Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

8.2-rasm. Quduq joylashuvi holati. 


79 
1. Agarda mahsuldor qatlam bir jinsli yaxlit mustahkam tog‘ jinslaridan 
(qumoqtosh, ohaktosh) tashkil topgan bo‘lsa, u holda quduq ochiq holda jihozlanadi 
(8.3-rasm, a).
2. Agarda mahsuldor qatlamda noyaxlit har xil jinsli qatlamchalar kum, loylar, 
kuchsiz sementlangan qumoqtoshlar mavjud bo‘lsa, u holda quduq tubi yopiq holda 
jihozlanadi (8.3-rasm, b).
8.3 -rasm. Quduq tubi konstruksiyasi. 
a - quduq tubi ochiq; b – quduq tubi mustahkamlash quvurli; v – yoriq filtrli; g 
– quduq tubiga manjetni qo‘yish orqali filtr o‘rnatilgan bo‘lib oldindan teshilgan 
konstruksiya. 
1-mustahkamlash quvurlari; 2-sement toshi; 3-gazlilik qatlami; 4-mahsuldor qatlam; 
5-teshilgan teshiklar; 6-zichlama; 7-dumli filtrni yoriqli teshiklari; 8-qo‘yish teshigi; 
9-manjet; 10-teskari klapanni o‘rnatish joyi; 11-filtr teshiklari.
Bunda ochiq quduq tubida quduq mahsuldor qatlamning tepasigacha 
burg‘ilanadi, ishlatish tizmasi tushiriladi va quduq tepasigacha sementlanadi. sement 
eritmasi qotib bo‘lgandan keyin quduq tubi kichikroq diametrdagi burg‘i bilan 
burg‘ilanib ochiladi.
Quduq tubi yopiq bo‘lganda loyihaviy chuqurlikkacha burg‘ilanib, ishlatish 
tizmasi tushiriladi, quduq ustigacha sementlanadi, sement aralashmasi qotgandan 
keyin neftli yoki gazga to‘yingan qismi teshiladi. 
3. Ba’zida mahsuldor qatlam kuchsiz sementlangan qumoqtosh va 
alevrolitlarning yotqiziqlaridan iborat bo‘lsa, unda mahsuldor qatlam ochiq quduq 


80 
tubida maxsus karnaysimon filtr xvastovik (dum) tushirilib ochiladi. Filtr yoriq 
teshikli (0,8÷3 mm) dir. (8.3-rasm, v) 
4. Ba’zida quduqqa oldindan teshilgan manjet qo‘yma filtrlar tushiriladi. 
Bunda quduq loyihaviy belgigacha burg‘ilanadi, oldindan teshilgan quvur manjet 
bilan ishlatish tizmasiga tushiriladi. Undan maxsus teshik orqali manjetni yuqori 
qismi sement aralashmasi bilan to‘ldiriladi. Quvurning teshilgan qismini (filtrni) 
sementlashdan oldin qum yoki cho‘yanli teskari klapan bilan bekitiladi. sement 
aralashmasi qotib bo‘lgandan keyin cho‘yan klapan burg‘ilanib olinadi yoki qum 
bo‘lsa yuvib tozalanadi. Quduq tubi yuqori gidrodinamik tugallanganlik koeffitsienti 
bilan ta’minlanishi kerak. Quduq tubi konstruksiyasi o‘tkazuvchanlikni ta’minlash 
uchun oraliqqa gidroyorish, kislotali ishlov berilganda teshiklarni ochish uchun 
imkoniyat berishi kerak bo‘ladi. (8.3-rasm, g) 
Quduq
tubida joylashgan qatlamlar past o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lsa, 
hamda mustahkamligi yuqori bo‘lganda quduq tubining konstruksiyasini ochiq 
ko‘rinishda tanlashga asos bo‘ladi. Bunda quyidagi sharoitlarni, ya’ni yuqori bosimli 
gorizontlarning, tub suvlarning va gaz do‘ppisining mavjud emasligini asoslash zarur 
bo‘ladi. Quduq tubining ochiq konstruksiyasida (g‘ovakli va yoriqli kollektorlarda) 
pakerlarni o‘rnatish oldindan ko‘rib chiqiladi. Ular teshilgan dumlarga o‘rnatiladi, 
lekin sementlanmaydi.
Quduq tubining ochiq konstruksiyasidan foydalanishga g‘ovakli yoriqli, 
yoriqli-g‘ovakli yoki g‘ovakli-yoriqli turdagi yaxlit mustahkam kollektor oldindan 
ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari kollektor o‘zining geologik-fizik tasnifi bo‘yicha 
qatlam quduq tubi zonasi kollektor xossasining keskin va katta qiymatda o‘zgarishida 
sementlanmagan bo‘lishi kerak.
Quduq tubining ochiq konstruksiyasida alohida ishlatish usuli oldindan ko‘rib 
chiqiladi. Qatlamga depressiya hosil qilinganda kollektor mustahkamlikni saqlashi 
kerak.
Quduqning tubi zonasidagi jinsning mustahkamligini quyidagi holatlarda 
aniqlash mumkin.
1. Qatlamdan suyuqlik yoki gaz olinganda:


81 







Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling