Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti begimov Obidjon Norboboyevich Issiqlik ta’minoti tizimida aktiv va passiv quyosh qurilmalarining samaradorligini asoslash


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/43
Sana20.10.2023
Hajmi5.12 Kb.
#1712885
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Bog'liq
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

 
1.7-rasm. Astronomik uchburchak 
PZM
Ekran faqat sochilgan radiatsiya kattaligini о‘lchash uchun ishlatiladi. Bu 
ekran о‘z diametriga nisbatan 5,6 marta katta bо‘lgan masofaga о‘rnatilishi 
kerak. Shuning uchun ham sterjen uzunligi shu masofaga mо‘ljal qilib olingan. 
Bu asboblar yordamida bajarilgan о‘lchashlarga kо‘ra Toshkentda har 1 
m
2
sirtga yil davomida tushayotgan Quyosh nuri energiyasi taxminan 2000 
kVtsoatni tashkil etadi. Butun О‘zbekiston territoriyasiga esa 995•10
12
kVtsoat 
Quyosh energiyasi tо‘g‘ri kelib, u 1980 yilda respublikamizda ishlab chiqarilgan 
barcha energiyadan qariyb 2500 marta kо‘pdir. 
Albatta, har bir kvadrat metr yuzaga bir kunda tushayotgan Quyosh 
radiatsiyasi miqdori joyning geografik kengligiga, uning Quyosh nuriga nisbatan 
og‘ish
burchagi va oriyentatsiyasiga, havoning bulutli yoki bulutsiz bо‘lishiga 
hamda yil fasllariga bog‘liqdir. Shu bilan birga, yer sirtiga tushayotgan quyosh 
radiatsiyasi zichligining kamligi, uning kun va yil davomida о‘zgarib turishi bu 
turdagi energiyadan foydalanish masalasini ancha murakkablashtirsa hamki
uning istiqboli katta va texnik jihatdan amalga oshirilishi mumkindir. 
Yil davomida 1 m
2
yer sirtiga tushayotgan yig‘indi
radiatsiya miqdori 
2500 mln.jouldan (shimolda) (6280 mln. joulgacha (О‘rta Osiyoda) о‘zgaradi. 
Bu energiyadan foydalanib, issiq suv olish, korxona va xonadonlarni isitish
choy qaynatish, ovqat pishirish, qishloq xо‘jalik maxsulotlarini quritish, temir-
beton buyumlarini bug‘latish, sho’r suvni chuchitish, xо‘jaliklarni elektr bilan 


31 
ta’minlash, quyosh teplitsalari qurish kabi qator vazifalarni amalga oshirish 
mumkin. 
Toshkentda quyosh nuri energiyasidan foydalanish yо‘lidagi birinchi 
tajribalar 1929 yilda boshlanib, 1934 yil martida Fanlar akademiyasi Toshkentda 
Geliotexnika laboratoriyasini qurish va tashkil etish uchun mablag‘ ajratdi. 
Bu laboratoriya 1943 yildan boshlab О‘zFA Fizika texnika instituti tarkibiga 
kirdi [52].

Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling