Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti


-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNING RIVOJLANISHI


Download 0.83 Mb.
bet67/189
Sana10.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1183994
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   189
Bog'liq
1-Курс nazariya majmua kunduzgi

27-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNING RIVOJLANISHI.
REJA:
1.O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport
2. Xalq milliy o‘yinlariningI tiklanish.
3.Uch tizimli sport musobaqalariни tashkil qilish va o‘tkazish.
1991 yil 31 avgust kuni g‘oyat buyuk, olamshumul tarixiy voqea yuz berdi. Shu ko‘n Respublika Oliy Kengashi minbaridan O‘zbekiston davlati mustaqilligi tantanali ravishda e’lon qilindi. Yillar osha bu sana xalqimiz uchun eng qutlug‘ va eng unitilmas ko‘n bo‘lib qolishi muqarrar!
Har qanday mustaqil davlat va o‘nda hayot kechiruvchi har bir xalq, millat tabbiy boyliklari, ya’ni еr osti va еr ustida zaharlari, tog‘lari va o‘rmonlari daryo-yu dengizlari ulkan shaharlari, go‘zal inshoatlari bilan g‘ururlashishga xalqdir.
Biroq tarixiy tajribalar shunday dalolat beradiki, jamiyatning haqiqiy boyligi, bu-inson, inson avlodidir. Jamiyat el-yurtiga, vataniga sadoqatli, iymon e’tiqodi butun, mard va jasur ma’naviyati yuksak insonlar bilan xaqli ravishda faxrlinadi. Bu ulug‘vor, betakror boylik esa har qaysi davlatning salohiyati manbaidir.
Ana shunday noyob fazilatga ega bo‘lgan avlodni madaniyatlab voyaga еtkazayotgan xalq kelajakka ochiq ko‘z, katta ishonch bilan qarash mumkin.
Sho‘quronalar bo‘lsinki, xalqimiz tarixning mashoqqatli sinovlari osha o‘zining ana shu olijanob xususiyatlarga zavol еtkazmay. Saqlab keldi. Ajdodlarimiz o‘z nasl-nasabalarini umumbajarish to‘yg‘ular, o‘lmas sharq falsafali, milliy qadriyatlarimiz bilan madaniyat qilib keldilar. Ota-bobolarimiz asrlar davomida avlodlarni voyaga еtkazdilar. Ha, bunday fazilatlar asl zahmatkash Xalqimizga mo‘nosibdirki, biz bu bilan har qancha g‘ururlansak arziydi.
Binobarin, oldimizda mustaqil buyuk davlat ko‘rishdek murakkab va sharafli vazifa turgan bir paytda bu ma’naviy qadriyatlarning ahamiyati ming karra ortadi. Nega deganda har qanday ulug‘ maqsadlarga еtishi, yangi jamiyat, farovan turmush qurish, go‘zal hayot barpo etish, avvalo shu jamiyat a’zolari bo‘lgan komil odamlarga, barkamol yosh avlodga bog‘liqdir. Shu bois Xalqimiz farzandlarimizning iqbolini uylab, qattiq bel bog‘lab mehnat qiliayotgan ma’suliyatni bir davrda mazkur tusho‘nchalar yanada teron ma’no kasb etadi.
O‘zbekiston Respublika Oliy Kengashi 1992 yil 14 yanvarda “Jismoniy madaniyat va sport to‘g‘risida” muhim qono‘n qabo‘l qildi. Ushbu xujjat bilan sohamiz birnchi marta o‘z foliyatining mustaqil xuquqiy asoslariga ega bo‘ldi. Qono‘n jismoniy madaniyat hamda sport faoliyatida jamoat mo‘nosabatlarini to‘g‘ri tarkibga solishini va O‘zbekistonda jismoniy madaniyat, sog‘lomlashtirish va sport ishining yuksaltirishning xuquqiy kafolatini yuzaga keltirdi. Qonda jismoniy jismonini madaniyat va sport sohasidagi qono‘nchiliq amaliyotini jahon tajribasiga va Respublikamizning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom avlod uchun” (1993 yil). Farmoni ushbu Qono‘nning amlaga barkamollika, erishimga, tabiatni muxofaza qilishichi, jisomniy va ma’naviy madaniyatlarning o‘zviy bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan.
Yurtboshimizning jismoniy madaniyat va sportining yanada rivojlantirishda “Sog‘lom avlod uchun” orden va shu nomdagi jamg‘armani ta’sis etish, jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha maxsus o‘nvonlarni joriy qilishi to‘g‘risidagi formonlari imzo chekishi jismoniy madaniyatni rivojlantirishda muhim o‘rin tutmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar maxkamasining 1995 yil 15 apreldagi “Sog‘lom avlod uchun” jurnalini tashkil etish to‘g‘risida qarorni ham bu soxada quyilgan salmoqli qadam deyish mumkin. Cho‘nki, jurnalning asosiy maqsadi ma’naviy va jismoniy barkamol avlodlarni madaniyatlash hamda yuqorida qayd etib o‘tilgan davlat ahamiyatiga molik vazifasini amalga oshirishda keng aholi asosini ishtirok ettirishdir.
Qono‘n hayotga tatbiq etishda O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi katta ishlarni amalga oshirishni rejalashtirishda. Cho‘nonchi birinchi navbatda bolalarni har tomonlama jismoniy baquvvat, epchil, chaqqon, kuchli, botir qilib hamda ularni ilmga, bilimdon, zo‘qko, madaniyatli, ma’naviyati boy qilib madaniyatlashni ko‘zda tutgan sog‘lom avlod dasturini ishlab chiqishni amalga oshirdi.
Umumta’lim maktablari I-XI sinflari uchun Davlat standarti asosida jismoniy madaniyat dasturini ishlab chiqilishi fikrimiz asosidir. Keyingi paytlarda kurilayotgan har bir maktabda sport zali qurilishining mo‘ljallanishi, Yunusobod daxasida tennis qortining qurilishi, Farg‘onada, Andijonda, Namanganda, Samarqanda, Qarshida, Termizdagi tennis qortlari va stadionlarning qurilishi qabo‘l qilingan professorlarning amaliyotga tatbiq qilinayotganligidan dalolatdir.
O‘zbekiston Respublikasi azaldan polvonlar makoni. Shu bois kurash musobaqalari hamisha qizg‘in bo‘lib o‘tgan. Lekin sobiq to‘zum davrida milliy kurashchimizga e’tibor susayib ketgandi. Respublikamiz mustaqillikka erishganda so‘ng jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirishga alohida e’tibor berila boshladi. “Sog‘lom avlod” o‘sib-o‘g‘layshida ularni har tomonlama kuchli, epchil, chaqqon, tezqor, chidamli, botir, ko‘rkmas qilib madaniyatlashda milliy kurashning roli kattadir. Cho‘nki milliy kurashning yaxshi o‘rgangan sportchiga sportnig va kurashning boshqa turlarini egallash oson kechadi.
1992 yil 9-11 avgust Shaxrisabzdagi “Xisor” o‘yingohida milliy kurash bo‘yicha sohibqiron A.Temur xotirasiga bag‘ishlangan 1-xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Ushbu turnerga Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iston, O‘zbekiston va boshqa davlatlar jamoalari vakillari kelishidi. Jami 300 nafar man-man degan polvonlar Shahrisabzni, buyuk sarkarda, ulug‘ sohibqiron ruxini shod etishga bel bog‘lab maydonga tushdilar.
Bu еrda milliy kurashning Buxoroga, ya’ni – berib olishi usulida kurash tushildi. Buni Qashqadaryo, Surxandaryo, Buxoro, Xorazm polvonlari juda yaxshi bilishadi. O‘zi aslida chap berib olishish ham bir necha turga bo‘linadi: sartadan irg‘itish, ichdan chchilish, tuch chil, qoqma-aksariyat polvonlar 1992 yil 21 yanvarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy ravishda ta’sis qilinadi va shu yili 9 marta xalqaro olimpiya qo‘mitasi tarkibiga kiritilib, haqiqiy a’zo bo‘ldi. Bu O‘zbekiston sportchilarning olimpiada va jahon birinchiliqlari mustaqil terma jamoa sifatida ishtirok etishlariga imqoniyatlar yaratib berdi.
1994 yili O‘zbekiston Respublikasi milliy olimpiya qo‘mitasi (Mok). Bosh as-3-sessiyasi bo‘ldi. O‘nda Mok ijroiy qo‘mitasi va taftish komissiyasining xisobatlari tinglandi. O‘zbekiston Respublikasi Mok nizomiga o‘zgartirishlar kiritildi. Sessiyada O‘R MOK Deklaratsiyasi qabo‘l qilindi va Davlat sport qo‘mitasi rais S.S.Ro‘ziev Mok prezidenti etib saylandi.
1994 yilning 2-15 oktyabr ko‘nlarida Yaponiyani Xirosima shahrida XII – Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘nda O‘zbekiston Respublikasi sportchilari 10-oltin, 11ta kumush va 19 ta bronza, ya’ni jami 40 ta medalni qo‘lga kiritdilar.
Baydarkachi sportchi Ivan Kiriv 3 oltin medal sovrindori bo‘ldi. Alisher Avezboev, Oleg Maskaev (boks), shuxrat Axmedov, A.Rapichev, E.Osmonov (o‘q otish), O.Yarigini (nayza uloqtirish), R.Ganiev (o‘n kurash), S.Mo‘nkova (balandlikka sakrash) musobaqa g‘oliblaridir. Shuningdek futbol jamoamiz finalda XXR jamoasini 4:2 hisobda ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bosh trener R.Akramov, B.Abduraimov.
1995 yil 8-9 aprel ko‘nlari Termez shahridagi “Alpomish” o‘yingohida Sharqning buyuk allomasi al-Xakim at-Termeziy xotirasiga bag‘ishlangan II-an’anaviy xalqaro turnir bo‘lib utdi. Turnirda Rustam polvon Ergashev mutloq g‘olib chiqdi.
1995 yil Respublikamizning ko‘pgina vakillari xalqaro sport anjumanlarida ajoyib muvaffaqiyatlarga erishdilar. O‘zlari erishgan yutuqlari bilan Respublika raviotsini ochiq namoyish qildilar. Masalan, boks bo‘yicha birinchi jahon chempioni R.Riskiev yuldo‘zi sport asmonida ravshan porladi. Jahon chempionatlarida Bobomurod Fayziev, Sayfiddin Xoziev, Sobir Qurbonov (sambo kurashi), Sobirov Ro‘ziev (qilichbozlik), Mamajon Ismoilovlarning nomi (ot sporti) do‘nyo uzra yangradi. Sportning turli sohalari bo‘yicha mana bu sportchilarning: Jamoliddin, Abdujabborov, Erkin Qarimov, Erkin Holiqov, Isroil Isxoqov, Komil Fatqullar nomi jahonga tanildi.
Endiliqda O‘zbekiston sportchilari sobiq to‘zum davrida ishtirok eta olmagan barcha olimpiya o‘yinlarida qatnaish sharafiga ega bo‘lmoqdalar. Respublikamizning 50 olimpiyachilari Xelsinridan to Seulgachan mamlakat sport sharafini mo‘nosib ximoya qildilar.
O‘zbekiston 9 olimpiyachilari janubiy Qoreyada 5 ta Olimpiya medalini qo‘lga kiritdilar. A.Fadziaev va M.Xadarsev erkin kurash bo‘yicha yuksak olimpiya mo‘qofatiga erishdilar. R.Gataulim langar bilan sakratda va N.Muhammaderov shtanga bo‘yicha kumush medallar sovrindori bo‘lishidi.
1995 yilda Xitoy og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘tqazildi (ayni vaqtda olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishga) o‘zbek og‘ir atletikachilari ham qatnashdi. 116 davlat o‘rtasida 16-o‘rinni egallab, olimpiya o‘yinlariga 5-ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
1996 yili Osiyo chempionatida 3-ta sportchi qatnashdi, shulardan B.Nuralliev 7-3-o‘rin, I.Xalilov 3-o‘rinni oldi. O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahridagi “Alpomish” sport saroyida 1995 yil 1-8 oktyabr ko‘nlari boks bo‘yicha XVIII Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘nda 19 mamlakatdan ya’ni O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, tojikiston, Pokiston, Quriya, Tayland, Singanur, Filinin, Tayvan, Xitoy, Indoneziya, Iroq, Quvayt, Xindiston, Yaponiya va boshqa terma jamoalardan kelgan eng qo‘li bokschilar chempionatning medallari bilan bir qatorda Atlanti Olimpiadasiga beriladigan yo‘llanmalarni ham qo‘lga kirtish uchun ringga chiqdilar.
Shu nuqtai nazardan havosqor bokschilar jahon va Osiyo Federatsiyasining prezidenti Anvor Chaujri O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport rivojlantirish borasida ulkan ishlar qilinayotganligini mamnuniyat bilan qayd etdi. Shuning uchun O‘zbekistonlik bokschilar yirik xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyat bilan qatnashmoqda.
Osiyo chempionati bokschilarimizga ikki tomonlama ma’suliyat yuklandi. Birinchidan ular o‘z ona-Vatanimizda O‘zbekiston sharafini ximoya qilishadi. Ikkinchidan, chempionati final jangi fatnashchilari keyingi yili Atlantida bo‘ladigan Olimpiadaga yo‘llanma olishadi.
Eng quvonarlisi 1996 yil iyul-avgust oylarida AQSh ning Altanta shahrida o‘tqazilgan XXVI Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari birinchi marotaba mustaqil komanda bo‘lib qatnashdi. Olimpiya o‘yinlarida 71 ta sportchi qatnashdi. Ikkita sportchimiz Armel Bog‘dasarov – kumush medal (dzyudo), Qarim To‘laganov (boks) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
1.O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport haqida aytib bering?
2. Xalq milliy o‘yinlariningI tiklanish haqida aytib bering?
3.Uch tizimli sport musobaqalariни tashkil qilish va o‘tkazish haqida aytib bering?
Foydalanilgan adabiyotlar.
Abdumalikov R. Eshnazarov J. Jismoniy madaniyat va sport tarixi. O'quv qo'llanma Toshkent 1993 y.
Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. O'quv qo'llanma Toshkent Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti 2002 yil.
3Юнусова Ю.М. Tеория и методика физической културм. Учебное пособия TomKCHTUzGoslFK2007 г.
4. Salomov R.S. Sport mashg'ulotning nazariy asoslari - Toshkent., O'quv
qo'llanma O'zDJTI, 2005 yil - 238 b.
5. Mahkamdjanov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent.,
darslik "Iqtisod -moliya" 2008 yil - 300 b.
MaxBecBЛ.Р. Tеория и методика физического воспитание - Учебник MocKBa«Физкультура и спорт» - 2005 г.
David C. Watt Sports management and administration © 1998 David C. Watt
Qo'shimcha adabiyotlar
8. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халқимиз билан
бирга қурамиз.Тошкент "Ўзбекистон" - 2017 й.
Ш.Мирзиёев Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. "Ўзбекистон" НМИУ, 2016 й.
Ш.Мирзиёев Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш -юрт тараққиёти ва халқ фаравонлигининг гарови."Ўзбекистон" НМИУ,2016й.
11. 2017-2022 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг
бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси. Ўзбекистон
Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947 сонли
Фармони.
Botirov X.A. Jismoniy tarbiya va sport tarixi. T. "O'qituvchi" 1993 y.
Xo'jayev F. O'zbekistonda jismoniy tarbiya. 1997 y.
Goncharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. o'quv qo'llanma, Toshkent., O'z DJTI, 2005 y - 171 b.
Maxkamdjonov K, Tulenova X.B. Maktabgacha ta'lim muassasalari uchun umumiy va kengaytirilgan "Jismoniy tarbiya" dasturi. Ilm-ziyo Toshkent., 2006 y
Xoldorov T, Tulenova X.B. Jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, sport, turizm, xalq milliy o'yinlarining nazariy va amaliy asoslari. TDTU bosmaxonasi, 2007 y.
Tulenova X.B. Malinina N.N., Umumrivojlantiruvchi mashqlarni o'rgatish metodikasi, o'quv qo'llanma TDPU, 2005 y.
Abdullayev A., Xonkeldiyev SH. Jismoniy tarbiya nazariyasi va bslubiyoti. o'quv qo'llanma Toshkent., O'zDJTI, 2005 yil - 300 b.
Thomas H. Sawyer, Lawrence W. Judge The Management of fitness, Physikal Activity, Recreation, and Sport © 2012 Sagamore Publishing LLC AII ringhts reserved.
Internet saytlari
www.tdpu.uz
www.pedagog.uz
www.edu.uz
www.nadlib.uz (A.Navoiy nomidagi O'z.MK)
http://ziyonet.uz— Ziyonet axborot-ta'lim resurslari portal

28-Mavzu: JISMONIY MADANIYAT HAQIDA NAZARIY BILIMLARNI DUNYOGA KELISHI. PLATON, GIPPOKRAT, KLAVDIY, GALEN.


REJA:
1.Feodalizm yemirilishi davrida jismoniy tarbiya madaniyatini rivojlanish bosqichlari.
2.Buyuk gimnastlar talimoti (PLATON GIPPOKRAT).
3.Burjuaziya idiologlarining jismoniy madaniyat haqida goyalar (Vittarino deFeldre maktabi ,1 Merkualisning davaalobchi gimnastikasi , Fransuz gymnast yozuvchishi Fransua Rable.)

Olimpiya bayramlari va boshqa gimnastika o'yinlari (argonlar). Qadimgi Gretsiyaning shon-shuhratini ko'tarishda Olimpiya va gimnastika o'yinlari (agonlar) o'rni alohida ajralib turadi-


Qadimgi Olimpiya o'yinlari Alfey daryosi vodiysining Peloponiyes yarim orolida joylashgan Elida shahrining Olimpiya qishlog(ida o'tkazib kelingan. Odatga ko'ra, hozirgi davrda Olimpiya mash'alasi Kronos tog'i etagidagi (Olimp tog'ida emas) Olimpiyadan olinadi va Olimpiya o'yinlari o’tkaziladigan shaharlarga yetkaziladi.
Olimpiya - olimpizmning yaratilishi markazidir. Eradan awalgi uch minginchi yillar davrida odamlar bu joylarga ko*chib kelib o'rnashgan va zich joylashgan,
Gomerning «Iliada* poemasida tasvirlanishicha, Troya urushida halok bo'lgan Patrokl xotirasiga bag'ishlanvb, uning do'sti Ахill aravalar qo'shilgan otlar poygasi, mushtlashish, kurash, yugurish, kamondan o'q otish, nayza va disk uloqtirish bo'yicha tadbir (musobaqa) o'tkazgan. Shu tariqa Olimpiya qishlog'i asta-sekin muhim madaniy tadbirlar o'tkazish markaziga aylangan. Awalo, bu yerda Gera xudosiga ba-g'ishiangan bir koshona keyinchalik esa, ya'ni eramizdan av-valgi VII asrning ikkinchi yarmigacha Yer onasiga bag'ishlab katta ibodatxona qurildi. 200 yildan keyin, ya'ni greklarning Olimpiya qishlog'idan eronlar ustidan g'alaba qi-lishiga bag'ishlab Zevs xudosi sharafiga katta namoyish markazi qurilgan. Bu joyda Elida davlati oliy kengashi binosi joylash-gan bo'ladi. Olimpiyada juda ko'p ibodatxonalar, ularda son-sanoqsiz haykallar mavjud bo'lib, ular turli xudolar, afsonaviy qahramonlar, Olimpiya o'yinlari chempionlari, podsholar, sarkardalar sha'niga bag'ishlangan.
Bu joyda boshqa turli xil madaniy, qurilish maskanlari qatorida sport inshootlari majmuasi (kompleks) ham joy-lashtirilgan. Bunda stadion, ot chopar (ippodrom), gimnas-tika va palestra (kurash) joylari mavjud edi. Ba'zi man-balarning guvohlik berishicha, dlimpiya o'ymlarinmg ilk bor tashkil etilishi greklarining bosh xudosi 'Zevsning o'z otasi Kronos sha'niga bag'ishlab katta an'anaviy bayramlar o'tkazishi bilan bog'liq bo'lib, ular Olimpiya (joy) o'yinlari deb atalgan.
Boshqa rivoyatlarga ko'ra esa tashkil etilgan o'yinlar af­sonaviy qahramon Gerakl sha'niga, ya'ni kuch, mardlik, jasorat, harbiy shuhrat ramziga bag'ishlangan. Aniqrog'i, Elida podshosi Avdiy ustidan qozongan g'alabasi sharafiga Gerakl o'yinlari tashkil etilgan. U o'yinlarni o'tkazish uchun masofalarni (distansiya-stadiya) o'z oyoq izlari bilan o'lchab bergan. Olti yuz oyoq izi bir masofa (stadiya), ya'ni 192 m. 27 sm.ni tashkil etgan. Awallar o'yindagi g'oliblarni ana shu tur bilan belgilagan. Gerakl pankration (kurash va musht-lashishning aralashmasi) musobaqasida qatnashib g'olib chiqadi. Keyinchalik o'tkazilgan o'yinlardagi g'oliblarga «Ik­kinchi Gerakl» unvonini berish odatga aylantirilgan.
Xullas, o'yinlar urish qahramonlari, podshohlarni yengan jasur va botir sarkardalar sha'niga bag'ishlab o'tkazilgan.
Olimpiya o'yinining ilk boshlanishi eradan awalgi 776-yilga to'g'ri keladi. Bu davrda faqat erkin holda tiig'ilgan
greklargina Olimpiya o'yinlarida qatnashgan. Quilar, ayollar va chet elliklar o'yinlarda qatnashish huquqiga ega bo'l-magan. O'yinlar har to'rt yilda bir marotaba tashkil etilgan. Dastlabki o'yinlarda faqat yugurishlar asosiy dastur hisoblan-gan. Keyingi o'yinlarning dasturlariga besh kurash (pentat-lon): yugurish, uzunlikka sakrash, nayza va lappak uloqtirish, kurash kiritilgan. Shuningdek, mushtlashish, pankration (mushtlashish va kurash), otda yurish, aravalarda poyga kabi turlari bo'yicha ham musobaqalar tashkil etilgan. 37-Olim-piya o'yinlaridan boshlab (eradan awalgi 632 y.) o'yinlarda bolalar ham ishtirok etishgan. O'yinlar awallari bir kun davomida, keiynchalik besh kunda o'tkazib borilgan. O'yinlar tantanali ravishda qiziqarli tarzda ochilgan.
Qadimgi greklarning Olimpiya o'yinlari uzluksiz 1160 yil davom etgan. Ellada aholisi o'zining Olimpiya o'yinlarida 290 marta yig'ilgan. Eng oxirgi o'yin Yangi craning 393 y.ga to'g'ri keladi. Bir yildan keyin esa Rim Imperatori Feodosey-1 xristianlikning keng yoyihshi tufayh Olimpiya o'yinlarini o'tkazishni taqiqlab qo'ydi. 32 yil o'tgach esa Feodosey-II barcha turga kiruvchi yodgorliklar, Olimpiyadagi muqaddas joylarni buzishga farmon berdi va ularni yakson qildi. Qol-ganlari esa katta suv toshqinlari (sel) va yer qimirlashlari natijasida vayron bo'ldi. Natijada, marosimlar va Olimpiya o'yinlar nomi butunlay unitildi.
Qadimgi Yunonistonda Olimpiya bayramlari (o'yinlari) kabi turli xil boshqa bayramlar ham o'tkazish odat bo'lgan. Ulardan diqqatga sazovor bo'lganlari — Pif o'yinlari — Ap-polonga bag'ishlanib, Delfi shahrinmg atroflarida o'tkazilgan. Bunda musiqa, raqslar bilan birgalikda gimnastika o'yinlari ham o'tkazilgan. G'olibiar lavr shohiaridan yasalgan chambar ЬЙап taqdirlangan. Shuningdek, Nemey, Panafina o'yinlari ham muntazam ravishda o'tkazilgan. Bularda ham musiqa gimnastika va boshqa o'yinlar dasturning asosiy mazmunini tashkil etgan.
Eradan awalgi IV asrdan boshlab yunonistondagi quldor-lik tuzumi barham topa boshladi. Bu, o'z navbatida, umum-madaniyat va xususan jismoniy madaniyatning o'sishiga salbiy ta'sir ko'rsata boshladi. Awal Makedoniya, keyinchalik esa rimliklarning hukmronligi ostida Yunoniston mustam-lakachilik zulmini boshidan kechirdi. O'tkazilayotgan o'yinlarda yunonlarga mansub bo'lmagan fuqarolar, profes­sional sportchilar (mushtlashish, kurash, besh kurash va h.k.) qatnashishi odatga aylanadi. Lekin xristian dinining kengayi-shi va rivojlanishi boshqa xudolar sha'niga bag'ishlab o'tkazib kelinayotgan bayramlarga barham berdi. Shular qatorida Olimpiya bayramlarini o'tkazish ham to'xtab qoldi. Eradan avvalgi II asrda vujudga kelgan yangi o’yinlardan diqqatga sazovori gladiatorlar jangi bo’lib, keyinchalik u Rim tomoshalarining asosiy qismiga aylandi. Bunda avvallari sirk o’yinlarida qilichbozlik san’atini yaxshi egallagan qullardan foydalanganlar. Eramizdan avvalgi I asrda Rimda gladiatorlar tayyorlovchi maxsus maktablar tashkil etilgan. Ular davlatga yoki shaxsiy kishilarga mansub bo’lgan. Maktablarga gunohkor bo’lgan va hukm qilingan qullar tanlab olingan. Eng katta maktab Kanuyeda bo’lib, o’z vaqtida bu yerda Spartak ham ta’lim olgan. Ularga asosan qilichbozlik san’ati o’rgatilgan va sirklarda namoyish etilgan. Qilichbozlik jangida (sirk o’yini) omon qolgan gladiatorlar yana o’z maktablari va instruktorlariga qaytarilgan.
QADIMGI STADION
Urug‘chiliq to‘zumi harabolalarida taraqqiy etgan yunon quldorlik davlatlari harbiy jahatdan uyushgan polislar (shaharlar) harakteriga ega edi. Davlatlarning bunday harakterga ega bo‘lishi qullarni qurolli kuch yordamida itjoat go‘yolikda saqlash ixtiyojidan kelib chiqqan edi. O‘sha vaqtlarda harbiy tayyorgarlik darajasi bilan belgilanar edi. Shuning uchun yunon harbiy-quldorlik poilslarida quldorlarni jismoniy jihatidan madaniyatlashga katta e’tibor berilar edi. Erkin bo‘lib tug‘ilgan har bir erkak quldor harbiy xizmatni o‘tash majbur edi. Armiya faqat quldorlardan tarkib topib, ular eng muhim qurollaridan biriga aylanar edi. Shuning uchun harbiy tayyorgarlik masalalari va u bilan bog‘liq bo‘lgan quldorlarni jismoniy jihatidan madaniyatlash masalasi bu davlatlarning diqqat marqazida turar edi.
Turli davlatlarda bo‘lajak jangchilarni tayyorlash maxsus madaniyat sistemalari yaratila boshlanadi. Bu sistemalar asosini jismoniy madaniyat tashkil etar edi. Sparta va Afrinida vujudga kelgan madaniyat sistemalari eng harakterli sistemalardan edi. Bu davlatlarning o‘ziga xos ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayoti o‘ziga xos madaniyat sistemasining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Eradan avvalgi I asr oxiri va yangi eraning boshida Rimda imperatorlik vujudga keldi. Bunda harbiy quldorlik hukumronligi o’rnatildi. Zodagonlar yengil kiyimda iliq suvlarda cho’milish, uqalash (massaj) qabul qilish, yengil gimnastika bilan mashg’ul bo’lganlar. Yoshlar aravalarda yurish, qilichbozlik bilan shug’ullanib, «Yuventlar» (yoshlar) tashkilotini tuzishadi.
Yirik tomosha o’yinlarini sirklar, amfiteatrlarda tashkil qiliuvchilar gladiatorlarning yirtqich hayvonlar: yo’lbars, qoplon va h.k. bilan olishuvini uyushtirganlar.
Eramizdan avvalgi 74-71-yillarda qullar ahvolining nihoyatda yomonlashuvi Spartak rahbarligidagi qo’zg’olonga sabab bo’lgandi. Spartak kuchli, jasur odam bo’lib, u qurollarni ustalik bilan ishlatardi. Shuning uchun ham XX asrning 20-yillaridan boshlab uning xotirasi uchun o’tkaziladigan jahon ishchi va mehnatkashlarining musobaqalari spartakiada deb ataladi, shuningdek «Spartak» sport tashkiloti ham dunyoga mashhur.
Qadimgi Rimda jismoniy mashqlarning jismoniy rivojlanish va jamiyat uchun afzalliklari haqida ko’p fikrlar bildirilgan. Shoir Yuvenal sha’rlarida ilk bor «Sog’ tanda sog’ aql» shiori jarangladi va u jahon xalqlarining shoiriga aylandi.
Qullarni shafqatsiz ezish, qullarning tinimsiz qo’zg’olonlari, harbiy tashkilotlarning susayishi qadimgi davlatlarning yemirilishiga, shu asosda jismoniy tarbiyaning kuchsizlanishiga sabab bo’ldi.
Xulosa qilib aytganda, ibtidoiy jamoa tuzumida vujudga kelgan jismoniy tarbiya urug’chilik va qabilachilikning takomillashuviga yordam berdi. Ov bilan bog’liq va turli xil boshqa marosimlar o’yinlarni tashkil etishga asos soldi. Bunday jarayonlar Sharq, Yevropa mamlakatlarida o’z ifodasini topib, qadimgi Yunoniston, Rim va boshqa davlatlarning paydo bo’lishida o’ziga xos xizmat vazifasini o’tagan.
Quldorlik tuzumi Yunoniston, Rim va boshqa davlatlarda rivoj topib, davlatchilik tizimi yuzaga kelgan. Zodagonlar, oddiy xalq o’zlariga xos o’yinlar, bayramlar uyushtirgan.
Tarixda Olimpiya bayramlarini tashkil qilish, unda chaqqonlik, tezlik, kuchlilik va chidamlilik sifatlarini sinash amalga oshirildi. Qullarni gladiatorlikka tayyorlash ishlari kuchaydi va maxsus maktablar tashkil etildi. Xristian dinining paydo bo’lishi Yunoniston, Rim hamda blshqa davlatlarda Olimpiya bayramlari, sirk tomoshalarida «jang-o’yin»ni ta’qiqladi.
ANTIK GIMNASTIKA
Qadimgi Gresiyaning jismoniy madaniyati sistemasida “gimnastika” degan umumiylangan bilan birlashtirilgan jismoniy mashqlar shaklidagi juda ko‘p vositalardan foydalanilgan. Qadimgi yunon gimnastikasi o‘z mazmuniga ko‘ra uch qismga: polestrina, orxestrika va o‘yinlarga ajratilgan.
Polestrina asosan yugurshi, sakrash, nayza va disk uloqtirish hamda kurashishdan iborat bo‘lgan besh kurash musobaqasi tashkil etar edi. Yugurishning turli turlaridan foydalanilar edi: stadiodrom-birinchi bosqichdagi masofaga yugurish (192m); diaul- ikkinchi bosqichdagi masofaga yugurshi (qariyib 384m); dolixodrom-chidamli bo‘lish uchun o‘zoq masofalarga yugurish; odatda, ikkinchi bosqichda o‘tqaziladigan qurollangan holda (nayza va qalqonlarni qo‘lga olib, shlyom va sovutni kiygan holda) yugurshi; ma’shala ko‘tarib yugurish. Lo‘qianning ko‘rsatishicha, mashqlar “qattiq yerda emas, balki chuqur qumlak joyda” o‘tqazilgan yugurishda g‘oyat chidamli bo‘lishi yunon yuguruvchilari uchun harakterli bo‘lgan. Buning yorqin misoli sho‘qi, eramizdan avvalgi 490 yil Marafon ostonasida eronliklar bilan bo‘lgan qattiq jangda keyin bir jangchi g‘alaba xabarini yetkazganligi uchun jang maydonidan Afinagacha (42kmdan ziyodroq yo‘l bosib) yuugurib kelgan.
Sakrash mashqlaridan o‘zo‘nlikka sakrash ko‘proq qo‘llanilgan. Xandaqlardan va boshqa to‘siqlardan sakrash katta amaliy ahamiyatga ega edi. Musobaqalarda ko‘pincha ko‘lga gontellar ushlab sakrash mashqlari ko‘proq bajarilgan.
Nayza uloqtirish mashqi harbiy ish bilan bevosita aloqador bo‘lgan. Nayzani ma’lum nishonga va masofaga uloqtirganlar.
Disk uloqtirish tosh otishdan kelib chiqqan qadimgi mashq bo‘lib, u harbiy amaliy ahamiyatiga ega bo‘lgan. Toshdan yoki metaldan diskalarning og‘irligi 1.7 kg dan 4.7 kg gacha, dinametri esa 14 sm dan 21 sm gacha bo‘lgan.
Kurash mashqlari ikki xil variantda bo‘lgan. Birinchi variant shundan iboratki, o‘nda qaysi kurashchi o‘z oyoqlarini yerdan o‘zmagan holda raqibini uch marta yerga ko‘tarib ursa, u g‘olib hisoblangan. Kurashning ikkinchi variantida raqibning yelkasini yerga teqizishi maqsadida turli holatlarda kurashilgan.
Bu asosiy mashqlardan tashqari polestrina tarkibiga mushtlashish va pankration ham kiritilgan. Pankrition murakkab mashq bo‘lib, o‘nda kurash va mushlashish elementlari qo‘shilgan. Suzish, qilichbozlik, otda yurish, yoydan otish ham polestrina takibiga kigan.
Orxestrika nafis-harakatlarni rivojlantirish uchun bajariladigan turli mashqlardan iborat bo‘lgan. Bu mashqlardan foydalanilgan. Gresiyada diniy-urf-odatlar va ommaviy takomillar vaqtida katta rol o‘yinab kelgan. Ko‘p sonli raqslar ham orxestrini tarkibiga kirgan.
O‘yinlar ko‘pincha bolalar bilan o‘tqaziladigan mashqlar vaqtida foydalanilgan gimnastika qismini tashkil qilgan. Koptok bilan o‘ynaladigan juda ko‘p o‘yinlar, bir-biri bilan arqon tortishuv o‘yinlari, muvozanat saqlash o‘yinlari, yugurib o‘ynaladigan, o‘yinlar (tutmachoq o‘yini singari va xokazolar) ana shunday o‘yinlar jumlasiga kirgan.
ANTIGIMNASTIKANING RIVOJLANISHI
Musobaqalashishni eng ko‘p tarqalgan turi stadionni uzo‘nligiga teng bo‘lgan, yugurish musobaqasidir. Olimpiya stadioni eng katta bo‘lib, u 192 m 27 sm teng bo‘lgan. Delfa, Istme va Neame stadionlari kattaligiga olimpiyada stadionidan kichik bo‘lgan. Bitta stadionga yugurish g‘olibni ismi keyingi turt yil davomida g‘olib bo‘lib qolgan. 18-Olimpiya o‘yinlaridan (eramizdan avvalgi 708 y) keyin o‘yin musobaqalari dasturiga umum-yunon bayramlariga kurash, pentalon, pankration va ot aravda o‘tqaziladigan musobaqalar kiritildi. Eramizdan avvalgi 632 yildan boshlab 20 yoshdan kichik bo‘lgan o‘smirinlarni (37 olimpiyadadan) musobaqalarda qatnashishiga ruxsat etildi, uni davom etishi 3 ko‘nga ko‘paytirildi, bayramlar bilan birga qo‘shganda 5 ko‘nni tashkil etadi.
Radosli mashhur sportchi Leonidis stadionda (eramizdan avvalgi 164-152y) 2 stadiaga yugurishda va ekinirovkali yugurishda 12 marta g‘alabaga erishdi. U uch karra “doirada ” turt marta g‘oliblikka erishdi. Bu “doirada” olimpiya musobaqalari g‘olibligidan tashqari. Pifia, Istimia va Nemey o‘yinlarida g‘olib chiqanliklari ham kiradi. O‘yinlarda tarixchi Gerodot, yozuvchi Lo‘qian, filolog Sokrot, notiq Demosfen, matematik Pifag‘orlar qatnashdilar. 84-Olimpiya o‘yinlaridan boshlab (eramizdan avvalgi 444 y). Sa’nat qonkurslari olimpiya musobaqalari dasturini bir qismi bo‘lib qoladi. Umumyunon olimpiya o‘yinlari bilan bir qator Gresiyaning ko‘pgina shaharlarida kichikroq ko‘lamdagi o‘yinlar ham o‘tqazilar edi. Lekin bu o‘yinlar ham quldorlik davlatlarining ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o‘ynar edi. Bu o‘yinlarning hammasi u yoki bu polis ichidagi quldorlarning jipslashuviga erishishga qaratilgan bo‘lib, ayni bir vaqtda ularning harbiy qudratini ham namoyish qilar edi. Maxalliy o‘yinlar qatorida istmiyliyliklar, pakafiyliklar, pifeyliklar, nemeyliklar va boshqalarning o‘yinlari ajralib turar edi.
Gresiyada umumyunon va maxaliy o‘yinlarni o‘tqazish uchun juda ko‘p sonli stadionlar bor edi. Qazilmalar vaqtida Olimpiyada, Delfada, Pareyada, Maletda va bir qancha boshqa joylarda stadionlarning qoldig‘i topilgan.
Rimda jismoniy madaniyat sistemasi quldorlar armiyasi qudratini mustahkamlash vazifalariga muvofiq ravishda qaror topdi. Rim Respublika davrida qaror topgan siyosiy to‘zimida, ijtimoiy xokimyat harbiy xukumatini o‘tishiga majbur bo‘lgan fuqoralar qo‘lida bo‘lgan bir shariotda har bir erkin va teng huquqli rimlik o‘zini askarlik faoliyatiga tayyorlash kerak edi. Bu vazifalarining xal etilishi uchun maxsus madaniyat muassasalari tashkil etilgan. Qadimgi Gresiyadan farqli ravishda Rimda madaniyat ishi uyda beriladigan madaniyatviy harakterga ega edi. Rimlik yigitlar armiya safiga kirgo‘ncha oilada, o‘z tengdoshlari orasida bular edi. Ko‘p sonli eski xalq o‘yinlari va mashqlari ularni jismoniy jihatidan madaniyatlash vositalari edi. Katta yoshdagi bolalar asosan yugurish, irg‘itish, kurash, qilichbozlikdan mashq qilar edilar. Patritsiylar oilasidan chiqqan bolalar otda yurishini mashq qilishga ko‘p vaqt ajratar edilar.
Rimlik yigitlar oilada dastlabki jismoniy tayyorgarchiliqni yetarli darajada olganliklarida keyin 16-17 yoshlarda armiya safiga kirar edilar. Armiya safida ular o‘zoq yillar davomida qa’tiy paxodlagerlar sharoitida uyushtirilgan va maxsus maqsadga yo‘nnaltirilgan harbiy va jismoniy maktabni o‘tar edilar.
Vaqt o‘tishi bilan, Gresiya bilan ancha mustahkam aloqalar o‘rantishshi sari Rimga yunon ta’sirlari kirib kelaboshladi. Bu ta’sirlar ma’lum darajada jismoniy madaniyatga ham aloqador edi. Eramizdan avvalgi II asrdan boshlab Rimdagi bir qator siyosiy va jamoat arboblari yunon atletika musobaqalarning rimliklar sharoitiga ko‘chirishga harakat qilib ko‘rdilar. Lekin ularning bu harakatlari muvoffaqiyatga erishmadi. Eramizdan avvalgi 80 – yillarda, Gresiyaning Rim tamonidan bosib olinishi bilanoq konsul Sulli yunon olimpiya o‘yinlarini Rimga ko‘chirishga o‘rinib ko‘rdi. Uning bo‘yrug‘iga muvofiq, 175-olimpiya o‘yinlari Rimda o‘tqazilishi kerak edi. Lekin bu o‘rinish ham rimliklar tomonidan quvvatlanmadi, shuning uchun navbatdagi olimpiya o‘yinlari (eramizdan avvalgi 76-yilda) qaytadan olimpiyada o‘tqazildi.
Yunon musobaqalarini Rim sharoitiga o‘tqazish uchun bo‘lgan va bo‘nga o‘xshash boshqa o‘rnishlarining muvoffaqiyatsizlikka uchrashiga sabab sho‘qi, ko‘pgina rimliklar o‘rtasida yunon gimnastikasiga nisbatan yomon mo‘nosabat ildiz otgan edi. Ular yunon gimnastikasining amaliy foydasini ko‘rmadilar. Gresiyada qaror topgan atletika musobaqalariga esa yoshlarni yo‘ldan ozdirish havfi bor deb qarar edilar.
Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, birinchi Olimpiya oʻyinlari eramizdan avvalgi 776-yilda oʻtkazilgan. Oʻyinlar antik olimpiya xudolariga bagʻishlangan boʻlib, oʻyin musobaqalari qadimgi Olimpiya maydonlarida oʻtkazilgan. Asrlar oʻtib eramizning 394-yili Olimpiya oʻyinlari imperator Feodosiya buyrugʻi bilan toʻxtatilgan. Antik Olimpiya oʻyinlari Pelopones gʻarbiy qismida joylashgan qadimgi Olimpiyada oʻtkazilib kelingan. Grek mifalogiyasiga koʻra, Olimpik oʻyinlar asosi Pelopsa orollarida vujudga kelgan. Qadimgi Olimpiya oʻzining goʻzal tabiati, maftunkorligi bilan, shuningdek, oʻzining muhtasham ibodatxonalari va sport maydonlari bilan ajralib turadi. Eramizdan avvalgi 10-asrlarda Olimpiyada madaniy marosimlarni hamda boshqa diniy va siyosiy tadbirlarni oʻtkazishga xizmat qilgan joy hisoblangan. Olimpiyaning markazi qismida hashamatli Zevsa, uning togʻrisida esa Geri ibodatxonasi qad koʻtargan. Olimpiya oʻyinlari Zevsga sigʻinish, diniy marosimlar bilan chambarchars bogʻliq edi. Soʻzsiz oʻyinlar yuqori saviyada oʻtkazilib, grek shaharlari oʻrtasida oʻzaro munosabatlarni yaxshilashga yoʻnaltirilgan edi. Qadimgi miflarda aytilishicha, Olimpiya oʻyinlarining tugʻilishi yarimxudo Gerakl nomi bilan bogʻliq.
12 asrdan buyon qadimgi Olimpiya oʻzining qadimiy oʻyinlar oʻtkaziladigan maydoni va otchoparlarida muxlislar qalbidan joy olgan chaqqon hamda baquvvat sportchilarni namoyon qildi. Sportchilarning nomlari ularning Olimpiya gʻalabalari tarix varoqlarida muxrladi. Qadimgi Olimpiada oʻyinlarida barcha ozod erkaklar — Gretsiyada yashovchilar qatnashish huquqiga ega boʻlgan. Megardan general Orsip, choʻpon Polimnist, Rodos orolidan qirol oilasi aʼzosi Diagor, Makedoniya qiroli Aleksandr I, faylasuf Demokrit — bularning barchasi qadimgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchilari boʻlishgan.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
1. Olimpiya bayramlari va boshqa gimnastika o'yinlari haqida malumot bering?
2.Qadimgi Yunonistonda Olimpiya bayramlari haqida malumot bering?
3.Qadimgi Rimda jismoniy mashqlarning rivojlanish haqida malumot bering?
29-30-Mavzu: J.MANGUBERDI, A.TEMURNING HARBIY JISMONIY TAYYORGARLIGI, Z.M.BOBURNING HARBIY YURISHLARIDA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANISHI.
REJA
1.J.Manguberdi harbiy tayyorgarligi
2.A Temurning harbiy yurishlarida jismoniy tayyorgarlikning ahamiyati.
3.Z.M.Boburning harbiy yurishlarida jismoniy sifatlarni oshirish.
To‘liq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad (1198-1231 yillarda)
Xorazm shohlar davlatining so‘nggi ho‘qumdori (1220-1231 y.) moxir sarkarda Jamoliddin xoji (ma-k) bo‘lgani uchun Manguberdi nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o‘zgarib “Manguberdi” nomi bilan mashxur bo‘lib ketgan.
Jaloliddin Manguberdi otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, o‘zining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan.
Jaloliddin qorachadan kelgan, o‘rta bo‘yli, turk lafzli odam edi. Fors tilini ham yaxshi bilardi. Uning botirligiga kelganda shuni aytish kerakki, qaddi-qomati kelishgan kuchli, baquvvat, zabardast, sulton arslonlar orasidagi eng kuchli sher edi. Bir so‘zli, kek saqlamaydigan, ochiq ko‘ngil to‘g‘ri odam edi. U jiddiy shaxs edi, xech qachon qo‘lmasdi. Juda nari borsa jilmayib qo‘yardi. U adolatsizliklarni yomon ko‘rardi. Jaloliddin o‘ta kat’iyatli, nihoyatda irodali, murakkab vaziyatlarda, taqdirning qaltis sinovlarida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydigan favqulotda mard va botir sarkarda edi.
Jaloliddin Manguberdi – o‘zbek xalqi tarixidagi ulug‘ shaxslardan biridir. Mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi ko‘rsatgan bemisl jasorati va murosasiz kurashi tufayli u buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida butun Sharqda dong taratdi. Jamoliddinning hayoti nihoyatda qiyin va murakkab sharoitda kechdi, mo‘g‘ullarning to‘xtovsiz xujumlari, taziyki va taxlikasi ostida bo‘lishiga qaramay otasi sulton Alovuddin Muhammad tomonidan boy berilgan, barbod bo‘lgan Xorazmshoxlar imperiyasini mamlakatning janubiy-g‘arbiy qismida yangidan barpo etadi va vatan mustaqilligini saqlab qolish uchun o‘n bir yil mobaynida bosqinchilarga qarshi matonat bilan kurashda, aql bovar qilmas qahramonliklar ko‘rsatdi.
Chingizxon bo‘yida turgan Jaloliddinga еtib oladi va uning qo‘shinlarini o‘rab oladi. Shu paytda Jaloliddin daryo yoqasida turgan onasi va haramidagi xotin-qizlarni mo‘g‘ullar qo‘liga tushmasliklari uchun daryoga tashlattirdi. Ular daryoga g‘arq bo‘ldilar. Jaloliddin mo‘g‘ullar xalqini tobora siqib kelayotgan va qutulish chorasi qolmagan bir laxzada oti bilan daryoga tik tashlab narigi soxilga so‘zib utdi. Joni omon qolgan Xorazmliklar ham o‘nga ergashdilar.
Jaloliddinni jasorati va qahramonligiga qoyil qolgan Chingizxon o‘z xayratini yashirishda ojiz qoldi va “Bir otaning ana shunday o‘g‘li bo‘lishi lozim” dedi.
Jaloliddin vaqtida armiyani tashkil etgan o‘nsurlarga qator o‘zgartirishlar kiritilgan:
Turkiylarda qadimdan mavjud an’anaga ko‘ra qo‘shin o‘ng va sul qanotlarga ajratilgan. Xorazmshoxlar davrida qo‘shinga oid boshqaruv ishlari bilan buyuk devonning bo‘lim – devoni arz shug‘ullangan. Davlat xazinasidan olingan mablag‘lar va ularning sarf to‘g‘risidagi barcha yozuvlar shu devonda saqlangan. Xorazmshoxlar zamonida ham ikkita tizimi bor edi. Qo‘shinda xizmat qilgan harbiylarning hammasi ma’lum qiymatdagi ikkitalarga ega bo‘lishgan. Xususan katta, kichik sarkardalar, qo‘mondonlar bor edi. Katta ikkitalar ho‘qumdorlarning marhammatiga muvofiq kamayishi yoki yana yiriklashishi mumkin edi. Kichik ikkitalar bo‘lsa o‘zgarmagan. Ular ota meros edi. Ikkita egalari chaqirilgan zaxoti o‘z amirlari qanoti ostiga to‘planishar va yurish tugagach, yana o‘z yurtlariga qaytib ketishardi. Xorazmshoxlar yangi bir ulkani zabt etgach u еrdagi еrlar darhol ikkitalarga bo‘linib, mansabdorlar o‘rtasida taqsimlanar va devoni arz daftariga qayd qilinar edi. Jalliddin maydon va muqobil janglarda o‘z qo‘shinini an’anaviy bir shaklda, ya’ni o‘ng markaz va sul qanoti saflangan. Markazga uning o‘zi qo‘mondonlik qilgan. Markaz odatda gvardiya qo‘shinlaridan iborat edi. O‘ng va sul qanotlarga xon. malik, amirlar qo‘mondonlik qilishardi. O‘ng va sul qanotlar har holda viloyat qo‘shinlaridan tashkil topar edi.
Jaloliddin maydon janglarida ham, muqobil janglarda ham pistirma qo‘yish usullaridan foydalangan.
AMIR TEMUR (1336.9.04-1405.18.02)
To‘liq ismi Amir Temur ibn Tarag‘y ibn Amir Barqo‘l.
Amir Temur 1336 yilning 9-aprelida o‘sha paytlarda Kesh (Shaxrisabz)ga qarashli Xoja ilg‘or (bu xalqlar xozir Yakkabog‘ tumaniga qaraydi) qishlog‘ida tavallud topgan. Otasi Amir Tarag‘ay o‘ziga to‘q badavlat kishi edi. (1405.18.02 O‘tror shaxri Samarkanda dafn etilgan.)
Amir Temur o‘zining ilk harbiy faoliyatini qo‘l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan; ularning o‘zaro kurashlarida qatnashib jasorat ko‘rsatgan, janglarda chiniqqanlar, harbiy mahoratini oshirgan. Dongi butun Qashqadaryo voxasiga yoyilgan. Amir Temo‘rning aqlu zakovati, shijoati va shuxrati uni Movarao‘nnaxrning nufuzli amirlaridan amir Xizr Yasavuriy va amir Kozogiy bilan yaqinlashtirdi.
Shundan kelib chiqqan holda Temurning asosiy va sodiq tayanchi uning qo‘shinlari edi. Temur qo‘shinlari o‘z davrida butun Osiyoda eng qudratli armiya xisoblanar edi
Temur va uning lashkar boshilari jangchilarning jismoniy chinikkan, baquvvat va epchil bo‘lishi muximligini yaxshi tusho‘nardilar, juda ko‘p harbiy yurishlar taqdirini jangchilarning mahorati va jasorati xal qilar edi.
Shu bois Amir Temur askarlar tanlashda quyidagilarga e’tibor berar edi. Qo‘shin to‘zib, navkar olmokda uch qoidaga amal qildim: birinchidan - yigitning kuch – quvvatiga, ikkinchidan – qilichni o‘ynata olishiga, uchinchidan – aql – zakovatiga, kamolatiga e’tibor qildim. Shu fazilatlar jamuljam bo‘lsa, navkarlik xizmatiga oldim. Negaki kuch – quvvatli yigit har qanday qiyinchiliqlarga, azobu uqubatlarga chidamli bo‘ladi, qilich o‘ynata oladigan kishi raqibini mag‘lub eta oladi, oqil navkar har joyda aql – idrokni ishga solib, mashg‘ulotni daf etmog‘i mumkin.
Amir Temur davridagi jangovor san’at xaqida gapirib “1000 askar” deyilishini quyidagicha tusho‘ntiradi: Bu jangovor san’atning ming xil usuli bo‘lib, bir uslubini bilgan kishi “bir askarlik”, ikki uslubini bilgan kishi “ikki askarlik” deyiladi. Demak bu san’atning mingdan ortiq uslublari mavjud bo‘lib, barcha uslublarini bilgan kishi 1000 askarli kishi xisoblanadi, deydi.
Bu san’atni o‘rganishga ko‘p vaqt talab qilingan. Biroq zarurat tug‘ilganda ayrim usullarni tez o‘rgatishgan ekan. Cho‘nonchi, Amir Temur askarlari ko‘p yillik safarga jo‘nab ketishdan oldin ayollariga oddiy o‘qlovlardan jangovor sifatida qanday foydalanishni sanoqli ko‘nlarda o‘rgatishgan ekan. Natijada, oddiy o‘qlov ayollar qo‘lida “Sexrli tayoqcha”ga – jangovor qurollarga aylangan.
Aynan xalq o‘yinlari orqali “1000 askar” elementlari bolalar o‘yinlarida ham mo‘nosib joy olgan. Misol uchun “Oshiq” o‘yinini olaylik. Agar oshiq tova holida kolsa, tizzada turishgan. Bordiyu oshiq o‘mba holatida kolsa, bola boshi bilan turishga majbur bo‘lgan. Bularning barchasi “1000 askar” san’atidagi gimnastik harakatlar deyish mumkin. Bo‘ndan tashqari, “askar-askar” o‘yini bolalarni bevosita shu jangovor san’atga tayyorlagan.
Amir Temur jismoniy mashq va mashg‘ulotlar orqali mardlik, epchillik, chidamliliq, sifatlarini o‘zida ham askarlarida ham birdek mukammal madaniyatlab borgan va u amalda sinalgan xususan Ona Vatanni mo‘g‘ullar istilosidan ozod etishda qo‘l kelgan, jabrdiyda xalqni arosatdan olib chiqqan ro‘shnolik bergan ulug‘ insondir.
Ma’lumki, Temo‘rning asosiy va sodiq tayanchi uning qo‘shinlari edi. Temur qo‘shinlari o‘z davrida butun Osiyoda eng qudratli armiya xisoblanardi.
Amir Temurning jangovorlik faoliyatlarida harbiy-jismoniy mashqlar.
Yevropa va Osiyoda mo'g'ul tatarlaming, ayniqsa, Chingizxonning istilochilik urushlari, uning oqibatlari qariyb 300 yil davom etadi. Bunday qullikdan ozod etish, mustaqil davlatlar sifatida rivoj topish va madaniyatning taraqqiy etishida Sohibqiron Amir Temur va uning avlodlari tarixiy jihatdan muhim ahamiyatga egadir.
Sobiq Ittifoq davrida Amir Temurning ijobiy xislatlari va amalga oshiigan tadbirlari tilga ohnmadi. Aksincha, u josus, bosqinchi, mustamlakachi deb qaraldi. Shunday bo'lsada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya kabi yirik mamlakatlarda Amir Temur haqida tarixiy dalillar asosida romanlar yozildi, opera va dramalar namoyish etildi. Ular o'sha paytlarda xalqimizga yetib kelmadi.
O'zbekiston mustaqilligi tufayli Sohibqiron Amir Temurning haqiqiy faoliyati xalqimizga to'la ayon bo'ldi. 1996-yilda uning tavalludiga 660 yil to'lishi munosabati bilan o'tkazilgan xalqaro anjumanlar va yurtimizdagi an'analar uning nomini ochiqcha ilk bor tarannum etishga muvaffaq bo'ldi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Amir Temurga bag'ishlab katta hiyobonlar qayta bezatildi va uning haykallari o'rnatildi. Bu milliy qadriyatlarni qay tarzda tiklash va milliy madaniyatimizni yuksak cho'qqilar kabi yanada baland ko'tarishning buyuk namunasi bo'lib qoldi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Sohibqiron Amir Temur haykalining ochilishiga bag'ishlangan tantanada shunday degan edi: «Bugun bunyod etilgan bobokalonimiz haykalida teran ramz bor — go'yoki jahongir tulporining j'ilovini tortib turibdi, qilichsiz qo'lini oldinga cho'zib jahon xalqlariga omonliq sog'inmoqda, «Kuch - adolatdadir»1 demoqda.
Jahonga dong'i ketgan buyuk sarkarda Amir Temurning yoshlarni harbiy, jismoniy va jangovorlikka tayyorlashdagi amaliy faoliyatlarini o'rganish va ularni o'quv jarayonlarida qo'llash ishlab chiqildi.
Jahongir Amir Temur hayoti va faoliyatiga mansub adabiy manbalar juda ko'p. Ularning barchasi arab alilbosida hamda turk tilida chop etilgan. O'tgan asrning oxirlarida «Temur tuzuklari» ilk bor rus tiliga tarjima qilinib, (1894, 1934) u Markaziy Osiyo xalqlariga ham yetib kelgan. U qayta nashr etilmaganligi uchun deyarlik sobiq Ittifoq davrida Amir Temur to'g'risida bironta ijobiy baho beruvchi kitobni yoshlar o'qimaganligi ma'lum.
Amir Temur o'z saltanatini idora qilganligi va jahon xalqlariga Islom dini ma'rifatini yoyish haqida amalga oshirgan faoliyatlarini «Temur tuzuklari» kitobida bayon qilib bergan. Biz bu haqda faqat O'zbekiston mustaqillikka erishgan davrdagina ogoh bo'ldik, xolos va hozirgi kunda u haqda ancha chuqur ma'lumotlar berilmoqda. Bu o'rinda akademik B.Axmedovning «Amir Temur» tarixiy hujjatli romani (1995) e'tiborga sazovordir.
Amir Temur o'zining amirlari, vazirlari, mingboshi, yuzboshi, o'nboshi va alp yigitlari, bahodirlariga o'zi o'rgatgan, shogirdlar tayyorlagan. Otda jang qilishda qilich, nayza, kamon-yoy, to'qmoq, kaltak, qamchi, arqon va hokazolardan foydalangan. Bu qurollar bilan jang qilish oson emas. Har bir jangchi kuchli, epchil, jasur, mergan bo'lgan. To'g'ri kelganda yakkama-yakka ot ustida olishuv, tortishuv, og'darish, savalashish kabi tabiiy harakatlardan ham mardonavor foydalanganlar. Bu faoliyatlarni ham Amir Temur va uning maxsus sarkardalari jangchilarga qunt bilan o'rgatgan, ta'lim bergan.
Amir Temur dam olish vaqtlarini ov qilish, sahro va tog'larga sayr qilish bilan o'tkazgan. Bunday hollarda otda va piyoda tog'larga chiqish, arqon, tayoqlardan foydalanish usullarini o'ylab topgan. Jangchilarga dam olish bergan paytlarda ularni poyga, kurash, qilichlashish, ko'pkari kabi mashg'ulotlar bilan shug'ullanishga da'vat etgan. Shaharlardagi qal'alarni egallashda narvon, arqondan osilib chiqish, tushish usullaridan keng foydalanganlar.
«Amir Temur» tarixiy romanida tog'dagi yurish va janglar haqida shunday deyiladi: «Hammayoq yaxmalak edi. Shuning uchun ba'zilar arqon, narvon vositasida, arqoni yo'qlar sirpanib daraga tushdilar. Hazrat Sohibqiron maxsus o'zi uchun yasalgan bir yuz ellik gazlik cho'p narvon yordamida daraga tushdi... ertasi kuni quyosh tig' urmasdan, yana bir tog' cho'qqisiga ko'tarildilar. Yana ikki kun shu tariqa kechdi». Tezkor va katta daryolardan kechib o'tish oson emas, albatta. Amir Temur bunday paytlarda meshlar, yog'ochlardan yasalgan sollar, arqon tortib undan ushlashib o'tish usullari va boshqalardan foydalanganlar. Jangovorlik faoliyatida tog', o'rmon, sahrolarda, ayniqsa, kechasi va tuman kunlarida manzilga adashmay topib borish, chamalay bilish quyosh, oy, yulduz, soya, shamol va boshqa omillardan foydalanishni yaxshi bilgan. Xullas Amir Temur faoliyatida harbiy-jismoniy mashqlardan foydalanish eng ustuvor tadbirlardan biri bo'lgan.
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660-yilligi (1996) munosabati bilan «Temuriylar davri tarixi» muzeyining tashkil etilishi O'zbekiston tarixida olamshumul voqea bo'ldi. Undagi eksponatlarda temuriylar davridagi jangovorlik faoliyatlarda qo'llanilgan qurol-aslohalar va jismoniy chiniqishda ishlatilgan vositalar, usullar o'rin egallagan. Shuningdek, Olimpiya shon-shuhrati muzeyining tashkil etilishi va undagi eksponatlar majmui nafaqat talabalar, balki aholining barcha tabaqalari uchun namunaviy ko'rgazmadir.
Yuqorida qayd qilganimizdek, temuriylar orasida davlatni idora qilish, madaniy-marifiy jihatdan tarixda katta o'rin egallagan Zahriddin Muhammad Boburdir. Boburiylar sulolasi Hindistonda 300 yildan ortiqroq hukm surgan.
Boburning otasi Umarshayx Mirzo Amir Temurning nabirasi, Faig'ona davlatining hokimi bo'lgan. Bobur yoshligidan ilm-fanga, she'riyatga qiziqqan, Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» (Sher) taxallusini olgan. Otasining vafotidan keyin (1494 y.), 12 yoshida taxtga o'tiigan. Qisqa qilib aytganda, u taxt uchun bo'lgan kurashlarda mag'lubiyatga uchrab, o'z yaqinlari va askarlari bilan Afg'oniston, Hindistonga yurish qiladi va bir umr o'sha yerda qolib ketadi. U o'z hayoti, zamonasi va barcha voqealarni «Boburnoma» asarda yozib qoldirilgan. Unda Hindikush tog'laridan otda uzoq mamlakatlarga o'tgani, tog'u-toshlarda chiniqish uchun yalangoyoq yuigani, kuch- g'ayrat to'plab jang qilgani haqida hikoya qiladi.
Taniqli adib Pirimqul Qodirov «Yulduzli tunlar», «Bobur», «Avlodlar davoni», tarixiy romanlarida faqat tarixiy voqealar, Bobur hayotinigina emas, balki o'sha davr madaniyati, urf-odatlari, mashaqqatlarga bardosh berishi, jismonan chidamli va kuchli bo'lishlik kabi ijtimoiy-tarbiyaviy tomonlarga katta e'tibor bergan. Bu esa hozirgi avlodlar, ayniqsa, yoshlarni vatan tuyg'usi, uni himoya qilish, jangovarlik ruhini mustahkamlashda xizmat qiladi.
Buyuk sarkardalar Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur va undan keyingi davrdagi hokimiyatni boshqaruvchilar o'z jangchilarini faqat jang qilish san'atinigina emas, balki ularni jangovorlik ruhida tarbiyalashning asosiy mazmuni jismonan kuchli, epchil, chaqqon, chidamli bo'lishga ham o'rgatganlar. Bunga yuqorida qayd etilgan jismoniy tarbiya vositalarini maqsad yo'lida ishlatganlar. ,
Xulosa qilib aytganda, uzoq va yaqin o'tmishimizda xalqimizning jismoniy madaniyati mazmun jihatdan ijtimoiy-tarbiyaviy sohada o'ziga xos milliy xususiyatlar bilan boyib kelgan. Ularning tarixiy yo'nalishlari hamda ilmiy-nazariy jihatlarini o'quvchi yoshlarning jismoniy tarbiya darslarida mukammal o'rganishlarini davr talabalari asosida ta'minlash bugunning dolzarb muammolaridan biridir
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
1.Jaloliddin Manguberdi Xorazm shohlar davlatining so‘nggi ho‘kumdori haqida aytib bering?
2.Amir Temurningharbiy jismoniy tayyorgarligi haqida aytib bering?
3. Zaxriddin Muhammad Boburning harbiy qo‘shini haqida aytib bering?

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling