Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti begimov Obidjon Norboboyevich Issiqlik ta’minoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash


Quyosh suv isitgichlarning taxminiy narxlari, AQSH dollari 1.1-jadval


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/43
Sana20.10.2023
Hajmi5.12 Kb.
#1712885
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
Bog'liq
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

Quyosh suv isitgichlarning taxminiy narxlari, AQSH dollari 1.1-jadval 
Odatda quyosh nurlarining turli radiatsiyasi Q
1
va sochilgan nurlarning 
radiatsiyasi Q bilan belgilanadi. Tо‘g‘ri va sochilgan nurlar radiatsiyasining 
yirindisi
ΣQ bilan belgilanadi. 1.2-jadvalda perpendikulyar yuzaga tushadigan 
tо‘g‘ri quyosh nurlari radiatsiyasi qiymatlari keltirilgan (Qarshi tumani kengligi 
Unumdorligi, l 
Kollektorning maydoni,m
2 
Narxi, AQSH dollarida $ 
100 
1,5 
1000 
200 
3,0 
1350 
300 
4,5 
1900 
450 
6,0 
2400 


23 
38
o
50′).
Perpendikulyar yuzaga tushadigan tо‘g‘ri quyosh radiatsiyasining intensivligi 
kDj kvadrat metr soatlarda berilgan. 
1.2-jadval 
Oylar 
Soatlar 
12 
11-13 
10-14 
9-15 
8-12 
7-17 
6-18 
Yanvar, 
Dekabr 
3016,8 
2624,0 
2639,7 
2304,5 
1340,8 


Fevral 
Noyabr 
3163,5 
3100,0 
2933,0 
2560,0 
1927,4 


Mart, 
Oktabr 
3310,0 
3268,2 
3079,5 
2850,0 
2744,5 
1361,8 

Aprel 
Sentabr 
3394,0 
3331,0 
3226,5 
3100,0 
2765,4 
2304,5 
754,4 
May 
Avgust 
3352,0 
3381,0 
1466,5 
890,2 
Iyun 
Iyul 
3310,0 
3268,2 
3120,5 
3105,0 
2854,0 
2460,0 
1880,2 
Aprel oyida 1 m
2
perpendikulyar yuzaga kun davomida 344000 kDj tushadi, 
bu esa 1,2 kg shartli yoqilg‘i yonganda ajraladigan issiqlikka teng. Agar 1m
2
ga 
yuzaga tushadigan energiyani hisoblasak 1200 kg shartli yoqilg‘iga teng bо‘ladi. 
Shularga kо‘ra mamlakatimizning janubida quyosh energiyasidan amaliy 
maqsadlar uchun foydalanishnish real imkoniyatlari mavjud. Quyosh 
energiyasidan foydalanish, asosan quyidagi yo’nalishlar bо‘yicha amalga 
oshirilmoqda: 
1. Quyosh energiyasini tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri elektr energiyasiga aylantirish. 
2. Quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish. 
3. Fotosintez. 
Bizga ma’lumki, quyosh energiyasidan ratsional foydalanish usullaridan 
biri — quyosh nuri energiyasini yarim о‘tkazgichli fotobatareyalar yordamida 
elektr energiyasiga aylantirishdir. 
Quyosh fotoenergetikasining rivojlanishi texnologik jihatdan о‘ng‘ay bо‘lib 
bahosi juda arzon va foydali ish koeffitsiyenti katta bо‘lgan yarim о‘tkazgichli 


24 
quyosh batareyalar ishlab chiqarish bilan bog‘liqdir. 
Hozirgi vaqtda foydali ish koeffitsiyenti 10—12 foiz bо‘lgan P — p о‘tishli 
kremniyli fotoelementlar kо‘plab ishlab chiqarilmoqda. Bunday fotoelementlar 
yordamida quyosh nurini elektr energiyasiga aylantiruvchi samarali qurilmalar 
tayyorlanib, ulardan turli maqsadlarda foydalanilmoqda. Quyosh batareyalarda 
kremniydan 
yasalgan 
fotoelementlar 
alohida 
о‘rin tutadi. Quyosh 
fotoelementlarining foydali ish koeffitsiyenti mamlakatimiz va Amerika olimlari 
tomonidan 15-26 foizgacha kо‘tarildi. Arsenid Galliy, fosfid galliy, sulfid va 
tellurid kadmiy asosida quyosh energiyasidan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri elektr 
energiyasiga aylantiradigan yangi foto elementlari joriy qilindi. 
Hozirgi kunda R—A
x
ClO
1-x
—PCaAS—n—CaAS tizimi asosida olingan 
getero fotoelementlar yuqori haroratda (100—200)°C va 2000 karra 
yoritilganlikda ham samarali ishlaydi[44]. Bunday fotoelementlarning bir 
kvadrat santimetr yuzasidan 2500 karra yig‘ilgan quyosh nurida 20—30 Vt 
elektr quvvati olish mumkin. Yarim о‘tkazgichlar asosida yorug‘lik energiyasini 
rivojlantirishda yorug‘likni nisbatan kichik yuzaga tо‘plovchi botiq kо‘zguli 
(konstruktor) moslamalar muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bunday asboblarning yuzasi quyosh nurini effektiv qaytaruvchi yengil metall 
yoki shishadan ishlangan botiq kо‘zgudan iboratdir. Mamlakatimizda kо‘zguli 
quyosh qurilmalari yordamida elektr energiyasi olish ustida katta ishlar olib 
borilmoqda. Jumladan, ulkan quyosh batareyalari yordamida ishlaydigan quyosh 
elektrostansiyalari qurish loyihalari ishlab chiqarilmoqda.
Quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish va undan uylarni isitish 
va sovitish, issiq suv olish, gelioqurmtgichlar, issiqxonalarni isitishda ham 
kо‘pgina yutuqlar qо‘lga kiritildi. Quyosh nuri bilan isitiladigan birinchi uy 
Fransiyada Myoz (Lotaringiya) departamentiga qarashli Ilovansile Shatlo 
qishlog‘ida qurildi. 
Bu uyning janub tomonining old devorlari qora rangda bо‘lib, tо‘rt qalin 
beton paneldan iborat, ularning old tarafiga joylashgan uch qatorli oyna bilan 
qoplangan xona issiqxona о‘rnini о‘taydi. Beton panellarning isitilishi kerak 


25 
bо‘lgan tarafida tuynukchalar bor. 
Uy ichidagi issiq havo yuqoriga kо‘tarilib, sovib borishi bilan tuynuklar 
orqali «issiqxona»ga о‘tadida quyosh nuri ta’sirida isiydi. Bunda quyosh nuri 
energiyasi issiqlik energiyasiga aylanib qish faslida uyni va issiqxonalarin 
isitadi.
Xuddi shu jarayon yozda teskari yо‘nalishda sodir bо‘lib, uylarni salqin tutib 
turishga yordam beradi. Quyosh isitgichlari ishlab chiqarish va undan sanoatda 
keng faydalanish borasida ham samarali ishlar olib borilmoqda. Quyosh 
isitgichlarini ehtiyojga qarab turlicha hajmda ishlab chiqarish mumkin. Masalan: 
bir kishining issiq suvga bо‘lgan ehtiyojini qondirish uchun yuzi bir yoki bir 
yarim kvadrat metrli qurilish yetarlidir.
О‘zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti tomonidan quyosh 
energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirishga samarali ishlar amalga 
oshirilmoqda va u ishlab chiqarishga tadbiq etilmoqda. Jumladan, ular hо‘l 
mevalarni quritadigan quyosh quritgichlarini ishlab chiqib, sinovdan о‘tkazdilar. 
U oyna solingan yog‘och romdan tashkil topgan bо‘lib, ichki tarafiga qora 
rangli, qalinligi yarim millimetr, tо‘lqinsimon metall listlar о‘rnatiladi. Romning 
past tomoniga faner yoki taxta qoqiladi. Ventilyator yordamida romga quyosh 
nurlarida 6080°C isigan havo hо‘l meva joylashgan kameraga haydaladi, bu 
havo mevalarining namini olib, yana tashqariga yо‘naladi. 
Ayni paytda issiqlik energiyasi yordamida akkumulyatorlar «zaryadlanib» 
oladi. Tunda va havo bulutli bо‘lgan kunlarda bu issiqlikka aylanib, havoning 
konveksiyasi orqali issiqxonada normal issiqlik tartibini ta’minlaydi. 
Issiqxonalarda quyosh energiyasining issiqlikka aylanishi natijasida organik 
yoqilg‘i tejaladi. Bundan tashqari quyosh nurlarining о‘simlik barglariga tushib, 
unga yutilib borish jarayoni fotosintez holatini yuzaga keltiradi. Bu jarayon 
quyidagicha: karbonat angidrid+suv + nur karbon suvlar —kislorod yoki 6CO
2
+ 6H
2
O + energiya = C
6
H
12
O
6
+6O
2
amalga oshadi. Bundan kо‘rinadiki, quyosh 
nurlari bilan birgalikda fotosintez jarayoni bajarilishi uchun karbonat angidrid 
(CO
2
) gazi ham bо‘lishi о‘simliklarda havo almashinuvini ta’minlaydi. Demak, 


26 
quyosh energiyasidan ratsional foydalanish, qishloq; xо‘jaligida ge- 
lioqurilmalarni joriy etish muhim ahamiyatga ega bо‘lib, bu bir qism xarajatlarni 
va yoqilg‘ini tejashga olib keladi. 
Quyosh energiyasi miqdori katta bo’lishiga qaramay, undan amaliy 
maqsadlarda foydalanishning bir qancha qiyinchiliklari ham bor.
Birinchidan, quyosh nuri yer sharining butun sathi bo‘yicha sochiladi. Uning 
quvvatini oshirish uchun konsentratorlar yordamida biror kichik yuzaga yig‘ish 
zarur. Ikkinchidan, quyosh ekliptika bo’yicha yil davomida ko‘rinma harakat 
qiladi, natijada uning og‘ish burchagi
δ = -23°27' dan δ=+23°27' gacha o‘zgaradi.
1.3-jadvalda uning oylar bo‘yicha o‘zgarishi keltirilgan. 

Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling