Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti begimov Obidjon Norboboyevich Issiqlik ta’minoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash
Download 5.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
1.6-rasm. Sferik uchburchak ABC 28 Faraz qilaylik, radiusi OA — r bо‘lgan sferadagi ABC sferik uchburchakning (1.6-rasm) B va C uchlaridagi burchaklari, demak, «b» va «c» tomonlari ham 90° dan kichik bо‘lsin. A nuqtadan AB va AC tomonlarga urinma qilib AD va AE kesmalar о‘tkazamiz: ΔAOD dan AD=rtgc va r=OD·cosc ΔAOE dan AE=rtgb va r=OE·cosb. (1.3) ADE va ODE uchburchaklar uchun kosinuslar teoremasini qо‘llaymiz: DE 2 =AD 2 +AE 2 -2·AD· AE·cosA DE 2 =OD 2 +OE 2 -2·OD·OE·cosa (1.4) Bularni о‘zaro tenglab, quyidagi holga keltiramiz: 2·OD·OE·cosa=( OD 2 - AD 2 )+( OE 2 - AE 2 )+ 2·AD· AE·cosA. (1.5) Qovus ichidagi ifodalar r 2 ga tengligi va (a) ni hisobga olsak: . cos 2 cos cos cos 2 2 2 A rtgb rtgc r r a b r c r (1.6) Bundan: A b c b c a cos sin sin cos cos cos yoki A c b c b a cos sin sin cos cos cos (1.7) Xuddi shunga о‘xshash «b» va «c» tomonlar uchun: A b c b c a cos sin sin cos cos cos C b a b a c cos sin sin cos cos cos (1.8) Qutb R, zenit Z va yulduz M (Quyosh) lardan tashkil topgan uchburchak PZM ga (1.7-rasm) astronomik yoki paralaktik uchburchak deb ataladi. Bu uchburchak tomonlari ZM = Z, PZ = 90°—φ va PM=90°—δ ga tengdir. Qutbdagi burchak ZZPM = τ vaqt burchagi va zenitdagisi PZM = 90°—A ga tengdir, bunda A — azimut burchagi. Bu astronomik uchburchak uchun formula (3) ni qо‘llab, Quyosh balandligini hisoblash uchun quyidagi ifodani keltirib chiqarish mumkin: , cos cos cos sin sin cos 90 sin 90 sin 90 cos 90 cos cos z Lekin, sinh 90 sin cos h z bо‘lgani uchun 29 , cos cos cos sin sin sinh (1.9). Quyosh radiatsiyasining eng katta qiymati 21 iyunda (δ +23°27 ' ), eng kichik qiymati esa 21 dekabrda (δ —23°27') erishadi. Yerga yoki boshqa biror sirtga tushgan Quyosh nurining bir qismi qaytadi. Sirtdan qaytgan radiatsiya oqimi R ning unga tushgan oqim Q ga bо‘lgan nisbati shu sirt albedosi deb ataladi. Masalan, qora baxmal uchun albedo 0,5 %, quruq qum uchun 15—35, oq kafel 75, ko’zgu 85—88, alyuminiy 85— 90 va po’lat albedosi 50—60 %ga tengdir. Quyosh nuri oqimi — radiatsiyasi hamda nur tushgan sirt yoki muhitning radiatsion xossalarini о‘rganuvchi meteorologiya bо‘limiga aktinometriya deb yuritiladi. Quyosh tо‘g‘ri radiadiyasi aktinometrlar bilan, sochilgan va yig’indi radiadiyalari esa pironometrlar bilan о‘lchanadi. Savinov-Yanishevskiy aktino- metra va Yanishevskiy termoelektrik pirometrlari keng tarqalgan. Ularning ishlash prinsipi termoelementga asoslangan. Termoelement – bir uchlari payvandlangan va elektr о‘tkazuvchanligi har xil bо‘lgan о‘tkazgichlardan iborat. Bu о‘tkazgichlarning ikkinchi uchlari galvanometrga ulanadi. Termoelementning payvandlangan uchiga tushgan yorug‘lik nuri energiyasiga qarab galvanometr strelkasi tegishli radiatsiya miqdorini ko’rsatadi. Savinov-Yanishevskiy aktinometrining trubkasi shtativ va vintlar yordamida Quyoshga tomon qaratilib, diafragmadan о‘tgan nur oq ekran markaziga tо‘g‘rilanadi. Bu nurning trubka orqasiga о‘rnatilgan quticha ichiga berkitilgan termobatareyaga ta’siri natijasida, unga ulangan galvanometr kо‘rsatishiga qarab, radiatsiya miqdori о‘lchanadi. Yanishevskiy pironometrining termoelementi manganan va konstantan qatlamlaridan iborat bо‘lib, juft tugunlar oq magneziya, toq tugunlar esa qorakuya bilan bо‘yalgan. Radiatsiyani qabul etuvchi sirt metall taglikka о‘rnatilgan. Shisha qalpoq sirtni shamol va uzun to’lqinli radiatsiya ta’sirlaridan asrash uchun xizmat qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling