Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti begimov Obidjon Norboboyevich Issiqlik ta’minoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/43
Sana20.10.2023
Hajmi5.12 Kb.
#1712885
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
Bog'liq
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

a) 
b) 
d) 
 
1.3-rasm. Quyosh nurlarini issiqlik energiyasiga aylantiruvchi
 
moslamalar: 
a-ana’naviy geliostatlar; b-yassigeliostatlar; d-geliostatlardan kelayotgan quyosh 
energiyasini yig‘ib quyosh pechiga yo‘naltiruvchi moslama. 
Quyoshdan quvvat oladigan suv isitgich moslamalar quyosh kollektor orqali suv 
haroratini oshirish uchun quyosh nurlari energiyasidan foydalaniladi. Shaffof 
qoplamali havo o‘tkazmaydigan korpusli, qora rangga bo‘yalgan, suv o‘tkazgich 
naychalarga ega singdiruvchan metall plastina va korpusining orqa hamda yonbosh 
devorlarida issiqlikni yo‘qotmaslik uchun izolyasiyalangan yassi quyosh 
kollektorlari keng tarqalgan. 


21 
a) 
b) 
 
1.4-rasm. O‘zbekiston Respublikasidagi quyosh pechi: a-quyosh pechining 
yassi geliostatlari maydoni; b-geliostatlarning yaqindan ko‘rinishi; v-geliostatlarga 
tushayotgan quyosh nurlarini yig‘ib oluvchi geliostatlar minorasi (1) va quyosh 
pechi (2); g-quyosh pechining umumiy ko‘rinshi. 
Zamonaviy asboblar konstruksiyasining mukammallashtirish, quyosh 
nurlarining issiqlikka aylantirish samaradorlikka olib kelmoqda. Bu qurilmalarning 
asosiy sxemasi-suyuq yoki gaz holatidagi issiqlik qabul qiluvchi yassi quyosh 
kollektorlari qurilmasidan tashkil topgan (1.5-rasm). Bu sistema, binolarni issiq 
suv bilan ta’minlash va isitishda qo‘llaniladi.


22 
 
1.5-rasm. Quyosh nuridan quvvat oladigan suv isitgich qurilmaning 
soddalashtirilgan sxemasi. 
1.5-rasmda izolsiyalangan quvur - kollektorlarga uzatilgan suv, quyosh nuri 
ostida 100 
0
C gacha isitiladi hamda quvurlar orqali iste’molchiga - binolarni 
issiq suv bilan ta’minlash va isitishga uzatiladi. Binolarni isitishga uzatilgan suv 
sovugandan so’ng nasoslar yordamida (yoki o‘z oqimi bilan) yana isitish 
kollektorlariga uzatiladi. Jarayon shu tarzda davom etadi. Quyidagi 1.1-jadvalda 
quyosh suv isitgichlarning taxminiy narxlari keltirilgan. 

Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling