Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti innovatsion iqtisodiyot kafedrasi «mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot»


Download 40.79 Kb.
bet11/14
Sana05.01.2022
Hajmi40.79 Kb.
#224022
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
M164-19 Sunnato'v Aliakbar Pul Taklifi

3)Pul bozor muvozanati holati.


Bozor muvozanati — bozordagi talab va taklifning miqdoran va tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Bozor muvozanati bir lahzalik (oʻzgarmas taklifda), qisqa muddatli (tashkilot yoki firmalarning oʻzgarmas miqdori va ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi ) va uzoq muddatli (iqtisodiy shartsharoit tashkilot, firmalar va mavjud talabning zamonaviy darajasiga muvofiq kelganda) boʻlishi mumkin. Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, Bozor muvozanati buziladi. Umuman olganda Bozor muvozanati hamma tovarlarga nisbatan va uzoq, vaqt boʻlishi mumkin. Ammo suniy va ayrim tovarlarga nisbatan moslikning buzilishi muqarrar. Chunki ehtiyojning yuksalishi bilan yangi talab paydo boʻladi va u darhol qondirilmaydi.

Bozor muvozanatini taʼminlashning asosiy yoʻllari:

  1. tovar ishlab chiqarishni talab darajasiga yetkazish orqali bozorni toʻydirish;

  2. yetarli tovarlar zaxirasini barpo etish;

  3. talabgir tovarlar narxini oshirish, oʻtmay turgan tovarlar narxini pasaytirish;

  4. eksport va importning ortishi yoki kamayishi;

  5. aholi daromadlarining tovarlar va xizmatlar koʻpayishiga qarab ortib borishi;

  6. mehnat unumdorligining ish haqiga nisbatan tezroq oʻsishi.

Bozor muvozanati maʼrifatli jamiyatda narxlar bilan bozorni tartibga solish orqali taʼminlanadi.

Muvozanatbu tizimning shunday holatiki, agar unga birorta tashqi kuch ta′sir ko`rsatmasa, u o`zining holatini saqlab qoladi. Talab va taklif modelida talab chizig`i (D) bilan taklif chizig`i (S) kesishgan nuqta (E nuqta) bozor muvozanatini bildiradi. Demak, Bozor muvozanati talab hajmi bilan taklif hajmining tengligini ta′minlaydigan narx darajasi va tovar miqdori bilan aniqlanadi. Talab va taklif qonuniga tayanib shuni ta′kidlash mumkinki, berilgan vaqt oralig`ida bozor muvozanat holatida bo`lsa, u holda bu vaqt davomida tovar narxi yoki tovar miqdorini o`zgartirishga hech narsa sabab bo`lmaydi.

Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. Dastlab, soddalik uchun pul taklifi Markaziy Bank tomonidan nazorat qilinadi va (M/P)s darajasida qayd qilingan deb olamiz.

Agarda M –pul taklifini, P-narxlar darajasini bildirsa, M*/P* pul vositalarining real zaxirasi miqdorini ko‘rsatadi.

(M/P)s = M*/P*

Bu yerda: M – pul taklifi darajasini bildiradi;

P – baholar darajasi (ushbu modelda ekzogen o‘zgaruvchi )ni ko‘rsatadi.

3.1-chizma real pul taklifi miqdoridagi foiz stavkasiga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatni ko‘rsatadi. Shuning uchun real pul vositalari taklifi grafikda ko‘rsatayotganimizdek vertikal chiziq ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bu holat foiz stavkasi qanchalik o‘zgarishiga qaramasdan real pul taklifi miqdori o‘zgarmasdan qolgan vaziyatni aks ettiradi.


Download 40.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling