Qarshi halqaro universiteti


Download 289.68 Kb.
bet24/91
Sana13.01.2023
Hajmi289.68 Kb.
#1090149
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91
Bog'liq
Majmua.Tarbiya nazariyasi va metodikasi

Kompetensiya –fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir. 

Kompetentlilik –(lotincha: competens – layoqatli, qobiliyati bor) Kompetentlilik tarkibiga sof kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalardan tashqari, tashabbuskorlik,hamkorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobiliyati,real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va foydalana olish xususiyatlari ham kiradi. 

Kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim–o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir. 

Tayanch kompetensiyalar: 

1. Kommunikativ kompetensiya
– jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta xorijiy tilni mukammal o‘zlashtirish hamda muloqotda samarali foydalana olish;
– o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
– ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish,jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
– muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila bilishuni ishontira bilish;
– turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur(konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila olish.
2.Axborot bilan ishlash
– mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio(audio–video yozuv)telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;
– media vositalaridan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-madaniyatiga rioya qilish;
– ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish;
– kundalik faoliyatida uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish(oddiy tabriknomalar yoza olish, anketalarni to‘ldirish, mehmonxona ro‘yxatida o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd eta olishi va boshq.)
3. Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi
– shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
– hayot davomida o‘qib o‘rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
– o‘z xatti-harakatini advokat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish;
– o‘qib-o‘rganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.
O'qitish metodlari ta'lim jarayonida o'qituvchi va talabalar faoliyatining yo'nalishini, o'qitish jarayonining qanday tashkil etilish' va olib borilishi hamda o'qituvchining ish harakatlarini belgilaydi Bu metodlar o'qituvchi tomonidan o'quvchilar bilim, malaka va ko'nikmalarni o'zlashtirishi uchiui qo'llaniladigan usullar yig'indisini o'z ichiga oladi. 
Ta'lim tizimida o'qitish metodlari bilan birga «usul» va «vosita» degan atamalar ishlatiladi. 
Usul - ma'lum o'quv materialini o'tishda qo'llanayotgan asosiy o'qitish metodi bilan birga ikkinchi bir o'qitish metodining ayrim elementlaridan foydalanib ish ko'rishdir. 
Vosita - o'qitish melodlarmi amalga oshirish uchun zarur bo'lgan yordamchi o'quv materiallari - asbob, qurol, apparat va shu kabilardan foydalanishdir. 
Ta'lim metodlari o'qitish jarayonida va pedagogik tafakkuraing ko'p asrlik rivojlanishi tarixida muhim o'zgarishlarga duch keladj. Pedagogikada ta'lim metodlarini tasniflash va belgilashga bir xil yondashish mavjud emas. Ayrim mualliflar metodlarni belgilashda bilish manbalarining xususiyatlarini asosiy deb hisoblaydilar. 
Metod yunonchada -izlanish yo'li, o'rganish, tushunish demakdir. 
Ta'lim metodi ta'lirn-tarbiya rnaqsadiga erishishga qaratilgan o'qituvchi bilan talabalar faoliyatidir (Yu.K, Babaskiy). 
O'qitish metodlari - o'qituvchining ishlash uslubi bo'lib, u bu uslub orqali o'quvchilarda bilim, ko'nikma va malakalami shakllantiradi (M.A.Daiiilov), 
Kasbiy ta'limda ta'lim metodlari didaktikaning eng asosiy kategoriyasidan hisoblanadi. Agar ta'lim mazmuni nimaga o'qitish kerak degan savolga javob bersa, metodi esa qanday o'qitish kerak degan savolga javob beradi. 
Fan, texnika va ishlab chiqarish taraqqiy etib borishi munosabati bilan mehnat hamda kasb ta'limi metodlari doimiy ravishda rivojlanib, takomillashib bormoqda. Bu metodlarning rivojlanishi va takomillashuvi ilg'or pedagogik tajribaning 
to'planishi, ilmiy-metodik tadqiqotlarning kengayib, chuqurlashib borishi asosida didaktik tamoyillarning, mehnat va kasb ta'limi tizimlarining takomillashib borishi bilan o'zaro bog'langan holda ro'y bennoqda.
Ishlab chiqarish ta'limi jarayonining eng muhim jihatlaridan biri, ta'lim metodlaridir. Ishlab chiqarish ta'limi metodlari deganda, ustoz bilan o'quvchilaraing birgalikda tashkil qilingan faoliyatining shunday usullari tushuniladiki, ular yordamida o'quvchilar amaliy bilinilarni, ko'nikma va malakalarini egallaydilar, ulaming kasbiy mahorati, melmatga munosabati asoslari shakllantiriladi, aqliy hamda jismoniy kuchlar, ijodiy qobiliyatlari rivojlantiriladi. Ishlab chiqarish ta'limi jarayonida quyidagi metodlardan foydalaniladi. Ular bilim va ko'nikma manbalari jihatidan:
Nutqiy (tushuntirish, suhbat, yozma yo'riqnoma va hokazolar);

Download 289.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling