Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


-mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

10-mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Maqsad: Talabalarda mavzu bo’yicha teran tushunchalar hosil qilish. 
Kutilayotgan natija: Talabalar o‘tilayotgan mashg‘ulot mavzusini chuqur bilib olishlari, mavzu doirasida 
mustaqil fikr-mulohazalarini bayon eta olishlariga erishish.
Material va jihozlar:
Qo’llanmalar, topshiriqli kartochkalar, mavzuga oid manba va adabiyotlar ko’rgazmasi, rasmlar, doska, 
bo’r. 


249 
I. Tashkiliy qism: Talabalarni mashg’ulotga jalb qilish: Jahon hafta ichida yoki O'zbekiston hafta ichida 
ruknida xalqaro ahvol haqida qisqa axborot berish.
Talabalarning yurtimizda ro‘y berayotgan voqea-o‘zgarishlar haqida axborotlarini tinglash. 
II. O'tilgan ma’ruza mavzusini takrorlash: 
Ilgarigi o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash,frontal so’rab – bilish -blitz yoki mavzu bo’icha savol va 
topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi.
 
III. Yangi mavzu rejasi: 
1.Mustaqillik yillarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida amalga 
oshirilgan islohotlar. Qoraqalpogʻistonda qishloq xoʻjaligi sohasidagi oʻzgarishlar. 
2. Maʼnaviy-madaniy sohadagi yangilanishlar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy taʼlim tizimi va undagi 
islohotlar.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi. Ekologik holatni yaxshilash borasidagi 
davlat siyosati.O‘zbek va qoraqalpoqlar xalqi do‘st va birodar xalqlar. 
Yangi mavzu bayoni: 
XX asrning boshlarida Markaziy Osiyo xalklari siyosiy. iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida 
katta o‘zgarishlar yuz berdi. 1924 yili Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining 
Xo‘jayli hamda Qo‘ng‘irot tumanlari hududida Qozogiston ASSR tarkibida Qoraqalpog‘iston Avtonom 
viloyati tashkil etildi. U 1930 yildan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932 yilda Qoraqalpog‘iston Avtonom 
Respublikasiga aylantirildi. Qoraqalpoqlar tarixida 1936 yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy 
qoladi. Chunki, shu yili ular o‘z taqdirlarini O‘zbekiston SSR tarkibiga kirish bilan bel-giladi va o‘z 
tanlagan yo‘lining istiqbolli ekanligini ko‘rsata oldi. 1996 yilda Qo‘ng‘irotdagi «Urga» gaz sanoati 
korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz qazib chiqarilishi boshlab yubo-rildi. Aholini tabiiy gaz bilan 
ta’minlash darajasi 83 fo-izga yetdi. «Qoraqalpoqqurilish» akiionerlik jamiyatida Ita-liya firmalarining 
yuqori sifatli jihozlari bilan jihoz-langan, yiliga 60 ming kv. m. marmar bloklari va plitalari ishlab 
chiqaradigan yangi marmar sexi ochildi. «Nukusun» zavo-dida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi sex 
qurildi. 
Yengil sanoat ishlab chiqarishining bazasi kengaya bordi. 1993 yilda Nukus shahrida «Kateks» 
to‘qimachilik majmuasi, 1995 yilda Ellikqal’a tumanida ham «Elteks» nomli xuddi shunday 
to‘qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi. 
Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha qator 
chora-tadbirlar amalga oshirildi. Nukus va Qo‘ng‘irot un kombinatlari, To‘rtko‘lda 3 million shartli 
banka konserva mahsulotlari ishlab chiqara-digan zavod, Ellikqal’a tumanida esa shunday quvvatga ega 
bo‘lgan konserva iyexi foydalanishga topshirildi. 1995 yilda Qo‘ng‘irot tumanida Markaziy Osiyoda 
yagona hisoblangan, yiliga 190 ming tonna kaliiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. 
Zavod tarkibida kim-yoviy yo‘l bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab 
chiqarish ham ko‘zda tutilgan. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashti-rish natijasida 144 ta 
sanoat korxonasidan 113 tasi mulkchi-likning turli shakllariga o‘tib ishlay boshladi. Nodavlat shak-liga 
o‘tib ishlayotgan korxonalarning rivojlanish darajasi nisbatan yuqori bo‘ldi. Shuningdek, bu korxonalar 
iqtisodiy samaradorligi, foyda olish borasida ham sezilarli yutuqqa erishdi. Bu borada xususiy korxonalar 
ayniqsa, peshqadamlik qila boshladi. Lekin shuni ham alohida ta’kidlash joizki, ko‘p sanoat 
korxonalarining asosiy ishlab chiqarish fondlari (dastgoh-lar, mexanizmlar) ma’naviy va jismoniy 
jihatdan eskirgani sezilib qoldi. Ularning eskirish darajasi 35 foizdan yuqori. Eng avvalo yigiruv-to‘quv 
fabrikalari, go‘sht-sut va oziq-ovqat sanoati korxonalari (konserva zavodi, vino zavodi) ishlab chiqarish 
parklarini yangilash talab etiladi. Qoraqalpog‘istonda meqnatga layeqatli aholining asosiy qismi qishloqda 
istiqomat qiladi. Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qatorida agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, 
bozor munosabatlariga o‘tish ro‘y berdi. Qishloq xo‘jaligi ilgarigidek, respublika iqtisodiyotining yetakchi 
tarmog‘i bo‘lib qoldi. 1997 yil 1 yanvar qolatiga respublikada 263 ta qishloq xo‘jalik korxonasi faoliyat 
ko‘rsatdi. Nodavlat sekto-rining jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 fo-izni tashkil etdi. 
Ayrim qishloq xo‘jalik mahsulotlari, jum-ladan, paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarining hissasi 97,9 
foizni, donchilikda 98,1 foizni, kartoshkachilikda 99,7 foizni, sabzavotchilikda 98,8 foizni, polizchilikda 
95,1 fo-izni, bog‘dorchilikda 98,5 foizni, pillachilikda 100 foizni, go‘sht yetishtirishda 98,9 foizni, sut va 


250 
tuxum ishlab chiqarish-da 99,4 foizni, qorako‘l teri va jun yetishtirishda 100 foizni tashkil etdi. 
Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi o‘zgardi. Agar 1991 yidda g‘alla maydonlari ekin 
maydonlarining 27,1 foi-zini (jumladan, bug‘doy 1,9) tashkil etgan bo‘lsa, 1996 yilning oxirida bu 35,8 
foizga yetdi (bug‘doy maydonlari 8,3 foiz). Shu davr mobaynida bugdoy yetishtirish 13,6 ming tonna, 
ya’ni 3 marta, kartoshka 6,7 ming tonna yoki 2,3 marta, sabzavot 11,4 ming tonna, uzum yetishtirish 4 
martaga ko‘paydi. Respublika oziq-ovqat majmuasida shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning his-sasi tobora 
ko‘paydi.Shu bilan birga chorvachilikda ahvol ancha mushkullashdi. Murakkab iklim sharoiti tufayli 
respublikada keyingi yil-larda hayvonlar soni kamaydi. 1991 - 1996 yillarda xo‘jalik-lar, davlat 
xo‘jaliklari, ijara korxonalari, kooperativlarda va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarida 22 ming 588 bosh 
yirik shoxli qoramol, 23 ming 236 cho‘chqa, 176 ming 603 bosh qo‘y va echkilar yo‘qotildi. 
Qoraqallogistonda dehqon fermer xo‘jaliklari tashkil etish bo‘yicha yetarli tajriba to‘plandi. Masalan, 
Ellikqal’a tumanida dehqonlarga yer, ishlab chiqarish vositalari va yetish-tirilgan mahsulotlarga egalik 
qilish imkonini berish maqsa-dida mavjud 14 ta jamoa xo‘jaliklari dehqon-fermer xo‘ja-liklari 
uyushmasiga aylantirildi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga 
berildi. Ana shu tajribani ma’qullab, O‘zbekiston qukumati maxsus qaror qabul qildi. Xo‘jalik 
yuritishning bu yangi usuli boshqa vilo-yatlarda yaxshi natija berdi. Lekin, Qoraqalpog‘istonning o‘zi-da 
ana shu tajribani ommalashtirishga mutlaqo e’tibor beril-madi. Oqibatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
hajmida ular-ning xissasi nihoyatda kam bo‘ldi. Buning asosiy sababi fer-mer xo‘jaliklariga xizmat 
ko‘rsatuvchi korxonalar yaxshi ishla-madi, bo‘rdoqichilik bazasi sust rivojlandi, zotdor hayvon-larni 
ko‘paytirish qoniqarsiz ahvolda, moddiy-texnika va pul mablag‘lari bilan ta’minlash past darajada, 
agrotexnik va zoo-veterinariya xizmati ko‘rsatish juda bo‘sh tashkil etildi. Keyingi 6 yil ichida investitsiya 
faoliyatida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Kapital qurilishda korxonalarning mablaglari hisobidagi 
qurilishlar hajmi ko‘payib, budjet mab-lag‘ining qissasi kamaydi. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida 
ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga ajratilgan mablaglar noishlab chiqa-rish obyektlariga ajratilgan 
mablagga nisbatan ancha ko‘p bo‘ldi. Masalan, 1995 yilda ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga 
ajratilgan mablag‘ 61,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1996 yilda bu 78 foizga yetdi. Bir vaqtning o‘zida 
noishlab chiqarish obyekt-lari uchun ajratilgan mablaglar miqsori 38,8 foizdan 22 fo-izgacha kamaydi. 
Respublikada istiqlol yillarida tashqi iqtisodiy aloqa-larga ham katta e’tibor berildi. Masalan, 1996 yildagi 
tash-qi savdo oboroti 228,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi, bu 1995 yildagiga nisbatan 3,7 marta ko‘p 
bo‘ldi. 1996 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi sav-dodagi asosiy sheriklari hissasi Rossiya 
11,4 foiz, AQSH 14,1 foiz, Janubiy Koreya 11,1 foiz, Shveyiariya 9,4 foiz, Nider-landiya 7,2 foizni 
tashkil etdi. 
Eksport qilingan tovarlar hajmi 122,9 million dollarga teng bo‘ldi. Uning tashqi savdo oborotidagi 
ulushi 53,8 foiz-ni tashkil etdi. Rarb mamlakatlariga eksport qilingan xom ashyo 113,6 million AQSH 
dollarini, yaqin G‘arb mamlakatlari-ga jo‘natilganlari esa 9,3 million AQSH dollarini tashkil etdi. Uzoq 
G‘arbga asosan paxta tolasi, toladan olingan mahsu-lotlar, qayta ishlangan neft mahsulotlari sotildi. Paxta 
tolasi jami eksport mahsulotlarining 95 foizini tashkil etdi. 
Tashqi savdo oborotida importning salmogi 1996 yilda 46,2 foizni tashkil qildi. Uning hajmi 1995 
yildagiga nis-batan 3,4 marta ko‘gtaydi. Import mahsulotlari tarkibida aso-san xalq iste’mol mollari 60,9 
foiz, qora va rangli metallar 18,9 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari 13,1 foizni tashkil etdi. 
Uzoq G‘arb mamlakatlaridan keltirilgan mahsulotlar 70,1 million AQSH dollariga teng bo‘lib, bu 
jami importning 66,4 foizini tashkil qildi. Yaqin xorijiy mamlakatlardan res-publikaning 130 korxonalari 
orqali 35,4 million dollarlik mahsulotlar olib kelindi. Yaqin xorijiy mamlakatlardan aso-san shakar, 
bugdoy, mashina va jihozlar, agregatlar va ular-ning ehtiyot qismlari, quvurlar, avtomashinalar, ishlab 
chiqa-rishni komplektlovchi materiallar va boshqa turdagi mahsu-lotlar keltirildi. 
Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar rivojlanishiga e’tibor kuchaydi. 1991 - 1996 yillarda 
Qoraqalpogiston Respublikasida ma’lum demografik o‘zgarishlar ro‘y berdi. Tugilish (ming kishi 
hisobida) 1991 yildan 36,4 dan 1996 yilda 25,0 kishiga qisqardi. Tug‘ilishning kamayishi o‘z o‘rnida 
respublika aholisining o‘sish darajasiga ta’sir etdi. Jumla-dan, O‘zbekistonning viloyatlar ichida aholi 
o‘sishi eng past bo‘lgan Toshkent viloyatidan (23,4) pasayib ketdi (18,6). Demo-grafik o‘zgarishning 
asosiy sabablaridan biri tugilishning kamayishi, aholining ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik yashash 
sharoitlariga bog‘liqdir. 1991 - 1996 yillarda respublikadan (kelganlarni chiqarib tashlaganda) 26,7 ming 


251 
kishi ko‘chib ket-gan. 1997 yil 1 yanvar holati bo‘yicha respublika axrlisi 143 ming 764 kishini, shundan 
shahar aholisi 694,1 ming kishini, qishloq aholisi 74 ming 363 kishini tashkil etdi. 1996 yilda aholining 
o‘rtacha yillik o‘sishi 1,36 foizga teng bo‘ldi. 
Ishsizlar soni har yili o‘zgarib turibdi, 1996 yil oxiri-da ular 4,2 ming kishiga yetdi. 1996 yilda 16 
ming ishchi o‘rin-lari yaratildi, jumladan, qishloq joylarida 8,5 mingta. Bu esa shahar va tuman mehnat 
birjalariga murojaat qilgan fuqa-rolarni ish bilan ta’minlash imkonini berdi. 
1996 yilda aholi jon boshiga pul daromadlari 9628,8 so‘mni, xarajatlar esa 6300 so‘mni tashkil etdi 
yoki 1995 yilga nisba-tan 2,2 va 2,3 marta ko‘paydi. 
Daromadlarning ko‘payishi iste’mol bozoridagi vaziyatni jonlantirdi. Aholi jon boshiga tovar aylanishi 
hajmi amal-dagi narxlarda 5 ming 36 so‘mlikni tashkil qildi va 2,1 martaga, solishtirma narxlarda esa 8,8 
foizga o‘sdi. Pullik xizmat 2,8 marta, maishiy xizmat 2,7 martaga ko‘payib jon boshiga 679 va 108 so‘mni 
tashkil etdi. Lekinshunga qaramasdan aholi jon boshiga xizmat ko‘rsatish hajmi O‘zbekiston Respublikasi 
ko‘rsatkichidan 2,2 marta kam bo‘ldi. 1996 yilda aholiga 7,2 milliard so‘mlik iste’mol mollari sotilgan. Bu 
amaldagi narxlarda 1995 yildagiga nisbatan 2,1 marta ko‘p. Tovar aylanishining jami hajmi 10,3 foizga 
yoki 350,5 million so‘mlikka ko‘paydi. Tovar oborot hajmida dav-lat sektorining ulushi pasayib, nodavlat 
sektoriniki o‘sib bordi. Rasmiy savdo tarmoqlariga nisbatan iste’mol va buyum bozorlarida holat ancha 
yaxshilandi, jami tovar oborotida ular-ning ulushi 20 foizga yetdi. Ishchi va xizmatchilarning o‘rtacha ish 
haqi izchil o‘sib bor-di. 1996 yilda u 1409 so‘mdan 2761,1 so‘mga yetdi yoki 1,96 marta 
ko‘paydi.Respublika tibbiyoti erishgan natijalardan eng muhimi -onalar o‘limi soni kamaydi. «Homilador 
ayollarni va bolalar salomatligini mustahkamlash bo‘yicha milliy Dastur»i hamda «Yosh avlodni 
soglomlashtirish kompleks Dasturi»ning ishlab chiqilganligi va amalga oshirilganligi natijasida 1996 yilda 
onalar o‘limi 1991 yildagiga nisbatan 4,4 marta, chaqaloqlar o‘limi esa 1,8 martaga kamaydi. Homilador 
ayollarning 56 foi-zi statsionarlarda tug‘ishgacha bo‘lgan davolanishdan o‘tkazildi.Respublikada jarrohlik, 
maxsus davolash ambulatoriya mar-kazlari tashkil topdi. 
Tarmoqni moliyalashtirishda davlat mablaglari bilan birga nodavlat manbalaridan ham 
foydalanilmokda. Xo‘jalik hisobida, yakka tartibda, kooperativ usulda ishlaydigan tibbiyot tarmoklari 
kengayib bormoqda. «Medtexnika», «Optika», «Tib-ta’minot» dorixona muassasalari to‘la davlat 
tasarrufidan chi-qarilib, xususiylashtirildi.Lekin shu bilan birga respublikadagi ekologik tanglik tufayli 
aholining kasallanishi kamaymadi. Masalan, bu ko‘rsat-kich 1996 yilda 1991 yilga nisbatan 26,3 foizga 
ko‘paydi.O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning tashabbusi bilan 1992 yilda 
Nukusda Orol muammosiga bag‘ish-langan xalqaro ilmiy konferensiya bo‘ldi. Bu konfereniiya 
qarorlaridan kelib chiqib, Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992 yil 2 sentabrda 
«Koraqalpog‘iston Respubli-kasi hududidagi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik 
muammolarni yechishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 405-sonli qaror qabul qildi. Bu 
qarorning bajarilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hukumati katta kuch sarfladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholi punktlarini elektrlashtirish to‘la hal qilindi. 1992-1996 yillarda 
Tuyamo‘yin suv omboridan res-publika aholi punktlariga 2 ming 885 kilometr vodoprovod tarmogi olib 
kelindi, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’-minlanish darajasi 59,5 foizga yetdi. Shu yillarda 16,3 kilo-metr 
kanalizatsiya va 4057,5 kilometr gaz tarmoklari yotqizil-di. Respublika aholisining tabiiy gaz bilan 
ta’minlanishi 85,4 foizni, shu jumladan, shaharda 99,4 foizni, qishloqda 72,4 foizni tashkil etdi. 1991 - 
1996 yillarda Qoraqalpogistonda ko‘plab sog‘liqni saklash obyektlari, kasalxonalar, poliklinikalar, 
tugruqxona va turar-joylar binolari qurildi. Orolbo‘yi aholisiga in-sonparvarlik yordami berila boshlandi, 
kasalxona va polikli-nikalar shunday ta’minotdan foydalana boshladilar. Qoraqalpogiston xalqi 
I.A.Karimovning BMT minbaridan turib dunyo mamlakatlarini Orol dengizini saqlab qolishga qarata 
chaqirigini katta qoniqish bilan kutib oldi. Uning tashabbusi bilan 1994 yil (14 yanvar) Nukusda Markaziy 
Osiyo-ning beshta davlat Prezidentlari hamda Rossiya Federatsiyasi-ning vakillari ishtirokida o‘tkazilgan 
uchrashuvda Orolga va Orolbo‘yi aholisiga amaliy yordam berish masalasi muhokama etildi. 1995 yil 
ssntabrda I. A. Karimov tashabbusi bilan Nukusda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya esa tarixiy voqea 
bo‘ldi. Bu anjumanning asosiy hujjatlaridan biri -- Nukus Deklaraiiyasi bo‘lib, unda butun dunyo 
jamoatchiligi e’tibori Orol muammosiga qaratildi. 1997 yil mart oyida Almatida Markaziy Osiyo respubli-
kalari Kengashi yig‘ilishi bo‘ldi. Bu yigilishda ham I, A. Karimov tashabbusi bilan Orolbo‘yi xalqlariga 
ijtimoiy mu-ammolarini yechishda amaliy yordam berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. O‘zbekiston 


252 
hukumatining Orolbo‘yi muammolari to‘g‘risi-dagi tashabbuslari yerlik xalqlar tomonidan ham qo‘llab-
quv-vatlanmoqda. Amudaryo bo‘yidagi mehnatkashlar ekologik vazi-yatning yaxshilanishiga, xalqaro 
forumlarda Orol dengizi mu-ammolarini hal qilishga doir qabul qshtingan qarorlar o‘z samarasini berishiga 
qat’iy ishonch bildirmokdalar. Belgi-langan chora-tadbirlarni tezda amalga oshirish natijasida qish-loq 
joylarida, sanoatda mehnat unumdorligi o‘sayapti, ishlab chiqarish rivojlanyapti, aholining ish bilan 
bandligi oshmoqda. Qoraqalpoq xalqi qadimiy va boy tarixga ega. Uning mil-liy madaniyati, jozibali 
san’ati, mumtoz adabiyoti, qadriyat-lari, udum va an’analari olamga mashhurdir. 
Mustaqillik tufayli qoraqalpoq xalqi juda ko‘p qadri-yatlarini qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘ldi. 
Adolat va teng-lik, ozodlik va erk uchun kurashgan Yernazar Olako‘z, Ollayor Do‘stnazarov singari xalq 
qahramonlarining -- jasoratli, o‘t yurakli qoraqalpoq farzandlarining orzu-armonlari amalga oshdi. Milliy 
madaniyat va ma’naviyatning qaror topishiga, qora-qalpoq xalqining klassik shoirlari Berdaq, Ajiniyoz 
bobolar ijodiy meroslarining to‘la tiklanishiga, aziz xotiralari-ning ulug‘lanishiga yo‘l ochib berdi. 
Bugungi kunda Ibroyim Yusupov, To‘lepbergen Qaipberge-nov, Tilovbergen Jumamuratov kabi 
qoraqalpoq yozuvchi va sho-irlarining asarlari xalqparimiz ma’naviy xazinasidan mu-nosib joy oldi. 
Sobir Kamolov, rahmatli Charjau Abdirov kabi yirik olim-lar O‘zbekiston fani rivojiga juda katta hissa 
qo’shdilar. 
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston madaniy xayotida ham jiddiy o‘zgarishlar haqida gap ketganda, 
avvalo xalq ta’limi tizimida yuz bergan o‘zgarishlarni ta’kidlash o‘rinli. Bugungi kunda resgtublika xalq 
ta’limi tizimi milliy uygo-nish, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojiga xizmat qilishda yetakchi rol 
o‘ynamoqda. Respublikada yangi tipdagi o‘rta umumta’lim muassasala- ri - litseylar, gimnaziyalar va 
alohida fanlarni chuqurlashti-rilgan holda o‘qitiladigan maktablar tez rivojlanmoqda. 1996 yil oxirida 
respublikada 743 ta umumta’lim maktabi faoliyat ko‘rsatdi, shu jumladan, ayrim fanlarni 
chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladigan maktablar 1991 yilda 31 ta bo‘lgan bo‘lsa. 1996 yilda 169 taga yetdi, 
liiyey va gimnaziyalar 19 taga yetdi. O‘tgan yilning o‘zida o‘quvchilar soni 1743 nafarga ko‘paydi.Barcha 
qishloq hunar-texnika bilim yurtlarida traktorchi-mashinistlar tayyorlash chegaralanib, o‘rniga turli 
mintaqalar uchun zarur bo‘lgan kadrlar tayyorlashga e’tibor kuchaytirildi. Milliy hunarmandchilikni 
rivojlantirishga, gilam to‘qish, keramik buyumlar tayyorlash, ganchkorlar va boshqa shu kabi hunar 
egalarini tayyorlashga aqamiyat berila boshlandi. 
Respublikadagi 22 ta o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, shu jum-ladan, kunduzgi bo‘limda 11,8 ming 
o‘quvchi ta’lim olmoqda. Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat Universiteti hamda Ajiniyoz nomli 
Nukus Davlat pedagogika oliygoxlarida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlanmoqpa. Bu o‘quv yurtlari-
ning kunduzgi bo‘limlarida 9 ming nafar talaba o‘qimoqda. Universitetda qishloq xo‘jaligi va tibbiyot 
ixtisosligi bo‘yi-cha fakultetlar mavjud. 
1992-yilda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining Qoraqalpoq bo‘limi 
tashkil etildi, Uning tarkibiga Sh. Musayev nomidagi Chimboy yer ishlari instituti hamda sholichilik va 
chorvachilik institutlarining filiallari kiritildi.Nukusda SANIIRIning bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda. Res-
publika oliy o‘quv yurtlarida ham ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.Keyingi yillarda Toshkent olimlari 
ko‘magida katta miq-dordagi yuqori malakali mutaxassislar taysrlandi. Respubli-kadagi 60 nafar fan 
doktorlari va 600 nafar fan nomzodla-ridan deyarli 30 foizi O‘zbekiston mustaqilligi yillarida ilmiy daraja 
oldilar. Ilgari fanlar akademiyasi xaqiqiy a’zoligiga saylangan Ch. A. Abdirov, S. K. Kamolov, A. B. 
Baxiyevlar qatoriga 1994-2000 yillarda T. Yeshanov, A. Daule-tov, U. Hamidov va J, Bozorboyev ham 
qabul qilindilar. 1997 yilda esa ikki nafar rassom (J. Izentayev va J. Quttimura-tov) O‘zbekiston 
Respublikasi Badiiy akademiyasining akade-mikligiga saylandilar. Respublikada yuqori malakapi kadrlar 
o‘sishida ayniqsa, ijtimoiy fanlar soqasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi 
tomonidan tarix va arxeologiya, etnogra-fiya, til va adabiyot bo‘yicha nomzoddik va doktorlik 
dissertasiyalarining ximoya qiluvchi ixtisoslashgan Kengashlarning tashkil etilayotganligi muhim ahamiyat 
kasb etmoqsa. Respublika olimlari keyingi yillarda chet el mutaxassis-lari bilan hamkorlikda ilmiy 
izlanishlar olib bormoqdalar. Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq bo‘limi bio-ekologiya 
instituti xodimlari Germaniya olimlari bilan bir-galikda 1993 yildan beri Orolbo‘yi ekologiyasi 
muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib borishmoqda. Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti 
Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari hamda fransuz arxeologlari bilan birgalikda ish olib 


253 
bormoqsalar. 1995 yilda Mo‘ynoqda Germaniya Federativ Respublikasi yordamida bioekologiya 
institutining xalqaro eko-logiya stansiyasi ochildi. 
Mustaqil O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning dolzarb ma-salalari respublika shoir va yozuvchilari 
ijodida katta o‘rin egallaydi. O‘zbekiston va Qoraqalpogiston xalq shoiri Ibro-im Yusupov, O‘zbekiston va 
Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergan Qaipberganovlar qatoriga yangi nomlar kelib qo‘shildi. 
Saginbay Ibrohimov, Kenesboy Rahmonov kabi sho-irlar, Guloysha Yesemuratova, O‘zarboy 
Abdurahmonov, Muratboy Nizanovlar ana shular jumlasidandir. 1993-yil yanvarda Toshkentda 
Qoraqalpog‘iston madaniyati kunlari, noyabr oyida esa Qoraqalpogistonda Toshkent madaniyati kunlari 
o‘tkazildi. Bu tadbirlar Nukus va Toshkent madaniyat xodimlari faoliyatini bir-birlariga yaqinlashtirdi. 
1996 yilda Qoraqalpoq xoreografiyasi tarixida birinchi mar-ta «Oyjamol» nomli qoraqalpoq baleti (N. 
Muxammedinova musiqasi, T. Xodjayev asari) sahnalashtirildi. 1996 yilda O‘zbe-kiston mustaqilligining 5 
yilligi oldidan o‘tkazilgan «O‘zbe-kiston - Vatanim manim» qo‘shiq-tanlovida yosh qo‘shiqchi Roza 
Kutekeyeva «Mustaqillik gullari» qo‘shig‘i bilan ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni oldi. Shu yili yana 
Amir Temur rodi-ning eng yaxshi ijrosi uchun konkursida Berdaq nomidagi dra-ma teatri artisti Bozorboy 
Uzoqberganov qatnashib, birinchi o‘rinni oldi. Bu misollar Qrraqalpog‘iston san’atkorlari mus-taqillik 
yillarida erishgan muvaffaqiyatlardan dalolat be-radi. 
Qoraqalpogiston san’atida erishilgan muvaffaqiyatlarni keng targ‘ib etishda Rassomlar uyushmasi, I. 
V. Savitskiy no-midagi san’at muzeyi, tarix-o‘lkashunoslik muzeyi katta ish-larni olib bormoqda. 
Moliyaviy qiyinchiliklarga, qog‘oz taqchilligiga qaramay Qoraqalpog‘iston Jo‘qarg‘i Kenges, Ministrlar 
Kengashining «Yorqin Qoraqalpog‘iston», «Qoraqalpogiston xabarlari» gaze-talari, yozuvchilar 
uyushmasining «Amudaryo» jurnali, «Respub-lika Fanlar akademiyasining Qoraqalpoq bo‘limi xabarlari» 
ilgarigidek muntazam chiqarilmoqda. 1991 yildan respublika-da hukumatga qarashli bo‘lmagan «Orol 
qizlari» jurnali chop etila boshladi. 
1991 - 1996 yillarda Nukus shaqrining 60 yilligi, To‘rtko‘l shahrining 120 yilligi, Ajiniyoz Qosiboy 
o‘g‘lining 170 yil-ligi, Amir Temurning 660 yilligi keng nishonlandi. Bular o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari 
do‘stligining ramziy belgilari-dir. Bular O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston tarixidagi eng mu-him voqealar, 
o‘zbek va qoraqalpoq xalushri o‘rtasidagi do‘stlik ramzidir. 
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning Nukus shahri 60 yilligi bayramida: 
«O‘zbekiston taqdiri bu - Qoraqalpog‘iston taqdiridir, o‘zbek xalqining taqdiri bu - qoraqalpoq xalqining 
kelajagidir» degan otashnafas so‘zlari qoraqalpoq xalqi xotirasida abadiy saqlanib qoladi. 
Bugun Qoraqalpoq xalqi shuni yaxshi biladiki, uning amal-dagi suvereniteti, mustaqilligi faqat 
O‘zbekiston bilan birga bo‘lgandagina ta’mirlanishi mumkin. Shuning uchun ham qora-qalpoq xalqi o‘z 
taqdirini o‘zbek xalqi va O‘zbekiston bilan abadiy boglagan. O‘zbekiston Respublikasi va 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstituiiyalari buning yorqin kafolatidir. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling