Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi
Download 1.87 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katalitik kreking qurilmalarining reaktor bloklarini hisoblash.
9-Amaliy mashg‘ulot
Katalitik jarayonlar uchun reaktorlar hisobi Katalitik kreking jarayon tezligini oshirishga ijobiy ta’sir kо‘rsatuvchi katalizatorlar ishtirokida boradi. Bunday jarayonlar 450-5000S temperaturada va 0,05-0,15 MN/m2 bosimda amalga oshiriladi. Kerosin va dizel yoqilg‘isi distilyati, qoldiq mahsulotlar (mazut va boshqalar) kreking jarayoni uchun xom-ashyo bо‘lib hisoblanadi. Bu jarayon asosan yuqori oktanli benzin, gaz va gazoyl olishga mо‘ljallangan. Hozirgi vaqtda neftni qayta ishlash zavodlarida asosan ikki tipdagi katalitik kreking qurilmalari ishlatiladi: 1. Kreking jarayoni va katalizatorning tiklanishi katalizatorning yaxlit qatlamida amalga oshiriladigan qurilmalar (sharsimon katalizatorlar ishtirokida). 2. Kreking jarayoni katalizatorning mavhum qaynash holatida tashkil qilinadigan qurilmalar (kukunsimon katalizatorlar ishtirokida). Katalizator sirkullyatsiyasi bо‘ladigan qurilmalarda jarayon shaxta tipidagi apparatlarda amalga oshiriladi. Bunda 3-5 mm.li sharsimon katalizatorlar apparatning yuqorisidan pastga qarab uzluksiz oqim hosil qiladi. Tо‘g‘ri yо‘nalishli reaktorlarda katalizator va xom-ashyo bir yо‘nalishda harakatlanib kontaktda bо‘ladi. Har qaysi qurilmaning reaktor bloki reaktor, regenerator va katalizatorni uzatish tizimidan iborat bо‘ladi. Kukunsimon va mikrosirtli katalizatorlar ishtirokidagi qurilmalar keng tarqalgan. Mavhum qaynash rejimi apparat konstruksiyasini va katalizatorni uzatish tizimini soddalashtirish imkonini beradi. Katalitik kreking qurilmalarining reaktor bloklarini hisoblash. Ish unumdorligi (kerosin-solyar fraksiya bо‘yicha) 1200 t/sutka bо‘lgan mayda dispers katalizatorli katalitik kreking qurilmasi reaktorining diametri va kerakli alyumosilikat katalizator miqdori aniqlansin. B ye r i l g a n: kreking jarayonida quyidagi mahsulotlar olinadi (xom-ashyoga nisbatan % miqdorida): benzin – 25%; kerosin – 30%; flegma – 26%; kreking-gaz – 14%; koks – 4%; yо‘qotilishlar – 1%. Fraksiyalarning molekulyar og‘irligi: Mb=110; Mker=180; Mf=260; Mg=32. Desorbsiya uchun reaktor 2% miqdorida suv bug‘i beriladi. Reaksiya zonasida katalizator temperaturasi 450oS, mavhum qaynash qatlami ustidagi bosim 1050 mm.sim.ust. YE ch i sh : xom-ashyo bо‘yicha qurilma unumdorligi Ishlab chiqilgan benzin miqdori Ishlab chiqilgan kerosin miqdori Flegma miqdori Hosil bо‘lgan kreking-gaz miqdori Ishlab chiqilgan koks miqdori Suv bug‘ining sarfi Reaktorga uzatilayotgan xom-ashyo tezligini w=0,7 soat-1 deb qabul qilib, reaksiya zonasidagi katalizator miqdorini ushbu formuladan topamiz: Reaktordagi bug‘ning sekundli sarfi quyidagicha aniqlanadi: Reaktorning bо‘sh kо‘ndalang kesimida bug‘ning chiziqli tezligini v=0,3 m/s deb qabul qilamiz. Unda, reaktorning diametri quyidagiga teng bо‘ladi: Katalizatorli mavhum qaynash qatlamining zichligi (amaliy ma’lumotlardan) 420 kg/m3 deb qabul qilamiz. Unda, qatlamning hajmi ushbu formuladan topiladi: Reaktordagi mavhum qaynash qatlamining balandligi ushbu formuladan topiladi: Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling