Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti begimov Obidjon Norboboyevich Issiqlik ta’minoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/43
Sana20.10.2023
Hajmi5.12 Kb.
#1712885
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43
Bog'liq
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

1.3-jadval 
Kunlar 
va oylar 
22.XII 15. I 19. II 
22. III 30. IV 16.V 
22.VI 
15.VII 18.VIII 
δ 
-
23°27' 
-21°30' -11°39' +0,037' +14°45' +19°05' +23°27' 21°32' 13°08' 
 
Quyosh Yer sharini yorug’lik va issiqlik bilan ta’minlab turuvchi birdan-
bir manbaidir. U Yerga nisbatan diametri 109marta, sirti 11,9 ming, xajmi 1,3 
mln. va massasi 332,5 ming marta katta bо‘lgan gazsimon shardir. Quyosh Yer 
sharidan qariyb 150 mln. km uzoqlikda joylashgan bо‘lib, bu har sekundda 
koinotga 3,83 • 10
26
joul miqdorida issiqlik energiyasini sochadi. Bu Sirdaryo 
GRESining quvvatidan 1,3 • 10
17
marta kattadir. 
Quyosh atrofidagi har bir planeta о‘z kesim yuzining kattaligiga va 
quyoshga nisbatan uzoqligiga qarab tegishli miqdordagi energiyani oladi. 
Jumladan, Yer shariga har sekundda tushayotgan energiya miqdori Quyosh 
sochayotgan barcha energiyadan 2,2 mlrd. marta kam bо‘lib, 17,4•10
17
joulni 
tashkil etadi. Bu energiyaning 36 %ini atmosfera qatlami qaytaradi, 17%ini 
yutib qoladi, qolgan qismigina Yer sirtiga yetib keladi. Yetib kelgan 
energiyaning yarmi dengiz va okean suvlarini bug‘latish uchun sarf etiladi, 1% 
ini о‘simliklar dunyosi iste’mol etishini hisobga olgan taqdirda ham, qolgan 


27 
energiya miqdori yiliga 35•10
17
kVtsoatni tashkil etadi. Bu esa bir kecha-
kunduzda butun insoniyat iste’mol qilayotgan jami energiyadan qariyib 39 ming 
marta kо‘pdir. Bunday katta energiyadan tо‘liq foydalanish imkoniyati yо‘q, 
albatta. Shunday bo’lsa ham, 200x100 km
2
maydonga tushayotgan Quyosh nuri, 
gelioqurilmalar foydali ish koeffitsiyenti (FIK.) hisobga olingan taqdirda ham 
1980 yilda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan jami energiyaga tengdir! Bir 
qarashda bu maydon katta bо‘lsada, u О‘zbekistondagi chо‘llarning faqat 10 
%ini tashkil etadi. 
Quyosh har sekundda 4 mln. tonna yoki yiliga 1,36•10
14
tonna miqdordagi 
massani nurlanish orqali yо‘qotib tursa ham, undagi geliyning vodorodga 
uzluksiz aylanib turishi hisobiga ajralib chiqayotgan nur energiyasi koinotga 
yana bir necha yuz milliard yillar davomida sochilib turadi. Shuning uchun ham 
Quyosh energiyasi — radiatsiyasidan to’liq va samarali foydalanish masalalari 
tobora muhim о‘rin egallamoqda. 
Yer sirtiga yetib kelayotgan radiatsiya yig’indi radiatsiya (Q) bо‘lib, u 
parallel nur shaklida tushayotgan tо‘g‘ri radiatsiya (S) va atmosfera qatlamidan 
sochilib kelayotgan (D) radiatsiyalar yig’indisidan iborat: 

D
S
Q




sinh
(1.2) 
Bunda — Quyoshning gorizontga nisbatan balandligi (astronomiyada 
sayyoralar balandligi burchak о‘lchovlarida о‘lchanadi). Bu balandlik joyning 
geografik kengligiga (

), Quyoshning og‘ish burchagiga (

), vaqtga (


bog‘liq bо‘lib, bu kattaliklar orasidagi о‘zaro bog‘lanish esa sferik 
trigonometriya formulalari orqali aniqlanadi. 

Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling