Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


- Mavzu: Milliy Olimpiya qo`mitasining tashkil topishi


Download 0.83 Mb.
bet65/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

25- Mavzu: Milliy Olimpiya qo`mitasining tashkil topishi.
РЕЖА:
1 MOQ tashkil etilishi
2.О‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirishda Respublika prezidenti va hukumatining g‘amxо‘rligi.
2. Kо‘p bosqichli ommaviy sport tadbirlari.
3. Xalq milliy о‘yinlari ma’naviy-ma’rifiy va tarixiy jarayondir.
Sovet hokimiyatining eng sо‘nggi yillarida (1989-1991 y) boshqa ittifoqchi respublikalari qatorida О‘zbekistonda ham mustaqillikka intilish harakati boshlandi. 1989 yil oktabrda “Davlat tili haqidagi” qonunning qabul qilinishi va О‘zbek tiliga davlat tili maqom berilishi buning dalilidir. Bu yо‘lda respublika prezidentining dadil va aniq say harakatlari olqishga sazovordir.
1991 yil 31 avgustdagi prezident Uzbekistonni mustakil davlat deb e’lon kildi va 1 sentabrda о‘tkazilgan umumxalq bayrami mustaqillik kunining ilk namoyishiga aylandi. Bu har yilgi an’anaviy bayram sifatida jahonga keng taraldi.
Respublikaning iqtisodiy, siyosiy, tarixiy, madaniy va ijtimoiy salohiyotida jismoniy tarbiya va sport о‘z о‘rni hamda mavqeiga egadir.Birinchi prezident I.A.Karimov va hukumatning faoliyatini alohida ta’kidlash lozim.
О‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti I.A.Karimov mustaqillikka bulish va uning istiqbolida aholi salomatligining о‘ta qimmatligi va unga ega erishish yо‘llarini katta kо‘tarinkilik bilan izhor qilib bergan. Ya’ni: “Bizning ota-bobolarimiz kishilar bilan uchrashganda yoki xayrlashganda, avvalo, chin yurakdan salomatlik tilashgan. Bizning zamonamiz bahodirlarga va himoyachilarimiz bо‘lgan polvonlar va botirlarga bu an’analar boy meros xisoblanadi va ularni mehr bilan parvarish qilib kelmoqda. Bugingi kunda hamma joyda sportning milliy turlari qayta tiklanmoqda. О‘zining salomatligi haqida shaxsan g‘amxо‘rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan, maktab, mahalla, sog‘liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari kо‘magida singdirish kerak”, - deb haqli ravishda aytgan.
О‘zbek xalqining milliy jismoniy tarbiyasi qadimgi ajdodlarimiz tarixi bilan uzviy bog‘lanib ketadi. Buning guvohi sifatida о‘tgan bobda takidlanganidek, “Alpomish”, “Kuntug‘mush”, “Qiriqqiz”, “Gо‘r о‘g‘li” turkumidagi dostonlarda jasorat ustunlik bilan madx etilgan. Otda poyga, nayza uloqtirish, qilichbozlik, kamondan о‘q otish merganlik qilish kabi jismoniy sifatlar qahramonlar siymosi orqali butun xalqning turmushi, madaniyati, harakati aks ettirilgan. Bu jismoniy mashqlar avloddan-avlodga о‘tib, о‘zining mazmuni, shakli va bajarish uslublarini boyitib, hozirgi davrda ular jahon xalqlarining sevimli mashg‘ulotlariga hamda mahorat uchun kurashuvchi yoshlarning sportiga aylangan.
E’tirof etish kerakki, mustaqil О‘zbekistonning madaniyati va sportini yanada rivojlantirishga asos bо‘luvchi eng muhim tadbirlar kо‘rilmoqda. О‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport tо‘g‘risida”gi qonuni (1992 yil 14 yanvar, 2000 yil yangi taxrir) barcha aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlariga shart-sharoitlar yaratib berishni kafillikka oladi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida О‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport taraqqiyotining ba’zi bir kо‘rsatkichlari quyidagilardan iborat. Respublikadagi 14577 ta jismoniy tarbiya jamoalarida 5 mln 549 ming 908 kishi shug‘ullanadi. Shu jumladan 60 ga yaqin Oliy о‘quv yurtlarida 134977 kishi, 225 ta о‘rta maxsus о‘quv yurtlarida 147664 kishi, 449 ta hunar-texnika bilim yurtlarida 211061 kishi, 8302 ta maktablarda esa 4 mln. 510 ming 403 о‘quvchi jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanganlar. О‘zbekistondagi ishlab chiqarish korxonalarining 5545 tasida boshlang‘ich jismoniy tarbiya jamoalari va 60 dan ortiq sport klublari mavjud bо‘lib, ularda 543946 kishi muntazam ravishda sport turlari, sog‘lomlashtirish mashqlari bilan shug‘ullanganlar. Sobiq Ittifoq davrida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan “Mehnat va mudofaaga tayyor” (MMT-GTO) majmuasi о‘zining mazmunan zarurligi va mohiyati bilan ancha vaqtgacha о‘z kuchini saqlab keldi. Keyingi paytlarda respublika muhiti va sharoitlariga qarab, uning shakli va normativ talablariga ba’zi bir о‘zgarishlar kiritildi va dastur ishlab chiqildi. Shu asosda “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari joriy etildi.
Ma’lumki, MT majmuasini asosiy turlari va normativ darajalari о‘quvchi-yoshlarni har tomonlama jismonan kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Shu sababdan respublikada bu majmua yoshlarni jismonan tayyorlashda katta ishlarni amalga oshiradi. Buning dalili sifatida quyidagi kо‘rsatkichlarni keltirish mumkin. Respublika bо‘yicha 1991 yilda 1 mln. 33 ming 815 ming kishi MMT nishondori bо‘ldi. Shu jumladan oliy о‘quv yurtlari talabalaridan 12743 kishi о‘rta maxsus о‘quv yurtlarida 36867 kishi, hunar-texnika bilim yurtlarida 69650 kishi, umumta’lim maktablarida 832962 о‘quvchi va ishlab chiqarish korxonalarida 81593 kishi bu majmuaning barcha talablarini bajardilar.
Erkin kurash bо‘yicha 775 kishi yuqori darajadagi talablarini bajargan. Shuningdek, voleybol-383, boks-422, futbol-680, dyuzdo-339, basketbol-240, qо‘l tо‘pi-185, shaxmat-120 va boshqa turlarda ham yuqori kо‘rsatkichlarga erishildi.
Eng ommaviy va sevimli sport turi bо‘lgan futbol bо‘yicha 7904 ta jamoa 266767 nafar kishi shug‘ullanadi. Ularning 4345 nafari sport maktablarining о‘quvchilari hisoblanadi. Ularni tarbiyalash va mahoratlarini orttirishda 682 trener qatnashib, ularning 497 tasi maxsus ma’lumotga egadir. Shuningdek, 9048 kishi jamoatchilik asosida trenerlik qiladi.
Voleybol sport turi bо‘yicha 343, boks-313, erkin kurash-249, sambo kurashi-229, qо‘l tо‘pi-229, dyuzdo-193, basketbol-162, klassik kurash-172, stol tennisi-131 va shu kabi sport turlarida anchagina trenerlar xizmat qiladi.
Respublikada sport taraqqiyotining ba’zi bir kо‘rsatkichlarini tahlil qilganda quyidagi mulohazalarni yuritishga tо‘g‘ri keladi.
Xullas, bu kо‘rsatkichlarning haqiqatdan ancha uzoqda ekanligi ayondir. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, qaysi bir jamoalarda trenerlar va sportchilar mahsuldorlikka erishmoqda, kо‘pchiligida esa umuman yaxshi natijalar yо‘q hisobida. Bunga quyidagi misollarni keltirish mumkin.
Futbol bо‘yicha 660, shaxmat 120, qо‘l tо‘pi 125 kishi yuqori darajadagi (SUN,1r) sportchilar tayyorlangan. Ularni umumiy shug‘ullanuvchilar soniga solishtirilsa, ish sifati yaxshi emasligini bilish qiyin emas.
E’tirof etish lozimki, О‘zbekiston mustaqilligining о‘n yili davomida (1991-2001) jismoniy madaniyat va sport ishlari ancha rivoj topdi. Ommaviylikning asosidagi sport mahoratlarni oshirish ancha yuqorilab ketdi. Futbol, tennis, о‘zbek kurashi, boks, sharqona yakkakurashlar (karate, dyuzdo, toekvando, ushu, qо‘l jangi va h.k) yoshlar orasida tobora ommalashmoqda. Buning eng asosiy sabablari shundaki, “Jismoniy tarbiya va sport tо‘g‘risida”gi qonun hamda qator qarorlarni (1993,1996, 1999,2000 va h.k) bu ishlarni amalga oshirishda katta axamiyat kasb etmokda. Ularning natijalari esa Respublikadagi о‘tkazilayotgan sport musobaqalari, xalqaro turnirlar va sportchilarning Osiyo va jahon birinchiliklaridagi ishtirok etishida, erishilgan yutuqlar mazmunida namoyon bо‘lmoqda.
О‘zbekiston futbolini rivojlantirish (1993,1996), tennis, boks va kurash bо‘yicha xalqaro turnirlar о‘tkazish (1993.2000) haqidagi hukumat qarorlari muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, “О‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi О‘zVMning 1999 yil 27 maydagi qarori barcha davlat idoralari hamda nodavlat va jamoat tashkilotlari oldiga katta mas’ulyatlarni yukladi. Shu asosda aholining barcha tabaqalari va ishlab chiqarish, savdo, tijorat, tarbiya, о‘quv muassasalari sohalarida jismoniy tarbiya va sporni keng yо‘lga qо‘yish masalalari jiddiy vazifa bо‘lib qolmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport taraqqiyotining 10 yillik davridagi ba’zi kо‘rsatkichlarning natijalari bilan quyidagicha tanishish mumkin bо‘ladi.
Respublikada BО‘SM soni 1992 yilda-472 ta, 1995 yilda-522 va 2000 yilda 538 taga yetkazildi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasidagi g‘amxо‘rliklari tufayli о‘quvchi-yoshlarni sportga jalb etish, sportchilarning mahoratlarini oshirishga katta imkoniyatlar yaratib berdi. Mustaqillikning 10 yilligi davrida Respublikada sportning taraqqiyoti, iste’dodli sportchilarning Xalqaro sport maydonlarida erishgan g‘alabalarini aks ettiruvchi nufuzli tarixiy manba’lar yaratildi. Ular orasida 10 yillik yubileyga hadya etilgan “XXIasr Istiqbolimiz timsollari” kitobi e’tiborni jalb etadi. Eng muhimi shundaki, uning tarkibida dunyoga sport orqali mamlakatimizni tanitgan, yurtimiz bayrog‘ini baland kо‘tarib, madhiyamizni jaranglatishga hissa qо‘shgan sportchilar munosib о‘rin olgan. Ular haqida berilgan ma’lumotlardan namunalar keltirish maqsadga muvofiqdir.
“Xalqimizning qadri baland о‘g‘il-qizlari” bо‘limiga Birinchi prezident I.A.Karimovning “О‘zbek millatining, о‘zbek farzandlarining qobiliyat, zehn-zakovat, tirishqoqlik borasida boshqa hech bir millat yoki xalqdan qolishadigan joyi yо‘q”, deb bergan bahosi bilan boshlanadi. Shu о‘rinda jahon chempioni XXVII Olimpiya о‘yinlarining boks bо‘yicha oltin medal sohibi M.Abdullayevning yurtimiz bayrog‘ini baland kо‘tarib, mag‘rurona turishi yurtimiz yо‘lboshchisining fikrlariga hamohang bо‘lib turibdi. Ayniqsa, Prezidentning M.Abdullayevni tabriklashi va unga zarli tо‘n kiygizishi sportchilar mehnatini ulug‘lashdagi eng yuksak qadriyat ekanligini namoyish etmoqda.
Bokschi Ruslan Chagayevning ham qisqa bо‘lsada mehnatlari bu kitobdan о‘rin olgan. U 1978 yil 19 oktabrda Andijon shahrida tug‘ilgan. Ikki karra Osiyo va jahon chempioni, Osiyo о‘yinlari g‘olibi. “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan sportchi”, “О‘zbekiston iftixori” fahriy unvonlari, “О‘zbekiston belgisi” kо‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2002 yilda professional boks bо‘yicha о‘z vaznida jahon chempioni unvoniga erishdi.
Rustam Saidov-1978 yil 6 fevralda tug‘ilgan. Boks bо‘yicha ikki marta Osiyo chempioni, Osiyo о‘yinlari g‘olibi, Sidney Olimpiadasining bronza medali sovrindori. “О‘zRda xizmat kо‘rsatgan sportchi” fahriy unvoniga ega.
О‘tkirbek Xaydarov, 1974 yil 25 yanvarda Andijonda tug‘ilgan. Boks bо‘yicha jahon chempioni. “О‘zRda xizmat kо‘rsatgan sportchi”, “О‘zbekiston iftixori” faxriy unvoniga sazovordir.
Dilshod Yorbekov, 1974 yil 5 yanvarda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Boks bо‘yicha Osiyo chempioni, Osiyo о‘yinlarining kumush va bronza medallari sovrindori. Jahon chempionati va kubogi hamda yaxshi niyat о‘yinlari bronza medallari sovrindori. “О‘zRda xizmat kо‘rsatgan sport ustasi”, “Dо‘stlik” ordeni, “О‘zbekiston belgisi” kо‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Artur Grigoryan, 1967 yil 20 oktabrda Toshkentda tug‘ilgan. Boks bо‘yicha yaxshi niyat о‘yinlari g‘olibi, jahon chempionati kumush medali sovrindori. Professional bokschilar о‘rtasida 16 marta (2002) jahon chempioni. “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi. “О‘zRda xizmat kо‘rsatgan sportchi”, “О‘zbekiston iftixori” faxriy unvonlari, “О‘zbeksiton belgisi” kо‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Mirjalol Qosimov. 1970 yilda 17 sentabrda Toshkentda tug‘ilgan. Futbol bо‘yicha о‘smirlar о‘rtasida jahon va Yevropa chempioni. XII Osiyo о‘yinlari g‘olibi.
Akobir Qurbonov, 1975 yilda 29 iyulda Buxoroda tug‘ilgan. Sambo bо‘yicha tо‘rt karra Osiyo chempioni. Jahon universiadasi g‘olibi, jahon kubogi sohibi, jahon chempioni. Milliy kurash bо‘yicha jahon chempioni. “О‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni hamda “О‘zbekiston belgisi” kо‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Nurxon Nafasov-1965 yil 5 yanvarda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Milliy karate federatsiyasining prezidenti. О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan sport ustasi. Markaziy Osiyoda yagona 6-dan “Qora belbog‘” sohibi.
Qiziqarli tomoni shundaki, keyingi yillarda kichik yoshdagi bolalar о‘rtasida sharqona yakkakurashlar bо‘yicha musobaqalar uyushtirilmoqda. Shu sababdan bunday turlarga qishloq va uzoq xududlardagi bolalar katta ixlos bilan kirib kelmoqda. Buning guvohi sifatida “XXI asr: istiqlolimiz timsollari” kitobida Respublika prezidenti I.A.Karimovning yonida turib rasmga tushgan bolalarni e’tirof etish zarurdir.
Ya’ni: A’zam, Farrux va Parviz Abdumovlonovlar Bekobod tumanidagi Zafar qishlog‘ida tug‘ilgan. Eng kattasi 13 yoshda (2000 yil ma’lumot), о‘rtanchasi -11 va kichigi 9 yoshda. Uch aka-uka karate bо‘yicha О‘zbekiston, Osiyo va dunyo chempionatlari, qator xalqaro turnirlarda g‘olib chiqishgan.
Rustam Qosimjonov, 1979 yil 5 dekabrda Toshkentda tug‘ilgan.Shaxmat bо‘yicha Osiyo chempioni, jahon Olimpiadasida shaxsiy hisobda bronza medaliga sazovor bо‘lgan. Xalqaro grossmeyster “О‘zbekiston iftixori” faxriy unvoniga hamda “О‘zbekiston belgisi” kо‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Ibrohim Hamroqulov, 1982 yil 29 iyulda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Shaxmat bо‘yicha о‘smirlar о‘rtasida jahon va Osiyo chempioni. “Universiada-2000” musobaqasining g‘olibi. Xalqaro miqyosdagi sport ustasi.
Lina Cheryazeva 1968 yilda 1 noyabrda Toshkentda tug‘ilgan. Fristayl (chang‘ida akrobatik sakrashlar) bо‘yicha jahon chempioni, ikki karra jahon kubogi g‘olibi, Lillexammer Olimpiadasi chempioni. “О‘zRda xizmat kо‘rsatgan sportchi”, “О‘zbekiston iftixori” faxriy unvonlariga ega.
Iroda Tо‘laganova 1982 yilda 7 yanvarda Toshkentda tug‘ilgan. Tennis bо‘yicha qizlar о‘rtasida “Uimbldon” turniri va AQSH ochiq chempionati g‘olibi. Osiyo chempioni. Butunjahon о‘smirlar о‘yinlarining bronza medali sovrindori. “О‘zRda xizmat kо‘rsatgan sportchi”, “Shuhrat” medali sohibi.
Sevara Qodirova 1983 yil 3 yanvarda Namanganda (Chust) tug‘ilgan Xalqaro toifadagi sport ustasi. Stol tennisi bо‘yicha xalqaro musobaqalar g‘olibi. Jahon о‘yinlari (Shvetsiya, 1999y) “Universiada-2000” musobaqalari g‘olibi.
Kitobning “Millat g‘ururi, mamlakat iftixori” bо‘limida Birinchi prezident I.A.Karimovning “Yoshlarni sog‘lom, matonatli, jasur qilib tarbiyalashda sport va jismoniy tarbiyaning ahamiyati beqiyos”-deb baholashi olqishga sazovordir. Shu joyda yangidan qurilgan “Jar” sport majmuining ichki kо‘rinishi qator gilamlarda kurashchilarning olishuvlari, minglab tomoshabinlarning musobaqalarni kuzatishlari rangli tasvirda ifoda etilgan.
Mahtumquli Mahmudov, kurash bо‘yicha qator xalqaro turnirlar g‘olibi, jahon chempioni (1969 yil Surxandaryoda tug‘ilgan). “О‘zbekiston iftixori” faxriy unvoniga ega. Umuman olganda 10 yil davomida Respublika, Markaziy Osiyo, Osiyo jahon sport musobaqalari va Olimpiya о‘yinlarining sovrindorlari hamda qatnashchilari e’tibordan chetda qolmagan. Ularning xizmatlari va faoliyatlari Respublika tarixidan munosib joy egallagan. Ular orasida iste’dod egasi va kelajakda katta umid kutish mumkin bо‘lgan yoshlar juda kо‘p. Ayniqsa, Yulduz Hamroqulova (1989 yil Jizzaxda tug‘ilgan), shaxmat bо‘yicha qizlar о‘rtasida uch marta О‘zbekiston birinchiligi g‘olibi, Osiyo birinchiligining bronza medali sovrindori, jahon birinchiligining qatnashchisi, barchaning diqqatiga sazovordir.
Abdulla Tangriyev (1981 yil Surxondaryoda tug‘ilgan) dyuzdo bо‘yicha yoshlar orasida Osiyo birinchiligi g‘olibi, Sidney Olimpiadasi qatnashchisi, Xalqaro miqyosdagi sport ustasi. Kurash bо‘yicha-2002 yillarda о‘tkazilgan Xalqaro turnirlar va jahon birinchiligining g‘olibidir.
Manzura Inoyatova (1982 yil Navoiy viloyatida tug‘ilgan), stol tennisi bо‘yicha Butunjahon о‘smirlar о‘yinining bronza medali sovrindori, jahon о‘yinlari va Yevropa ochiq kubogi g‘olibi. Xalqaro miqyosdagi sport ustasi.
Nodir Xо‘jayev (1989 yil 4 iyulda Qashqadaryo viloyati Po’lati shaharchasida tug‘ilgan). Karate bо‘yicha 1-dan sohibi. О‘zbekistonning ikki marta chempioni, jahon kubogi g‘olibi.
Saida Iskandarova, 1980 yil 12 martda Toshkentda tug‘ilgan. Suzish bо‘yicha ikki marta Markaziy Osiyo о‘yinlari g‘olibi, Osiyo-Okeaniya chempionatida oltin medal sohibi, Osiyo о‘yinlarining kumush medali sovrindori, Sidney Olimpiadasi qatnashchisi. Xalqaro toifadagi sport ustasi.
Saida Burxonxо‘jayeva, 1980 yil 12 martda Toshkentda tug‘ilgan. Stol tennisi bо‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi. Butun jahon о‘smirlar о‘yinining bronza medali sohibi, jahon о‘yinlari g‘olibi, ikki marta Respublika chempioni.
Oʻzbekiston MOQ Prezidentlari

Prezidentlar

Boshqaruvyillari

Boshkotib

ObidNazirov

1992-1994

prof. XamrakulovAbduxamidKadirxanovich

SobirjonRoʻziyev

1994-2003

2001-yildan MalikBabaev

AzizNosirov[11]

2003-2005

MalikBabaev

RustamQurbonov

2005-2009

MalikBabaev

MalikBabaev [12]

2009-2013

MuhammadaliKarimov

MirabrorUsmonov[13][14]

2013-2017

Oybek Qosimov

AlisherSultonov

2017-2018

Oybek Qosimov

UmidAhmadjonov

2018-yildan

Jasur Matchanov




2019-yilda

Oybek Qosimov

Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
1 MOK tashkil etilishi haqida ma’lumot bering?
2.О‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirishda Respublika prezidenti va hukumatining g‘amxо‘rligi haqida ma’lumot bering?
2. Kо‘p bosqichli ommaviy sport tadbirlari haqida ma’lumot bering?
3. Xalq milliy о‘yinlari ma’naviy-ma’rifiy va tarixiy jarayondir haqida ma’lumot bering?



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling