavsumiy nam (musson) tropik o’rmonlar, quruq tropik o’rmonlar yoki Gran – Chako o’rmonlari, kaatingalar, savanna – lyanoslar va kamposlar, har xil turdagi subtropik o’rmonlar, dashtlar, cho’l va chala cho’llar, Ekvatoriil o’rmonlarning gileya – varzeya, gileya – igapo, gipeya – ete turlarini xaritadagi o’rnini alohida ko’rsatish kerak. Savannalarni baland o’simliklar va past o’simliklar chegarasi, subtropik nam va quruq hamda kengbargli o’rta Chili turlari chegaralarini aniqlash lozim.
Janubiy Amerikaning tabiat zonalari deb nomlangan kontur xarita (1:50 000 000) dan materikka xos bo’lgan o’simlik va hayvonot dunyosinig suratlari berilgan. Har bir talaba adabiyotlarga qaramasdan ularning konturdagi rasmlariga qarab nomini shartli belgilarda yozish va boyashlari talab etiladi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: amaliy mashg`ulot, dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. o‘z-o‘zini nazorat.
Zaruriy vositalar: rangli qalam, o’chirg’ich, lineyka, yozuvsiz karta, atlaslar va gipsometrik kartalar.
Adabiyotlar : Ye. Lukanovoy «Yujnaya Amerika» Ugpedgiz 1958. Atlas mira.O’quv atlaslari. Asosiy adabiyotlar Janubi Amerika materigi zoogeografik rayonlashtirilishi, tabiiy va o’simliklar xaritalari.
12-MAVZU: Janubiy Amerikaning geografik mintaqalari. Yirik regional tabiiy geografik o‘lkalari kartasini o`rganish va kontur kartaga chizish.
Ishning maqsadi – Mаterik iqlimigа хоs tаbiаt mintаqаlаrining jоylаshishi, o’simlik, hаyvоnоt оlаmi vа tuprоq qоplаmining o’zgаrishi, mаvjud tаbiаt mintаqаlаrigа umumiy tаvsif berilаdi, bоshqа mаteriklаri tаbiаt mintаqаlаri bilаn tаqqоslаnаdi. Mаterikdаgi tаbiiy gеоgrаfik rеgiоn vа ulаr dоirаsidаgi o’lkаlаrni аniqlаsh, ulаrni yozuvsiz kаrtаgа tushirish. Mаterikdаgi rеgiоn vа o’lkаlаrning tаbiаt kоmpоnеntlаri rеl’еfi, iqlimi, ichki suvlаri, tаbiаt mintаqаlаri vа ulаrning bir-biridаn fаrq qiluvchi tаmоnlаrini аniqlаsh, ulаrgа qiyosiy tаvsif yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |