11-MAVZU. ( 4 soat) Sport maktablarining turlari va ularning nizomlari haqida tushunchalar. Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlarini uyushtirish.
Mashgʻulot turi: seminar
Mavzu rejasi:
1. Iqtidorli sportchilarni tarbiyalashda bolalar va o‘smirlar sport maktablarining ahamiyati.
2. Ixtisoslashgan va kompleks sport maktablarining bosqichlari.
3. Murabbiylar kengashi. Iqtidorli yoshlarni tanlash, qabul qilish tartiblari.
4. Olimpiya o‘rinbosarlarini tayyorlovchi bilim yurtlari, sport maktablarida ommaviy sport tadbirlarini uyushtirish
Tayyorgarlik bosqichi
1. Mavzu bo‘yicha o‘quv mazmunini tayyorlash.
2. Kirish seminari uchun taqdimot slaydlarini tayyorlash.
3. Talabalar o‘quv faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish.
4. O‘quv fanini o‘rganishda foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxatini tuzib chiqish.
Mavzuga kirish
1. Seminarning mavzusi, rejasini e’lon qiladi, o‘quv mashg‘ulotining maqsadi, pedagogik vazifalar va o‘quv faoliyati natijalarini tushuntiradi.
2. Talabalar o‘quv faoliyatini baholash mezoni bilan tanishtiriladi.
Asosiy qism
1. Mavzu rejasining 1 savoli bo‘yicha savollar beradi.
Seminar bo‘yicha «Sinkveyn» usulidan foydalangan holda talabalarga quyidagi savol bilan murojaat qiladi: Iqtidorli sportchilarni qanday tayyorlanadi?
2. Mavzu rejasining 2 savoli bo‘yicha savollar beradi.
Seminar bo‘yicha «Yechim daraxti» usulidan foydalangan holda talabalarga quyidagi savol bilan murojaat qiladi: Sport maktablarining turlari haqida nimalarni bilasiz?
3. Mavzu rejasining 3 savoli bo‘yicha savollar beradi.
Seminar bo‘yicha «Klaster» metodidan foydalangan holda talabalarga quyidagi savol bilan murojaat qiladi: Murabbiylar kengashi. Iqtidorli yoshlarni tanlash, qabul qilish tartiblari qanday bo`ladi?
4. Olimpiya o‘rinbosarlarini tayyorlovchi bilim yurtlari, sport maktablarida ommaviy sport tadbirlarini uyushtirish haqida baxs-munozara olib boriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |