Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


Standart bo‘yicha himoya quvurlarini o‘zaro birikishi va ularning turlari


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

Standart bo‘yicha himoya quvurlarini o‘zaro birikishi va ularning turlari. 
Standart bo‘yicha himoya quvurlarini o‘zaro biriktirishni beshta turi 
(ko‘rinishi) bo‘lib, shundan to‘rttasi muftali birikmadir: 
- qisqa uchburchakli rezbali; 
- uzaytirilgan uchburchakli rezbali; 
- trapetseidal rezbali (OTTM); 
- yuqori germetik trapetseidal rezbali (OTTG). 
Beshinchi turi – yuqori germetik trapetseidal rezbali muftasiz birikmali 
(TBO). Birinchi ikkita turdagi quvurlar burg‘ilash quvurlari (2.2-rasm) ga o‘xshash 
uchburchakli rezbaga ega bo‘lib, bir-biri bilan rezbalarining uzunligi bilan farq qiladi: 
ikkinchi turdagi birikmalarni rezbalari uzunligi, birinchisiga nisbatan (quvurlarning 
diametriga bog‘liq) 25-50% kattadir. 
Qolgan turdagi quvurlarni birikuvchi rezbalari tropetseidal, profili 2.3-rasmda 
ko‘rsatilgan. Rezba profili tomonlari teng bo‘lmagan tropetsiya shakliga ega: 
profilning tomonlari uq yo‘nalishli kuchlanishni qabul qiluvchi bo‘lib, rezba uqiga 
tomon 87
0
burchak ostida qiyshaygan, qolganlari esa kam kuchlanishli profillar 80
0
li 
burchak ostidadir. Natijada tropetsiyali birikmalarni rezbasini qiyalik burchagi profil 
kuchlangan tomoni rezba uqi tomonida yuqori bo‘lganligi uchun boshqa uchburchakli 
rezbali birikmalarga nisbatan chuzilishga chidamlidir. 
2.2-rasm


19 
2.3-rasm. Konussimon uchburchakli rezba profilining kattaliklari. 
OTTG va TBO quvurlari so‘nggi qismlarida va muftalarida konussimon 
zichlovchi silliq yuza mavjud. Nippel tomonini kuch bilan qotirish vaqtida bunday 
yuza OTTG muftasi yuzasiga zichlashib qotishi tufayli (TBO quvurini muftali 
tomoni) yuqori germetik birikishga erishiladi. OTTG muftasi birikmasi va TBO ni 
muftali qismi birikmalarida tayanch burtma mavjud. 
Mashina yordamida oxirigacha qotirilgan birikma, quvurni toretsi muftaning 
tayanch buyurtmasining toretsiga to‘liq yuza bo‘ylab tegishi lozim. Bunday birikish 
natijasida bir konussimon yuzani ikkinchi yuza bilan qotirish me’yoridan yuqori 
bo‘ylab ketishini oldini oladi. 
GOST 632-80 bo‘yicha qisqa uchburchakli rezbali himoya quvurlari 19 ta 
kattalikda shartli ravishda 114 mm dan 508 mm gacha. Sifati va aniqligi quvurlar A 
va B ko‘rinishda ishlab chiqariladi. A ko‘rinishdagi quvurlarning aniqligi yuqoridir. 
Quvurlar uncha katta bo‘lmagan ovallikka ega bo‘lishi mumkin. OVALLIK 
deb – eng katta va eng kichik quvur diametrlarini ularni yarim yig‘indisining farqi 
nisbatiga aylanadi. 
GOST bo‘yicha bir shartli diametrdagi quvurlarni devorining qalinligi (5,2 
mm dan 16,5 mm gacha bo‘lib, birikish konstruksiyasi va mustahkamlik guruhi, 
diametri bilan farq qiladi) turlicha bo‘ladi. Standartga muvofiq himoya quvurlari etti 
xil (D; K; E; L; M; R; T) mustahkamlikka ega bo‘lgan pulatdan tayyorlanadi. Muftali 
va muftasiz quvurlar tayyorlanib bo‘lingandan keyin gidravlik sinashdan o‘tkaziladi. 
Gidravlik sinash uchun bosim shunday hisoblanishi lozimki, diametri 219 mm li B 
ko‘rinishda ishlab chiqarilgan himoya quvuriga beriladigan kuchlanish, quvur 


20 
sirtidagi oquvchanlik chegarasini 80% ga, katta diametrli quvurlar oquvchanlik 
chegarasi 60% ga teng bo‘lishi kerak.

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling