Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti innovatsion iqtisodiyot kafedrasi «mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot»


Download 40.79 Kb.
bet13/14
Sana05.01.2022
Hajmi40.79 Kb.
#224022
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
M164-19 Sunnato'v Aliakbar Pul Taklifi

Qisqacha qilib aytganda Pul to‘lov, jamg‘arish va qiymat o‘lchovi funksiyalarini bajaruvchi, yuqori likvidli tovardir. Pul tushunchasi faqatgina naqd pullar bilan cheklanib qolmasdan, uning tarkibiy elimentlari likvidlilik darajasi tushib borishiga qarab agregatlarga ajratilgan. Makroiqtisodiy tahlilda e’tibor ko‘proq M1 va M2 agregatlariga qaratiladi. Pulga bo‘lgan umumiy talab bitimlar uchun pulga talab, ehtiyotkorlikligidan pulga talab va moliyaviy aktivlar uchun pulga talab yig‘indisidan iborat. Pulga bo‘lgan talab hajmi YaIM (daromad) hajmi, baholar darajasi, pulning aylanish tezligi va foiz stavkasiga bog‘liq. Pul emissiyasi faqat Markaziy bank vakolatiga kirsada, tijorat banklari ham kredit berib pul taklifini ko‘paytirish qobiliyatiga ega. Tijorat banklarining pul taklifini keltirib chiqarish imkoniyati majburiy zaxira normasini belgilash orqali tartibga solib turiladi. Umumiy pul taklifi nafaqat joriy hisoblardagi mablag‘lardan, balki aholi qo‘lidagi naqd pullardan ham tashkil topadi. Bank multiplikatori mexanizmi va uni ma’lum bir misol aniqlash uchun eng qulay hisoblanadi. Pul taklifi miqdori majburiy zaxira normasi, deponentlash koefitsenti va pul bazasi miqdoriga bog‘liq. Bank multiplikatori qarama-qarshi yo’nalishda faoliyat ko’rsatishi mumkin. Mijozlar omonatlari pul olib chiqish uchun boshlash bo’lsa, barcha kreditlarning umumiy miqdori kamayadi va kredit pul ta’minotini oshadi. Mahsulotlar bozoridagi kabi pul bozorida ham pulga bo‘lgan umumiy talab va taklif muvozanat nuqtada kesishadi. Mahsulotlar bozorida muvozanat nuqtani narxlar tengligi asoslasa, pul bozorida esa bunday tenglikni foiz stavkasi belgilaydi. Bank multiplikatori qarama-qarshi yo’nalishda faoliyat ko’rsatishi ham mumkunligini bilamiz. Bank zahiralar normasida ortiqcha zahiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo‘lgan yangi kredit pullarining eng ko‘p miqdorini bildiradi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo‘lgan zahiralarning eng quyi normasini o‘rnatadi. Majburiy bank zahirasi me’yorini ko‘tarish yordamida pul taklifini kamaytiradi. Bunday pasayish pul multiplikator miqdorining kattalashishiga va albatta iqtisodiyotda pul taklifining ko‘payishiga olib keladi.Tijorat banklari ortiqcha rezervlarining ko‘payishi ularning aktiv operatsiyalarini ko‘paytiriadi va bu iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.




Download 40.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling