Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


-MAVZU. Xalq qo’shinlarining harbiy va jismoniy tayyorgarligi


Download 0.83 Mb.
bet63/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

23-MAVZU. Xalq qo’shinlarining harbiy va jismoniy tayyorgarligi
REJA:
1.Jaloliddin Manguberdi Xorazm shohlar davlatining so‘nggi ho‘кumdori
2.Amir Temurningharbiy jismoniy tayyorgarligi.
3. Zaxriddin Muhammad Boburning harbiy qo‘shini.
To‘liq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad (1198-1231 yillarda)
Xorazm shohlar davlatining so‘nggi ho‘qumdori (1220-1231 y.) moxir sarkarda Jamoliddin xoji (ma-k) bo‘lgani uchun Manguberdi nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o‘zgarib “Manguberdi” nomi bilan mashxur bo‘lib ketgan.
Jaloliddin Manguberdi otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, o‘zining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan.
Jaloliddin qorachadan kelgan, o‘rta bo‘yli, turk lafzli odam edi. Fors tilini ham yaxshi bilardi. Uning botirligiga kelganda shuni aytish kerakki, qaddi-qomati kelishgan kuchli, baquvvat, zabardast, sulton arslonlar orasidagi eng kuchli sher edi. Bir so‘zli, kek saqlamaydigan, ochiq ko‘ngil to‘g‘ri odam edi. U jiddiy shaxs edi, xech qachon qo‘lmasdi. Juda nari borsa jilmayib qo‘yardi. U adolatsizliklarni yomon ko‘rardi. Jaloliddin o‘ta kat’iyatli, nihoyatda irodali, murakkab vaziyatlarda, taqdirning qaltis sinovlarida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydigan favqulotda mard va botir sarkarda edi.
Jaloliddin Manguberdi – o‘zbek xalqi tarixidagi ulug‘ shaxslardan biridir. Mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi ko‘rsatgan bemisl jasorati va murosasiz kurashi tufayli u buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida butun Sharqda dong taratdi. Jamoliddinning hayoti nihoyatda qiyin va murakkab sharoitda kechdi, mo‘g‘ullarning to‘xtovsiz xujumlari, taziyki va taxlikasi ostida bo‘lishiga qaramay otasi sulton Alovuddin Muhammad tomonidan boy berilgan, barbod bo‘lgan Xorazmshoxlar imperiyasini mamlakatning janubiy-g‘arbiy qismida yangidan barpo etadi va vatan mustaqilligini saqlab qolish uchun o‘n bir yil mobaynida bosqinchilarga qarshi matonat bilan kurashda, aql bovar qilmas qahramonliklar ko‘rsatdi.
Chingizxon bo‘yida turgan Jaloliddinga еtib oladi va uning qo‘shinlarini o‘rab oladi. Shu paytda Jaloliddin daryo yoqasida turgan onasi va haramidagi xotin-qizlarni mo‘g‘ullar qo‘liga tushmasliklari uchun daryoga tashlattirdi. Ular daryoga g‘arq bo‘ldilar. Jaloliddin mo‘g‘ullar xalqini tobora siqib kelayotgan va qutulish chorasi qolmagan bir laxzada oti bilan daryoga tik tashlab narigi soxilga so‘zib utdi. Joni omon qolgan Xorazmliklar ham o‘nga ergashdilar.
Jaloliddinni jasorati va qahramonligiga qoyil qolgan Chingizxon o‘z xayratini yashirishda ojiz qoldi va “Bir otaning ana shunday o‘g‘li bo‘lishi lozim” dedi.
Jaloliddin vaqtida armiyani tashkil etgan o‘nsurlarga qator o‘zgartirishlar kiritilgan:
Turkiylarda qadimdan mavjud an’anaga ko‘ra qo‘shin o‘ng va sul qanotlarga ajratilgan. Xorazmshoxlar davrida qo‘shinga oid boshqaruv ishlari bilan buyuk devonning bo‘lim – devoni arz shug‘ullangan. Davlat xazinasidan olingan mablag‘lar va ularning sarf to‘g‘risidagi barcha yozuvlar shu devonda saqlangan. Xorazmshoxlar zamonida ham ikkita tizimi bor edi. Qo‘shinda xizmat qilgan harbiylarning hammasi ma’lum qiymatdagi ikkitalarga ega bo‘lishgan. Xususan katta, kichik sarkardalar, qo‘mondonlar bor edi. Katta ikkitalar ho‘qumdorlarning marhammatiga muvofiq kamayishi yoki yana yiriklashishi mumkin edi. Kichik ikkitalar bo‘lsa o‘zgarmagan. Ular ota meros edi. Ikkita egalari chaqirilgan zaxoti o‘z amirlari qanoti ostiga to‘planishar va yurish tugagach, yana o‘z yurtlariga qaytib ketishardi. Xorazmshoxlar yangi bir ulkani zabt etgach u еrdagi еrlar darhol ikkitalarga bo‘linib, mansabdorlar o‘rtasida taqsimlanar va devoni arz daftariga qayd qilinar edi. Jalliddin maydon va muqobil janglarda o‘z qo‘shinini an’anaviy bir shaklda, ya’ni o‘ng markaz va sul qanoti saflangan. Markazga uning o‘zi qo‘mondonlik qilgan. Markaz odatda gvardiya qo‘shinlaridan iborat edi. O‘ng va sul qanotlarga xon. malik, amirlar qo‘mondonlik qilishardi. O‘ng va sul qanotlar har holda viloyat qo‘shinlaridan tashkil topar edi.
Jaloliddin maydon janglarida ham, muqobil janglarda ham pistirma qo‘yish usullaridan foydalangan.
AMIR TEMUR (1336.9.04-1405.18.02)
To‘liq ismi Amir Temur ibn Tarag‘y ibn Amir Barqo‘l.
Amir Temur 1336 yilning 9-aprelida o‘sha paytlarda Kesh (Shaxrisabz)ga qarashli Xoja ilg‘or (bu xalqlar xozir Yakkabog‘ tumaniga qaraydi) qishlog‘ida tavallud topgan. Otasi Amir Tarag‘ay o‘ziga to‘q badavlat kishi edi. (1405.18.02 O‘tror shaxri Samarkanda dafn etilgan.)
Amir Temur o‘zining ilk harbiy faoliyatini qo‘l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan; ularning o‘zaro kurashlarida qatnashib jasorat ko‘rsatgan, janglarda chiniqqanlar, harbiy mahoratini oshirgan. Dongi butun Qashqadaryo voxasiga yoyilgan. Amir Temo‘rning aqlu zakovati, shijoati va shuxrati uni Movarao‘nnaxrning nufuzli amirlaridan amir Xizr Yasavuriy va amir Kozogiy bilan yaqinlashtirdi.
Shundan kelib chiqqan holda Temurning asosiy va sodiq tayanchi uning qo‘shinlari edi. Temur qo‘shinlari o‘z davrida butun Osiyoda eng qudratli armiya xisoblanar edi
Temur va uning lashkar boshilari jangchilarning jismoniy chinikkan, baquvvat va epchil bo‘lishi muximligini yaxshi tusho‘nardilar, juda ko‘p harbiy yurishlar taqdirini jangchilarning mahorati va jasorati xal qilar edi.
Shu bois Amir Temur askarlar tanlashda quyidagilarga e’tibor berar edi. Qo‘shin to‘zib, navkar olmokda uch qoidaga amal qildim: birinchidan - yigitning kuch – quvvatiga, ikkinchidan – qilichni o‘ynata olishiga, uchinchidan – aql – zakovatiga, kamolatiga e’tibor qildim. Shu fazilatlar jamuljam bo‘lsa, navkarlik xizmatiga oldim. Negaki kuch – quvvatli yigit har qanday qiyinchiliqlarga, azobu uqubatlarga chidamli bo‘ladi, qilich o‘ynata oladigan kishi raqibini mag‘lub eta oladi, oqil navkar har joyda aql – idrokni ishga solib, mashg‘ulotni daf etmog‘i mumkin.
Amir Temur davridagi jangovor san’at xaqida gapirib “1000 askar” deyilishini quyidagicha tusho‘ntiradi: Bu jangovor san’atning ming xil usuli bo‘lib, bir uslubini bilgan kishi “bir askarlik”, ikki uslubini bilgan kishi “ikki askarlik” deyiladi. Demak bu san’atning mingdan ortiq uslublari mavjud bo‘lib, barcha uslublarini bilgan kishi 1000 askarli kishi xisoblanadi, deydi.
Bu san’atni o‘rganishga ko‘p vaqt talab qilingan. Biroq zarurat tug‘ilganda ayrim usullarni tez o‘rgatishgan ekan. Cho‘nonchi, Amir Temur askarlari ko‘p yillik safarga jo‘nab ketishdan oldin ayollariga oddiy o‘qlovlardan jangovor sifatida qanday foydalanishni sanoqli ko‘nlarda o‘rgatishgan ekan. Natijada, oddiy o‘qlov ayollar qo‘lida “Sexrli tayoqcha”ga – jangovor qurollarga aylangan.
Aynan xalq o‘yinlari orqali “1000 askar” elementlari bolalar o‘yinlarida ham mo‘nosib joy olgan. Misol uchun “Oshiq” o‘yinini olaylik. Agar oshiq tova holida kolsa, tizzada turishgan. Bordiyu oshiq o‘mba holatida kolsa, bola boshi bilan turishga majbur bo‘lgan. Bularning barchasi “1000 askar” san’atidagi gimnastik harakatlar deyish mumkin. Bo‘ndan tashqari, “askar-askar” o‘yini bolalarni bevosita shu jangovor san’atga tayyorlagan.
Amir Temur jismoniy mashq va mashg‘ulotlar orqali mardlik, epchillik, chidamliliq, sifatlarini o‘zida ham askarlarida ham birdek mukammal madaniyatlab borgan va u amalda sinalgan xususan Ona Vatanni mo‘g‘ullar istilosidan ozod etishda qo‘l kelgan, jabrdiyda xalqni arosatdan olib chiqqan ro‘shnolik bergan ulug‘ insondir.
Ma’lumki, Temo‘rning asosiy va sodiq tayanchi uning qo‘shinlari edi. Temur qo‘shinlari o‘z davrida butun Osiyoda eng qudratli armiya xisoblanardi.
Amir Temurning jangovorlik faoliyatlarida harbiy-jismoniy mashqlar.
Yevropa va Osiyoda mo'g'ul tatarlaming, ayniqsa, Chingizxonning istilochilik urushlari, uning oqibatlari qariyb 300 yil davom etadi. Bunday qullikdan ozod etish, mustaqil davlatlar sifatida rivoj topish va madaniyatning taraqqiy etishida Sohibqiron Amir Temur va uning avlodlari tarixiy jihatdan muhim ahamiyatga egadir.
Sobiq Ittifoq davrida Amir Temurning ijobiy xislatlari va amalga oshiigan tadbirlari tilga ohnmadi. Aksincha, u josus, bosqinchi, mustamlakachi deb qaraldi. Shunday bo'lsada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya kabi yirik mamlakatlarda Amir Temur haqida tarixiy dalillar asosida romanlar yozildi, opera va dramalar namoyish etildi. Ular o'sha paytlarda xalqimizga yetib kelmadi.
O'zbekiston mustaqilligi tufayli Sohibqiron Amir Temurning haqiqiy faoliyati xalqimizga to'la ayon bo'ldi. 1996-yilda uning tavalludiga 660 yil to'lishi munosabati bilan o'tkazilgan xalqaro anjumanlar va yurtimizdagi an'analar uning nomini ochiqcha ilk bor tarannum etishga muvaffaq bo'ldi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Amir Temurga bag'ishlab katta hiyobonlar qayta bezatildi va uning haykallari o'rnatildi. Bu milliy qadriyatlarni qay tarzda tiklash va milliy madaniyatimizni yuksak cho'qqilar kabi yanada baland ko'tarishning buyuk namunasi bo'lib qoldi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Sohibqiron Amir Temur haykalining ochilishiga bag'ishlangan tantanada shunday degan edi: «Bugun bunyod etilgan bobokalonimiz haykalida teran ramz bor — go'yoki jahongir tulporining j'ilovini tortib turibdi, qilichsiz qo'lini oldinga cho'zib jahon xalqlariga omonliq sog'inmoqda, «Kuch - adolatdadir»1 demoqda.
Jahonga dong'i ketgan buyuk sarkarda Amir Temurning yoshlarni harbiy, jismoniy va jangovorlikka tayyorlashdagi amaliy faoliyatlarini o'rganish va ularni o'quv jarayonlarida qo'llash ishlab chiqildi.
Jahongir Amir Temur hayoti va faoliyatiga mansub adabiy manbalar juda ko'p. Ularning barchasi arab alilbosida hamda turk tilida chop etilgan. O'tgan asrning oxirlarida «Temur tuzuklari» ilk bor rus tiliga tarjima qilinib, (1894, 1934) u Markaziy Osiyo xalqlariga ham yetib kelgan. U qayta nashr etilmaganligi uchun deyarlik sobiq Ittifoq davrida Amir Temur to'g'risida bironta ijobiy baho beruvchi kitobni yoshlar o'qimaganligi ma'lum.
Amir Temur o'z saltanatini idora qilganligi va jahon xalqlariga Islom dini ma'rifatini yoyish haqida amalga oshirgan faoliyatlarini «Temur tuzuklari» kitobida bayon qilib bergan. Biz bu haqda faqat O'zbekiston mustaqillikka erishgan davrdagina ogoh bo'ldik, xolos va hozirgi kunda u haqda ancha chuqur ma'lumotlar berilmoqda. Bu o'rinda akademik B.Axmedovning «Amir Temur» tarixiy hujjatli romani (1995) e'tiborga sazovordir.
Amir Temur o'zining amirlari, vazirlari, mingboshi, yuzboshi, o'nboshi va alp yigitlari, bahodirlariga o'zi o'rgatgan, shogirdlar tayyorlagan. Otda jang qilishda qilich, nayza, kamon-yoy, to'qmoq, kaltak, qamchi, arqon va hokazolardan foydalangan. Bu qurollar bilan jang qilish oson emas. Har bir jangchi kuchli, epchil, jasur, mergan bo'lgan. To'g'ri kelganda yakkama-yakka ot ustida olishuv, tortishuv, og'darish, savalashish kabi tabiiy harakatlardan ham mardonavor foydalanganlar. Bu faoliyatlarni ham Amir Temur va uning maxsus sarkardalari jangchilarga qunt bilan o'rgatgan, ta'lim bergan.
Amir Temur dam olish vaqtlarini ov qilish, sahro va tog'larga sayr qilish bilan o'tkazgan. Bunday hollarda otda va piyoda tog'larga chiqish, arqon, tayoqlardan foydalanish usullarini o'ylab topgan. Jangchilarga dam olish bergan paytlarda ularni poyga, kurash, qilichlashish, ko'pkari kabi mashg'ulotlar bilan shug'ullanishga da'vat etgan. Shaharlardagi qal'alarni egallashda narvon, arqondan osilib chiqish, tushish usullaridan keng foydalanganlar.
«Amir Temur» tarixiy romanida tog'dagi yurish va janglar haqida shunday deyiladi: «Hammayoq yaxmalak edi. Shuning uchun ba'zilar arqon, narvon vositasida, arqoni yo'qlar sirpanib daraga tushdilar. Hazrat Sohibqiron maxsus o'zi uchun yasalgan bir yuz ellik gazlik cho'p narvon yordamida daraga tushdi... ertasi kuni quyosh tig' urmasdan, yana bir tog' cho'qqisiga ko'tarildilar. Yana ikki kun shu tariqa kechdi». Tezkor va katta daryolardan kechib o'tish oson emas, albatta. Amir Temur bunday paytlarda meshlar, yog'ochlardan yasalgan sollar, arqon tortib undan ushlashib o'tish usullari va boshqalardan foydalanganlar. Jangovorlik faoliyatida tog', o'rmon, sahrolarda, ayniqsa, kechasi va tuman kunlarida manzilga adashmay topib borish, chamalay bilish quyosh, oy, yulduz, soya, shamol va boshqa omillardan foydalanishni yaxshi bilgan. Xullas Amir Temur faoliyatida harbiy-jismoniy mashqlardan foydalanish eng ustuvor tadbirlardan biri bo'lgan.
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660-yilligi (1996) munosabati bilan «Temuriylar davri tarixi» muzeyining tashkil etilishi O'zbekiston tarixida olamshumul voqea bo'ldi. Undagi eksponatlarda temuriylar davridagi jangovorlik faoliyatlarda qo'llanilgan qurol-aslohalar va jismoniy chiniqishda ishlatilgan vositalar, usullar o'rin egallagan. Shuningdek, Olimpiya shon-shuhrati muzeyining tashkil etilishi va undagi eksponatlar majmui nafaqat talabalar, balki aholining barcha tabaqalari uchun namunaviy ko'rgazmadir.
Yuqorida qayd qilganimizdek, temuriylar orasida davlatni idora qilish, madaniy-marifiy jihatdan tarixda katta o'rin egallagan Zahriddin Muhammad Boburdir. Boburiylar sulolasi Hindistonda 300 yildan ortiqroq hukm surgan.
Boburning otasi Umarshayx Mirzo Amir Temurning nabirasi, Faig'ona davlatining hokimi bo'lgan. Bobur yoshligidan ilm-fanga, she'riyatga qiziqqan, Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» (Sher) taxallusini olgan. Otasining vafotidan keyin (1494 y.), 12 yoshida taxtga o'tiigan. Qisqa qilib aytganda, u taxt uchun bo'lgan kurashlarda mag'lubiyatga uchrab, o'z yaqinlari va askarlari bilan Afg'oniston, Hindistonga yurish qiladi va bir umr o'sha yerda qolib ketadi. U o'z hayoti, zamonasi va barcha voqealarni «Boburnoma» asarda yozib qoldirilgan. Unda Hindikush tog'laridan otda uzoq mamlakatlarga o'tgani, tog'u-toshlarda chiniqish uchun yalangoyoq yuigani, kuch- g'ayrat to'plab jang qilgani haqida hikoya qiladi.
Taniqli adib Pirimqul Qodirov «Yulduzli tunlar», «Bobur», «Avlodlar davoni», tarixiy romanlarida faqat tarixiy voqealar, Bobur hayotinigina emas, balki o'sha davr madaniyati, urf-odatlari, mashaqqatlarga bardosh berishi, jismonan chidamli va kuchli bo'lishlik kabi ijtimoiy-tarbiyaviy tomonlarga katta e'tibor bergan. Bu esa hozirgi avlodlar, ayniqsa, yoshlarni vatan tuyg'usi, uni himoya qilish, jangovarlik ruhini mustahkamlashda xizmat qiladi.
Buyuk sarkardalar Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur va undan keyingi davrdagi hokimiyatni boshqaruvchilar o'z jangchilarini faqat jang qilish san'atinigina emas, balki ularni jangovorlik ruhida tarbiyalashning asosiy mazmuni jismonan kuchli, epchil, chaqqon, chidamli bo'lishga ham o'rgatganlar. Bunga yuqorida qayd etilgan jismoniy tarbiya vositalarini maqsad yo'lida ishlatganlar. ,
Xulosa qilib aytganda, uzoq va yaqin o'tmishimizda xalqimizning jismoniy madaniyati mazmun jihatdan ijtimoiy-tarbiyaviy sohada o'ziga xos milliy xususiyatlar bilan boyib kelgan. Ularning tarixiy yo'nalishlari hamda ilmiy-nazariy jihatlarini o'quvchi yoshlarning jismoniy tarbiya darslarida mukammal o'rganishlarini davr talabalari asosida ta'minlash bugunning dolzarb muammolaridan biridir
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
1.Jaloliddin Manguberdi Xorazm shohlar davlatining so‘nggi ho‘kumdori haqida aytib bering?
2.Amir Temurningharbiy jismoniy tayyorgarligi haqida aytib bering?
3. Zaxriddin Muhammad Boburning harbiy qo‘shini haqida aytib bering?



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling