Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy monitoring tizimi
- “davlat xizmatlarining sirli mijozi”
Yangi mavzu bayoni: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni baholashning yaxlit va mustaqil tizimini shakllantirish, shuningdek, respublikaning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilashni taʼminlash maqsadida: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi oʻrnini monitoring qilish va baholash milliy tizimini (keyingi oʻrinlarda – Milliy monitoring tizimi) yaratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berildi. Boshqaruv sifati va siyosatning samaradorligini oʻlchash, mamlakatda yuz berayotgan oʻzgarishlar jarayonini baholash, tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqqan holda islohotlarning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga yordam beruvchi ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari Milliy monitoring tizimining tarkibiy qismi etib belgilandi. 2. Milliy monitoring tizimi faoliyatini tashkil etishning dastlabki bosqichi sifatida respublikadagi tadqiqot institutlariga alohida xalqaro reytinglar ilovaga muvofiq biriktirildi va ularga quyidagi vazifalar yuklandi: - xalqaro reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini aniqlash, ularni amaldagi qonunchilikka implementatsiya qilish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi past koʻrsatkichlariga sabab boʻlayotgan asosiy omillarni aniqlash; - oʻzini oʻzi baholash uchun ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari asosida milliy indekslarni ishlab chiqish; loyihalar va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yuksaltirishga toʻsqinlik qilayotgan normalarni aniqlash nuqtai nazaridan ekspert tahlil qilish hamda tahlil natijalariga koʻra tegishli tavsiyalar ishlab chiqish; - Oʻzbekiston Respublikasining tegishli reytinglardagi rivojlanish jarayoni toʻgʻrisidagi axborotlarni, shuningdek, baholanayotgan yoʻnalishlar boʻyicha tavsiyalar va xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻz ichiga olgan axborot-maʼlumotlar bazasini yaratish; - Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilashga toʻsqinlik qilayotgan mavjud haqiqiy muammolarning tizimli tahlilini olib borish, ularni hal etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; 262 - xalqaro tashkilotlar, reyting agentliklari va ilmiy muassasalarning ekspertlari bilan hamkorlik oʻrnatish va konstruktiv muloqotni yoʻlga qoʻyish; - tegishli tarmoqlardagi muammolarni aniqlash va ahvolni oʻrganish uchun ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish, shuningdek, mamlakatda keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish doirasida turli sohalarda yuz berayotgan tub oʻzgarishlar toʻgʻrisida jamoatchilik va xalqaro reyting agentliklarini xabardor qilish. 3. Koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, aholining davlat organlari faoliyatidan qoniqishi darajasini hamda ularning xodimlari kasbiy mahoratini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasining “davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berildi Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling