Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti innovatsion iqtisodiyot kafedrasi «mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot»


B=C+R. Pul taklifining kengaytirilgan modelini quyidagicha yozish mumkin: M =(Cr +1) / (Cr + rr) * B


Download 40.79 Kb.
bet10/14
Sana05.01.2022
Hajmi40.79 Kb.
#224022
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
M164-19 Sunnato'v Aliakbar Pul Taklifi

B=C+R.

Pul taklifining kengaytirilgan modelini quyidagicha yozish mumkin:



M =(Cr +1) / (Cr + rr) * B yoki M = m * B

(Cr +1)/ (Cr + rr) nisbat pul multiplikatori deb yuritilib bir so‘mlik pul bazasi hisobiga necha so‘mlik pul taklifi yuzaga kelishini ko‘rsatadi.

Pul multiplikatorini – pul taklifining pul bazasiga nisbati ko‘rinishida yozish mumkin:

m = M / B = (C+D) / (C+R) = (C / D + D / D ) / ( C / D + R / D) = (Cr + 1) / (Cr +rr)

Cr miqdori – aholining o‘z mablag‘larini naqd pullar va depozitlar o‘rtasida qanday proporsiyada saqlashni tanlashga bog‘liq.

Rr = R / D miqdori esa – aholining nafaqat Markaziy Bank belgilab bergan majburiy rezerv normasiga, balki tijorat banklari saqlab turishni mo‘ljallanayotgan ortiqcha rezerv miqdoriga ham bog‘liq.

Demak, pul taklifi pul bazasi va pul multiplikatori miqdoriga bog‘liq ekan.Pul multiplikatori pul bazasining bir miqdorga oshishi natijasida pul taklifi qanday o‘zgarishini ko‘rsatadi.

Markaziy bank pul taklifini avvalambor, pul bazasiga ta’sir etish yo‘li bilan tartibga soladi.

Mamlakatda pul miqdori ko‘payadi, agar:



  1. pul bazasi o‘ssa;

  2. majburiy zaxiralash normasi pasaytirilsa;

  3. tijorat banklarining ortiqcha rezervlari kamaysa;

  4. naqd pullarningn depozitlar umumiy summasiga nisbati pasaysa.



Download 40.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling