Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti begimov Obidjon Norboboyevich Issiqlik ta’minoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash
-rasm. Gelio qabul qiluvchi qurilmalarning sxemalari
Download 5.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
2.4-rasm. Gelio qabul qiluvchi qurilmalarning sxemalari «Bino-kollektor» turdagi isitish tizimining samaradorligini oshirish uchun nur tushadigan tiniq shisha maydonini janub tomonga, ya’ni kun davomida eng uzoq vaqt quyosh nuri tobida bo’lishini ta’minlash kerak. Bu tiniq yuzani yupqa qalinlikka ega bo‘lgan ashyodan tungi davrda tashqaridan yopib qo'yish uchun 38 issiqlikdan izolyatsiyalovchi saqlovchi panjara moslamasi bilan birgalikda quriladi. Chunki bu moslama jamlangan issiqlikni tunda tashqariga sarflanishini kamaytiradi. Panjaraning ichki tomonini qora rang bilan bo‘yash lozim. Xonaning ichidagi havo harakatidagi retserkulyatsiyani boshqarish uchun qopqoq o‘matiladi. Aktiv (faol) past haroratli quyosh nuri bilan isituvchi asboblar o‘zi alohida o'rnatilib binoning biror bir qurilmasiga kirmaydi. Hozirgi davrda quyosh nuri bilan isituvchi gelio qurilmalar ikki turga bo’linadi: birinchisi-nur yig‘uvchi gelio qurilmalar va ikkinchisi - yassi gelio qurilmalar. Nur yig'uvchi gelio qurilmalar sferik yoki paraboloid shaklida oynali, paraboloid silindr shaklida yasaladi. Bunday oynali nur qabul qiluvchi moslama o‘ta yaltiroq yuza bilan qoplangan metall tunukalardan tayyorlanib fokus nuqtasiga nur dastasi issiqligining quvvatini qabul qiluvchi issiqlik tashuvchi to‘ldirilgan element joylashtiriladi. Gelio qurilmalarning issiqlik qabul qiluvchisi sifatida zichligi yengil bo’lgan shag‘al, keramzit, suv yoki muzlamaydigan suyuqliklar ishlatiladi. Gelio qurilmalarni quyosh nuriga doimo perpendikulyar holda turishini ta’minlab turish kerak, chunki nur dastasi samarali va to‘liq tushishi uchun oynali yuzani siljitib turish lozim Gelio qurilmada issiqlik tashuvchi sifatida antifriz va suv ishlatilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Agar tizimda issiqlik tashuvchi sifatida suv ishlatilsa uning muzlashi oldini olish uchun tizimni suvdan bo'shatib qo‘yish lozim. Bu parabolosilindrik gelio qurilmada issiqlik tashuvchi sifatida antifriz va isitish tizimi halqasida esa suv ishlatiladi. Quyosh nurini yig'uvchi gelio qurilmalarning afzalligi shundan iboratki, bunday tizimda issiqlik tashuvchi suvning haroratini 40°C gacha ko'tarib, hatto bug' hosil qilish mumkin. Bunday isitish qurilmalarining qurilishi ancha qimmatga tushadi, chunki moslamaning quyosh nuriga doimiy to‘g‘rilab turilishi uchun ancha elektr quvvati sarf bo'ladi. Shuning uchun keyingi paytlarda quyosh nuri yordamida ishlatiladigan yassi gelio qurilmalar ishlatilmoqda. 39 Yassi gelio qurilmalar ikki turga bo'linadi: 1-yassi kollektorlar; 2-yassi absorber. 2.5-rasmda past haroratli quyosh nuri yordamida ishlaydigan suv bilan isitish qurilmasini yassi quyosh kollektori keltirilgan bo‘lib, kollektor quyosh nuri tushishiga qarab boshqarib turuvchi avtomatlashtirilgan drenaj bilan ji- hozlangan. Respublikamizning tog‘li joylarida, yaylovlarda, qulay tog'oldi adirlarida isitish qurilmalari lozim bo’lgan barcha joylarda quyosh nuridan foydalanish kengayadi, degan umiddamiz. Chunki geografik jihatdan qulay joylashgan Respublikamiz viloyatlarida quyosh nuri va shamol tezligidan keng ko’lamda foydalanish uchun barcha tabiiy va texnik shart-sharoitlar mavjud. Quyosh nuri yordamida olinadigan issiqlikni tejamli va kam xarajat sarf qilib hosil qilish uchun quyosh gelio qurilmalari bilan issiq suv nasoslarining birgalikda ishlatilishi, kelajakda odatdagidek ishlatilib kelayotgan issiqlik qurilmalaridan berilayotgan jami issiqlik miqdorining 30-50 foizini tashkil etadi. Issiqlik energiyasini hosil qiluvchi tabiiy yoqilg‘ilar neft, gaz va boshqalar tabiiy boyliklardir. Download 5.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling