Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti begimov Obidjon Norboboyevich Issiqlik ta’minoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash


 Quyosh energiyasi va uni o’lchash


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/43
Sana20.10.2023
Hajmi5.12 Kb.
#1712885
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

1.3 Quyosh energiyasi va uni o’lchash 
O‘zbekiston Respublikasi serquyosh mamlakatlardan hisoblanadi. Bir 
yilda o‘rtacha [34]: 
-300 kun quyoshli kun hisoblanadi; 
-2980÷3130 soat temperaturaning o‘rtacha miqdori +42
0
C ni, kunning uzunligi 
14-16 soatni tashkil qiladi (1.1-rasm); 
-cho‘l tumanlarida temperatura + 70
0
C gacha ko‘tariladi; 
-har bir m
2
maydonda 1 yilda 1900-2000 kVt gacha quyosh radiatsiyasi hosil 
bo‘lishi mumkin. 
1.1-rasm. O‘zbekiston Respublikasida hududning kengligi va yilning fasliga 
nisbatan kunning yorug‘ vaqti.
1.1-rasmda O‘zbekiston Respublikasida hududning kengligi va yilning fasliga 
nisbatan kunning yorug‘ vaqti, 1.2-rasmda esa Markaziy Osiyo mamlakatlarida 
quyosh radiatsiyasining taqsimlanishi ko’rsatilgan. 1.2-rasmda O‘zbekiston 
Respublikasi hududning 16 hamda 21 kengliklarida kunning yorug‘lik davri 16-
17 soatni tashkil qilishi ko‘rinib turibdi. 
Quyosh energiyasidan issiqlik ishlab chiqarishda ham, elektr energiya 
ishlab chiqarishda ham foydalanish mumkin. Birinchi holatda yassi 
konsentratsiyalashgan quyosh kollektorlari qo‘llaniladi. 
Kunnin
g y
oru
g’ d
av
ri
, s
oa
tl
ar
 
 
Yilning fasli va hududning kengligi, graduslar 


19 
 
 
1.2-rasm. Markaziy Osiyo mamlakatlarida quyosh radiatsiyasining 
taqsimlanishi 
 
Ulardan issiqlik tashuvchi sifatida suv, havo yoki antifrizlar ishlatish 
mumkin. Ikkinchi holatda esa, yorug‘lik oqimi energiyasi fotoelektr 
o‘zgartirgichlarda bevosita elektr energiyasiga aylanadi yoki issiqlik elektr 
stansiyalarning an’anaviy sxemalar ishlatiladi. 
Insoniyat qadim zomonlardan quyoshning qudratini sezganlar va o‘zlarini 
bir umr unga bog‘liq ekanliklarini his qilganlar. Shuning uchun quyoshdan 
to‘xtovsiz ko‘proq foydalanishni o‘ylaganlar. Avval quyosh nuridan qo‘shimcha 
energiya olish suvni va binolarni isitish, dengiz suvlarini tozalash va boshqa 
maqsadlarini amalga oshirishga harakat qilishganlar. 
Hozirgi kunda dunyodagi barcha mamlakatlarda ekologik toza energiya 
hisoblangan quyosh energiyasidan foydalanishga harakat qilinmoqda. Quyosh 
nurlari energiyasi, issiqlik hamda elektr energiyasi ishlab chiqarishda 
foydalanilmoqda [37]. 
Birinchi holatda yassi konsentratsiyalashgan quyosh kollektorlari 
qo‘llanilsa, ikkinchi holatda yorug‘lik oqimi energiyasi fotoelektr 
o‘zgartirgichlar yordamida bevosita elektr energiyasiga aylantiriladi (yoki 
quyosh nuridan olingan issiqlik energiyasidan, ana’naviy issiqlik elektr 
stansiyalaridagidek foydalaniladi). 


20 
Past temperaturali (100 
0
C gacha) issiqlikni quyosh energiyasi yordamida 
olish, hozircha ishlab chiqilgan texnalogiyalar bo‘yicha uncha murakkab emas 
va u yer yuzasining har xil nuqtalarida uzoq vaqt rivojlanish tarixiga ega. 1.3 va 
1.4- rasmlarda quyosh nurlarini yig‘uvchi qurilmalarning turlari ko‘rsatilgan. 
Quyosh energiyasidan issiqlik olish uncha qiyin jarayon emas. Nazariy 
jihatdan quyosh nurlarini yig‘uvchi moslamalar yordamida 5600 
0
C ga yaqin 
issiqlik olish mumkin. Dunyoda ikkita ulkan quyosh pechlari mavjud: 
O‘zbekiston Respublikasi va Fransiyada. O‘zbekistondagi (1.4- rasm) quyosh 
pechining temperaturasi t
0
=4000-4500 
0
C ga teng, Fransiyada ishga tushirilgan 
quyosh pechining temperaturasi esa t
0
=3800 
0
C ga yetadi [30]. 

Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling